Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Tizimli va amaliy dasturiy ta’minot tushunchasi



Download 3,46 Mb.
bet20/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

2. Tizimli va amaliy dasturiy ta’minot tushunchasi.
Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun meyordagi ish muhitini ta’minlaydi.
Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterning apparat vositalari bilan ham yaqin aloqada bo‘l­ganligi tufayli uni kompyuterning bir qismi deb ham hisoblash mumkin.
Tizimli dasturiy ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi: operatsion sistemalar, servis dastur­lar, translyatorlar (dasturlash tizimlari uchun), texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari.
OS kompyuterning ish faoliyatini va unda axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarib tu­ruvchi, kompyuterning texnik resurslari va turli dasturlari orasidagi aloqalarni amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchi bilan kompyuter muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘in­disidir.
OSning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chiqish jarayonini avtomatik nazorat qilish hamda foydalanuvchi hal etishi kerak bo‘lgan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqarib borishdan iboratdir.
OC kerakli axborotni kompyuter xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi, to‘g‘ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi.
Funksional imkoniyatidan kelib chiqib OSlarni uch guruhga ajratish mumkin:

  • bir masalali9 OS;

  • ko‘p masalali OS;

  • tarmoqqa mo‘ljallangan OS.

Bir masalali OSlar har bir aniq paytda aniq bir amaliy dastur bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bunday OSlarning tipik vakili MS DOS dir.
Ko‘p masalali OSlar vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi. Bu sinfdagi OSlarning tipik vakillari: Unix, OS/2, Windows 95, Windows NT va undan keyingilaridir.
Tarmoqli OSlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu OSlar foydalanuvchi uchun hisoblash tarmoqlarining barcha resurslariga kirishini ta’minlaydi. Tarmoqli OSlarning tipik vakillari: Novell Netware, Windows NT, Unix, Solaris va hk.
Servis dastur deganda, kompyuter bilan ishlashda foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadigan va OSning imkoniyatini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar yig‘indisi tushuniladi.
Funksional imkoniyatlariga ko‘ra servis dasturlarni quyidagilarga ajratish mumkin:
1) foydalanuvchi interfeysini takomillashtiruvchi servis dasturlar;
2) ma’lumotlarni har qanday buzilishlardan himoya qiluvchi servis dasturlar;
3) ma’lumotlarni qayta ishlovchi servis dasturlar;
4) disk va tezkor xotira qurilmalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini tezlashtiruvchi servis dasturlar;
5) virusga qarshi kurashuvchi servis dasturlar.
Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko‘ra servis dasturlarni qobiqlar, utilitalar va avtonom dastur (masalan, antivirus)lar ko‘rinishida taqdim etish mumkin.
Qobiqlar OS uchun go‘yoki “sozlovchi” vazifasini o‘taydi. OSning “sozlovchisi” bo‘lgan bunday qobiq dasturlar operatsion qobiqlar deb ataladi.
Operatsion qobiqlar foydalanuvchiga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchini OSning har qanday buyruq va amallarini to‘laqonli bilishdan ozod etadi.
Utilitalar foydalanuvchiga, asosan disklar va fayllar tizimi bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadigan dasturlar bo‘lib, ular quyidagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan:
1) disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotlarni shaklga solish va xotiraga saqlash, diskda biror buzilish ro‘y berganda uni tiklash imkoniyatini berish);
2) fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish;
3) arxivlarni yaratish va yangilash;
4) kompyuter resurslari haqida (disk hajmi xususida, dasturlar o‘rtasida tezkor xotirani taqsimlash to‘g‘risida) ma’lumot berish;
5 kompyuterni viruslardan himoya qilish.
Antivirus deganda turli viruslarni topish va davolashga mo‘ljallangan dasturlar tushuniladi.
Virus – bu turli noma’lum va xavfli harakatlarni amalga oshirib, boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payib ketishga qodir bo‘lgan dasturlardir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qobiqlar va utilitalar orasidagi farq shundaki, qobiqlar universalligi bilan, utilitalar esa muayyan dasturga nisbatan ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi.
Utilitalar va avtonom dasturlarni taqqoslaganda, ular ham o‘zaro tor ixtisoslashgan dasturlar bo‘lib, har ikkalasi o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlarning muhitida bajariladi.
Quyida utilitalar (utilitar dasturlar)ning ba’zilarini misol tariqasida keltirib o‘tamiz:
1. MS Config – bu Windows 9.x OSlarga tegishli bo‘lib, u qo‘shimcha resurslarni qo‘shish va olib tashlash uchun xizmat qiladi.
2. SFC (System Files Checker) – bu Windows OS tizimli fayllarini tekshiradi.
3. SR (System Restore) – Windows OSlarida sistemani tiklash vazifasini bajaradi.
4. Attrib – fayl atributlarini o‘zgartiradi (DOS va Windows ОС).
5. DefragDisk – diskni degragmentatsiyalash vazifasini bajaradi va hk.
Dasturlash tillari uchun translyatorlar deganda, yuqori darajali biror dasturlash tilidan eng quyi darajali til hisoblangan mashina kodiga dastur matnini o‘girishga mo‘ljallangan dasturlar tushuniladi.
Yozilgan ixtiyoriy dastur matnining translyatsiya qilingandan keyingi yoki boshqacha aytganda, assemblerlashdan keyingi shakli mashina tilidagi dastur matnidan iborat bo‘ladi.
Assembler – bu dasturlash tili bo‘lib, mashina tilining simvolik ko‘rinishda berilishidir, ya’ni u mohiyatiga ko‘ra mashinaga mo‘ljallangan tildir. Operatsion sistemalarning aksariyat tizimli dasturlari asosan assembler tilida yoziladi, chunki unda mashinaning barcha xususiyatlari hisobga olinadi.
Translyatorlar tarjima qilish usuliga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi:

  • kompilyatorlar;

  • interpretatorlar.

  • assemblerlar;

  • emulyatorlar.

Ma’lumki, yuqori darajali biror algoritmik tilda yozilgan dastur mashinaga kiritilgandan keyin mazkur dasturlash tilida tuzilgan dastlabki modul hosil bo‘ladi.
Bu modul translyator yordamida obyektli modulga o‘zgartiriladi.
Obyektli modulda yuqoridagi dasturlash tilining o‘ziga xos xususiyatlari yo‘qoladi (biroq bu hali mashina tilidagi dasturga aylandi, degan so‘z emas).
Mashinada bevosita bajarilishi uchun obyektli modul tahrir qilinishi kerak. Bu ishda tahrirlovchi (yoki muharrir) deb ataluvchi servis dastur yordamga keladi. U dasturga takror translyatsiyasiz zarur o‘zgartirishlar kiritadi va bajarilishga tayyor bo‘lgan absolyut modullarni hosil qiladi.
Absolyut modul ichki mashina tilida beriladi va u bir butunlikda tezkor xotiraga yuklanadi hamda bajariladi.
Shunday qilib, avval dastur matnining barchasi translyatsiya qilinadi, so‘ngra bir marta baja­riladi. Bunday rejimda ishlaydigan translyatorlar kompilyatorlar deyiladi.
Kompilyatordan farqli ravishda dastlabki tilning har bir operatorini o‘zgartirish va bajarili­shini amalga oshiradigan translyatorlar interpretatorlar deb ataladi.
Interpretator rejimida dastur matnidagi har bitta buyruq satri ikkinchi satrga o‘tguncha qadam-baqadam translyatsiya qilib borilaveradi.
Shunday qilib, kompilyatsiyalashgan dastur mashina tilida obyektli va absolyut modullar turkumiga aylanadi, so‘ngra ular magnit diskda fayl ko‘rinishida saqlanadi. Bu dastur bir marta translyatsiya qilinib, ko‘p marta bajarilishi mumkin. Interpretatorlar esa diskda saqlanmagan holda bir necha marta translyatsiya bosqichidan o‘tadi va shuncha marta bajariladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda, kompyuterning texnik jihatdan ish jarayoni va umuman hisoblash tizimida uchraydigan xatoliklar yuzasidan diagnostik tahlil va tuzatish faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan dasturiy apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish tizimi shaxsiy kompyuterlarda jihozlarni tiklash va nuqsonlarni topishni yengillashtirish bilan bir qatorda uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni o‘zgartirish jarayonlarining aniq bajarilishini ta’minlaydi.
Tashkiliy funksiyasiga ko‘ra texnik xizmat ko‘rsatish tizimini quyidagi dasturlarning majmui deb qarash mumkin:

  • testlovchi dasturlar;

  • tashxis qo‘yuvchi dasturlar;

  • nazorat qiluvchi dasturlar;

  • tuzatuvchi dasturlar.

Shunday qilib, kompyuter tizimli dasturiy ta’minoti tarkibini quyidagi chizma orqali umumlashgan holda yaqqol ko‘rish mumkin:



1-chizma. Tizimli dasturiy ta’minot tarkibi

Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.


Masalan, matematiklar o‘z hisob-kitoblarini Windows kalkulyatori, MS Excel yoki boshqa amaliy dasturlar orqali amalga oshirishlari mumkin.
Nashriyot xodimlari esa PageMaker, MS Word, Bloknot va shunga o‘xshash matn muharrir­laridan foydalanishlari mumkin.
Foto-reklamachilar uchun MS Paint, Corel Draw, Photoshop, MS PowerPoint kabi amaliy dasturlar yordamga keladi va hk.
Lekin hech qaysi amaliy dastur OSsiz ishlay olmaydi. OS o‘rnatilgandan keyingina amaliy dasturlarni o‘rnatish va undan foydalanish mumkin.
Har bir amaliy dastur aniq bir OSga mo‘ljallab yaratiladi. Shu bois ba’zi amaliy dasturlar bir OSda ishlasa-da, boshqasida ishlamaydi, masalan, Windows uchun yozilgan biror amaliy dastur Android yoki Unix OSda ishlamasligi mumkin va aksincha.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish