Himoyaga bitiruv malakaviy ishining quyidagi holatlari olib chiqiladi:
- Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va
takomillashtirish jarayoni o’z ichiga axborot tinglash, kuylash kabi tarkibiy qismlarni oladi;
- Musiqa his-tuyg’ularini rivojlantirish jarayoni o’quvchilarning ruhiy, nazariy va amaliy
jihatlarida namoyon bo’ladi;
- O’quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish bir qancha pedagogik omillar va
shart-sharoitlarga bog’liq;
- Musiqiy fanlar o’rtasida uzviy aloqani o’rnatish; o’quv jarayoni sinfdan tashqari musiqiy
faoliyat va mustaqil ta’limni uzviy ravishda tashkil etish; barcha musiqiy faoliyat turlaridan bir
vaqtning o’zida unumli fodalanish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |