Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish” fani umumkasbiy fanlardan biri hisoblanib, I va III semestrlarda o‘qitiladi. Fan mashg‘ulotlari mazmuni “Informatika”, “Axborot tizimlari”, “Kompyuter ta’minoti”, “Tarmoq texnologiyalari”, “Kompyuter grafikasi” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Fanning ta’limdagi o‘rni
Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan olingan bilim, ko‘nikma va malakalar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutib, yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Informatika” mutaxassisligidagi fanlarni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlarab beradi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanning o‘qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustahkamlangandagina chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Talabalarning fanni o‘zlashtirishlari uchun pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar hujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Tarozi”, “Yelpig‘ich” texnologiyasi va boshqa zamonaviy usullardan foydalanish, yangi AKTni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, elektron materiallar, virtual stendlardan va internet tizimidan muntazam foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Shaxsiy kompyuter va uning texnik ta’minoti. Kompyuter arxitekturasi va ishlash prinsiplari.
Shaxsiy kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. Texnik nazorat va tashxis qo‘yuvchi dasturiy ta’minotlar.
Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar. Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish tamoyillari, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi. BIOS va uning asosiy funksiyalari. Drayverlar, ularning turlari.
Kompyuter xotira qurilmalariga xizmat ko‘rsatish. Xotira va uning turlari, Registrlar, ularning turlari va vazifalari. Registrlarni tozalash. Kompyuter qattiq diski bilan ishlash, unga xizmat ko‘rsatish: tozalash, defragmentatsiya qilish, formatlash, mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish.
Mikroprotsessor va Cooler qurilmalariga xizmat ko‘rsatish. Mikroprotsessorlarning turlari, ularni xarakterlovchi asosiy kattaliklar.
Kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, tizimli va amaliy dasturiy ta’minot. Zamonaviy operatsion tizim (OT)lar, tarmoq OTlari, OT buyruqlari. OTni o‘rnatish va qayta tiklash. Fayllarga va disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar. Arxivator va antivirus dasturiy vositalar.
Tarmoq qurilmalari. Tarmoqqa xizmat ko‘rsatish. Tarmoq xaritalari, modemlar va ularning tiplari, kabellar va ularning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |