Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet24/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Ion bog‘lanishli birikmalarning energetikasi. Osh tuzining natriy metali va xlor molekulalaridan hosil bo‘lishi juda ko‘p miqdordagi energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladi, buni manfiy ishorali yuqori entalpiya qiymati bilan ham tavsiflasa bo‘ladi (Hf = -410.9 кЖ/моль). Shu kabi, boshqa ion bog‘lanishli birikmalar boshqa moddalardan yuqori manfiy entalpiya bilan ajralib turadi. Qanday omil ion bog‘lanishli birikmalarni yuqori ekzotermik qiymatga ega ekanligini tushuntirib beradi?

Biz NaCl ni hosil bo‘lishini elektronning Na dan Cl ga ko‘chishi bilan tavsiflaymiz. Avvalgi darslardan bizga ma’lumki, atomdan elektron ajralib chiqishi doimo endotermik jarayon sifatida qaraladi. Masalan, Na dan Nа+ ga o‘tish uchun 496 kJ/mol issiqlik talab etiladi. Boshqa tarafdan, metalmaslarning o‘ziga elektron biriktirishi odatda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi (misol uchun Cl o‘ziga elektron biriktirishi 349 kJ/ mol). Yuqoridagi qiymatlarga ko‘ra elektronning Na dan Cl ko‘chishi ekzotermik jarayon emas, balki endotermik bo‘lishi kerak edi, ya’ni 496- 349 = 147 kJ/ mol talab etilishi kerak edi. Ammo bunda, ionlarning o‘zaro ta’siri hisobga olinmaydi va bu holat ion bog‘lanishli birikmalarga xos emas.

Ion bog‘lanishli birikmalarning yuqori turg‘unlikka ega bo‘lishi ionlarning o‘zaro tortilish kuchlari bilan tushuntirilib beriladi. Ion birikmalarning turg‘unligi, ularning yuqori kristall panjara energiyasi bilan tavsiflanadi, qaysiki qattiq ion bog‘lanishli birikmalarni gaz holatdagi ionlarga o‘tkazish uchun sarflanadigan energiya. Masalan, NaCl ni ionlarga ajratish uchun 788 kJ/ mol energiya talab etiladi va shu energiya kristall panjara energiyasi sifatida qaraladi.

NaCl(қ) →Na+(қ)+Сl-(г) ∆H= +788 кЖ/mol

E’tibor bersangiz, bu jarayonda juda ko‘p energiya talab etiladi. Nа+ va Cl- ning o‘zaro ta’sirlashishi, ya’ni teskari jarayon sodir bo‘lishi natijasida, juda ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi (-788 кЖ/ моль).

Yuqori musbat qiymatlar, birikma tarkibidagi ionlarning yuqori tortishish kuchlari bilan belgilanadi. Qarama- qarshi zaryadli ionlarning bir-biriga tortishish energiyasi, ionlanish energiyasi qiymatidan yuqori bo‘lishi, ion bog‘lanishli birikmalarning ekzotermikligini ta’minlab beradi. Ion birikmalarining bunday yuqori tortish kuchiga ega ekanligi ularning qattiqligi, yuqori qaynash temperaturasi va mo‘rtligida aks etadi (masalan, NaCl ning qaynash temperaturasi 801оC).

2-jadval.

Ba’zi ion bog‘li birikmalarning kristall panjara energiyalari.



Birikma

Panjara energiyasi,

kJ / mol


Birikma

Panjara energiyasi,

kJ/ mol


LiF

1030

MgCl2

2326

LiCl

834

SrCl2

2127

LiI

730







NaF

910

MgO

3795

NaCl

788

CaO

3414

NaBr

732

SrO

3217

NaI

682







KF

808

ScN

7547

KCl

701







KBr

671







CsCl

657







CsI

600







Ion bog‘lanishli birikmalarda kristall panjara energiyasining qiymati ionlarning zaryadi, ularning o‘lchami va kristall panjara turi bilan xarakterlanadi. Elektrostatik potensial qiymati zaryadlangan zarrachalarning o‘zaro ta’siri bilan aniqlanadi:

Yuqoridagi formuladan ko‘rinib turibdiki, kristall panjara energiyasining qiymati zarrachalarning qiymati o‘sishi bilan oshadi, ular orasidagi masofa ortishi bilan esa kristal panjara energiyasi kamayadi. Zarrachalar orasidagi masofa ortishi bilan ularning energiyasi kamayadi, demak davriy jadvalda guruh bo‘ylab yuqoridan pastga tushgan sari ularning kristall panjara energiyalari va bog‘ turg‘unligi ham kamayadi.



17-rasm. Kation va anion radiuslari o‘zgarishining kristall panjara qiymatiga ta’siri.




Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish