Yagona pedagogik jarayonning etaplari. Yagona pedagogik jarayon tayyorgarlik, asosiy, xulosa kabi etaplardan tuzilgan.
Pedagogik jarayonni amalga oshirishning asosiy etapini alohida-alo-hida tizim sifatida qarash mumkin. U bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan qo’yidagi elementlardan iborat: bo’lajak faoliyatning maqsadi va vazifa-larini qo’yish va ochib berish; pedagogik jarayonning beliglangan metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish; optimal sharoitni yaratish; o’quv-chilar faoliyatini rag’batlantirishning xar xil turlarini amalga oshiri; pedagogik jarayonni boshqa jarayonlar bilan bog’liqligini ta’minlash.
Pedgogik jarayonni amalga oshirish etapida tezkor boshqarish qarorla-rini qabul qilishga asos bo’ladigan teskari aloqa katta ahamiyatga ega. Teskari aloqa – jarayonni sifatli boshqarishning asosi.
Pedagogik jarayonning sikli qo’lga kiritgan natijalarni tahlil qi-lish bilan yakunlanadi. U kelajakda xatolarni takrorlamaslik uchun kerak.
Nazorat uchun savollar:
1.“Individ”, “shaxs”, “individuallik” tushunchalarini sharhlang.
2.“Rivojlanish” va “shaxs rivojlanishi” tushunchalarini ta’riflang.
3.Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi?
4.Shaxs faoliyati haqida so‘zlab bering.
5.O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.
6.Shaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz?
4-Mavzu: Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
REJA
Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsad va vazifalari.
Ta’lim jarayonining mohiyati. O‘qitish va O‘rganish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi.
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.
Ilmiy-texnik jarayon va ta’lim mazmuni. "Hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy g‘oyalar.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi meyoriy hujjatlar.
O`QUV MATERIALI
Tayanch tushunchalar: Didaktika, ta‘lim jarayoni, ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limiy, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi vazifalar, o`quv jarayonining tarkibiy qismlari.
I.Didaktika(ta’lim) nazariyasi pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida
Ta’lim jarayonini qonuniyatlarini va uni xususiyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi pedagogikaning sohasi — didaktikadir. Didaktika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib, «didaktikos», «didasko», «o‘rgatuvchi», «o‘rganuvchi» ma’nolarni anglatadi.
Didaktika ta’lim nazariyasi atamasi sifatida dastlab XVII asr boshlarida paydo bo‘ldi. Didaktika atamasini pedagogikada birinchilardan bo‘lib, nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635) «o‘qitish san’ati» ma’nosida qo‘llagan. U o‘zining ma’ruza kursini «didaktika», «o‘qitish san’ati» (1613y.) deb nomlagan.
XVII asr o‘rtalarida E. Bodino o’zining «Didaktika» nomli kitobini nashr ettirgan. Ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626) «Yangi organon» (1620) asarida fanlarni toifalash xususida fikr yuritib «didaktika» atamasini «badiiy asarni o‘qish san’ati» ma’nosida ishlatgan.
Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy (1592-1670) «didaktikani» ilmiy bilimlar tizimi sifatida ifodalab o‘zining «Buyuk didaktika» asarida didaktika atamasini keng «Hammani hamma narsaga o‘rgatuvchi universal san’at» ma’nosida ishlatgan. Ta’kidlash lozimki, Komenskiy bu asarida faqat ta’lim nazariyasi bilan cheklanib qolmadi. Uning mazmunini axloqiy tarbiya metodlari, intizom masalalari, ta’limni tashkil etish kabi masalalar bilan boyitdi. Boshqacha aytganda Ya.A. Komenskiy «didaktika» orqali keng ma’noda «pedagogikani» tasvirlagan.
Shveysar didakti I. G. Pestalotsi (1746) boshlang‘ich ta’lim didaktikasiga va rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasiga asos soldi.
Nemis pedagogi I. F. Gerbart (1776-1841) didaktikaning nazariy asoslarini yaratib pedagogikada birinchilardan bo‘lib «tarbiyalovchi ta’lim» nazariyasini yaratdi.
Nemis pedagogi A.Disterveg (1790-1866) o‘qitish tamoyillarini madaniyatga moslab o‘qitish, mustaqil o‘qitish usullari bilan boyitdi.
Amerikalik olim D. Dyui (1859-1952) asosiy e’tiborni ta’lim jarayonida bolani faolligiga, qobiliyatini shakllanishiga qaratgan va didaktikada muammoli ta’lim nazariyasiga asos soldi. Ta’kidlash joizki, didaktikani rivojlanishida O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Zarnudjiy, Ulug‘beklarning o‘rni beqiyosdir.
Didaktikani fan sifatida rivojlanishida K. Ushinskiy, V.Okon, Ch. Kupesevich, M.A. Danilov, M. Skatkin, I.Ya. Lerner, G.Klinberg, Yu.K.Babanskiylarning xizmatlari beqiyosdir.
Respublikamizda didaktikani rivojlanishiga O. Roziqov, B. Adizov, N.Sayidahmedov, M. Ochilov, K. Zaripov, R. Safarova, F. Yuzlikayev, O‘.Tolipovlar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Yuqoridagi konsepsiyalar didaktikani o‘qitish va o‘qish nazariyasini o‘rganuvchi fan sifatida tushunilishiga (qabul qilinishiga) ta’sir etdi.
Bir vaqtni o‘zida didaktikani avlodlarga hayot tajribasini o‘tkazish to‘g‘risidagi fan sifatida qarab kelinadi. Taniqli bolgar pedagogi I.Marev didaktikani rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalaydi.
Birinchi bosqich — Ya.A. Komenskiygacha bo‘lgan davr. Bu davr ilmiy asoslanganlik davrigacha sifatida xarakterlanadi.
Ikkinchi bosqich — L.A.Komenskiydan kibernetikani (jarayonlarni boshqarish nazariyasi) paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davr. Bu davr asosiy qonun va qonuniyatlarni shakllanganligi bilan, pedagogik va didaktik nazariyalarni rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich—1960-yillardan bugungi kungacha bo‘lgan davr.
Mutaxassislar o‘rtasida didaktika mustaqil fanmi? yoki pedagogikaning bir qismimi? —degan savol tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, M.A.Danilov, V.Okon, M.N.Skatkinlar didaktikani pedagogikaning bir bo‘lagi sifatida qaraydilar. Bir guruh mutaxassislar didaktikani mustaqil fan sifatida qaraydilar.Hali-hanuz mutaxassislar bu masalada yagona fikrga kelganlari yo‘q.
Yillar o‘tishi bilan barcha atamalar eskirgani kabi didaktika atamasi ham eskirganini guvohi bo‘ldik. XX asrning oxirlariga kelib mutaxassislar ichida «Didaktika» atamasi o‘rnida «Ta’lim nazariyasi» atamasini qo‘llash urf bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |