Prefarmistlar ham naslning shaxs rivojlanishidagi roliga favqulotda yuksak baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadilar.
Bu nazariyaning yana bir yo’nalishi XX asrda keng tarqalgan bixeviorizm oqimi edi.
Bixeviorizm oqimiga amerikalik pedagog va psixolog E.Torndayk asos soldi. Uning fikricha shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan, ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o’tadi. Go’yo odamning ko’zi, tishlari, barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgan, deydi. Bu bilan Torndayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta‘siri inkor etadi, tarbiya shaxs xususiyatlariga ta‘sir etishdan ojiz, deb biladi.
Amerikalik pragmatizm (pragma – foyda degani) pedagogikasining otaxoni Djon Dyun va Kombos ham yuqoridagi fikrni yoqlab chiqdilar. Ular ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asosladilar. Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatini o’stiradi, deydi D. Dyun.
Pedagogik psixologlar va boshqa fanlarning keyingi yillardagi inson tarbiyasiga, kamolotiga oid ilmiy ma‘lumotlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi juda murakkab jarayon ekanligini isbotladi, odamning shaxs kamolga yetishida biologik omil (nasl) ijtimoiy omillar (muhit) va pedagogik omil (ta‘lim-tarbiya) alohida rol o’ynaydi. Inson tabiatning bir bo’lagi. Inson bolasi ma‘lum layoqat kurtaklari, ma‘lum imkoniyatlar bilan tug’iladi. Ammo bular imkoniyat. Bu layoqat kurtaklarining rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit, sharoit, ta‘lim-tarbiya zarur.
Akademik I. P. Pavlov ta‘limotiga ko’ra bola bir qator tug’ma xususiyat va instinktlarga ega xolda tug’iladi. Bular shartsiz reflekslar gruppasini tashkil etadi. Bular: oshqozon refleksi (so’lak ajratish), muhofaza refleksi (issiqdan qo’lni tortish, yorug’dan ko’zni qisish) kabilar.
Ayni vaqtda insonga xos bo’lgan xususiyatlar ham irsiyat yo’li bilan o’tadi. Masalan tananing vertikal holatdagi harakati bir necha tug’ma imkoniyatlar ya‘ni tafakkur, nutqning rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati kabi tug’ma imkoniyatlar ham o’tadi. Bularning rivojlanishi uchun inson bolasi odamlar orasida, kishilik muhitida yashashi, tarbiyalanishi kerak. Bulardan tashqari odamga nasliy yo’l bilan bir necha kasalliklar ham o’tadi.
Inson kamolotiga ta‘sir etuvchi omillardan biri muhitdir. Muhit deganda kishiga ta‘sir etuvchi tashqi voqealar kompleksi tushuniladi. Bunda tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, ayniqsa oila muhitining roli katta.
Bola shaxsiga ijtimoiy muhit, ijtimoiy omillar (ya‘ni mikro muhit) roli katta. Bola munosabatga kirishadigan muhit, odamlar, ko’cha, maxalla, maktab, sport, radio, televideniya, adabiyotlar, san‘at va boshqalar.Yoshlarga ijtimoiy sifatlarni singdirish jarayoni asosan oilada, so’ngra qo’shni-qarindoshchilik munosabatlari ta‘siri ostida, shuningdek, xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari, qadriyatlari, an‘analari ruhi orqali amalga oshirilgan.
Bola dunyoga kelishi bilan oila va ijtimoiy muhitda o’sadi, ulg’ayadi. So’zlashuv, uchrashuv, muloqat va muomala madaniyati malakadlarini egallay boradi. Harakteri, dunyoqarashi shakllanadi. Bolaning jismonan, aqlan ijtimoiy mavjudot-inson sifatida shakllanishi va rivojlanishi ko’p bosqichli bo’lib bunda, ayniqsa maktabdagi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlaridagi ta‘lim-tarbiyaning roli katta.
SHaxs ikki asosiy omil ta‘sirida shakllanadi. Birinchi omil ijtimoiy hayot bo’lsa, ikkinchisi maqsadga qaratilgan ta‘lim-tarbiyadir.Har bir kishi faqat ta‘lim tarbiya tizimini, ijtimoiy tarbiya va kasbiy shakllanish natijasidagina shaxs maqomiga ko’tariladi.
SHaxs ijtimoiylashuvi jarayonida insonga xos fazilatlarni egallab oladi. Ya‘ni ijtimoiylashuv jarayonida shaxs jamoatchilik ishlariga aralashadi, biror vazifani o’z zimmasiga oladi, yashashdan maqsadni anglaydi, jamiyatdagi boshqa kishilar bilan muomila, munosabatga kirishadi va hakozo.
Tabiiy muhit ham shaxs rivojiga ta‘sir etadi. Ob-havo, ekologiya, yomon ekologiya, har xil tabiiy ofatlar, zilzila va boshqalar shaxs rivojiga salbiy ta‘sir etadi.Tabiat bizga ma‘naviy oziq beradi. Xis-tuyg’ularni uyg’otadi, faqat ularni anglash zarur. Pedagogikada odamning qanday shaxs bo’lib yetishuvi:
Go‘dak tug‘ilganidan ma’lum yoshga qadar, ya’ni borliqni eng oddiy tarzda anglaguniga qadar individ sanaladi. Bu davrda ham bola atrofdagi turli kishilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, istaklarini xatti-harakatlari, ovozi yordamida ifodalashga intiladi. Biroq, uning bu harakatlari ongli tarzda emas, balki shartli reflekslar yordamida tashkil etiladi. Demak, biologik mavjudot sanaladigan individ shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini anglashi, shuningdek, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Har bir shaxs o‘zgalardan farq qiladi. Shaxsni o‘zgalardan farqlovchi jihatlar individuallik sanaladi. Individuallik shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarning aks etishi sanaladi.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli
darajada xabardor bo‘lish va uning individual xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Individual yondashuv o‘quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo‘lgan qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs sifatida rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |