Murakkab sonlar ikki va undan ortiq sonlar birikuvidan hosil bo‘ladi: о‘n bir, bir yuz o‘ttiz
olti, ikki ming ikki yuz to‘qson yetti kabi.
O‘zbek tilida son o‘zi birikib kelgan ot bilan bitishuv usuli orqali bog‘lansa, rus tilida ular sifatlar
kabi o‘zi birikib kelgan ot bilan rod, son va kelishikda moslashadi. Sonning yana bir muhun xususiyati
shundaki, u morfologik yoki sintaktik yo‘l bilan boshqa so‘z turkumlaridan yasalmaydi. Miqdor
sonlarga qo‘shimchalar qo‘shish bilan boshqa tur sonlarning hosil bo‘lishi yasalish emas, balki
sonning o‘z ichki o‘zgarishlaridir.
Sonlar ham gapda sifatlar kabi, asosan, aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |