Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


II. Didaktikaning maqsad va vazifalari



Download 5,29 Mb.
bet24/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

II. Didaktikaning maqsad va vazifalari
Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:


Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.


O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy”, “alohida”, “mohiyat”, “hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
Asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham qayd etish mumkin.
Ta’lim nazariyasi mustaqil fan sifatida o‘z obyekti va predmetiga ega bo‘lganidek o‘z kategoriyalar tizimiga (ta’lim, ma’lumot, o‘qitish, o‘qish, bilim, malaka, ko‘nikma, hamda ta’lim maqsadi, prinsipi, mazmuni, metodi, shakli, natijasi) ega. So‘nggi paytlarda didaktik tizim va ta’lim texnologiyasi kategoriyalari ham qo‘llanilmoqda.
Ta’lim — o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ma’lum bir maqsadga erishish uchun, ushbu maqsad talab etgan mazmunni u yoki bu metodlar yordamida aniq shakllarda yetkazib beriladigan va natijaga ega bo‘lgan jarayondir.
O‘qitish — ta’lim maqsadini amalga oshiruvchi o‘qituvchini o‘rgatuvchilik faoliyatidir.
O‘qish — o‘quvchini o‘rganuvchilik faoliyatidir.
Ma’lumot — ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim, malaka, ko‘nikmalar tizimidir.
Bilim — tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniyatlarning turli belgilar vositasida moddiylashtirilgan ko‘rinishidir.
Ko‘nikma—ilgari olingan tajriba asosida harakatni bajara olish qobiliyatidir.
Malaka—yuksak darajada o‘zlashtirishni xarakterlovchi harakatdir.
Maqsad—kutilgan, lekin erishilmagan natija.
Ta’lim prinsipi—ta’lim jarayonida amal qilinishi zarur bo‘lgan talab va qoidalar yig‘indisi.
Ta’lim mazmuni—o‘qituvchi tomonidan berilishi, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar tizimi va axloqiy g‘oyalar to‘plamidir.
Ta’lim metodi—ta’lim maqsadiga erishish yo‘li va usuli.
Ta’lim shakli—o‘quvchilar miqdori, joy va vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limni tashqi ko‘rinishidir.
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. Didaktik tizim ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Didaktik konsepsiya (tizim)lar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) an’anaviy; 2) progressiv; 3) zamonaviy.
Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
1.An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”. YA’ni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan g‘oya ilgari suriladi.
2. Rasionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko‘ra ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”(.
. Ezoterik paradigma (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.
5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
6. Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish