Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi


hakdagi  fikrlarini  mustahkamlash  uchun



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

hakdagi  fikrlarini  mustahkamlash  uchun  eslatilgan  mashqlar  tо‘plamidagi  9-,10-,11-,14-
mashqlardan namunalar ishlatadi. Kartochkalar tarqatib, affikslar sodda va qо‘shmaliligi, affikslardagi 
kо‘p ma’nolilik, omonimlik, sinonimlik, antonimlik haqida mustaqil mashqlar о‘tkazadi. Talabalarning 
mavzu haqidagi bilimi, amaliy kо‘nikmasi reyting tizimi asosida baholanadi. Mustaqil vazifa toshirilib, 
mashg‘ulotga yakun yasaladi. 
 
4-mashg‘ulot (2soat). 
Mavzu: Sо‘z yasalishi. Hozirgi va tarixiy sо‘z yasalishi. 
Reja: 
1. 
Sо‘z  yasalishi  "Sо‘z  yasalishi"  bо‘limining  о‘rganish  obyekti  ekanligi,  sо‘z  yasalish 
strukturasi. 
2. Hozirgi sо‘z yasalishi. 
3. Tarixiy sо‘z yasalishi. 
4. Hozirgi va tarixiy sо‘z yasalishiga oid 15,-16,-19,-20-mashqlarni ishlash. 
5. Kartochkalarda kо‘rsatilgan sо‘zlarni yasalish jihatdan taxlil etish. 
Adabiyotlar: 
1. SH.Shoabdurahmonov va b. Kо‘rsatilgan darslik.167-169-betlar. 
2. A.Hojiyev. О‘zbek tili sо‘z yasalishi. Toshkent."О‘qituvchi", 1989,12-28-bet. 
3. M.Mirzayev. Y.Zshonqulov. О‘sha mashqlar tо‘plami. 70-71-betlar. 
4. A.Hojiyev.  Sо‘z  yasash  imkoniyatlaridai  tо‘g‘ri  foydalanaylik.  "О‘zbek  tili  va  adabiyoti" 
kо‘rmali,1996 yil,1-son,23-29-betlar. 
5. N.Mahmudov,  A.Nurmokov.  Sо‘z  yasalishiga  bir  nazar."О‘zbek  tili  va  adabiyoti"  jurnali, 
1983-yil 3-son ,19-21-betlar. 
 
О‘qituvchi  sо‘z  yasalishi  atamasining  ma’nolari  haqida  ma’ruzada  aytilgan  fikrlarni  talabalar 
ishtirokida mustahkamlaydi. Sо‘z yasalishi yaqin yillardan boshlab tilshunoslikning alohida bir bо‘limi 
hisoblanishini, u sо‘z yasalishi bilan bog‘liq bо‘lgan til hodisalarini о‘rganishini eslatadi. 
Sо‘z yasalishida о‘zbek tili sо‘z yasalishiniig umumiy tushunchalarini belgilash va bayon etish 
ishlarini  rus  va  boshqa  tillardagi  terminlar  va  ularda  ifodalangan  ma’nolarga  asoslanganligini 
ta’qiqlaydi.  Sо‘z  yasalishi  bahsining  о‘rganish  obyekti  sо‘z  yasalishi  nuqtai  nazaridan  о‘zaro 
motivlangan sо‘zlar ekanligini, boshqacha aytganda, strukturasida yasovchi komponentlari bо‘lgan va 
ma’nosi 
shu 
yasovchi 
komponentlarning 
ma’nosi 
asosida 
kelib 
chiqadigan 
(motivlanadigan,asoslanadigan)  sо‘zlar  sо‘z  yasalishi  sohasining  о‘rganish  obyekti  hisoblanishini 
eslatadi. 


Sо‘z yasalish motivatsiyasi yasama sо‘zning ma’nosi yasovchi koponentlarning ma’nosi jihatdan 
munosobati  ekanligidir.  Yasama  sо‘zning  ma’nosi  yasovchi  komponentlarning  ma’nosi  bilan 
motivlanishini  ta’kidlaydi. Misol  sifatida  xabar+chi-  xabarchini  keltiradi  va  bunda  xabar  motivlovchi 
asos,-chi esa motivlovchi komponent, xabarchi motivlanuvchi hisoblanishini tushuntiradi. 
Anglashiladiki,  yasama  sо‘z  yasovchi  komponentlarga  ega  bо‘ladi,  shu  komponentlarning 
birikuvidan yasama sо‘z xosil bо‘ladi. Sо‘z yasalishida ishtirok etuvchi bunday komponentlar yasama 
sо‘z strukturasini tashkil etadi. Yasama sо‘zning strukturasida kamida ikkita sо‘z yasovchi komnonent 
ishtirok etadi: ish+chi=ishchi. Demak, yasama sо‘zda ma’nosi va vazifasiga kо‘ra о‘zaro farqlanadigan 
ikki  xil  komponent  mavjud  bо‘ladi,  ya’ni  yasama  sо‘zda:  1)  Sо‘z  yasalishi  asosi  (yoki  motivlovchi 
asos); 2) Sо‘z yasovchi formant bо‘ladi, Turtki sо‘zidagi turt- sо‘z yasovchi asos, -ki esa sо‘z yasovchi 
formantdir. Demak, turtki yasama sо‘z hisoblanadi. 
О‘qituvchi sо‘z yasalishi haqidagi bu kabi zaruriy narsalar haqida talaba bilan birgalikda, savol-
javob asosida fikr olishuv о‘tkazgandan keyin hozirgi yoki sinxron sо‘z yasalishi xususida talabalarga 
savollar  beradi  hamda  ularning  savollariga  javob  beradi,  umumlashtiradi.  Sinxron  sо‘z  yasalishi  va 
diaxron  sо‘z  yasalishi  haqida  talabalarda  aniq tasavvurni  mustahkamlash  uchun:  quyidagilarni  bayon 
etadi.  Hozirgi  о‘zbek  tilida  asli  u  yoki  bu usul  bilan  hosil  bо‘lgan  sо‘zlar,  ya’ni  yasama  sо‘zlar  kо‘p 
miqdorni  tashkil  etadi.  Lekin  ularning  yasalishi  tarixiy  bо‘lishi  yoki  hozirgi  sо‘z  yasalishiga  oid 
bо‘lishi mumkin. Sо‘z yasalishi tahlilida bu ikki hodisani, ya’ni sinxron (hozirgi) va diaxron (tarixiy) 
sо‘z yasalishini farqlash zarur.. 
Sinaron sо‘z yasalishida yasama sо‘zning ma’nosini uning komponentlari (yasovchilari) ma’nosi 
munosabati  bilan  asoslash  mumkin  bо‘ladi.  YA’ni  yasama  sо‘z  komponentlari  orasidagi  munosabat 
jonli bо‘ladi. Masalan: yig‘ +im, ter +im, savod +li, arra n-la, ish +siz,talab +chan, taxmin +an kabi. 
Diaxron  (tarixiy)  yasalishiga  oid  yasama  sо‘zning  ma’nosini  uning  hozirgi  holati  (strukturasi) 
bilan  izohlab  bо‘lmaydi.  Bu  sо‘zning  yasama  sо‘z  ekani  va  unga  xos  ma’no  maxsus  tekshirishlar, 
tarixiy kuzatishlar orqali belgilanadi. Masalan, zog‘cha. sholcha. kо‘rpacha. qishlok sо‘zlarining zog‘, 
shol, kо‘rpa, qish qismi hozirgi о‘zbek adabiy tilida mustaqil leksema sifatida qо‘llanadi. Shuningdek, 
-loq  о‘rin-joy  oti  yasovchi,  -cha  esa  kuchaytirish  ma’nosiga  egaligi  ham  ma’lum,  lekin  zogcha. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish