Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Shaxsning biologik va ijtimoiy sifatlari



Download 2,85 Mb.
bet14/181
Sana30.12.2021
Hajmi2,85 Mb.
#198075
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua

3.2.Shaxsning biologik va ijtimoiy sifatlari.

3.3. Bolalar iqtidorligi, uning turlari va mezonlari

3.4. Shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillari
Asosiy tushunchalar: individ, shaxs, odam, inson, barkamol inson, rivojlanish. shakllanish, ,biologik omil, ijtimoiy omil, irsiyat, muhit, ta’lim, tarbiya.
3.1. Shaxs haqida tushuncha

Oldingi ma’ruzalarda ta‘kidlanganidek tarbiyaning maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi . Bu vazifani muvaffaqiyatli ado etish uchun shaxsning rivojlanishi qanday borishi,unga qaysi faktorlar ta‘sir etishini bilmoq muhim. Buning uchun avvalo «Shaxs», «Inson» tushunchalarini bilish zarur.

Shaxs keng ma‘noda inson, individ, kishi demakdir. Tor ma‘noda esa muayyan jamiyat a‘zosi bo‘lgan individning ijtimoiy ahamiyatli, barqaror xislatlari majmui . Bu tushunchani kengroq tahlil etamiz.

Shaxs tushunchasi faqat insonga taalluqli tushuncha. «Inson» deganda uning biologik va ijtimoiy xususiyatlari tushuniladi. Inson jonli mavjudotning eng yuqori vakili. Inson biologik tomondan ham har qanday mavjudotdan farq qiladi.

3.2. Shaxsining biologik va ijtimoiy sifatlari

Insonning shakllanishida ikki, bir-biriga bog‘liq biologik va ijtimoiy omillarning ta‘sirini ko‘rish mumkin. Inson biologik mavjudot sifatida paydo bo‘ladi. Asta-sekin rivojlana boshlaydi. Unda biologik rivojlanish bilan birga ijtimoiy voqelikka munosabat, ijtimoiy xususiyat va sifatlar paydo bo‘la boshlaydi. Olti oylik bola atrofdagilarni taniy boshlaydi, begona odamni biladi. Asta-sekin nutq paydo bo‘ladi, tikka yuriy boshlaydi. Odamlar, narsa va hodisalar bilan munosabatga kirishadi, xulqi shakllana boshlaydi. Keyinchalik bilim, axloqiy normalarni egallay boshlaydi.

Shunday qilib biologik mavjudot bo‘lgan inson ijtimoiy xususiyatlarni ham egallaydiki, bu uni ijtimoiy mavjudotga ya‘ni shaxsga aylantiradi.

«Shaxs» deganda insonning ijtimoiy mavjudotligi, insonning ijtimoiy mohiyatining asosiy belgilari, uning individual psixik xususiyatlari, uning (temperamenti, xarakteri, qobiliyati, aqliy rivojlanganligi, ehtiyoji, qiziqishlari va h.k.) va ijtimoiy funksiyalari(voqeliqqa munosabati insonlarga, jamiyatga, mehnatga munosabati, xulqi, ijtimoiy faoliyati) tushuniladi.

«Inson deganda uning biologik va ijtimoiy funksiyalarining birikmasi tushuniladi.

Har bir inson ma’lum bir oilada o‘ziga xos tug‘ma xislatlar bilan tug‘iladi (ota-onadan o‘tadigan sifatlar) va shu oila ta‘sirida uning xarakter xususiyatlari shakllanadi. Shuning uchun ham insonlar millati va Vatani bir bo‘lsa ham xususiyatlari har-xil bo‘ladi. Bu uning o‘zigagina xos «Individual» xususiyatlaridir.

Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, inson dunyoda biologik mavjudot sifatida paydo bo‘ladi. Uning ijtimoiy mavjudotga, ya‘ni shaxsga aylanishi individual hayoti jarayonida, uzoq davom etgan murakkab rivojlanish davrida ro‘y beradi.

«Rivojlanish» tabiat, jamiyat va har bir shaxsga taalluqli umumiy xususiyat. «Rivojlanish» deganda o‘zgarish, ya‘ni bir turdan ikkinchi, ancha sifatli turga o‘tish, oldinga qarab harakat tushuniladi. Inson ham jismoniy ham ma‘naviy jihatdan rivojlanadi. Jismoniy rivojlanish - bu og‘irlik va hajmning ortishi, odamning eniga va bo‘yiga o‘sishidir. Ma’naviy rivojlanish - bu ongning rivojlanishi, nutq va tafakkurning o‘sishi, tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarni tushunishning rivojlanishidir.

«Shaxsning shakllanishi» tushunchasi zamirida shaxsiy sifatlardan ba’zilarining yetukligi, tugalligi tushuniladi.

Shuning uchun ham «Rivojlanish» tushunchasi «Shakllanish»ga nisbatan kengroq tushuncha. Shaxs rivojlanish jarayonida shakllanib boradi.

Fanda ko‘p yillardan buyon insonning rivojlanish, unda ijtimoiy va biologik omillarning munosabati, tabiat va jamiyatning ta’siri kabi masalalarda munozara davom etib kelmoqda.

Bu g‘oyalardan biri insonning kamolga yetishida asosiy va bosh narsa unga tabiat tomonidan beriladi. Uning o‘sishi, kamoloti ana shunga asoslanadi, deb tushuntiradi. Masalan, Markaziy Osiyo allomasi Abu Nasr Forobiy «Aql ma’nolari haqidagi risola»sida «Inson tushunish, fahmlash, muhokama qilish, o‘ylab topish, fikrlash quvvatiga tug‘ilgandan ega bo‘ladi va ularning qanday vujudga qelganini o‘zi ham bilmaydi, bu xususiyatlar bolaning o‘sib, kamolotga yeta borishi bilan rivojlanib boradi», - deb tushuntiradi. Shuningdek, Forobiy aqlning tug‘ma bo‘lib ko‘rinuvchi quvvatlar bilan bog‘liqligi, ikkinchidan aqlning bilim, hayotiy jarayonlar natijasida boyib borishi ta’lim-tarbiyaga bog‘liqligini ko‘rsatadi. (M.Xayrullaev. Forobiy ruhiy protseslar va ta’lim-tarbiya to‘g‘risida. T. «O‘qituvchi» 1966y. 51-b.) Bunday qarash ko‘pgina Markaziy Osiyo allomalarining (Abu Ali ibn Sino, Beruniy va b.q.) qarashlarida ham uchraydi.

XVI asrda paydo bo‘lgan preformizm falsafiy oqimi shaxsning barcha sifatlari homiladayoq mavjud bo‘ladi, kamolot esa ana shu mavjud sifatlarning o‘sishi, deb tushuntirdi. Tarbiya esa ana shu insondagi bor bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga yordamchi bo‘ladi.

Xuddi shuningdek, diniy qarash vaqillari ham insonning rivojlanishi va shakllanishini yuqoridagicha izohlaydilar. Bu qarash qadimgi grek faylasufi Platon, o‘rta asr katolik cherkovi ruhoniysi Foma Akvinskiy, musulmon dini allomalari Ahmad Yassaviy va boshqalarda ham bir xil izohlanadi. Bu qarash ularning hozirgi zamon izdoshlari neotomizm, eqzistensializm g‘oyalarida ham takrorlanadi.

Hozirgi zamon idealistik falsafasi, pedagogika va psixologiyasi jamiyat o‘zining har xil ijtimoiy to‘ntarishlari, qiyinchiliqlari bilan shaxsni buzadi. Shaxs faqat jamiyatdan tashqaridagina o‘zini kamolotiga erishishi mumkin deb tushuntiradi. Masalan, ekzistensiyalistlar shaxsning kamolotida uning ijtimoiy va ma’naviy ozodlik uchun kurashda emas, balki o‘zining mavjudligini yuqori darajada anglash muhim, deydi. Neotomistlar esa xudoni anglashda deb va unga sig‘inishda deb tushuntiradi.

Shaxsning rivojlanishini izohlashda yana ikkinchi preforizm oqimi ya’ni biologizator oqimi ham mavjud. Bu oqim tarafdorlari insonga hamma narsa tabiatdan ato etiladi deb tushuntiradi.

Insonning jismoniy mavjudligi va uning ma’naviy sifatlari ham tabiatdan beriladi deb tushuntiriladi. Hamma narsa tabiat tomonidan azaliy beriladi, deb tushuntiradi. Aristotel ba’zi odamlar tug‘ilgandan bo‘ysunishga va ba’zilar hukmronlik qilishlari tabiatdan belgilab beriladi, hatto bu narsa ularning tana tuzilishlarida ham namoyon bo‘ladi, deydi. Bunday qarash musulmon dini vakillarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. «Taqdir azaliy,peshonada belgilanadi», «nima bo‘lsa taqdirdan» kabi iboralar insonning shakllanishi xudo tomonidan belgilab berilgan taqdirga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Markaziy Osiyo allomasi ibn Sino ham insonga biologik zot sifatida qaraydi, u inson mijozining shakllanishida tabiatning muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida biogenetiqlar (Bolduin, Chemberlen,Stenli Xol va boshqalar) bolaning psixik jihatdan o‘sishi zoologlar Frits Myuller (1821-1897) va Ernest Gekkel (1834-1919) lar tomonidan kashf qilingan biogenetik qonun asosida boradi degan fikrni shunday ta’riflaydi: «Ontogenez filogenezni takrorlaydi». Bu har bir organizm o‘zining embrional taraqqiyotida o‘zidan avvalgi barcha bosqichlarni takrorlaydi». Bu har bir organizm o‘zining embrional taraqqiyotida o‘zidan avvalgi barcha tuxum-hujayra holatidan mukammal holatga yetgungacha boshdan kechirganidan qator formalar shu organizmning ajdodlari bosib o‘tgan juda ko‘p formalarning qisqacha, ixcham takrorlanishi demakdir. Biogenetikar hayvon organizmining biologik rivojlanishiga oid bo‘lgan bu qonunni kengaytirishga va bolaning psixik jihatdan o‘sishiga tatbiq qilishga o‘rganadilar. Ularning ta’limotiga ko‘ra bolaning psixik taraqqiyotida hayvonlar psixik hayotinig formalari qisqacha takrorlanadi. Masalan, nemis psixologi F.Shtern yangi tug‘ilgan bola hali inson emas deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir.Yarim yoshdan oshgandan so‘ng u maymunga tenglashadi (har narsani tutishga intiluvchi maymunliq davri), ikki yoshida bola boshlang‘ich insonlik holatiga yetadi. (yura va gapira boshlaydi.) Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixik xususiyatlari ibtidoiy odamlarnikiga, dastlabki maktab yillari qadimgi tarix davriga mos keladi .O‘smirlik yillarida kishi o‘zida o‘rta asr ongini aks ettiradi va yetukliq yoshidagina mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo‘ladi, deb da’vo qiladi.

Shunday qilib Shtern ta’limoticha ,kishi faqat yetukliq yoshida 17-18 yoshlaridagina mavjud jamiyatning a’zosi bo‘la oladi.

Asrimizning boshlarida AQSHdagi pragmatik filosof Djon Dyui (1856-1952) va psixolog Edvar L.I.Torndayq (1874-1949)biologizatorlar g‘oyalarini tasdiqlaydilar. Ular ham insonning barcha sifatlari hatto ongi va aqliy qobiliyatlari ham nasldan naslga o‘tadi. Aqliy qobiliyat insonga tabiyatdan beriladi , ya’ni qo‘z,tish, panjalar kabi deb ko‘rsatiladi.

Bunday g‘oyalar asosida bolalardagi tug‘ma irsiy sifatlar va qobiliyatlarni aniqlashga erishish uchun chet ellarda , jumladan AQSHda XX asr boshlarida pedagogika fani vujudga keldi. 20-yilardan boshlab pedologiya sobiq SSSR ga ham kirib keldi. Ular insonning barcha sifatlari irsiyat orqali beriladi degan g‘oyaga asoslanib bolalardagi bilim, qobiliyatlarning rivojlanishi qanday kechishini aniqlay boshladilar. Buning uchun turli testlarni ishlab chiqdilar.

Testlar asosida o‘quvchi aqliy rivojlanish darajasi aniqlanar edi. Har bir yoshdagi bolalar uchun ularning yoshi va dunyo qarashiga mos testlar tuzilar edi. Masalan, yoshlar uchun maxsus ishlab chiqilgan 5 testni berar edilar: chap va o‘ng tomonni aniqlash, rasmdagi holatni gapirib bering, bir vaqtning o‘zida bir necha topshiriqni bajarish(“qalamni stolga qo‘yib, qeyin eshiqni och, stulda to‘rgan qutichani olib qel” va hoqazo) bir necha tangani necha pulligini aytish, asosiy rangni aytish (ko‘rsatilganlar bo‘yicha).

Bola hamma 5ta testni ham to‘g‘ri yecha olsa, yoshiga munosib aqlga ega deb baholanar edi. Agar 5ta testdan 3ta testni to‘g‘ri bajarib, 2tasini bajara olmasa, demak u aqliy jihatdan tengdoshlaridan orqada deb baholanar edi. Aniqrog‘i baholash quyidagicha bo‘lar edi: Har yil uchun testlar soni 12 oyga mo‘ljallanar edi(1 yoshgacha 3 tadan 8 tagacha test ishlab chiqilar edi).

Yuqoridagi misolda 5ta test. Uni 12oyga bo‘ladigan bo‘lsa 1ta test 2.4oyga teng bo‘ladi. Bola 3 ta testni yechdi. Demak bolaning 7 yoshida 12 oydagi aqliy rivojlanish darajasi 7.2 oyga teng. Unga 6 yoshlar uchun mo‘ljallangan testlar beriladi. Bola u testlarni to‘g‘ri yechgan bo‘lsa, demak uning yoshidagi aqliy rivojlanish darajasi 6 yoshu 7.2 oyga teng bo‘ladi. Shundan keyin uning qobiliyati koefitsienti aniqlanishi mumkin. Aqliy rivojlanish darajasi jismoniy rivojlanishiga nisbatan protsent hisobidan berilishi mumkin. Yuqoridagi keltirilgan misol bo‘yicha 7 yoshli bolaning qobiliyati koefitsienti quyidagicha bo‘ladi.

6yosh 7.2 x100 =94.3%



7yosh

Har xil pedagogik tadqiqotlarda o‘quvchi aqliy qoloqligi darajasi har xil belgilangan. Lekin aqliy rivojlanish darajasi 80 foizdan kam natijaga ega bo‘lsa uni aqliy jihatdan nomukammal deb, maxsus maktablarga yuborilgan. U maktablarda o‘quv rejasi va dasturi aqliy jihatdan nomukammal bolalarga moslab tuzilgan edi.

Sobiq SSR da bolalar qobiliyati va aqliy imkoniyatlarini aniqlashlarning bu yo‘li uzoq amal qiladi. Partiya MQ ning 1936 yil 4 iyuldagi «Maorif xalq Komissarlari sismavzusidagi pedalogik buzukliqlar» deb chiqargan qarorida pedalogiya fani qattiq tanqid qilinib, uni yolg‘on fan bolaning rivojlanishida irsiyat va ijtimoiy muhit ta’sirinigina tan oladi deb bu fanni fanlar tizimidan chiqarib tashlandi.

Afsuski bu qaror insonni, ayniqsa o‘quvchi individual qobiliyati aqliy imkoniyatlari, tug‘ma xislatlarini aniqlab berishi mumkin bo‘lgan bir fanni tamoman yo‘qga chiqardi.

Insonning rivojlanishida biologik omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb inson haqida subektiv xulosa chiqaruvchi biologizatorlar g‘oyasini to‘liq o‘quvchi qilib bo‘lmaydi albatta. Lekin insonning ko‘pgina xususiyatlari ba’zan uning tabiatida mavjudligini, tug‘ma qobiliyatlar mavjudligini ham inkor qilish mumkin emas. Pedalogiyaga zarba berib, partiya Markaziy Qo‘mitasi bolani maktabga o‘quvchi qilishning yagona talabi uning jismoniy sog‘ligi va ma’lum yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan umumiy psixologik xususiyatlarga asoslanishini belgilab, jamiyatga juda katta zarar yetkazganligini anglash endilikda qiyin emas. Chunki kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi hollarda 5 yoshlik bolaning aqliy rivojlanish darajasi (jismoniy emas) 7 yoshlik bolanikidan yuqoriroq bo‘ladi.

3.3. Bolalar iqtidorligi, uning turlari va mezonlari

Har bir yoshdagi o‘quvchi xususiyatlari bo‘lgani kabi, ma’lum yoshdagi har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bolaning normal rivojlanishiga va shakllanishiga ancha yordam bergan bo‘lar edi.

Rivojlangan mamlakatlarda hozirga qadar ham bolaning tabiiy qobiliyati va iqtidorlarini aniqlash sohasida tajribalar o‘tkaziladi. Masalan, Angliyada o‘quvchilar boshlang‘ich sinfni tugatgandan so‘ng test sinovlari o‘tkazilib «Aqliy qobiliyat koeffitsienti» aniqlanadi. Shundan keyin bolalar o‘qishlarini davom ettirish uchun qobiliyatlariga qarab turli tipdagi o‘quv yurtlariga yuboriladi.

Germaniyada esa bolalar qobiliyatiga qarab uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga nazariy tafakkuri kuchli bo‘lgan bolalar kirib, ular yuqori darajadagi bilimlar olishga tayyorlanadi. Ikkinchi guruhga nazariy amaliy tafakkurga ega bo‘lgan bolalar kirib, bo‘lar bo‘lajak injener texnik xodimlar sifatida tayyorlanadi, uchinchi guruhga amaliy qobiliyatga ega bo‘lgan bolalar ko‘proq moddiy ishlab chiqarish sohalariga tayyorlanadi.

Boshqa ko‘pgina mamlakatlarda ham o‘quvchi rivojlanishi va tarbiyasini amalga oshirishda yuqoridagi usuldan foydalanildi.

Insonga tabiatdan ato etilgan qobiliyat, aqliy quch va tafakkurni vaqtida aniqlash, uning rivojlanishi uchun ta’lim-tarbiyani shunga mos tashkil qilish nafaqat bolaning rivojlanishi, balki jamiyatning rivojlanishiga ham yordam beradi. O‘quvchi qobiliyatini hisobga olmay bekorga sarflangan qancha-qancha mablag‘lar iqtisod qilinadi. Xalq xo‘jaligining barcha sohalari o‘z egalarini topadilar. Inson o‘z kuchi, qobiliyatiga yarasha ish topsa u yuqori unumdorlik bilan ishlaydi. O‘z ishidan qoniqib, yangi-yangi tashabbuslar ko‘rsatadi.

3.4. Shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillari

Yuqorida ta’kidlanganidek shaxsning shakllanishi va rivojlanishi ikki bir-biriga bog‘liq omillar, ya’ni biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida bo‘ladi. Bu omillar o‘zaro bog‘liq holda shaxsga ta’sir etadilar. Ularning o‘zaro munosabati bir qancha ichki va tashqi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bularning ta’sirini alohida ko‘rib chiqamiz.

Insonning rivojlanishida irsiyatning ta’siri

Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga o‘tadigan genetik dastur asosidagi sifatlar va xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar xuddi kodlashtirilgan dastur kabi bolalar organizmiga o‘tadi.

Bu dastur insonlar avlodini davom ettirishga sabab bo‘ladi. Chunki faqat insoniy xususiyatlar irsiyat orqali odamlarga o‘tadi. Ko‘p yillardan buyon materialistik ta’limot sifatida talqin qilinib, 70 yil mobaynida sovet pedagogikasida targ‘ib qilingan. F.Engelsning maymunning odamga aylanishi g‘oyasi ilmiy jihatdan asossizligi ko‘pgina ilmiy tadqiqotlarda bayon etilmoqda. Chunki hozirga qadar maymunning odamga aylanishi hali ko‘zatilmagan va yana biror maymunning insonga xos irsiy belgilari bilan bola tuqqani ham ko‘zatilmagan. Faqat inson bolasigina insonga xos irsiy belgilar ya’ni nutqning rivojlanishi, tikka yurishi, tafakkur va mehnat qobiliyatiga doir irsiy manbaalar bilan tug‘iladi. Uning hayotining keyingi bosqichlarida, ya’ni ijtimoiy muhit va tarbiya ta’sirida bu manbaalar asta-sekin rivojlana boradi.

Inson organizmidagi irsiy, ota-onadan o‘tadigan belgilar – bu tananing anatomik fiziologik tuzulishi, terining rangi, yuz tuzilishi, qoshi, sochi va boshqalar, asab tizimi, shuningdek, miyasining morfologik tuzilishi ham o‘tishi mumkin.

Inson faoliyatiga oid sifatlar avloddan avlodga o‘tishi pedagoglarning diqqatini tortib keladi. Bulardan bir qismlarining qarashlarini biz oldingi mavzuda ko‘rib chiqdik.

Ko‘pgina biologik oqim tarafdorlari insonga tabiatdan ato etilgan sifatlarga katta e’tibor qaratganining guvohi bo‘ldik. Haqiqatdan ham ko‘p hollarda ota-ona yoki o‘tgan qarindoshlarning aqli, bilim va qobiliyati, xarakter xususiyatlariga xos belgilarni bolalarda ko‘rib qolamiz. Shunda, qarang xuddi otasining o‘ziga yoqi onasiga o‘xshabdi deb qo‘yamiz. Bu faqat tashqi anatomik fiziologik sifatida qarab emas, balki uning xarakter xususiyatiga qarab xulosa chiqaramiz. Buni hamma insonlar uchun xuddi shunday deb xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim. Ba‘zi bolalar ota-onasining tamoman aksi, ya‘ni bilimli, aqlili, diyonatli bir odamning bolasi diyonatsiz, bilimsiz, bilimga qiziqmaydigan bir kishi ham bo‘lishi mumkin. Shunda biz yana buni dastaq qilib olib, qobiliyat, is‘tedod tabiatdan berilmaydi, balki faqat tarbiya yo‘li bilan egallanadi, deb mutloq xulosa chiqarmasligimiz kerak. Chunki insonda bir necha yil oldin o‘tgan avlodlari xususiyatlarining ba‘zi jihatlari ham bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, shaxs shakllanishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan irsiyat insonning hayot sharoiti ta‘sirida o‘zgarishi ham mumkin. Bunday hollarda bolalar tug‘ma shol, gung yoqi aqliy zaif bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ona homiladorligi paytida bo‘ladigan oilaviy janjallar, ishdagi noxushliklar ham o‘quvchi nosog‘lom, asab kasalliklar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

O‘quvchi sog‘lom, normal bo‘lib tug‘ilishida avvalo ota-onaning sog‘ligi muhim o‘rin tutadi. Inson yoshligidan boshlab o‘zining sog‘ligi ustida qayg‘urishi, sport bilan shug‘ullanishi, organizmni chiniqtirishi, bir maromda ovqatlanishi, mehnat va dam olishni tashkil qilishi, kelajak avlodning ham sog‘lom bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ba‘zi insonlar tug‘ma tabiat ato qilgan layoqatlar, qobiliyat nishonalari bilan tug‘ilishi fanda isbotlangan, tan olingan.

Alisher Navoiyda tug‘ma layoqat 6 yoshligidan namoyon bo‘la boshlagan. N.Rimsqiy-Qorsaqov 2 yoshidayoq onasi qo‘ylagan qo‘ylarni yaxshi farqlay olar, 4 yoshida otasi chaladigan hamma qo‘ylarni ijro etgan, F.Motsart 3 yasharligidan qlavesini chala boshlagan, 4 yoshida o‘zi mustaqil mo‘ziqa asarlari yarata boshlagan.

Tasviriy san‘at sohasidagi ijodiy qobiliyat Rafaelda 8 yoshida, Miqelanjeloda 13 yoshida, I.Repin va V.Serovda 4 yoshda namoyon bo‘la boshlagan.

Abu Ali ibn Sino 12 yoshligida har tomonlama bilimdon bo‘lib yetishgan va har xil fanlardan mashg‘ulot olib borgan. 16 yoshga yetmasdanoq tabobat sohasida qatta nom qozonib, amir saroyiga ovozasi yetgan. Amir Nux ibn Mansurni davolab, juda qatta obro‘ e‘tiborga erishadi. (Abdisodiq Irisov «Haqim ibn Sino» T.O‘zbeqiston 1992y.12bet.). Abu Rayhon Beruniy 22 yoshida yiriq olim sifatida yurtiga tanilgan edi. Bunday tabiiy tug‘ma is‘tedod sohiblarini juda qo‘plab qeltirish mumkin.

Tug‘ma layoqatlar tayyor qobiliyatlar emas, balqi qobiliyatning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tug‘ma tayyorliq, bo‘lajaq qobiliyatlardir. Tug‘ma layoqatlarning urug‘liqqa o‘xshatish mumkin. Urug‘dan qo‘chat unib chiqishi va hosil berishi uchun qulay hayot sharoiti, chunonchi: o‘g‘it, havo, suv, yorug‘lik va issiqlik kerak.Tug‘ma layoqatlar ham odam organizmida «mudroq» holatda bo‘ladilar. Uning rivojlanishi uchun ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya va shaxs ustida tinimsiz ishlashi zarur.

Shaxsning shakllanishida muhitning roli.

«Shaxs» tushunchasiga bu bobning birinchi qismida ta’rif bergan edik. Ya’ni shaxs deganda uning ijtimoiy mavjudligi, ijtimoiy mohiyatining asosiy belgilari tushunilishi ta’kidlagan edik. Insonning ijtimoiy mohiyatining asosiy belgilari faqat ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi.

Ijtimoiy muhit deganda Bolani o‘rab to‘rgan butun borliq tushuniladiqi, bu uning inson sifatida rivojlanishi va shaxsning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Insonda tabiat tomonidan ato etilgan sifatlar uning inson bo‘lib shakllanishi uchun zamin bo‘ladi. Bo‘lar nutq, tafakkur, tikka yurish kabi sifatlar zamini. Bu sifatlar yashaydigan ijtimoiy muhitdagina rivojlanishi mumkin.

Chunk, bola tug‘ilgandan gapira olmaydi, lekin odamlar uning atrofida gapiradilar, unga gapiradilar. Natijada Bolada ham nutq shakllana boshlaydi. U atrofidagi odamlarnig mehnat qilayotganlarini ko‘rib, ularga taqlid qila boshlaydi. Taqlid bilan boshlangan o‘yin faoliyati asta-sekin mehnat faoliyatiga aylana boradi. U atrofdagi narsa va hodisalarni ko‘rib, asta-sekin ularning mohiyatini anglay boshlaydi. Unda tafakkur va dunyoqarash shakllana boshlaydi.

Insonga oid tug‘ma sifatlar bilan tug‘ilib, inson ijtimoiy muhitda yashamasa, sifatlar rivojlanmasligini bir qancha hayotiy misollar isbotlashi mumkin. Bolalar juda yoshlik chog‘ida yovvoyi hayvonlar (bo‘ri, ayiq ) tomonidan o‘g‘irlanib, tirik qolgan va kishilar bilan muomilada bo‘lmay o‘sgan hollar bo‘lgani malum.

Lekin bu Bolalarda insonga xos bo‘lgan sifatlar yoshiga mos rivojlanmagan, Masalan, 1920 yilda doktor Sing Qalkuttaning Janubiy G‘arbida Midnapur shahri yaqinida bo‘ri uyasidan ikkita bo‘ri Bolasi bilan ikkita qizchani topgan. Bo‘lalarning biri yetti-sakkiz yoshlar chamasida, ikkinchisi ikki yoshlar chamasida bo‘lgan. Qizchalarni Midnapurdagi Bolalar uyiga olib kelishgan va Kamala,Amala deb nom berishgan. Amala(qichigi) bir yildan so‘ng vafot etgan .Kamala esa 1930 yilgacha yashagan.

Sing Kamalaning xulqini 9 yilgacha har kuni kuzatib kundalikka yozib borgan.

Qizcha dastlab to‘rt oyoqlab yurgan: sekin yurganda qo‘l va tizzalariga tayangan, chopganda qo‘li va oyog‘i kaftiga tayanib, tizzasini yarim bukkan holda yurgan. Kamala yorug‘likdan qo‘rqar, lekin qorong‘uda o‘zini tetik tutar edi. Uning badani sovuqni ham, issiqni ham sezmagandek ko‘rinadi. Juda sovuq kunlari ham yopib qo‘yilgan ko‘rpalarni uloqtirib tashlar edi. U olov va suvdan qo‘rqardi, agar uni yuvintirmoqchi bo‘lsalar, qochishga o‘riniardi. U suvni yalab ichar, sabzavotdan tayyorlangan ovqatni emasdi, lekin xom go‘shtni qo‘liga ham ushlamay yeyar, suyaklarni g‘ajirdi. Kamala faqat yerga qo‘yilgan ovqatni yegan, qo‘lga bersa olmagan, ovqat yeganda uning oldiga kelganlarga g‘azab bilan qarar, tishlarini g‘ijirlatar edi.

Amala bilan Kamala Bolalar uyiga kelgan dastlabki kunlarda kechalari muayyan vaqt o‘tgach (kechqurun soat o‘nlarda, kechasi 1va 3 larda) bo‘ridek uvillar, o‘rmonga qochish uchun ko‘p o‘riniar edilar.

Kamala Amalani o‘ziga do‘st tutgan bo‘lsa kerak. Ular uxlaganda xuddi kuchuk Bolalaridek bir-biriga bosh qo‘yishib tiqilib yotishardi. Amala vafot etganda Kamala ikki kungacha hech narsa yemagan va ichmagan. O‘rtogi o‘lgandan o‘n qun keyin ham yurgan yerlarni hidlayvergan.

Singning barcha o‘riniishlariga qaramay Kamalani «insonga aylantirish» uzoq davom etdi, lekin baribir qam natijaga erishildi.



Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish