Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

OTLARDA EGALIK KATEGORIYASI 
 Predmet yoki predmetlik tushunchalarining uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini 
ifodalovchi  shakllar  egalik  kategoriyasi  deyiladi.Otlardagi  egalik  ma’nosi  uch 
shaxsni,  birlik  va  kо‘plikni  kо‘rsata  oladi.  O‘zbek  tilida  egalik  ma’nolari 
morfologik va sintaktik usullar bilan ifodalanadi. 
Sо‘z о‘zak, negiziga maxsus  qо‘shimchalar qо‘shish orqali egalikning ifodalanishi 
morfologik usul bilan ifodalanishidir. 
Predmetni,  narsa-hodisani  uch  shaxsdan  biriga  qarashliligini  bildiradigan 
qо‘shimchalar egalik qо‘shimchalari deyiladi, 
Egalikqо‘shimchalari  predmetning  shaxsga  yoki  predmetga  qarashli  ekanligini 
kо‘rsatib,  shaxs  va  son  ma’nolarini  ifodalaydi.  Egalik  qо‘shimchalari  sо‘zning 
qanday tovush bilan tugashiga kо‘ra ikki variantli bо‘ladi 
shaxslar       birlik 
kо‘plik 
I shaxs 
-m (-im) 
-miz (-imiz) 
IIshaxs         -n (-ing) 
-niz (-ingiz) 
IIIshaxs        -si (-i) 
- si, - i (-lari) 
 
Egalik  qо‘shimchalarining  III  shaxsi  birlik  va  kо‘plikda  farqlanmaydi. 
Masalan: uning kitobi, ularning kitobi kabi. 
Sо‘zlarda  egalik  qо‘shimchalari  qо‘shilganda  kо‘pgina  sо‘zlar  о‘zagida  о‘zgarish 
bо‘lmasa-da,  ayrim  sо‘zlarning  о‘zagida  о‘zgarish  yuz  beradi.  Masalan:  aka,  uka, 
daftar,  gul  sо‘zlariga  egalik  qо‘shimchalari  qо‘shilganda.  (akam,  gulim)  о‘zak 
aslidagidek qoladi. Biroq og‘iz,  burun,  siigil, kо‘ngil,  qishloq,  chorvog‘im  sо‘zlariga 
egalik  qо‘shimchasi  qо‘shilganda  о‘zakda  о‘zgarish  bо‘ladi:  og‘zim,  burnim, 
singlim, kо‘nglim, qishlog‘im, chorvog‘im kabi. 
Egalik  qо‘shimchasini  olgan  sо‘zlarning  boshqa  sо‘zlar  bilan  о‘zaro  birikishi 
ham turlichadir. 
Egalik  qо‘shimchasini  olgan  ot  kо‘pincha  qaratqich  kelishigidagi  ot  yoki 
otlashgan  sо‘zlar  bilan  bog‘lanadi.  Natijada  egalik  qо‘shimchasi  olgan  sо‘zning 
kelishikli  sо‘zga  qarashli  ekanligi  ifodalanadi.  Egalik  qо‘shimchasining  qaratqichli 
sо‘z  bilan  bog‘lanishi  juda  kо‘p  uchraydigan  holatdir:  bu  navning  ahamiyatini  hozir 
aniq  baholash  qiyin,-  albatta  (U.U).  Movarounnahrda  esa  Shayboniyzodalarning 
hokimiyati parcha-parcha bо‘lib zaiflashib bormoqda (P.Q.). 
Egalik  qо‘shimchalarini  qaratqich  kelishigi  qо‘shimchasini  olgan  ot  bilan 
birikishi  shu  qо‘shimchalarning  ifoda  jarayonini  kengaytiradi.  Zero,  egalik 
qо‘shimchalari  faqat  tegishlilik,  mansublik  ma’nolarini  ifodalaydi.  Masalan:  ish  joyi, 
bahor  payti,  kuz  avosi  kabi  birikmalarda  mansublik  ma’nosi  mavjud  bо‘lsa, 
maktabning  bog‘i,  Alining  ukasi  kabi  birikmalarda  egalik  qо‘shimchasini  olgan 
sо‘z qaratqichli sо‘zga qarashli ekanligi ifodalangan. 


Egalik qо‘shimchasining kо‘proq  qaratqichli sо‘z bilan birgalikda qо‘llanishi egalik 
bilan  qaratqich  kelishigining  о‘zaro  bog‘liqligini  kо‘rsatadi.  Qaratqich  va  egalik 
qо‘shimchalarini  olgan  sо‘zlar:  mening  о‘rtoqlarim,  mening  о‘rtoqlarim  tipida 
qaratqich birlikda, qaralmish birlikda va kо‘plikda; uning о‘rtoqlari, ularning о‘rtog‘i 
tipida  qaratqich  birlikda,  qaralmish  kо‘plikda  yoki  aksincha,  qaratqich  kо‘plikda, 
qaralmish birlikda shakllarida kelishi mumkin. 
Egalik  qо‘shimchalarini  olgan  sо‘z  son, ot  yoki  olmosh bо‘lib, chiqish kelishigi 
qо‘shimchasini  olgan  sо‘z  bilan  birikadi:  talabalardan  biri,  undan  ikkovi. 
Shuningdek, egalik  qо‘shimchasini olgan sо‘z  bosh kelishikdagi sо‘z bilan birikadi. 
Bu  xildagi  birikishlarda  qarashlilik  ma’nosi  ifodalanadi.  Masalan:  kampir  qiziga 
javob  tololmadi,  allanimalar  deb  gungillab  savatdagi  zog‘oralarni  yoyib  qо‘ydi-da, 
oshxona  yig‘ishtirgani  ketdi  (O.).  Qarashlilik  ma’nosi  ifodalanmaydi:  —Tuhmat 
balosidan  meni  faqat  Humoyun  hazratlari  |qutqargaylar,  —  dedi-yu  Agradan  qochib 
chiqdi.(P.Q.) 
Egalik qо‘shimchalari shaxs ma’nosini ham, son ma’nosini ham ifodalaydi. 
Egalik qо‘shimchalarini shaxs ma’nolari birlik  va kо‘plikda bir xil,  - m, -ng, - i, 
(-si),  qо‘shimchalari  shaxs  kо‘rsatkichlaridir.  Masalan:  akam
,
  akang,  akasi 
sо‘zlarida har uchala shaxs ifodalangan. Bu qо‘shimchalar uchta shaxsda ham birlikni, 
ham  kо‘plikni  ifodalashga  uchun  asos  bо‘ladi.Biroq  shaxs  qо‘shimchalarining  о‘zi 
kо‘plikni  ifodalay  olmaydi.  Kо‘plikni  ifodalashda  shaxs  qо‘shimchalariga  -  iz 
kо‘plikni  ifodalovchi  son  qо‘shimchasi  qо‘shiladi.  Masalan:  aka+m+iz, aka+ng+iz 
kabi. 
Egalnk  qо‘shimchalarning  1,11  shaxslari  kо‘p  jihatdan  bir-biriga  mos,  III 
shaxsi  esa  farqlanadi.  Masalan:  son  qо‘shimchalari  1,11  shaxsda  bir  xil  shaklda 
bо‘lsa III shaxsda boshqachadir. 
Shuningdek, egalik qо‘shimchalari 1,11 shaxsda predmet, narsa-hodisaning kimga, 
nimaga  tegishli  ekanligini  aniq  kо‘rsatib  turadi:  kitobim,  kitobing  kabi.  Bu 
xildagi  ifodalarda  qaratuvchi  shaxslar  —  men,  sen  aniq.  Shuning  uchun  bu 
olmoshlar  ifodalanmasa  ham  qaratuvchi  shaxs  aniq  ekanligi  seziladi.  111  shaxsda 
esa qaratuvchi shaxs u olmoshi bilan ham, boshqa kishi otlari bilan ham ifodalanadi: 
uning kitobi — Lolaning kitobi kabi. 
1,11  shaxs  egalik  qо‘shimchalari  predmetning,  narsaning  shaxsga  tegishli 
ekanligini ifodalaydi: akam, akang (mening, sening). Predmetning shaxsga 
tegishli  ekanligi  III  shaxs  egalik  qо‘shimchasi  orqali  ham  ifodalanadi:  akasi.  Shu 
bilan  birgalikda  III  shaxs  egalik  qо‘shimchasi  kо‘proq  shaxsga  tegishli 
bо‘lmagan  narsa,  predmetlarni  ham  ifodalaydi.  Masalan:  kitobning  varag‘i, 
maktabning bog‘i. 
Egalik  qо‘shimchalari  kо‘plik  ma’nosini  ifodalovchi  -  lar  qо‘shimchasidan  keyin 
qо‘shiladi. Ishxona rahbarlari tо‘yxonaga ancha  barvaqt borishdi (о‘.U.).  Kunduz 
kunlari havo qoramtir- kulrang, Osmon xuddi tomlarga tegib turganday (A.Qod.). 
O‘zbek  tilida  egalik  ma’nosi  ot  va  olmoshlarga  -niki  qо‘shimchasini  qо‘shish 
bilan  ham  ifodalanadi.  Kitob  meniki,  kitob  seniki,  kitob  uniki,  bu  qо‘shimcha  u 
olmoshiga qо‘shilganda mavhum egalikni hosil qiladi. 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish