Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim – tarbiyaga ta’siri.
Dunyo dinlari orasida islom dini yer yuzida tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Islom so‘zi arabcha «bo‘ysunish», «taslim bo‘lish», «o‘zini xudoning irodasiga topshirish» degan ma’noni anglatib yagona Allohga bo‘ysunish tushunchasini beradi .
asr birinchi yarmida islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarimoroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz Movarounnahr, Xuroson hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.
Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. Shuningdek, islom dinining Movarounnahrda yoyilishiga sabab, arablar, dastlab mahalliy xalqlarni islom dinini qabul qilganlarni barcha soliqlardan ozod qildilar, so‘ngra islom dinini qabul qilmagan aholiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rdilar. Shu bois arab istilochilari xalqni o‘zlariga bo‘ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ‘ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g‘oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan shariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo‘ysunish, yagona va qudratli Allohga sig‘inish, Allohning yerdagi rasuli (elchisi) bo‘lgan Muhammad alayhis-salom ko‘rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin yaratildi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi.
Xalifalar davrida islom ta’limoti mustahkamlandi. Payg‘ambarimizga nozil bo‘lgan «Quroni karim» g‘oyalari sahobalar tomonidan kitob holida jamlandi.
G‘arb va Sharq tadqiqotchilari «Qur’on» ni jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar.
Xat-savodi bo‘lgan Abu Bakr as-Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaab «Qur’on» oyatlarini yod olib borganlar va xat bilan bitganlar.
Uchinchi xalifa Usmon ibn Affonning topshirig‘iga ko‘ra, «Qur’on» suralari va oyatlari birinchi bo‘lib sahoba Zayd ibn Sobit tomonidan kiyik terisidan tayyorlangan sahifalarga bitilgan. So‘ngra ushbu manbadan 6 nusxa ko‘chirtirilib, markaziy shaharlarga bitta nusxadan yuborilgan hamda Qur’onning faqat ana shu nusxalaridan foydalanishga farmon berilgan.
Bolalarga dastlabki sabok xarflarni o‘qishdan boshlangan, bu usulda xar bir bola alifbe tartibida xarifning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va x.), so‘ngra shu xarflarni qo‘shib o‘qishni mashq qilar edi. Ana shu mashq oxiriga yetganidan so‘ng, bolalar qo‘llariga "Qur’on" berilgan va domla raxbarligida "Qur’on"ning xar bir surasi takrorlanib o‘rganilar edi.
Lekin "Qur’on"ni o‘qish bolalar uchun juda og‘ir edi. Chunki maktablarda asta — sekin faqat og‘zaki mashq usuliga — "Savod" chiqarilishga o‘tgach, savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv aloxida "fan" sifatida ajratilib, kotiblik kasbiga o‘qiyotganlargagina yozuv o‘rgatilar ediyu shunga qaramay, maktablarga deyarlik xamma bolalar tortiladi va "Qur’on"ni o‘rganish majbur qilib, arab bo‘lmagan bolalar uchun uni yodlash xar qancha og‘ir bo‘lsa xam, Movarounnaur maktablarida "Qur’on" ning bu usul qabul qilindi va to‘g‘ri deb topildi- Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o‘qitish uchun xam kerak edi.
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, xatto 5 yoshidan maktabga bera boshladilar "Qur’on"ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta xurmatga sazovor edilar. Asta — sekin o‘qimishli kishilar, ya’ni domla aloxida ajralib, ular o‘z xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida xusnixat, og‘zaki xisobni ham o‘rganar, asta - sekin fors-tojik tilida va turkiy tildagi kitoblarni, qo‘lyozmalarni xam o‘qitilar, o‘rgatilar edi.
Husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug‘ullanar edilar.
Movarounnaxrda arab bo‘lmagan bolalarga "Xaftiyak" VIII asrda tuzilgan bo‘lib, "Qur’on" suralaridan yettidan biri tanlab olingan darslik sifatida o‘rganilgan.
X — XII asrda islom dini rukunlari dars tojik tilida she’r va nasr bilan bayon qilingan. "Chorkitob" o‘qitila boshlandi. XII asrdan boshlab Axmad Yassaviy, undan so‘ng XVII asrdan So‘fi Olloyorlarning turkiy tilda yozilgan she’r va boshqa asarlari vositasida islom dini rukunlari turkiy tilda o‘rganila boshlandi. Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘kir, qizlar esa otinoyilar uyida o‘kitilar, ular yozuvni emas, faqat o‘kishni o‘rganar edilar. X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshlaydi. "Madrasa" so‘zi "dars o‘qitiladigan joy", "Ma’ruza tinglaydigan joy" ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy okimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, iloxiyot, mantiq, notiklik maxorati, kalom, o‘rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astranomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o‘kitila boshlandi.
Madrasalarda 15-20, 30-40 va 100-150 tacha talaba o‘qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa ma’muriy ishlarda ish olib borar edi.
«Qur’on» musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida asosiy qo‘llanma bo‘lib qoladi. «Qur’oni karimning» deyarli barcha oyat va suralari mazmunidagi g‘oyalar insonni ma’naviy axloqiy poklikka yetaklab, johillikdan qutqarib, ezgulikka yo‘naltirib, ayniqsa yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |