Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo



Download 114,09 Kb.
bet7/9
Sana01.08.2021
Hajmi114,09 Kb.
#134987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIR URUG PALLALILAR SINFI.

2-BOB. CHUCHMOMADOSHLAR.

2.1 Piyozdoshlar oilasi.

Chuchmomadoshlar — piyozboshli va ildizpoyali, hasharotlar yordamida changlanuvchi koʻp yillik oʻtlardan iborat turkumlarni oʻz ichiga olgan oila. Gullari ikki jinsli, toʻgʻri yoki sal qiyshiq. Gulqoʻrgʻoni ikki doyra hosil qilib oʻrnashgan. Mevasi koʻsakcha. Oilaning , asosan, tropik va subtropik oʻlkalarda tarqalgan 90 turkumi (1000 turi) mavjud. Shundan Oʻzbekistonda 4 turkumi (8 turi) usadi. Ch.ning barcha vakillari manzarali (istirohat bogʻlari, xonadonlar va oranjereyalarda oʻstiriladi). Dorivor turlari (maye., omonqora) ham bor.

Piyozdoshlar oilasi bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat Avstra-liyada tabiiy holda uchramaydi. 750 turni o'z ichiga oladi. Ular ko'p yillik piyozboshli o'simliklardan iborat. Bargla-ri shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog'i butun yoki qir-qilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon. To'pguli ochilgun-cha yupqa qobiq bilan o'ralgan. To'pguli - oddiy soyabon, sharsimon va yarimsharsimon, ko'p gulli. Gullari ikki jins-li to'g'ri Gulqo'rg'oni oddiy gultojsimon. Gultojibarglari 6 ta, qo'shilmagan, ikki doirada joylashgan. Changchisi 6 ta, urug'chisi 1 ta, 3 ta u'rug'chibargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Mevasi ko'sak.

Piyozlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta. Bosh piyoz bakteriyalarni o'ldiradigan modda - fitonsidlarga juda boy. Shuning uchun undan dorivor o'simlik sifatida foydalaniladi.

Fitonsidlarga boyligi, dorivorlik xususiyatlariga ko'ra sarimsoq piyoz bosh piyoz bilan yonma-yon turadi.

Tabiiy holda o'sadigan turlari orasida iste'mol qilinadiganlari ham ko'p. Bularga Pskom piyozi, Oshanin piyozi, ma-dor piyoz (matur), qum piyoz, anzur piyoz kabilar kiradi.

Bulardan tashqari, tabiatda barglari va to'pgullari niho­yatda chiroyli turlarini ko'plab uchratish mumkin. Gul pi­yoz, cho'chqaquloq piyoz, suvorov piyozi, nor piyoz va qo'shbarg piyozlar xushmanzara turlardan hisoblanadi

Amarillislar tartibi - Amarilidales.

Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae.

Bu oilaga 32 avlod 750 tur o`simliklar kiradi. Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir. O`zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho`l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o`t o`simligi bo`lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo`ladi. Efemeroidlari ham uchraydi. Barglari ildizoldi, bandsiz, ensiz lentasimon, trubkasimon shakllarda uchraydi. Gullari ochilguncha pardasimon o`rama bilan qoplangan bo`lib oddiy soyabon hosil qiladi va u gul strelkasining uch qismiga joylashgan. Gulqo`rg`oni oddiy, 6 a`zoli erkin yoki pastki qismi birlashgan, ko`pincha ikki doira bo`lib o`rnashadi. Gulqo`rg`oni rangli, tojbargli yoki rangsiz yupqa pardasimon bo`lsa, kosachabargli. Changchisi 6 ta gulqo`rg`oni bilan birlashgan. Urug`chisi 3 ta meva bargdan tuzilgan, qo`shilib o`sgan 3 uyali, tuguncha ustki. Ba`zan ustunchasi ostki R3-3 A3-3 G(3) mevasi chokidan chatnovchi ko`sakcha, ba`zan xo`l meva.

Piyozguldoshlarning xarakterli belgisi uning «tirik tug`uvchanligidir» chunki piyozboshi yonida mayda piyozchalar hosil bo`ladi. Masalan sarimsoq piyozi (A. Sativum) doim shu yo`l bilan ko`payadi. Bu oilaga oddiy piyoz - Allium sepa L., sarimsoq - A. Sativum L. yovvoyi cho`l piyozi - A.Siffithianun cho`l piyozi - A caspium lar kiradi. Ular ichida cho`lpiyoz zaharli o`simlik hisoblanadi.

Ko`pgina piyozguldoshlarga mansub o`simliklarda oltingugurt saqlovchi moddalar bo`ladi. Ular ko`pchiligi tibbiyotda qo`llaniladi. Shulardan biri sarimsoq piyozi. (A.Sativum.L)

Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L.

Bo`yi 100 sm gacha boradigan ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda bo`lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Bu pallalari oqish rangda bo`ladigan, pardadek umumiy po`st bilan o`ralgan. Pallalari ham, o`z navbatida pushti yoki binafsha rang po`st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Poyalari taxminan yarmiga qadar barg qinlari bilan o`ralgan, ustki qismi gullagunicha halqaga o`xshab qayrilib turadi. Gullari uzun bandli bo`lib, soyabonsimon to`pgul hosil qiladi. Odatda meva va urug` tugmaydi.

Sarimsoq piyozi jahonning ko`p mamlakatlarida, jumladan O`rta Osiyoning hamma rayonlarida.

Sarimsoq piyozi tarkibida 0,3% gacha alanin 0,4% gacha efir moyi, 0,06% atrofida yog`li moy fitosterin, azotli moddalar, fitonsidlar anchagina miqdorda askarbinat kislota bor.

Sarimsoq piyozi tarkibida moddalar me`da ichak yo`lini ishini kuchaytiradi, o`t siydik haydaydigan, og`riq qoldiradigan, balg`am ko`chiradigan va bakteratsid xususiyatlarga ega.

Sparjalar oilasi - Asparagaceae

Bu oilaga 23 avlod, 230 tur o`simlik mansub bo`lib, oila vakillari yaxshi rivojlangan ildizpoyali, ko`p yillik o`t o`simlik.

Poyalari tik o`suvchi, ba`zan shakli o`zgargan kaladodiylaribo`lib, barg vazifasi ni bajaradi. To`pgullar sochoq, gulqo`rg`oni birikib o`sgan. Mevasi rezavor.

Sparja avlodi (Asparagus) ning 120 turi bor. Shundan O`rta Osiyoda 24, respublikamizda 7 turi uchraydi. Bu avlodning vakillari chala buta o`simliklardir. Barglari mayda, pardasimon tangachaga aylangan. Gullari ayrim jinsli. Bir yoki ikki uyli o`simlik. Gulqo`rg`oni qo`ng`iroqsimon 6 ta bargchasi birikib o`sgan. Mevasi sharsimon xo`l meva.

May marvaridguli - Sonvallaria majalis L.

Marvaridgul o`simligi Kavkaz va Uzoq Sharq o`rmonlarida tarqalgan. Ildizpoyali o`t o`simlik. Poyasi shoxlanmaydi, barglari yoysimon tomirlangan, oddiy. Gullari unchalik katta emas, xushbo`y oq gullar, tojbargli bir tomonlama shingilga to`rlangan.

Gul formulasi R(6) A(3+3) G(3)

Mevasi qizil rangda, rezavor meva. Urug`i endospermli. Marvaridgul barglaridan yurak glikozidlari olinadi, shuningdek saponinlar ham to`planadi. Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng ishlatiladi. Gullaridan olingan efir moylari parfyumeriyada qo`llaniladi.

Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius L.

Sarsabil - bo`yi 150 sm gacha boradigan ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Ildizpoyasi yo`g`on bir talay ildizlar chiqaradi. Poyalari to`g`ri o`sib, ko`p shoxlanadi, tuksiz. Barglari reduksiyalanib pardasimon kichik - kichik tangachalarga aylangan. Gullari mayda , yashil - sariq rangda, uzun - uzun bandli. Mevasi diametri 5 mm gacha boradigan olti urug`li dumaloq rezovor meva. Urug`lari ikki tomondan qisilib kelgan, dumaloq shaklda.

May iyulda gullaydi, iyun oxirlari - iyulda mevalari yetila boshlaydi.

Tojikiston Kavkaz va Farbiy Sibirda dasht - qirlar, butazorlar orasida o`sadi. O`rta Osiyoda ko`p joylarda ekiladi ham

Uning ildizpoyasi bilan ildizlari va yosh novdalari dorivorlik xususiyatiga ega bu organlar o`z tarkibida asparagin va saponin moddalarini saqlaydi. Yetilgan mevalarida 36% gacha qand moddalari, kapsantin bilan fizamin urug`larida 16% yog`li moy topilgan.

Tibbiyotda sarsabil siydik haydovchi, yurak ishini yaxshilovchi, o`thaydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Qiyoqgullilar tartibi - Cyperales.

Qiyoqgullilar oilasi – Cyperaceae

Bu oilaga 120 taga yaqin avlod va 5600 taga yaqin tur kiradi. O`zbekiston florasida 16 avlod 90 turi uchraydi. Yer yuzining hamma xududlarida, asosan botqoqliklarda o`simlik qoplamini hosil qiladi. Bu oilaga kiradigan o`simliklarning ko`pchiligi ko`p yillik, ildizpoyali, poyasining uzunligi 4 m gacha yetish mumkin. Ularning poyalari 3 qirrali, silindrsimon.

Barglari ko`pchiligi 3 qator bo`lib joylashgan, ularning ko`pi poyaning pastidan chiqadi. Barglari poyani mahkam o`rab olgan va ko`pincha chetlari qo`shilib o`sadigan qin va ingichka plastinkaga bo`linadi. Barg qini barg plastinkasiga aylangan joyida poyani o`rab turadigan tilcha bo`ladi. Gullari mayda, ko`rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli yoki bir jinsli bo`lib, shamol yordamida changlanadi. Ular boshoqsimon simoz to`pgullar hosil qiladi. To`pgullar o`z navbatida boshchasimon, soyabonsimon, supirgisimon murakkab to`pgullar bo`lib bir biriga qo`shiladi. Gullarning gulqo`rg`oni 6 ta pardacha yoki tangacha ko`rinishida yoki 1-6 ta yoki bir talay qilchalar ko`rinishida bo`ladi. Yo bo`lmasa butunlay reduksiyalanib ketadi, bu hollarda gullari yalang`och bo`lib qoladi. Changdonlar asosi bilan otaliklar ipiga birlashgan. Onaligi 1 ta, unda bir uyali ustki tuguncha va 2 ta yoki 1 ta ustunchalari hamda tumshuqchalari bor, tugunchasi 3 ta gaho 2 ta meva bargchadan yuzaga keladi.

Urug`kurtagi 1 ta anatrop mevasi - yong`oqcha hamda urug`idagi embrioni unsimon endosperm bilan o`ralgan.

Qiyoqlarning amaliy ahamiyatlari juda kam. Ular xashak bo`ladigan o`tlar sifatida ko`pchiligi dag`al bemaza xashak beradi, tarkibida fosfor va kalsiy kam bo`ladi.

Qiyoqgullilarning eng ko`p tarqalgan avlodlari quyidagilardir:

Rang avlodi (Carex) - bu avlodga 2000 ga yaqin tur kiradi. O`zbekistonda 43 turi uchraydi. Bu avlod vakillari ildizpoyali ko`p yillik bo`lib, nam va botqoq yerda, soy va ariq bo`ylarida, cho`l hamda baland tog`larda o`sib, qalin o`tzorlar hosil qiladi. Qum rangi (C. arenaria) - ko`chma qumlar harakatini to`xtatish va yem - xashak uchun ekiladi.

Salomalaykum avlodi (Cyperus) Bu avlodning 14 turi O`rta Osiyoda, 8 turi O`zbekistonda uchraydi. Ular sernam va botqoq yerlarda o`sadi. Tugunakli salomalaykum (C. rotundus) havfli begona o`t hisoblanadi, dalada juda tez ko`payadi, ko`p yillik o`t o`simlik, ildizpoyasi 2 xil

1) pastga qarab o`sgan ildizpoyasi, uning uchiga qo`ng`ir rangdagi tugunakchasi va 2) gorizontal o`sgan ildizpoyalari bor.

Qiyoq avlodi (Scirpus) O`rta Osiyda bu avlodning 19, O`zbekistonda 11 turi uchraydi. Zax va botqoq joylarda, ko`l va soy qirg`oqlarida qo`l qiyog`i (S. fcustris), qirg`oq qiyog`i (S.littarales) turlari o`sadi.




Download 114,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish