Shundan keyin shart. mayli kо‘rsatkichi -(-sa) gapda ekanligini tushuntirib, bu mayl biror harakatni
rо‘yobga chiqarish uchun shart bо‘lgan boshqa biror harakat ma’nosini ifodalashini tushuntiradi.
Misol sifatida 77-
mashqdan Olim bо‘lsang, olam seniki gapini keltiradi. Uni doskada talabaga
ishlatadi, olamni egallash uchun, ya’ni olamni bilish, u haqdagi tushunchalarga boy bо‘lishi uchun
olim bо‘lish shartligi ma’nosi ifodalanganligi uchun bu gapda shart mayli ma’nosi mavjudligini
talabani aralashtirgan holda tushuntiradi. О‘rni bilan guruhdagi boshqa talabalar ham jalb etiladi.
Buyruq-istak maylida fe’l haqida о‘qituvchi tushuncha berishda bu maylning ish-harakatni bajarish-
bajarmaslik haqidagi sо‘rash, buyurish, istak, iltimos, maslahat, da’vat - chaqirish ma’nolarini
bildirgan, ikkinchi shaxs formasida bо‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Buni siigdirish uchun 77-
Mashqdan "Ommaning ichida yashangiz" gapini doskaga yozdiradi. Talabadan nima uchun buyruq-
istak maylida ekanligini isbotlashni sо‘raydi. Boshqa talabalarni masalaga aralashtiradi. Talabalar buni
isbotlay olgandan keyin boshqa
mashqlarga о‘tiladi. Shartli mayl haqida ham о‘qituvchi tо‘xtaladi. Bu
maylning shart maylidan biror shart bajarilsa ham ikkinchi ish-harakatning bajarilishi gumonligini
bildirishini tushuntirib, bu mayl kо‘rsatkichi -r, -ar ekanligini aytadi.
80-
mashqdan misollar ishlatadi. Kishilar adolat bilan harakat qipganlarida edi, sudyalar dam olgan
bо‘lur edilar gapidagi dam olgan bulur edilar fe’li shartli mayldaligi yuqoridagilar asosida talabalarga
isbotlatiladi.
Shundan keyin о‘qituvchi-maqsad mayli haqida nazariy tushunchani misol asosida talabalarga
tushuntiradi.
Talabalar bilan esa 81-
mashqni doskada bajaradi. Men ham senga otalik qilmoqchiman gapidagi
otalik qilmoqchiman fe’li maqsad maylidagi fe’lligini -moqchi kо‘rsatkichi mavjudligi va bu fe’l
obyektiv voqelikda maqsad modal ma’nosini ifodalaganligini talabalarga tushuntiradi. Maqsad mayli
о‘tgan va kelasi-zamon formalarini kо‘rsatishini, bо‘lishsizlik formasi otalik qilmoqchi emasman,
otalik qilmoqchi emas edim tarzidagi formada bо‘lishi talabalarga singdiriladi.
Mashqlar shu tarzda ishlatiladi. О‘rni bilan kartochkalar tarqatilib, undagi fel mayllari mustaqil tahlil
ettiriladi. Dars mustahkamlanadi: Demak, о‘abek tilida fe’l mayllari turini uchta
emas, 5 ta deb qarash ma’qul. Ular harakatning voqelikda kanday ma’noda bajarilishi bajarilmasligini
anglatadigan fe’lning grammatik kategorkyalari, deb yakunlanadi.
Uyga vazifa berishdan oldin tapabaning bilimi, aktivligi, imlosi, mustaqilligi kabi xususiyatlari
hisobga olinib reyting tizimiga muvofiq ularga ballar qо‘yiladi, e’lon etiladi.
Uyga vazifa etib, M.Mirzyayev va Y.Zshonqulovlar
mashqlar tо‘plamidan 82-
mashqni .R.Ikromova
va K.Qosimovalar
mashqlar tо‘plamidan esa 223,224,225-
mashqlarni ishlashni
va shartli va maqsad
mayllariga oid badiiy zsarlardan 10 tadan misol topish va isbotlash topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: