As2O3 + 2HNO3 + 2H2O= 2H3AsO4 + N2O3
Nitrit kislotada markaziy azot atomi sp2 gibridlangan O-N-O burchagi 120 oC. N-O- bog‘ining uzunligi 0,117 nm bo‘lsa, H-O bog‘ining uzunligi 0,096 nm ga teng:
Nitrit kislota molekulasining tuzilishi.
Nitrit kislota tuzlariga sulfat kislota eritmasini ta’sir ettirish orqali nitrit kislotasini olish mumkin:
NaNO2 + H2SO4= NaHSO4 + HNO2
Nitrit kislotasi faqat eritmada mavjud lekin uning tuzlari ma’lum. Nitrit kislota kuchsiz elektrolit K=7·10-4.
U ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi. Kislorod ishtirokida oksidlanadi:
2HNO2 + O2= 2HNO3
U disproporsiyalanish reaksiyalariga kirishadi:
2HNO2= NO + NO2 + H2O
KJ, H2S ishqoriy metallarning amalgamasi bilan nitrit kislotasi oksidlovchi xossasini namoyon etadi:
H2S + 2HNO2 = 2H2O + S + 2NO
Do'stlaringiz bilan baham: |