Asosiy statistik va matematik funksiyalar
SUM (argument)-yacheykadagi sonlarni qo’shish
AVERAGE (argument)-urta kiymatni xisoblash
MAX (argument)-maksimal kiymatni xisoblash
MIN (argument)- minimal kiymatni xisoblash
SQRT (son)- kvadrat ildizni xisoblash
FACT (son)-sonning faktorialini xisoblash
RAND (tas.son)-tasodifiy sonni chikarish (0 va 1 orasidan)
ABS (son)-sonning absalyut kiymati
LN (son)- natural logorifmni xisoblash
EXP (son)- sonning eksponentasini topish
SIN (son)- sonning sinusini xisoblash
COS (son)- sonning kosinusini xisoblash
TAN (son)- sonning tanginisini xisoblash
va xokozo bu yerda yana bir kancha funksiyalarni kiritish mumkin.
Bundan tashkari mantikiy amalarni bajaruvchi funksiyalar xam mavjud. Bular IF, AND, OR, NOT, FALSE, va TRUE.
Biz yuqorida ko`pgina funksiyalarni keltirdik. Bular haqida to`liq ma’lumotni olish uchun katta-katta kitoblarni kidirish va ukish shart emas, bularning barchasi haqida ma’lumotlar Microsoft Excel dasturining “spravochnik” yordamchi dasturida mavjud. Ulardan ixtiyoriy vaktda foydalanish mumkin. Ekranda agarda xatoliklar va kamchiliklarga duch kelganda xam shu “sprovichnik” ya’ni ekranning yuqori ung tamonida joylashgan menyuning “?” bulimidan yoki F1 ni bosib kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.
1.3 MS Power Point dasturi haqida ma’lumot
MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish
Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat.
Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.
Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.
Taqdimotlar quyidagi fayl kengatmalari ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:
.ppt(pptx) — PowerPoint taqdimoti
.pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
.pot — PowerPoint modeli
PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun ishlangan versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar.pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi.
Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |