Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

Adabiyotlar: 
1. A.Hojiyev. О‘zbek tili sо‘z yasalishi. Toshkent, "О‘qituvchi", 1989, 23-51, 97-102-betlar. 
2. SH.Shoabdurahmonov va b. О‘sha darslik, 170-173-betlar. 
3. M.Mirzayev va Y.Eshonkulov. О‘sha mashqlar tо‘plami, 72-76-betlar. 
4. "О‘zbek tili va adabiyoti" jurnalida chiqqan sо‘z yasash usullariga oid maqolalar. 
5. A.Hojiyev. Sо‘z yasash usullari. "О‘zbek tili va adabiyoti" jurnali, 1975, 4-son, 43-48-betlar. 
 
О‘qituvchi sо‘z  yasalishi, qanday usul  bilan bо‘lsa ham,  yangi  leksik  ma’noli  sо‘z  hosil qilish 
ekanligini  talabalarga  savollar  berish  asosida  aniqlaydi.  Sо‘z  yasash  hodisasini:  birinchidan,  tilda 
uchun  yangi  sо‘z  hosil  bо‘lishini;  ikkinchidan,  tilga  xos  ma’lum  usul  asosida  shu  til  materiallaridan 
yangi  sо‘z  yasash  yangi  sо‘z  hosil  qilish)ni  farqlash  zarurligini  о‘qtiradi.  Shundan  keyin  sо‘z 
yasashning  usullaridan  semantik  (leksik-semantik)  usulda  sо‘z  yasalishi  haqida  ma’ruzada    aytilgan 
nazariy  fikrlarni  mustahkamlash  maqsadida  talabalarga  savollar  beradi,  talabalar  mulohazalarini 
eshitadi,  yaxshi javoblarni umumlashtiradi. 
Fonetik  usul  ham  shu  metodda  ish  kо‘radi.  Bu  usulga  kо‘ra  sо‘z  fonetik  (tovush)  о‘zgarishi 
natijasida bо‘lishi (kо‘z-kо‘r.bur-buz)ga; urg‘uning о‘rinli о‘zgartirish asosida(yangi-yangi) bо‘lishiga 
e’tibor qaratadi. 
Sintaktik-leksik  usulda  sо‘z  yasalishi  deganda  sо‘z  birikmasining  sо‘z  (leksema)ga  aylanishi 
tushunilishiga e’tibor qaratadi. Til tarakqiyoti jarayonida ma’lum tildagi sо‘z birikmasi yagona leksik 
ma’no  kasb  etishi  natijasida  sintaktik  birlidan  leksik  birlikka  aylanishini  makkapoya,  mingboshi, 
tokqaychi kabilar misolida isbotlaydi. 
Sо‘z yasalishining bu usulini leksikalizatsiya usuli deb ham yuritilishini   alohida ta’kidlaydi va 
isbotlaydi. 
Abbreviatsiya  usuli  haqida  gap  ketganda  о‘qituvchi  ma’ruzada  aytilgan  sо‘z  birikmasi  (ot 
birikma)  tarkibidagi  sо‘zlarning  turli  tipda  qisqartilishi  (bosh  harflari,  bir  bо‘g‘in  olinishi....)asosida 
qisqartmalar hosil qilinishi" tushunilishini aytib, BMT, SAMDU kabilarni misol qilib keltaradi. 
Shundan  keyin  о‘qituvchi  sо‘z  yasalishi  va  bu  yasalishda  ish  kо‘radigan  usullarning  haqiqiy 
mohiyatidan  kelib  chiqiladigan  bо‘lsa,  abbreviatsiya  usuli  haqiqiy  ma’nodagi  sо‘z  yasalishi  deganda 
(qanday usul  bо‘lishidan qatiy  nazar)  yangi  sо‘z  (leksema)ni  yuzaga keltiradigan usul (yо‘l)  nazarda 
tutilishini ta’kidlaydi.  Abbreviatsiya  yо‘li  bilan  hosil qilingan qisqartmalar (abbreviaturalar) esa sо‘z 
birikmasining  qisqartirilgan  shakli  (varianti)  sanalishini,  qisqartmalar  asl  holiga  keltirilsa,  yana  sо‘z 
birikmasiga  aylanishini  BMT-Birlashgan  Millatlar  Tashkilotini  misol  keltirish  asosida
 
isbotlaydi. 
Talabalarning  bu  haqdagi  mulohazalarini  eshitadi,
:
:  Abbreviatsiya  yо‘li  bilan  sо‘z  (leksema)  hosil 
bо‘lmasligini,  sо‘z  hosil  bо‘lmasa  ekan,  bu  usulni  sо‘z  yasash  usuli  deyish  ham  mumkin  emasligini 
kо‘rsatadi. 
Bular  bilan  birga,  sо‘z  yasashning  semantik,  fonetik,  sintaktik-leksik  usullari  til  hodisalariga 
asoslanishini,  affiksatsiya  va  kompozitsiya  usullari  esa  sо‘z  yasash  materialiga  asoslanishini  alohida 
ta’kidlanadi.  О‘qituvchi  nazariy  fikrlarni  chо‘zib  .talabalarni  zeriktirib  qо‘ymasligi  uchun  sо‘z 
yasashning  affiksatsiya  va  kompozitsiya  usullarini  aytib,  ba’zi  misollar  keltirish  bilan  cheklangani 
ma’qul. 
Aytilganlar  haqida talabalar aniq tushunchaga  ega bо‘lgandan keyin  mashqlar  ishlatadi. Mashq 
talablarini yuqoridagi nazariy fikrlar asosida bajartiradi. Mashq ishlashda namunani doskada bajartirsa, 
mashqning davomini mustaqil bajarishga undaydi. Tо‘g‘ri bajarganlik darajasini nazorat qilish uchun 
esa  oldin  bajarganlar  ishini  о‘qituvchi  tezgina  qarab  chiqadi,  munosabatini  bildiradi,  tо‘g‘ri 
bajarganlardan biriga о‘qitadi. 
Talabalarning  sо‘z  yasash  usullari  haqidagi    nazariy  va  Amaliy  bilimlari,  kо‘niklari  butun  dars 
jarayonida  aniqlab  boriladi,  reyting  tizimi  talablari  asosida  ball  baholanadi.  Mustaqil  bajarish  uchun 
esa mashqlardagi bajarilmay qolgan gaplardagi yasalmalar topshiriladi.   
Dars о‘qituvchi tomonidan yakunlanadi, ballar e’lon qilinadi. 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish