Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»


Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar 
faoliyati 
 
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish 
muammolarini keltirib chiqardi.
Ammo bu masala atrofida qarama-qarshi fikrlar mavjud. Yevropa Iqtisodiy 
Hamjamiyatining e’tirof etishicha, ta’limda ijtimoiy tengsizlik kayfiyati hukm 


surmoqda. Bunga pul to’lab o’qish, sinfda yoki kursda o’quv kursini o’zlashtira 
olmay ikkinchi yilga qolib ketish, imtihonlarni o’ta talabchanlik asosida o’tkazish 
sabab bo’lmoqda.
Masalan, Fransiya boshlang’ich maktablari o’quvchilari hamda litsey 
o’quvchilarining ko’pchiligi fanlarni o’zlashtira olmay, takroriy o’quv yiliga qolib 
ketmoqda.
Ikkinchi yili o’qishga ko’p sonli imtihonlar ham sabab bo’lmoqda. Bu 
mamlakatning boshlang’ich va o’rta maktablarida bolalar 650 ta imtihon va 
topshiradi. Imtihonni topshira olmaslik o’quvchilarning asab va ruhiy holatiga 
qattiq ta’sir o’tkazadi. Bu noxush vaziyatlarni, hatto fojiali voqealar ro’y berishiga 
sabab bo’lish hollari uchraydi. Bunday vaziyat shubhasiz, faqat ota - onalar 
ichidagina emas, o’qituvchilar orasida ham keskin noroziliklarga sabab bo’lada.
Bunday sharoitda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan.
Ularning “ta’limni tabaqalashtirish — kelajak strategiyasidir” shiori biz uchun 
ham foydadan xoli emas.
Odatda o’quvchilarni tabaqalashtirish chet davlatlar amaliyotida boshlang’ich 
ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi.
Fransuz pedagoglari esa sinf o’quvchilarini uch tabaqaga ajratadi:
1. 
Gomogenlar
— matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa 
bo’ladigan o’quvchilar;
2. 
Yarim gomogen
— tabiiy sikldagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil 
o’quvchilar;
3. 
Gegeron
— barcha predmetlardan har xil saviyada o’zlashtiriladigan 
o’quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni 
rivojlantirish bo’lib qolmoqda.
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy 
Yevropada o’zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib 
borayotganligi, ta’lim sifatining tobora tushib borayotganligidadir.
AQSH davlat dalolatnomalaridan biri to’g’ridan-to’g’ri “mamlakat xavf 
ostida” deb nomlangan (1983 yil). Unda o’quvchilar o’zlashtirishidagi 
“o’rtamiyonachilik” 70-80 foizni tashkil etayotganligi, funksional savodsizlik avj 
olayotganligi bayon etilgan. Oily o’quv yurtiga tayyorgarlik ko’rish hamda 
o’qishga kirish uchun o’quvchilar xotirani kuchaytiruvchi turli dori vositalaridan 
foydalanayotganligi pedagoglarni tashvishga solmoqda. O’quvchilarining reyting 
ko’rsatkichi nisbatan tushib bormoqda. Fransiyada har uch litseychidan biri 
muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Ta’limda ro’y berayotgan buday salbiy 
holatlarni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va 
litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSHda bu xizmatga ommaviy axborot 
vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, milliy telekompaniya maxsus 
o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etadi.
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarning 
ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.


Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. 
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobar 
ilgarilab ketgan bolalar ko’plab uchraydi. Ular o’quvni juda erta boshlab, ta’lim 
kurslarini o’zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada 
muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Shunday iqtidorli o’quvchilar maktabi G’arbda XX asrning 60-yillarida paydo 
bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalarning qobiliyat va 
imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab 
tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturi AQSHda keng quloch yoygan. Ayrim 
shaharlarda oliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan bo’lib, ularda 4-5 yoshli 
o’quvchilar maktab dasturi asosida o’qitiladi. Talantlarni izlab topish davom 
etmoqda. AQSHda “Merit” dasturi asosida har yili yuqori sinf va kollejlardan eng 
qobiliyatli bolalar (600 ming) tanlab olinadi. Ular o’rtasida test sinovlari o’tkazilib 
eng qobiliyatli 35 ming o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. Ularga turli 
imtiyozlar stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng oliy 
darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.
Ammo iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif
o’quvchilarning taqdiri ham chet ellik pedagoglarni tobora tashvishlantirmoqda, 
bunday holatlarni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha 
ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda. Uular uchun maxsus maktablar 
ochilmoqda. Afsuski, statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib 
borayotganligini ko’rsatmoqda.
So’nggi yillarda Fransiyada aqliy va jismoniy nuqsoni bor bolalar uchun 
ochilgan maktablar soni 16 marta o’sdi. Bu muammoni hal etish bo’yicha barcha 
ilg’or mamlakatlarda izchil izlanishlar jarayoni ketmoqda.
AQSHda kelajak maktabi – umummilliy loyihasini amalga oshirishga 
kirishildi. Bu eksperiment mazmunini o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq 
o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda 
ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish yo’li tutilgan. 
Bunda o’quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. 
Topshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda o’qituvchidan 
konsultatsiya oladi. Bundan ko’zda tutilgan maqsad: 
— 
maktablarning 
insonparvarlik, 
umuminsoniylik 
yo’nalishlarini 
kuchaytirish;
— o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish;
— tarbiya’ning yangi formalarida — o’quvchilar kengashi, maktab 
kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish;
— maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini 
mustahkamlash, takomillashtirish;
— maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish 
ishlarini qayta tashkil etish;
— tabaqalashtirib o’qitishni kuchaytirish, maxsus o’quv muassasalari (ham 
talantli, ham aqliy, jismoniy nuqsonli o’quvchilar uchun) faoliyatini rivojlantirish;


— yangi-yangi o’quv texnik vositalarining ta’limdagi salmog’ini oshirish, 
o’qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish;
— sinf-dars tizimini zamonaviylashtirish, o’quvchilarning mustaqil ishlashini 
yo’lga qo’yish;
— pedagogik g’oyalarini amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment-
tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’lim tizimidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimida 
qo’llash yosh, mustaqil Respublikamizda o’quv-tarbiya ishlarini isloh qilish 
jarayonini tezlashtiradi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish