Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

Kishilik olmoshlari. Bu turdagi olmoshlarga quyidagilar kiradi: 
Birlik sonda                              Ko‘plik sonda 
I  sh. men                                  sh. biz 
II  sh. sen                                  II sh. siz 
III  sh. и                                   III sh. ular 
O‘zbek  tilida  1  shaxs  birlik  sondagi  kishilik  olmoshi  ko‘plik  sondagi  I  shaxs  kishilik  olmoshi 
bilan  almashinib  ham  qo‘llanadi.  Masalan:  Kitoblarni  men  keltiraman.  Kitoblarni  biz  keltiramiz. 
Ushbu gaplarning har ikkalasida ham ishni bajaruvchi birlik sondagi birinchi shaxsdir. Shuningdek, II 
shaxs birlikdagi kishilik olmoshi o'rnida II shaxs ko‘plik sondagi kishilik olmoshi qo‘llanib, ko‘plikni 
emas, balki hurmat ma’nosini anglatadi. Masalan: Uyga sen birinchi kir. Uyga siz birinchi kiring. Har 
ikkila holatda ham bir kishi nazarda tutilyapti. Odatda ko‘plik ma’nosi -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda 
anglashiladi:  Sizlar  tezroq  boraveringizlar,  orqalaringizdan  yelib  boramiz.  Bugun  qabul  tugadi, 
sizlami boshqa kuni yana chaqiramiz. 
Kishilik olmoshi kelishiklar bilan quyidagicha turlanadi: 
1.   Bosh kelishik: men, sen, u, biz, siz, ular. 
2.   Qaratqich kelishigi: mening, sening, uning, bizning, sizning, ularning. 
3.   Tushum kelishigi: meni, seni, uni, bizni, sizni, ularni. 
4.   Jo‘nalish kelishigi: menga, senga, unga, bizga, sizga, ularga. 
5. O‘rin-payt kelishigi: menda, senda, unda, bizda, sizda, ularda. 
6.    Chiqish  kelishigi:  mendan,  sendan,  undan,  bizdan,  sizdan,  ulardan.  Men  va  sen  kishilik 
olmoshlari  qaratqich  va  tushum  kelishiklarining  qo‘shimchalarini  olganda,  ular  tarkibidagi  bir  (i) 
tovushi  tushib  qoladi:  men-ning,  sen-ni  shaklida  emas,  me-ning,  se-ni  shaklida  bo‘ladi.  Xuddi 
shuningdek,  и  kishilik  olmoshi  jo‘nalish,  o‘rin-payt  va  chiqish  kelishiklarining  qo‘shimchasini 
olganda, tarkibida bir [n] tovushi orttiriladi: u-ga, u-da, u-dan shaklida emas, balki un-ga, un-da, un-
dan kabi. 


Rus  tilida  kishilik  olmoshlari  kelishiklar  bilan  turlanganda,  ularning  boshlang‘ich  shakllari 
butunlay  o‘zgarib  ketadi.  O‘zbek  tilida  esa,  yuqorida  ko‘rib  o‘tganimizdek,  o‘z  asl  shaklini  saqlab 
qoladi. 
Men kishilik olmoshi o‘rnida mumtoz adabiyotda kamina faqir, qulingiz, banda kabi so‘zlar ham 
qo‘llanib kelingan. 
O‘zbek tilida sen kishilik olmoshiga -lar ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilgan holda qo‘llanishi ham 
uchraydi. Bunda mensimaslik, kamsitish, istehzo, ta’na kabi ma’nolar bo‘rtib turadi. Masalan:  Senior 
bu yerda nima qilyapsanlar? Men senlarga aytyapman. Senlarni deb shuncha g‘alvaga qoldim. 
Ko‘plik sondagi birinchi shaxs biz kishilik olmoshi ham nutqda -lar ko‘plik qo‘shimchasi bilan 
qollanishi  mumkin.  Bunda  ko‘plik  ma’nosi  yanada  kuchaytiriladi.  Masalan:  Bu  ishni  biz  bajaramiz. 
Gapdan anglashilayotgan ish-harakatni bir kishi yoki ko‘pchilik bo‘lib bajarish mumkin. Bu gap bilan 
qiyoslang:  Bu  ishni  bizlar  bajardik.  Ish-harakat  bir  kishi  tomonidan  bajarilmagan,  ko‘pchilik 
tomonidan bajarilgan. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish