Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication



Download 3,46 Mb.
bet17/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

Mavzu №7.


MIKROPROTSESSOR VA KULER QURILMALARIGA XIZMAT KO‘RSATISH


Reja:
1. Mikroprotsessor va uning qisqacha yaratilish tarixi.
2. Mikroprotsessorni xarakterlovchi asosiy kattaliklar.
3. Kuler va uning asosiy vazifasi.
4. Mikroprotsessor va kulerga xizmat ko‘rsatish.


Tayanch tushunchalar: mikroprotsessor (CPU); yadro; takt-chastota, kesh; kuler, soket; razryadlilik.


1. Mikroprotsessor va uning qisqacha yaratilish tarixi.
Mikroprotsessor kompyuterning eng asosiy qismi bo‘lib, hisoblash tizimidagi barcha asosiy hisoblashlarni amalga oshiradigan qurilmadir.
Mikroprotsessor kompyuter asosiy qurilmalari orasida markaziy o‘rinni egallaydi va shuning uchun ham uni markaziy boshqaruv qurilmasi (CPU – Central Processing Unit) deb atashadi.



Birinchi mikroprotsessor Intel kompaniyasi tomonidan 1971-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, u 4004 markasi ostidagi birinchi 4 razryadli mikroprosessor edi.


1972-yil navbatdagi mikroprotsessor, ya’ni 8 razryadli 8008 rusumli mikroprotsessor sotuvga chiqarildi.
1978-yili Intel kompaniyasi 16 razryadli 8086 rusumli mikroprotsessorini ishlab chiqardi. Shu yili faqat siljuvchi vergulli sonlar bilan ishlaydigan va matematik amallarni bajarishni tezlashti­rishga mo‘ljallangan matematik soprotsessor deb ataluvchi 8087 rusumli maxsus mikroprotsessorlar ham ishlab chiqarila boshlandi. Bu soprotsessor asosiy protsessorga qo‘shimcha qilib o‘rnatilar va o‘nli kasrlar bilan ishlash paytida boshqaruv ularga uzatilar edi.
1981-yilda IBM kompaniyasi tomonidan IBM PC rusumli 16 razryadli kompyuterlar sotuv­ga chiqarildi. Dastlab bu kompyuterlarning 8086 va 8087 mikrosxemalardagi IBM PC AT deb ataluvchi varianti, so‘ngra 8088 mikroprotsessor negizida IBM PC XT (eXtensible Technologies – kengaytirilgan texnologiyalar) rusumi sotuvga chiqarildi.
1982-yili Intel kompaniyasi navbatdagi 80286 va 80287 mikroprotsessorni sotuvga chiqardi va ular IBM PC AT 286 rusumli shaxsiy kompyuterlarda ishlatila boshlandi.
1985-yil Intel kompaniyasi o‘zining navbatdagi 80386 SX va 80386 DX mikroprotsessor­larini ishlab chiqdi.
Bunda SX (Single – yakka) mikroprotsessorlar matematik soprotsessorsiz, DX (Double – qo‘sh) mikroprotsessorlar esa matematik soprotsessorlar bilan birga ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular birinchi 32 razryadli mikroprotsessorlar edi.
1989-yil Intel kompaniyasi navbatdagi 80486 rusumli mikroprotsessorlarini sotuvga chiqar­di. Ularning DX va SX variantlaridan tashqari, yana SLC varianti ham ishlab chiqarila boshlandi. Yangi mikroprotsessorning bu varianti elektr quvvatini kam sarflashi bilan ajralib turardi va akkumulyator batareyasidan foydalanadigan noutbuklarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi.
1993-yildan Intel kompaniyasi o‘zining eng mashhur savdo belgilaridan biri bo‘lgan Pentium deb ataluvchi mikroprotsessorlarini ishlab chiqara boshladi.
1994-yil Pentium Pro (Professional), 1996 yil Pentium MMX (MultiMedia eXtension – multimediali kengaytirilgan), 1997-yil Pentium II, 1998 yil Pentium Celeron, 1999-yil Pentium III, 2000-yil Pentium IV rusumidagi mikroprosessorlari sotuvga chiqarildi.
Shunday qilib, 2000-yilga kelib, mikroprotsessorlardagi tranzistorlar soni 2 mingdan 50 milliongacha yetdi, mikroprotsessorlarning takt-chastotasi esa 0,8 MHz dan 2000 MHz gacha, razryadlari soni 4 tadan 32 tagacha oshdi.
2003-yili AMD kompaniyasi birinchi 64 razryadli mikroprotsessorni iste’molga chiqardi.
Intel kompaniyasi 2004-yil virtual (dasturiy) ikki yadrodan iborat Pentium Prescort, keyin 2005-yil haqiqiy ikki yadroli Pentium D (dual – qo‘sh) mikroprotsessorlarini sotuvga chiqardi.
Navbatdagi protsessorlar ularning ikki yadroli ekanligiga urg‘u bergan holda DualCore va Core2Duo deb atala boshlandi.
2007-yilda 4 yadroli Core Quad mikroprotsessorlari ham sotuvga chiqarildi. Kuchli raqobat tufayli Intel firmasi 64 razryadli mikroprotsessorlarni, AMD esa ko‘p yadroli mikroprotsessorlarni chiqarishga majbur bo‘ldi.
2009-yildan boshlab Intel kompaniyasi Core i3, Core i5 va Core i7 rusumidagi mikro­protsessorlarni sotuvga chiqardi.
Hozirgi paytda Intel kompaniyasidan tashqari AMD, NVidia va Motorola kompaniyalari­ning ham mikroprotsessorlari keng qo‘llanilmoqda. AMD kompaniyasining mikroprotsessorlari PC rusumidagi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, NVidia shu kompyuterlarga mos video­protsessorlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Motorola kompaniyasining mikroprotsessorlari esa o‘yin-kompyuterlar (Sony Play Station), Apple kompaniyasining kompyuterlari, shuningdek, mobil telefonlar uchun ham mo‘ljallangan.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida 5-avlod kompyuterlarini yaratish ustidagi ilmiy tad­qiqot ishlari allaqachon boshlangan. Kvant fizikasining yutuqlari 5-avlod kompyuterlari kvant kompyuterlari bo‘lishini belgilab berdi. Ayni paytdayoq ularning quvvati hozirgi kompyu­terlarnikidan bir necha marta yuqori bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Bitta kislorod molekulasida yasa­ladigan kvant kompyuterining razryadlari soni 216 = 65536 ga teng bo‘ladi.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish