Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet7/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Nn = 2n2

Birinchi energetik pog‘onada 2 tagacha, ikkinchi energetik pog‘onada 8 tagacha, uchinchi energetik pog‘onada 18 tagacha, to‘rtinchi energetik pog‘onada 32 tagacha elektron bo‘ladi.

l=0 s- pog’onachada N0=2(2•0+1) = 2

l=1 p- pog’onachada N1=2(2•1+1) = 6

l=2 d- pog’onachada N2=2(2•2+1) = 10

l=3 f- pog’onachada N3=2(2•3+1) = 14

Oxirgi elektroni tashqi pog‘onaning s-pog‘onasida joylashadigan elementlarni s-elementlar deyiladi. Ularga barcha davrlarning boshidagi 1- va 2- elementlari kiradi. Ularning umumiy soni 14 ta.

Uchinchi davr Na (z=11) boshlanadi. Na va Mg (z=12) s-elementlar.

Al dan boshlab p-pog‘onacha to‘la boshlaydi. p-pog‘onachaning to‘lishi inert gaz Ar(18) gacha davom etadi.

Oxirgi elektronlari tashqi pog‘onaning p-pog‘onachasida joylashadigan elementlarni p-elementlar deyiladi. Ularda 1-davrdan boshqa davrlarning oxirgi 6 tadan elementlari kiradi. Ularning soni 30 taga yetadi. Agar 2 va 3 davr elementlarining bir xil guruh elementlari solishtirilsa ularning elektron tuzilishlari o‘xshash bo‘ladi. Demak, elementlarning davriy jadvalda joylanishi ularning atomlarini elektron tuzilishiga mos keladi.

Argonda 3s va 3p energetik pog‘onalar elektronlarga to‘lgan, lekin 3d pog‘ona bo‘sh. To‘rtinchi davr elementlari argondan keyin keladigan 19K va 20Sa da 3 energetik pog‘onaning to‘lishi vaqtinchalik to‘xtaydi. d-pog‘onacha o‘rniga 4s qavatcha to‘la boshlaydi. 4s pog‘onadagi elektronlar 3d pog‘onadagiga qaraganda kamroq energiya zahirasiga egadir. Shuning uchun ham K va Ca da tashqi elektron qavatlarning to‘lishi atomning barqaror holatiga mos keladi. 4s pog‘onadaga elektronlarni to‘ldirish V.M.Klechkovskiy (1900-1972) qoidasiga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Bunda eng asosiy ko‘rsatkich bosh (n) va orbital (l) kvant sonlar yig‘indisi hisobga olinadi.

Klechkovskiyning 1-qoidasi: Atomning yadro zaryadi ortishi bilan elektronlarni pog‘onachalarga to‘ldirish ketma-ketligi bosh va orbital kvant sonlar yig‘indisi (n+l) ortib borish tartibida amalga oshiriladi.

Masalan, kaliy uchun 3d 4s 4p holatlar uchun shu qoida hisobga olinsa 3d holat uchun n=3, l=2, n+l=5. Agar 4s holat amalga oshirilsa n=4 l=0 n+l=4.

Agar 4p holat to‘ldirilsa edi n=4, l=1, n+l=5. Klechkovskiy qoidasiga ko‘ra 4s holat uchun n+l qiymat eng kichikligi ko‘rinib turibdi.

21 element skandiy atomining tuzilishi qaralsa, bunda 3d, 4s, 4p pog‘onachalar to‘ldirilishi mumkinligi hisobga olinsa 3d uchun n=3 l=2 n+l=5. 4p pog‘onachada bo‘lsa n=4, l=1, n+l=5. Demak, n+l 3d holatda ham va 4p holatda ham bir xil qiymatga ega bo‘lib qoldi.

Elektron orbitalarda n qiymati qancha katta bo‘lsa elektronning energiyasi shuncha yuqori bo‘ladi. Kvant yacheykalarni elektronlar bilan to‘ldirish Klechkovckiyni ikkinchi qoidasiga ko‘ra olib boriladi.

Klechkovckiyni 2-qoidasi. Atomning yadro zaryadi ortishi bilan bosh va orbital kvant sonlari yig‘indisi bir xil bo‘lganda (n+l) elektronlarni pog‘onachalarga to‘ldirish bosh kvant sonining qiymati ortib borish tartibida amalga oshiriladi.

Sc atomida shu qoida amalga oshirilgan va elektronlarni d-pog‘onachaga joylashtirish kerak.



21Sc 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d1 4s2

Oxirgi elektroni tashqaridan ikkinchi pog‘onang d-pog‘onachasida joylashadigan elementlarni d-elementlar deyiladi. Ular katta davrlarda s- va p-elementlar orasida joylashadi. Keyingi keladigan elementlarda elektronlarni to‘ldirish yuqoridagi qoida asosida olib borilgan.



30Zn 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2

Sc - Zn orasida keladigan elementlar d-elementlar jumlasiga kirib, ularda elektronlarni to‘lishi tashqaridan ikkinchi qobiqni joylanishi bilan amalga oshadi. Lekin 24-element Cr va 29-element Cu da bu qoidadan chetlanish ro‘y beradi. Xrom va mis atomlarida elektronlarning 4s holatdan 3d holatga sakrashi ro‘y beradi.



24Cr 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d5 4s1

29Cu 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s1

Xrom va misning bunday holati pog‘onachalardagi elektronlarning s-dan d-ga o‘tishida yuqori energetik barqaror holatga o‘tishi bilan tushuntiriladi. Atomning ayni holatga o‘tishida kamroq energiyali holatga o‘tish kuzatiladi.[3,4]




Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish