Qo’shimcha adabiyotlar
5.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib – intizom va shaxsiy
javobgarlik – harbir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11
6. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston”, 2017.
7.O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni.O'zbekistonRespublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017y., 6-son, 70-modda.
8. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. “O'zbekiston”, 2017
9. Abdullaev A., Xonkeldiyev SH. Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi Toshkent., Uzbekistan Davlat jismoniy tarbiya instituti, 2005 yil - 300 b.
10. Liviyskiy A.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi Toshkent: 1995 yil - 500 b.
1l. Xo’jayev F, Raximqulov K.D. Nigmanov B.B. “Sport va harakatli uyinlar va uni o'qitish metodikasi” TDPU nashriyoti, Toshkent 2008 у.
Internet saytlari
12.www.tdpu.uz
13.www.pedagog.uz
14.ww'w.physiology.ru/handbooks.html
15. www. Curator. ru/e-books/b22.html
Mavzu: Jismoniy masqlarning mazmuni . Jismoniy masqlar texnikasi. Fazoviy xarakteristika ( dastlabki holat, gavda qismlarining holati, trektoriya)
RЕJА:
Jismoniy masqlarning mazmuni
Jismoniy masqlar texnikasi.
Jismoniy mashqlarning tavsifnomasi (xarakteristikasi),
Tayanch tushunchalar:
Jismoniy tarbiya vazifalari , jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarning tavsifnomasi (xarakteristikasi), gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari, quyosh, havo, suv, jismoniy mashqlar, jismoniy mashqlar, massaj…
Texnika taraqqiyoti davrida jismoniy tarbiya va sportga katta ahamiyat qaratilmoqda. Chunki, texnik taraqqiyot davrida insoniyat jismoniy mehnatdan ozod bo‘lib, eng havfli «kam harakat qilish» kasalligiga uchramoqda, bu esa qon-tomir tizimining kasalligiga olib keladi.
Shuning uchun, oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan chiqarilgan «Jismoniy tarbiya va sport» bo‘yicha qonun va «Sog‘lom avlod uchun» farmoni va dasturi bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi, ularning sog‘lom, mehnatsevar, baxtli bo‘lishlari to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdan dalolatdir. Shunday ekan, bolalarni jismoniy va har tomonlama rivojlanishi uchun jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanmog‘imiz muhimdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari, jismoniy mashqlar kabi vositalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qo‘l mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy va plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish...) xilma-xil harakatlar bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi.To‘laqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalardan mujassam holda foydalanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |