6-SINF „ MS Word matn protsessori interfeysi. “
Fanidan 1- Soatlik
DARS ISHLANMASI
Sinf: 6
Fan nomi: Informatika
Darsning mavzusi: MS Word matn protsessori interfeysi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga word matin protsessori interfeysini yaxshi va mukammal urganish matnni tug’ri yozishni urganish
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va worda matin yozish foydalanishga oid madaniyatlarini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish;
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsning metodi: Interfaol (“Aqliy hujum”, “ajratish usuli”, “T” usuli)
Darsning jihozi: Didaktik materiallar, kompyuter, ko’rgazma, videoproektor.
Darsning blok sxemasi
№
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash va xulosalash
|
7 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..
Yangi mavzu bayoni.
Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san'atini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlar.Ulammg asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Masalan, matn muharririda faqat matn yozish mumkin bo'lsa, matn prorsessorida shu matn turli rasmlar bilan boyitilishi mumkin, E'tiboringizga havola etilgan ushbu qo'llanma ham matn protsessorida yozilgan bo'lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan foydalanilgan.
Matn muharrirlarida ishlash
Kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kirgani uchun barcha rusumdagi kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqarilgan. Bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqarilgan o'nlab matn muharrirlarini aytib o'tish mumkin. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Bloknot, Word-Pad matn muharrirlari siz 5- sinfda o'rgangan Paint yoki Kalkulyator dasturlari kabi ishga tushuriladi.
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Ma`lumotlarni kiritish.
2. belgilar, so`zlar, satrlar, abzaslar o`rnini almshtirish yoki o`cherish.
3. matnni xotirada saqlash
4. matnni xotiradan o`qish
5. xatolarni tuzatish
6. matnni biror qolipga solish, ya`ni chap va o`ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o`zgartirish
7. chop etish.
Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ular matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) katta ahamiyatga ega bo'lmaganda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |