P x V = const
Bunda P - gazning bosimi, V - hajmi.
Bu qonunni birinchi marta 1662 yilda Boyl-Mariot ta’riflagani uchun Boyl-Mariot qonuni deyiladi.
Gazlarga oid ikkinchi qonun Gey-Lyussak qonuni deyiladi va u o‘zgarmas bosimda temperatura o‘zgarganda gazning bosimi qanday o‘zgarishni ifodalaydi:
O‘zgarmas bosimda berilgan miqdor gazning xajmi absolyut temperaturaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha:
V = const
Т
Bunda Т - absolyut temperaturа (273, 16 + t).
Agar hajm o‘zgarmas bo‘lsa, o‘zgarmas miqdordagi gazning bosimi absolyut temperaturaga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi:
Р = const
Т
Gazlarning xolati bosim, xajm va temperaturaga bog‘liq bo‘lgani sababli bu 3 kattalikni ifodalovchi tenglama gazning xolat tenglamasi deyiladi. Bu tenglamani keltirib chiqarish va tushunish uchun Avogadro qonunini ham bilish kerak. Avogadro qonuniga ko‘ra bir xil temperatura va bir xil bosimdagi turli gazlarni teng xajmlardagi molekulalar soni o‘zaro teng bo‘ladi.
Ideal gazning xolat tenglamasi Boyl-Mariot va Gey-Lyussak qonunlarini birlashtirib, Avogadro qonunini hisobga olish yo‘li bilan keltirib chiqarilgan. U quyidagicha ifodalanadi:
PV=n RT
Bu tenglama Mendeleyev-Klapeyron tenglmasi ham deyiladi. Bunda p- gazning mollar sonini bildiradi, R esa bir mol gazga tegishli o‘zgarmas koeffitsiyent bo‘lib, uning qiymati gazning turiga va uning mavjud bo‘lish shart-sharoitlariga bog‘liq emas, u koeffitsiyent universal gaz doimiysi deyiladi; R=PV va bosim hamda xajm qanday birliklarda o‘lchanishiga qarab, Т quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi: R=0,08205л. атм/град х моль = 62400 мл х мм/град х моль = 8,313 х 107 эрг/град х моль = 8313 Жоулғ / град х моль = 1,987 кал / град х моль.
Mendeleyev - Klapeyron tenglamasi bir mol uchun (n=1) quyidagi ko‘rinishga ega: PV = RT
Bu yerda V - bir mol gazning hajmi.
Bu tenglamaga kiruvchi kattaliklarda ikkitasining qiymati mahlum bo‘lganda, uchinchi kattalikni hisoblab topish mumkin.
Ideal gazning xolat tenglamasini keltirib chiqarishda molekulaning xajmi va molekularaning o‘zaro tahsir kuchlari hisobga olinmagan. Real gazlarga o‘tilganda esa bularni ehtiborga olish kerak bo‘ladi.
Gaz va suyuqlikda nazariyasini rivojlantirishga katta xissa qo‘shgan golland olimi Yan Diderik Van - Der - Vaalg‘s ideal gazning xolat tenglamasiga bahzi o‘zgartirishlar kiritib, uni real gazlar uchun tadbiq etsa bo‘ladigan xolga keltirda: shu sababli bu tenglama Vander-Vaalg‘s tenglamasi deyiladi:
(P+a) (V-b) = RT,
V2
Do'stlaringiz bilan baham: |