Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti



Download 19,26 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi19,26 Kb.
#339574
Bog'liq
O'qitishning dasturiy ta'minoti


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI

______________________________ yo'nalishi

_____-guruh talabasi

Ergasheva Shaxrizodaning

Informatika o’qitish metodikasi fanidan


Mustaqil ishi

Bajardi: ____________

Qabul qildi: ____________

Qarshi 2021 y

Mavzu: O‘qitishning dasturiy ta’minotiga oid materiallar bilan tanishish .

Reja:

I. Kirish .

1. O‘qitishning dasturiy ta’minoti .

2. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun dasturiy ta’minot .

II. 3. Xulosa .

Foydalanilgan adabiyotlar .

Kirish

XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri ekanligi barchamizga ma’lum, bu asrda savodxon kishi bo’lish uchun avvalo kompyuter savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan.

Jumladan, ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’da ‘Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamon uzviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi’ deb belgilab qo’yilgan. Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta’lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog’lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi.

Respublikamizda yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani echishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Dasturiy ta‘minot sohasida yangi dasturiy maxsulotni ishlab chiqishni u yoki bu ma‘lum dasturiy maxsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. Kursning dasturiy ta‘minoti kompyuterlarning bazaviy (tayanch) dasturiy ta‘minoti va kursning ma‘lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar (PDV) kompleksidan tashkil topadi . Bazasi dasturiy ta‘minot quyidagilardan tashkil topgan:

- klaviatura trenajyori;

- dasturlash tillari;

- Microsaft office paketi;

- matn muharriri;

- grafik muharrir yoki protsessor;

- elektron jadvallar;

- ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimlari;

- lokal tarmoq bilan ishlash dasturlari va boshqalar .

Pedagogik dasturiy vositalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

- O‘quv o'yin tasturlari;

- O‘rgatuvchi va mashq qidiruvchi dasturlar;

- Test dasturlari;

- Elektron o‘quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy vositalar;

- Ma‘lumotnoma tizimlari va boshqalar .

Tashkiliy ta‘minot sohasida informatika o‘qitish uslubiyati PDV va axborot texnologiyalarini o‘qitishda samarali qo'llash maqsadida , ma‘lum muassasalar xodimlarining faoliyatini faollashtirish ni ko‘zda tutadi . Texnik ta‘minot sohasida informatika o‘qitish uslubiyatining maqsadi quyidagilardan iborat:

- O‘quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni iqtisodiy asoslash;

- Kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini , jihozlarni aniqlash.

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.

Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;

test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;

mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

Kasb – hunar maktablarida yuqori malakali ustoz va o’qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o’quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o’quv xonalarini o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e‟tibor berilmokda. Xonalarni o’qitishning texnika vositalari bilan jihozlashda quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:

1. O’quv kabinetlarini o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o’quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.

2. O’quv xonasining istagan joyida ko'rish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta‟minlash lozim.

3. O’quv xonalarida o’qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo’qotish kerak.

4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.

5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo’lishi kerak.

6. O’qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.

7. Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofik bo’lishi zarur. O’quv kinosi – o’qitishning eng ko’p tarqalgan texnika vositasi bo’lib, ob’ekt hamda xodisalarni xarakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga o’tishga imkon beradi. O’quv filmidan o’qituvchi o'quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o’quvchilar uni mustaqil o’rganishi uchun foydalanishi mumkin. Film bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o’quvchilarni jalb etish lozim. Diafilm va diapozitivlar, o’quv kinosi kabi, ko’rsatmalilik vositasi hamda o’quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo'lishi mumkin. Ko’pincha diafilmdan ko’rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu xolda yassi ko’rsatma qo’llanmalarga qanday talablar qo’yilsa, diafilmlarga ham shunday talablar qo'yiladi. Diafilm va diapozitivlarga qo’yiladigan o’ziga xos talablardan quyidagilarni ko’rsatib o'tish kerakki, kasb-hunar maktablarida ularni tayyorlashda bu talablarni hisobga olish zarur: diafilm va diapozitivlarning mazmuni, avvalo, tasvirlash yo’li bilan berilishi kerak; subtitrlar (bayonlar, tushuntirish yozuvlari) o’quvchilar ko’zini charchatmasligi lozim; rangli diafilmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga yordam bera olgan taqdirdagina foydalanish darkor; qora oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda ularga rangli diapozitivlar kiritgan ma’qul. Pedagogik dasturiy vosita- bu muayyan fan sohasi yoki mavzuni u yoki bu о’qitish texnologiyasidan foydalanib, faoliyatni har xilda amalga oshirishda shart-sharoit yaratib beradigan dasturiy vositadir.

Pedagogik dasturiy vositalar–kompyuter texnologiyalari yordamida о’quv jarayonini qо’yilgan maqsadga erishish uchun qisman yoki tо’liq avtomatlashtirishga mо’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga о’quv fani bо’yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yо’naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qо’shimcha va yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni о‘rganishga ehtiyoj. Bizga ma‟lumki, har bir kasb egasi о’z mutaxassisligi bо'yicha yetuk bilim, kо’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim. Respublikamiz ta'lim tizimida yangi о’qitish texnologiyalarining kirib kelishi о’qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ulardan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni puxta о’zlashtirishni talab etmoqda. Hozirgi paytda о’quv jarayonida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ayniqsa, kompyuterda ishlash bilan boliq amaliy va laboratoriya mashulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari va internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, vertual laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bо’lgan pedagogik dasturiy ta‟minotni yaratish texnologiyasini va undan о’quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishga asos bо'lib xizmat qilmoqda .

Xulosa

Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.

O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir.

Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda akslanadi:

- O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, jumladan, mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish.

- Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish.

- Kompyuterdan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish o’quvchilarda uni o’rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda vosita sifatida qo’llash tajribasiga ega bo’ladilar.

- Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi.

- Yoshlarda turli o’quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni kompleks ravishda o’rganish hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko’nikmasini shakillantiradi.

Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.



Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adadiyotlar:

1. Q.M.Karimov, T.Jo’rayev. Informatika o’qitish metodikasi fanidan laboratoriya ishlari. Qarshi Nasaf nashriyoti. 2019-yil.

2.AKT ni rivojlantirish kitobi. 2018-yil.

Internet resurslari

1. Ziyonet.uz

2. Library.uz

3. Lex.uz


Download 19,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish