5.Jamlovchi sonlar shaxslar, narsalar miqdorini jamlab, umumlashtirib yoki ajratib ko‘rsatadi.
Ular miqdor sonlarga -ov, -avlon, -ala qo‘shimchalaridan tegishlisini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi:
ikkovi, uchovlon, to‘rtalasi, oltovlon, yettoviga kabi.
6.Kasr sonlar butunning qismini, bo‘lagini ifodalaydi: yarim, chorak, nim chorak, to‘rtdan bir, ikki butun o‘ndan besh kabi.
Tartib sonlar ham miqdor sonlarga -nchi, -inchi qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish orqali hosil
bo‘lib, narsalarning tartibini, joylashish o‘rnini bildiradi: ikkinchi, to‘rtinchi, o‘n birinchi, yetmish sakkizinchi kabi.
Sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1. Sodda sonlar. 2. Murakkab sonlar.
Sodda sonlar birgina o‘zakdan tashkil topadi: bir, о‘п, yuz, yetmish, to‘qson, ming kabi.