Jonlantirish – Tirik narsalar xususiyatlarini jonsiz narsaga nisbat perish.
Yechim - badiiy asar asosida yotgan konfliktning hal etilishi, voqea tugunining yechimi, voqealar xotimasi.
Yozg‘ich – yozuvchi.
Klassik – lotincha «birinchi darajali» ma’nosini bildiradi.
Klassika – lotincha so’z bo’lib, «o’rnak bo’ladigan» demakdir.
Klassitsizm– XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropa va Rossiyada vujudga kelgan oqim.
Kompozitsiya – lotincha tuzib chiqish, tartibga solish.
Kulminatsiya – badiiy asardagi voqealar rivojining eng oliy nuqtasi, ish-harakat va kurashning g‘oyat keskinlashgan o‘rni;
Liriklar – aniq fanlar rolini inkor etuvchilar.
Lirika (yunoncha) –“lira” (yoki liros) deb atalmish cholg’u asbobi nomidan yasalgan so’z bo;lib, kuylanadigan asar, demakdir.
Mavzu – Yozuvchini hayajonga solgan va qo’liga qalam olishga majbur began hayotiy material.
Mazmun va shakl – asarda badiiylikning zarur sharti.
Metafora – So’zning ko’chma ma’noda ishlatilishi.
Metanimiya – Bir narsani o’z nomidan boshqa nom bilan aytish.
Metod– grekcha «Tadqiq qilish», «Tekshirish» so‘zidan olingan.
Metodologiya – fanning o’z ob’ekti yoki predmetini o’rganish vaqtida qo’llanma rolini o’ynovchi umumiy nazariy prinsiplari.
Modernizm – nemischa «zamonaviy» ma’nosini bildiradi.
Muxammas – beshlik.
Musaddas – oltilik
Murabba’ – to’rtlik
Nigilizm – rad etuvchilik. Hozirgi vaqtda o’tmish madaniyatining ahamiyatini rad etish ma’nosida ham ishlatiladi.
Obraz – san’at va adabiyotda turmushni o‘ziga xos badiiy shaklda aks ettiruvchi manzara va xarakter.
Osori-atiqa – qadimgi, antik asarlar, yodgorliklar.
Pafos – Bir hisga qattiq berilish, zo’r hayajon, ehtiros demakdir.
Peyzaj – Badiiy asardagi tabiat tasviri.
Portret – Kishilarning asarda badiiy so’z vositasida chizilgan tashqi qiyofasi
Prototip – Yozuvchi tomonidan biror badiiy obrazga asos qilib olingan real shaxs.
Publitsistika – loltincha «ijtimoiy» demakdir.
Romantizm – turmushning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu va umidlarni tasvirlash.
Ruboiy (arabcha) – to’rtlik demakdir. U ikki baytdan ortiq bo’lmaganligi uchun shunday atalgan.
Sifatlash – Hodisa, predmet yoki personajlarning ayrim hususiyatlarini ifodalash uchun ishlatiladigan so’z birikmalari.
Spetsifika – lotincha so`z bo`lib, “o’ziga xoslik” demakdir.
Subyektivlik yoki subyektivizm (yunoncha “subyekt” so’zidan) – hayotiy voqealarga shaxs nuqtai nazaridan baho berish, obyektivlik yoki obyektivizmning aksi
Syujet – nemischa «predmet» so‘zidan olingan.
Tipik – turli xil hayotiy voqealar, jamiyat tuzimi uchun xarakterli hodisa yo shaxs.
Tugun – badiiy asarda voqeaning boshlanishi.
Turoq – to’xtamoq ma’nosini anglatadi.
Varvarizm – lotincha «ajnabiy» so‘zidan olingan bo‘lib, asar tiliga xos bo‘lmagan chet tili so‘zlari.
Vulgarizm – lotincha adabiy tilda ishlatilmaydigan dag‘al so‘z
Фан дастури 2018 йилда ишлаб чиқилган ва белгиланган тартибда тасдиқланган ўқув режа асосида тузилган.
Фан дастури Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университетида ишлаб чиқилди.
Тузувчилар:
Ю.Бобоқулов – ЎзДЖТУ, “Рус адабиёти ва методикасини ўқитиш” кафедраси катта ўқитувчиси.
Фан дастури 2018 йилда ишлаб чиқилган ва белгиланган тартибда тасдиқланган ўқув режа асосида тузилган.
Фан дастури Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университетида ишлаб чиқилди.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |