Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication



Download 3,46 Mb.
bet46/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

Topshiriqlar:
1) Registr bilan ishlovchi dasturlar haqida ma’lumot tayyorlansin.
2) Diskni tozalash va defragmentatsiya qiluvchi dasturlar haqida ma’lumot tayyorlansin.
LABORATORIYA ISHI №7.


KOMPYUTERLAR TARMOG‘INI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH.


Ishning maqsadi.
Kompyuterlar o‘rtasida tarmoq hosil qilish va uni boshqarish usullari bo‘yicha talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash va ularda ko‘nikma hosil qilish.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Kompyuterlar tarmoqlarning asosiy vazifasi – foydalanuvchining tarmoqdagi imkoniyatlari­dan sodda, qulay va ishonchli ravishda foydalana olishini, beruxsat kiruvchi chaqirilmagan meh­monlardan himoyalanish, tarmoq abonentlari orasida qulay, unumli va ishonchli axborot almashi­nishni ta’minlashdir.
Tarmoq tarkibiga kiradigan asosiy komponentlarni sanab o‘tamiz:

  • Serverlar – foydalanuvchilarga taklif etiladigan kuchaytirilgan kompyuter imkoniyatlarining manbasi, tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarib turuvchi bosh kompyuter;

  • Foydalanuvchilarning mahalliy kompyuterlari (ish stansiyalari) – tarmoqqa ulangan abo­nent kompyuteri;

  • Ma’lumotlarni uzatish kanallari – kompyuterlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi kommunikatsiya vositalari.

Axborotlarni qayta ishlashning tarmoqlangan tizimi axborot tizimining shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o‘zaro axborot kanallari bilan bog‘liq bo‘lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko‘p mashinali hisoblash majmualari yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Kompyuter tarmoqlari aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlash­ning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar to‘plami bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmoqlari “tarmoq abonenti”, “stansiya” va “fizik uzatish muhiti” kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

  • Tarmoq abonenti – tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste’mol qiluvchi obyektdir (tarmoqning har bir abonenti stansiyaga ulanadi).

  • Stansiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq vazifalarni bajaruvchi obyekt (abo­nent va stansiya birgalikda “abonent tizimi” deb ataladi. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo‘lishi kerak).

  • Fizik uzatish muhiti – elektr, radio, telefon yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiri­ladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir (fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axborot uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi.)

Abonent tizimining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy tur­kumga ajratish mumkin: lokal (LAN), mintaqaviy (MAN) va global (WAN) tarmoqlar.
Eng mashhur global tarmoq Internet tarmog‘idir. Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan jamoali tarzda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish