Hol: Bu mashq bunday bajarilmaydi, shuni ham bilmadingmi?
SО‘Z BOSHI
О‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi muhim tarixiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy,
ma’naviy ishlarni amalga oshirish uchun katta sharoit yaratdi.. "Ta’lim tо‘g‘risida"gi, " Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi tо‘g‘risida"gi Qonunlarning qabul qilinishi esa О‘zbekistonning о‘ziga xos
ta’lim tizimini yaratishda va bu sohada isloh qilish ishining katta qadamlar bilan boshlanib ketishiga
asos bо‘ldi.
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablarini amalga oshirishning birinchi bosqichida- ta’lim
tizimini baholash, bilimlar sifati monitoringini ishlab chiqish, о‘rta, о‘rta maxsus, oliy ta’lim tizimini
isloh qilishning asosiy yо‘nalishlarini belgilash, yangi darsliklar, qо‘llanmalar, о‘qiv dasturlari
yaratish, sifatini ta’minlash ishlari amalga oshirilgan bо‘lsa, islohning hozirgi, ikkinchi bosqichida
ta’lim sifatini yaxshilash uchun о‘qitishning zamonaviy va butun jahon pedtexnologiyalariga tayanib
ish kо‘rish, ta’lim jarayoniga kompyuter sistemasini tо‘la jalb etish, masofadan о‘qitish va internetdan
foydalanish asosida auditoriya ta’limi bilan birga mustaqil ta’lim tizimini ham mustahkamlash,
mashg‘ulot turlari, aniqrog‘i amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazish uchun ham qо‘llanmalar yaratish, amalda
sinash uchun ham keng imkoniyatlar ochilmokda. Ana shu kabilar ta’lim va tarbiya tizimini isloh
qilishning bosh mezonlari hisoblanmoqda.
"Ta’lim tо‘g‘risida"gi Qonunda о‘qituvchilar tayyorlaydigan oliy о‘qiv yurtlarida ta’lim tizimini
isloh qilish, ayniqsa, boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratish masalasi
birinchi darajali vazifa deb kо‘rsatilganligi bejiz emas. Shunday ekan, bizning butun imkoniyatlarimiz.
hozirgi talab darajasida ilmu ma’rifati va ma’naviy saviyasi baland, о‘z. kasbini butun qalbi bilan
sevgan, yuqori malakali, tashabbuskor, fidoyi muallimlarni tayyorlashga qaratilish lozim bо‘ladi.
Masalaga bu talablar asosida yondashiladigan bо‘lsa, boshlang‘ich ta’limning bilimli va malakali
о‘qituvchilarini tayyorlash uchun nazariy darsliklardan tashqari amaliy, seminar, laboratoriya
mashg‘ulotlarining sifatini tubdan yaxshilash uchun zaruriy qо‘llanmalar, ishlanmalar, kо‘rgazmali
vositalar tayyorlash, ularni о‘qiv jarayonida qо‘llash shu kunning muhim talablaridir.
Ana shu talablarni joriy etish maqsadida biz boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarini tayyorlovchi
ixtisoslik talabalariga mо‘ljallangan “Ona tili (morfemika, sо‘z yasalishi, morfologiya kurslari) dan
amaliy mashg‘ulotlar” nomli qо‘llanmani tayyorladik.
Bu qо‘llanmani ishlab chiqishda yangi pedtexnologiya, hamda amaliy bilim va kо‘nikma berish
sifatiga qо‘yilgan kо‘pgini talablarga, til nazariyasini о‘qitishdagi keyingi yuguqlarga, eng muhimi
kо‘p yillar davomida shu ixtisoslik talabalariga "ona tili" о‘qitishda orttirgan tajribalarimizga,
asoslandik.
Qо‘llanmada har bir ikki soatlik amaliy mashgulot, zaruriy adabiyotlar hamda mashg‘ulot
sifatini yuzaga chiqarishga kо‘mak beruvchi metodik maslahatlar, talabalar nazariy bilimlarini amalda
qо‘llash va mustahkamlash uchun matn ustida ishlashda bajaralidigan kо‘rgina vazifalar va bu talablarni
bajarish uchun namunalar ham berishga harakat qildik. Reyting.tizimi talablariga muvofiq talabalar
bilim va kо‘nik-malarini jrriy, orlaliq, yakuniy baholash uchun test-sinov savollari, variantlar
topshiriqlari ham tavsiya atildi.
Qо‘llanmada amaliy mashg‘ulot uchun mashqlarni, о‘rni bilan, M.Mirzayev va Y.Eshonqulovpar
tuzgan mashqlar tо‘plamidan ham, R. Ikromova va K.Qosimovalarning mashqlar tо‘plamidan ham
tanladik.
Ushbu qо‘llanma mualliflarning bu sohadagi birinchi tajribasi.. Shunday ekan, qо‘llanmada
kamchiliklar bо‘lishi tabiiy hol deb о‘ylaymiz. Qо‘llanmadagi kamchiliklarni kо‘rsatuvchi xolis niyatli
har bir kishiga mualliflar oldindanoq о‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |