Funksional bog‘lanish – xodisalar o‘rtasidagi qat’iy bog‘lanish bo‘lib, bir belgining o‘zgarishi bilan unga bog‘liq ikkinchi belgining majburan ma’lum bir kattalikka o‘zgarishiga olib keladi. Funksional bog‘lanishda bir o’zgaruvchi miqdorning har bir qiymatiga boshqa o’zgaruvchi miqdorning aniq bir qiymati mos keladi. Masalan: aylanani radiusi o‘zgarsa, uning maydoni ham o‘zgaradi.
Funksional bog‘lanishlar aniq fanlarda yaqqol kuzatiladi.
Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda olingan ma’lumotlar orasida qat’iy funksional bog‘lanish kam bo’ladi. Buning asosiy sabablaridan biri belgilarga ta’sir etuvchi faktorlarning xilma-xilligi va tasodifiyligidir. Bu holatda bеlgilar orasidagi moslik statistik bog‘lanish bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |