Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Download 1,11 Mb.
bet17/81
Sana31.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#520979
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
Jismoniy tarbiya majmua2021

Internet saytlari
12.www.tdpu.uz
13.www.pedagog.uz
14.ww'w.physiology.ru/handbooks.html
15. www. Curator. ru/e-books/b22.html


5-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari va vositalari .Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi haqida bilim berish
Reja

  1. Jismoniy madaniyat vositalari pedagogik tushunchalar sifatida:

  2. Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish; vositalarning turli-tumanligi, uning ta`sir ko‘rsatishi yaxlit tizimi sifatida.

  3. Jismoniy mashqlarning yuz aga kelishi va rivojlanishi.

  4. Jismoniy mashqlarning ta`sirini belgilovchi omillar haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.


Jismoniy madaniyat vositalari pedagogik tushunchalar sifatida Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi
Jismoniy shakllar, tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari va gigiyegik faktorlari maktabda jismoniy tarbiya vositalari hisoblanadi. Maktabda jismoniy tarbiya oldida turgan pedagogik vazifalarni hal qilishda shu vositalarning har qaysisi o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda, harakat apparatini rivojlantirishda, jismoniy sifatlarni tarbiyalashda va ichki organlarning ish faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar yordamida dastlabki ko‘nikmalari takomillashadi. Yurish, yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, irg‘itish, tirmashib chiqish va hokazo asosiy harakat turlariga o‘rgatiladi. Jismoniy mashqlarni tashlashda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining anatomik fiziologik va psixologik xususiyatlariga e’tibor berish talab qilinadi. O‘qituvchidan mashqlar mezonini to‘g‘ri ta’minlay bilish, nagro’z kani oshib ketishiga, o‘quvchilarni toliqishiga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi.
Jismoniy mashqlar yordamida o‘quvchilar tanasining hamma qismlarini rivojlantirish uchun bir maromda bajariladigan mashqlar tanlanishi kerak. Tanlangan mashqlar to‘g‘ri yurak qon tomirlar sistemasining ish faoliyatini yaxshilashga qaratilishi kerak. Dars jarayonida bajariladigan jismoniy mashqlar dam olish bilan almashtirib bajartiriladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ham vositalar ishtirok etsada, jismoniy mashqlar tarbiyalash va o‘rgatishda o‘ziga xos ahamiyatga egadirlar. Buning sabablari quyidagtlar:

  1. Jismoniy mashqlar insonning atrof-muhitga nisbatan harakat sistemasini ifodalaydi.

  2. Jismoniy mashqlar ijtimoiy tarixiy jarayonda tarbiya sohasida takrorlanish, qaytarilishidir.

  3. Jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilarning tanasiga ta’sir qilib qolmay, shaxs sifatida shakllanishida ham ahamiyatlidir.

  4. Jismoniy mashqlarning pedagogik faoliyatdagi alohida ahamiyati tarbiyalanuvchilarning jismoniy takomillashuviga qaratilganligidir.

  5. Jismoniy mashqlar kishining harakatga bo‘lgan talabini qondiruvchi vositadir.

Jismoniy mashqlar tasnifi - bu jismoniy mashqlarni muayyan belgilariga ko‘ra guruh va kichik guruhlarga taqsimlanishidir. Turli jismoniy mashqlar ko‘plab o‘xshish belgilarga ega. Mashqlarni guruhlashga imkon beradigan asosiy belgini aniqlash muhim. Bu belgi pedagogik jihatdan ahamiyatli bo‘lishi lozim. Turli belgilarga ko‘ra to’z ilgan tasniflar ko‘plab amaldagi jismoniy mashqlar bilan tanishishga, ulardan zarurlarini qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo‘llanmalardan zarur mashqlar tasnifini tez topishga yordam beradi.
2. Ayniqsa, umumiy tasniflarning asosida jismoniy tarbiya vositalarining tarixiy shakllangan sistemasi va metodlari yotadi: gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm.Bu guruhlarning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega va yanada kichik tasnifiy guruhchalarga bo‘linadi.
Gimnastika jismoniy tarbiya sistemasida katta o‘rin tutadi.U sog‘lomlashtirish yoki umumrivojlantiruvchi (asosiy, gigenik, atletik), sport-akrabatik, kasbiy, ( sport gimnastikasi va amaliy).Professional-amaliy, harbiy-amaliy, sport-amaliy, ishlab chiqarishdagi gimnastika, davolash gimnastikasi turlariga bo‘linadi.
Gimnastikaning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: gavdaning turli qismlari, ayrim bo‘g‘imlar, muskullar va ularning faoliyatining turli tomonlari va holatiga ta’sir etish (muskullarning bo‘shashiga, cho‘zilish va boshqalar); nagro’z kani aniq taqsimlash imkoniyati; fizkul’tura snaryadlari, anjomlaridan foydalanish; mashqlarni musiqa jo‘rligida o‘tkazish; mashqlarning rang-barangligi.
Gimnastikaning bu xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni hal etish uchun barcha yoshdagi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo‘lgan kishilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan foydalanish imkonini beradi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish