Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet60/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Muammoli ta’lim - ta’lim-tarbiyaning ilg'or pedagogik amaliyoti va nazariyasining an’anaviy ta’limotining yaxlitligi natijasida qо‘lga kiritilgan yutugi bо‘lishi bilan bir vaqtda, о‘quvchilarni umumiy va ma’naviy rivojlanishlarining eng samarali vositasi ham hisoblanadi.
Muammoli ta’lim - о‘quvchilarning mustaqil tahliliy tafakkur qobiliyatlari va tadqiqot faoliyatlarini rivojlantirib borishga yо‘llovchi fanning tayyor xulosalarini о‘zlashtira borishlari jarayoniga va bir vaqtda о‘zlarining tarix о‘qitish jarayonidagi eng samarali turidir.
Ma’lumki, amaliyotda har qanday ajratilgan vaqgdan samarali foydalanish omillari bо‘ladi, ya'ni:

  1. talabalarning bilimlariga nisbatan frontal, individual, guruhlarga bо‘lib differensiatsiyalash;

  2. о‘qish uchun ajratilgan vaqtning har bir soniyasidan nihoyatda samarali va dars oldiga qо‘yilgan maqsadga muvofiq foydalanishga harakat qilish va unga erishish yо‘llarini tadqiq etish ta’lim-tarbiya jarayonidagi yangi muammo sirasiga kirmaydi.

Lekin, shunga qaramasdan, sо‘nggi yillarda respublikamiz matbuotida va ijtimoiy fanlarni о‘qitish jarayonida о‘quv materiallarini yirik-yirik shakllarda bayon etish, aniqrog’i sobiq Ittifoq davrida donetsklik о‘qituvchi «V. F. Shatalov metodi» deb nom olgan tajribani qо‘llash keng targ’ib etilmoqda. Jumladan, о‘rta-maxsus о‘quv yurti yoki akademik litsey sharoitida bir dars davomida 2-3 va hatto undan ham kо‘p darslarda о‘rganilishi kerak bо‘lgan darslik materiallarini bayon etish mumkinligi targ’ib etilmoqda. Ilmiy-texnika inqilobi avj olib borayotganligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy voqealar ham beqiyos keng kо‘lamda avj olib borayotgan XXI asr boshida tarixni о‘rganishda tarixiy materiallarni darslarda bundayin «bloklashtirish metodikasi»ni qо‘llash garchi о‘quvchilarning mustaqil tahliliy tafakkur etishga chorlaydigan maqsadda qо‘llanilayotgan bо‘lsada, darsliklardagi har bir para­graf, mavzu faqatgina bir muammoga emas, aksincha о‘z davriga xos qator muammolar, tamoyillar, tarixiy tushunchalar, sanalar, makon va zamonlar va hokazolardan iborat bо‘lgani holda, о‘quvchilarning о‘rta ta’lim tizimidagi о‘quv materiallarni tо‘la idrok etish va tahliliy tafakkurlarini tekis yо‘lda rivoj topib borishi mumkin yoki mumkin emasligini fiziologik va psixologik jihatdan bir о‘ylab kо‘rsak bо‘lmasmikan? To’g’ri, insonning bilish qobiliyati cheksiz. Lekin, har bir narsada ham meyor bor. Shuning uchun Qur’oni Karimda «meyorini bilmaganni Alloh xush kо‘rmaydi» deb alohida kо‘rsatilgan emasmi?
Har bir sohada bо‘lgani kabi tarix о‘qitish samaradorligini oshirishda ham, «inson omili», ya'ni tarix fani о‘qituvchisining bilimdonligi, о‘z sohasini etuk mutaxassisi bо‘lish ham hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘qituvchi faoliyatida kо‘pincha aniq tarixiy faktlar, tushunchalar, «makon», «zamon», ta­rixiy arxiv hujjatlari, rasrm, chizmalar, statistik ma’lumotlar, mahalliy о‘lkashunoslik materiallaridan, ayniqsa mustaqillik davri о‘lkashunosligini tashkil etishdagi pedagogik faoliyatining sustligi, ayrim hollarda dars nazariyasi va metodikasidan yiroqlik nafaqat dars samaradorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda, hatto sinfda о‘tirgan о‘quvchini о‘qitilayotgan fanga nisbatan bо‘lgan qiziqishini bir umrga yо‘qotishga olib kelishi ham hech ran bо‘lmay qolishi xavfini keltirib chiqarmoqda. Bu borada jahonga mashhur olim, Nobel mo’qofoti laureati, akademik K. Skryabin: «Odamlarni chuqur hurmat qilmasdan turib, ularga fanga nisbatan ixlos-ehtiromlarini singdirmasdan turib о‘qitish mumkin emas. Menimcha, о‘quvchining dars jarayonida darsga nisbatan harakatlari, darsdagi tinchlik osoyishtalik xuddi mana shundan boshlanmog’i kerak», - deydi.
Har qanday maktab u boshlang’ichmi, о‘rtami, oliymi baribir, unga bо‘lgan hurmatdan boshlanadi. Odatda о‘qituvchi zimmasiga о‘qitayotgan fanining barcha mas’uliyatlari yo’qlanmaydi. Tarix- uning о‘qitishdagi zerikarli darslar tufayli fan sifatida о‘z faoliyatini tо‘xtatib qolmaganidek, algebra ham uning noaniq metodlar vositasida о‘qitiladigan fan sifatida yо‘q bо‘lib qolmaydi. Ammo bu zerikarli, noaniq besamar о‘qitilgan darslarda о‘tirgan о‘quvchi о‘ziuchun ham tarixni, ham algebrani bir umrga yо‘qotishi mumkin. Kim biladi, deysiz. Bir vaqglar siz undan shu fanga bо‘lgan qiziqishlarini sо‘ndirgan о‘quvchi kelajakda shu fan taraqqiyotiga о‘zining ulkan hissasini qо‘shishi mumkin bо‘larmidi?1
Kо‘p hollarda о‘qituvchi tomonidan dars samaradorligini oshirish uchun zarur ilmiy-nazariy va metodik talablarni о‘z о‘rnida qо‘llay bilmaslik natijasida о‘quvchilar darsning 15-20 minut vaqtini о‘tgan mavzular yuzasidan muammoli emas, dialog sifatida berilgan savollarga sinfdoshlarining savolga yarasha bergan og'zaki javoblarini «eshitishdan» tashqari biron individual yoki frontal savol (vazifa)ga ogzaki yoki yozma javob tayyorlab, mazkur darsda faol ishtirok etishga qaratilgan metodlardan umuman darak bо‘lmaydi.
Tabiiyki, ijtimoiy fanlarni о‘qitish albatta о‘z konsepsiyasiga ega bо‘lishi kerak. Istiqlolga erishganimizdan keyin «О‘zbekiston tarixini о‘qitish konsepsiyasi» ikki marta 1994 va 1996 yillarda qator mualliflar tomonidan e’lon qilindi.
Biroq, bu «birinchi konsepsiya»ni о‘qigan odam «maktab tarix kursi», «maktab tarix darsligi» nima? degan tushunchalarga javob topaolmaydilar. Ustiga-ustak bu konsepsiya mualliflari XI sinfga kelganda tarixiy tushunchalari gо‘yo poyoniga yetadi, nazariy bilim olishlari tugalanadi deb ho’qm chiqarishlari dialektikani bilish qonunini yо‘qqa chiqarishdan boshqa narsa bо‘lmagani uchun ham, «hujjatni» jiddiy bir narsa deb qabul qilish о‘rinsizdir.
«О‘zbekiston tarixini о‘qitish va о‘rganishning yagona konsepsiyasi» xususida gapiradigan bо‘lsak, bu hujjatda ham qator jiddiy nuqsonlar mavjud. Jumladan, mualliflar О‘zbekiston tarixini о‘qitish xususida shunday fatvo beradilar:
О‘zbekiston tarixi fani xalq maorifi tizimining barcha tarmoqlarida о‘zining jamiyat hayotidagi tutgan о‘rni va mavqeiga kо‘ra asosiy va yetakchi fandir. Shu boisdan ham bu fan Vatan tarixining ibtidosi о‘lkashunoslik ekanligini e’tiborga olgan holda, umum-ta’lim maktablarida, о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlarining barcha mutaxassisliklarida qaysi kasb-hunarni egallashdan qatiy nazar, bir xil hajmdagi soatda dars о‘tiladi.
О‘zbekiston tarixini o’qitish va о‘rganishning yagona konsepsiyasi shunday ahvolda bо‘lgandan keyin, bugungi kunda umumta’lim va oliy о‘quv yurtlari uchun nashr etilayotgan darsliklarning ahvoli qanday? Achchiq bо‘lsa ham haqiqatni aytadigan bо‘lsak, xalqimizning yangi tarixi aniqrog’i o’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomoni­dan bosib olinganligini, shu bosqinning faol ishtirokchisi general-leytenant M. A. Terentyevning 1906 yildagi 4 jildli xarita va rejalari bilan birgaliqsagi «Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii» deb nomlangan asari, unga rasrm sifatida о‘zining О‘rta Osiyoning bosqinida faol ishtirok etganligi va bosqinchilik janglarida kо‘rsatgan shaxsiy qahramonligi uchun «Georgiy kresti»ning nishondori bо‘lgan va rus chorizmi bosqinchilari bilan bо‘lgan shiddatli jangda qattiq jarohat olib jon talvasasida yotgan O’zbek jangchisi-ning jon taslim etishidan dunyo-dunyo zavq olishini berkitmasdan yozgan rus jangchi-rassomi V. Vereshchaginning «Turkiston» seriyasidagi chizgilarini namoyish etish asosida rus bosqinchilarining mahalliy xalqqa nisbatan kо‘rsatgan shafqatsizliklari tasvirida namoyish etishdan nariga о‘tmadik. Xolbuki, rus bosqini tarixini о‘rganish va о‘rgatish tarixchilarimizdan aniq tarixiy faktlarni atroflicha tahlil etish, ulardan atroflicha umumiy xulosalar chiqarishni taqozo etadi.
Taniqli rus tanqidchisi G. V. Belinskiy yozganidek, «Bugungi kunni tushunmoq va kelajagimiz to’g’risida aniq ishoraga ega bо‘lmoq uchun о‘tmishimizni sо‘roqlab, surishtirmog’imiz lozim».
G'arb mamlakatlari yangi va eng yangi tarixini о‘rganish jarayonida biz «ekspansiya», «inson huquqi», «ochiq eshiklar siyosati» va shularga о‘xshash kо‘p tarixiy tushunchalarni uchratamiz. Xо‘sh, nega rus chorizmi boskinchilarining О‘rta Osiyo, shu jumladan O’zbek xalqiga nisbatan olib borgan, lekin sovet tarixshunoslik fanining biron sahifasida bayon etilmagan Rossiyaning О‘zbekistonga nisbatan e’lon qilgan «ochiq eshiklar siyosati»ning eng razil tomonlari - mahal­liy xalq huquqdarining tom ma’noda poymol etilganligi, rus chorizmi bosqinchilarining О‘rta Osiyoning xoxlagan bozori-yu, xohlagan hududida hech qanday boj tо‘lamasdan, xohlagan mahsulotlarinierkin sotish, xoxlagan joyida qо‘nim topib istiqomat qilish, rus mujigiga eng unumdor sug'oriladigan yerlarni olish huquqi berilib, mahalliy jafokash O’zbek dehqoni rus mujigidan ortsagina suvdan foydalanishi mumkinligi, jahon ma’naviy dunyosida «Sayqali rо‘yi zamin», ya'ni yer yuzi ma’naviyati markazi maqomini olgan gо‘zal Samarqand shahridagi jahonga mashhur masjidu madrasalarning qurol-yarog' omborxonasi, lazaret otxonasi, rus askarlari uchun yotokxona va yana shu kabi boshqa maqsadlardagi maskanlarga aylantirilganligi tо‘grisidagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy oqibatlarni tahliliy tafakkur asosida ishlab chiqilgan tom ma’nodagi asarlar kim tomonidan va qachon yaratildi?!
Har qanday darsning samaradorligini ta’minlashda inson omilidan keyin ilmiy-metodik va didaktik jihatdan davr talabi asosida tajribada sinab kо‘rilgan о‘quv dasturlari, darsliklar va о‘quv-metodik qо‘llanmalarni aytish mumkinki, deyarli hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Biroq, О‘zbekiston Respublikasi miqyosida, ayniqsa, О‘zbekiston tarixidan yaratilayotgan aksariyat chillaki «darsliklar» kо‘p hollarda na о‘quvchi, va na о‘qituvchilar talablariga moye kelmayotir. Natijada, qanchadan-qancha davlat mablag’i sarflangan ana shunday «darsliklar»ning davr talabiga javob bera olmaganligi bois о‘zgar-tirilmoqsa, - eskilari makulaturaga topshirilmokda. Shunday ekan, har bir tarix о‘qituvchisi dastur asosida navbatdagi darsga tayyorgarlik kо‘rishi jarayonqsa qо‘lida mavjud bо‘lgan. Darslik, metodik qо‘llanma va boshqa о‘quv materiallarining mazmuniga ijodiy yondashmog’i, imkon qadar tarix darsining ilmiy-metodik va didaktik jihatdan davr talabi darajasida о‘tkazishga alohida e’tibor bermog’i lozim.



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish