Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-Mavzu: XIX asrnnng 2-yarmi - XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasnda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar



Download 5,29 Mb.
bet153/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

23-Mavzu: XIX asrnnng 2-yarmi - XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasnda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Reja
1.XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati.
2.Turkistonda maktablar tizimi. V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati. Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzum maktablarining tashkil etilishi.
3.Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi.
4.Maxmudxuja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari.

Turkiston o`lkasida pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Ahmad Donish (1827-1897) XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o‘zbek va tojik xalqlari ijtimoiy-pedagogik fikrlarining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan ma’rifatpar-varlardan. Uning ijtimoiy-pedagogik qarashlari SHarq mutafakkirlari va rus pedagoglarining ta’sirida tarkib topdi va rivojlandi.
A.Donishning Buxoro amiri elchisining kotibi va o‘rinbosari sifatida 1857 yilda Rossiyada bo‘lishi va shu erning madaniyati, fani hamda san’ati bilan tanishish uning dunyoqarashida jiddiy o‘zgarish sodir qildi. Buxoroga qaytib kelgach, A.Donish davlat boshqaruvi va maktab ta’limida jiddiy ravishda islohot o‘tkazishni taklif qildi.
Ahmad Donish 1873-1874 yillarda uchinchi marta Rossiyaga safar qiladi. U Rossiyada uchinchi marta bo‘lishida Buxoroning hamma sohalarda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan juda orqada qolib ketganligini yaqqol anglab boshladi.
Ahmad Donish 1869 yili delegatsiyaning mirzosi sifatida Sankt-Peterburgga boradi. Delegatsiya a’zolari imperator Aleksandr II, uning o‘g‘li va boshqa katta amaldorlar bilan suhbatlashadi. Ana shu safar paytida Ahmad Donish tashqi ishlar vazirligining maxfiy maslaxatchisi P.N.Stremouxov hamda tarjimon Qozimbek Abeddinov bilan tanishadi. Kozimbek o‘z davrining donishmandlaridan bo‘lib, u tufayli Ahmad Donish o‘sha vaqtlarda Ovro‘pa va Rossiyada keng tarqalgan ayrim ilg‘or g‘oyalarni bilib oladi.
Uning xalqlarimiz qadr-qimmati erga urilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilgani tarixda ma’lum. U o‘zining “Buxoro amirlarining tarixi” va “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”) asarlarida SHarq xalqlarining ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limotlarini yangi g‘oyalar bilan boyitdi.
Barkamol insonni tarbiyalash va bilim berish masalalari Ahmad Donishning «Navodirul-vaqoe» asarida asoslab berilgan. Bu asarda ota-onalarning huquqlari va ularni o‘z bolalarini nazorat qilish masalalari, borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyati, koinot tarixi, foniy va boqiy dunyoni tushunish, sevgi va muhabbat, ruh va jismning mohiyati to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini ilgari surgan edi.
«Navodirul-vaqoe»da yoshlar uchun dunyoviy bilimlar zarurligi ta’kidlanadi. «Donolarning baxtsiz va nodonlarning baxtli bo‘lishiga sabab» sarlavhali bobda quyidagilarni o‘qiymiz: «Fan bo‘lmasa, moddiy dunyoni farovon qilib bo‘lmaydi... Fan baland ruh va idrok tufayligina ko‘payadi. Kishi kasb-hunarga ega bo‘lsa-yu, boyligi bo‘lmasa, u baribir aqldan ozgan hisoblanadi. Olimlarga baxtsiz bo‘lganliklari uchun yorug‘ yo‘l yo‘q. CHunki, yorug‘ va soyani qilich bilan ajratib bo‘lmaydi. Kimda-kim o‘z maqsadiga etish uchun jasorat bilan intilsa, albatta unga etadi, zotan, ko‘p taqillatilgan eshik ochilmay qolmaydi».2
“Navodirul vaqoe” asarining "Farzandlarga vasiyat. Kasb va hunarning foydalari haqida" deb atalgan bobida ilm o‘qib, kasb-hunar o‘rganishga da’vat etilgan. "Har bir musulmon odam eng avval o‘ziga zarur bo‘lgan ilmlarni o‘qishi farzdir. SHundan so‘ng tirikchilik uchun biror kasb-hunar o‘rganishi lozim. Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar, o‘z egasining bu dunyoda ham, u dunyoda ham qo‘llab-quvvatlaydi. Agar ilm va hunar ruhga tarbiya bermay, tanni semirtirib, orzu-havasini ko‘paytirib, nafsi shaytonga yordam beradigan bo‘lsa, unday ilm va hunarlar egasining ofati, xudoning la’natidir. SHariatda ilm o‘qishda xalqni to‘g‘ri yo‘lga solish, ularga ilm-amal o‘rgatishdan boshqasini, zinhor o‘ylamanglar, deyilgan.3
O‘zbek xalqining ma’rifatparvar shoiri Zokirjon Holmuhammad o‘g‘li Furqat (1858-1909) XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqi pedagogik fikrlarining rivojlanishi tarixida alohida o‘rin tutadi.
Furqat ijtimoiy taraqqiyot jamiyat a’zolarining ilm-fanga, bilimga ega bo‘lishiga bog‘liq, deb tushungan. Uning fikricha, nodonlik - jamiyat uchun, inson uchun haqiqiy ofatdir, ilm-fan esa kishiga yo‘l ko‘rsatuvchi, tevarak-atrofdagi dunyo haqida bilim beruvchi chiroqdir, “Dilning mardi, ko‘ngillarning sururi, ko‘zlarning nuri ilmdir”. SHu bois ham u “Ilm hosiyati” she’rida ilm-fanning, ma’rifatning kuchini ulug‘lab, ilmu ma’rifatni egallagan kishining aql-idrokiga katta umidlar bog‘laydi:
Kerak odamga qilg‘ay ilm hosil,
Jahondin o‘tmag‘ay to mahz johil.
Jahon basti Kushodi ilm birla,
Nadur dilning murodi ilm birla,
Ko‘ngullarning sururi ilmdandur,
Ko‘rar ko‘zlarning nuri ilmdandur.
Kerak har ilmdin bo‘lmoq xabardor,
Bo‘lar har qaysi o‘z vaqtida darkor.4
Furqatning fikricha, mamlakatning osoyishta, xalqning farovon yashashi va ma’rifatli bo‘lishida g‘amxo‘rlik qilingandagina mamlakat taraqqiy qiladi, jamiyat a’zolarining orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi. CHunki bilimdon jamiyat rivojlanadi, mamlakat obod bo‘ladi, ilm-fan kishiga yo‘l ko‘rsatuvchi, qorong‘ulikni yoritib turuvchi chiroqdir, deydi u:
CHiroq bo‘lsa agar har kim qo‘lida,
Xatar bo‘lmas qorong‘uda yo‘lida...
“Ilm-fanni jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi deb tushungan Furqat xonu amaldorlarning ilm-fanga, ma’rifatga e’tibor bermayotganligini fosh qilib: “Bizning o‘tgan xonlarimiz shu tariqa ilm va nizomga qo‘shish qildursalar erdi to bu dam xalqimiz ko‘p ilmdin bahramand bo‘lur erdi”,5– deb yozgan edi.
Iste’dodli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq (1827-1900) o‘z asarlarida qoraqalpoq xalqining XVIII-XIX asrlardagi ijtimoiy turmushini aks ettirarkan, davr hodisalariga xalqparvar va ma’rifatparvar shoir sifatida baho berdi va osoyishtalik, ilm o‘rganish, axloq, odob, adolat, mehnatsevarlik va vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi. Uning “Bo‘lgan emas”, “YAxshiroq”, “Xalq uchun”, “Izlar edim”, ”Soliq”, “Bu yil”, “Umrim”, “Axmoq poshsho”, “Menga kerak”, “Avlodlar”, “O‘g‘limga”, “Axmoq bo‘lma”, “Izlarim”, “YOz kelarmi”, “Aydosbiy”, “Otangeldi”, “Ernazarbiy” kabi she’r va dostonlarida ijtimoiy-siyosiy va pedagogik qarashlari o‘z ifodasini topgan.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish