Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o


ILOVALAR 2. ILOVALAR



Download 3,94 Mb.
bet148/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

ILOVALAR










2. ILOVALAR
Markaziy Osiyoda o‘rta asr voizlik san’ati
(Markaziy Osiyoda o‘tgan va mashhur voizlar haqidagi ma’lumotlarning bir qismi Abdurahmon Ortiqov va Abdug‘affor Ortiqovlarning "Nutq madaniyati va notiqlik san’ati" kitobidan olindi).
Markaziy Osiyoda nutq madaniyati va notiqlik san’ati uzoq tarixga ega bo‘lib, qadimdanoq so‘z san’ati, uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatiga katta e’tibor berilgan.
Notiqlik san’ati musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. «Va’z» so‘zi arabcha targ‘ib qilish, pand-nashat degan ma’nolarni anglatadi. «Voiz» so‘zi esa va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs ma’nosini bildiradi. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etish mahoratidan saboq bergan.
Garchi voizlik san’atining shakllanishi o‘lkamizga Islom dinining kirib kelishi va "Qur’on"ni targ‘ib etish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ritorika tarixi uzoq o‘tmishdan boshlangan. Xususan, eramizdan avvalgi VII asrga mansub "Avesto" kitobi, qadimda shakllanib, bizning kungacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalari, V-VI asrlarga doir O‘rxun-Yenisey yodgorliklari nomini olgan tosh bitiklar va yana ko‘plab manbalarda nutq odobi, bahs yuritish san’ati, da’vat etish mahorati, muomala madaniyatiga oid qimmatli fikr va namunalarni uchratish mumkin. Masalan, "Avesto"ning tarkibiga kirgan "Vandedod" asosan Axuramazda bilan Zardushtning savol-javoblari shaklida yozilgan bo‘lib, suhbat, bahs yuritish san’a-tining namunasini ifodalasa, "YAyena". "Yasht" va boshqa kitoblarda xudolar madhiyasi - gotlarni o‘z ichiga olgan va ularni "tantanali notiqlik" namunalari sifatida o‘rganish mumkin. Umuman, zardushtiy ta’limotining asosini uch axloqiy kategoriya: "gumantu" - ezgu o‘y, "gutka" - ezgu so‘z va "gvarshita" - ezgu amal tashkil etgan. Zardushtning "Madh etaman ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amalni. Jami ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amalga bag‘ishlanaman, jumla yovuz o‘y, yovuz so‘z va yovuz amallardan yuz o‘giraman", - degan so‘zlari har qanday davrda notiq uchun amal qilishi lozim bo‘lgan qoidani o‘zida ifodalaydi.
IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini shohlar, xalifalar o‘taganlar. Ular juma kunlari, hayit va boshqa bayramlarda jamoani yig‘ib, davlat siyosati, fuqarolarning burchlari boshqa mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa masalalari va boshqa mavzularda va’z so‘zlaganlar».
Vaqt o‘tishi bilan va’z san’atiga qo‘yiladigan talablar mukammallashib borgan, va’zxonlik esa alohida tayyorgarlikni, bilimlarni talab eta boshlagan. Shu tariqa asta-sekin notiqlik kasbga aylangan va davlat hukmdorlari bu tadbirni o‘z ixtiyorlaridagi maxsus so‘z ustalariga yuklab, ularni voizlar deb atay boshlaganlar. «Voiz» so‘zi hatto ularning ismi-shariflariga qo‘shib aytilgan va yozilgan.
Dastlab Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy kabi allo-malar o‘zlarining turli mazmundagi asarlariga til, nutq, notiqlikka oid fikrlarini singdirganlar, xususan Beruniy yaxshi nutq tuzish qoidalari, so‘z meyori, to‘g‘ri fikrlash va so‘zlash mezonlari xususida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday yozadi: "Yaxshi nutq tuzish uchun nahv (grammatika), aruz (she’r o‘lchovi), mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi, Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi".
Abu Nasr Forobiy ham "qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berishdan saboq berar ekan, buning uchun til haqidagi ilm, grammatika va mantiqning ahamiyati haqida batafsil to‘xtaladi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy "Mafatih-ul-ulum" («Ilmlar kalitlari») asarida badiiy til, she’riyat masalalari bilan bir qatorda notiqlikning ayrim qirralari, ish yuritish qoidalari va ish qog‘ozlari shakllari masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Kaykovus esa "Qobusnoma" asarida notiqlik va nutq odobi masalalariga alohida boblar ajratgan.
Markaziy Osiyoda voizlik: san’ati xazinasiga dastavval Bahovuddin Valad (XII asr), Jaloliddin Rumiy (XIII asr), Husayn Koshifiy, Muin voiz (XV asr), Alisher Navoiy kabi so‘z ustalari g‘oyat boy hissa qo‘shganlar.
Shuningdek, tarixchi, shoir, hadisshunoslarning asarlarida ham voizlik san’atiga aloqador ba’zi fikrlar bayon etilgan. Jumladan, tarixnavis Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, Navoiyniig «Majolis un-nafois», «Mantiq ut-tayr», «Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Chor devon» asarlarida, Zaynuddin Vosifiyning «Badoye ul-vaqoye», Xondamirning «Makorim ul-axloq» risolasida atoqli voizlarning mahorati, iste’dodi, va’zxonlik uslublari haqida mulohaza-lar yuritilgan.
Shu bilan birga Navoiy so‘zi fasih, tili bilan dili boshqa va’zxonlar bilan o‘z nutqlari orqali odamlarga madad bergan, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan voizlarni ajratgan. "Mahbub ul-qulub" asarida haqiqiy voizning fazilatlarini quyidagicha ta’rif etadi: "Voiz Haq so‘zni targ‘ib qilishi, payg‘ambarlar so‘zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o‘zi Haq va payg‘ambarlar yo‘liga kirishi, so‘ng esa nasihat bilan elni ham shu yo‘lga solishi lozim". Yana bir yerda u shunday deydi: "Va’zxon shunday bo‘lishi kerakki, uning majlisiga kirgan odam to‘lib chiqsin, to‘la kirgan odam esa yengil tortib xoli qaytsin".
Bular qatorida Muhammad Rafiq Voizning «Av-bob ul-jinon», Voiz Qazvinining «Ziloli maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-axodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ud-taqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravozat ul-voizin», qozi O‘shiyning «Miftah ul-najjoh», Voiz Koshif ning «Dah majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlarini keltirish mumkii. Albatta, hukmdorlar ham va’z aytish sirlarini o‘zlashtirganlar.
Tarixchilarning shohidlik berishlaricha, sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Bobur, Mirzo Ulug‘bek kabi davlat arboblari voizlik san’atini puxta egallaganlar va faoliyatlarida undan mohirona foydalanganlar.
O‘rta asrlarda voizlik san’atining asosan uch shaklini ajratish mumkin dabirlik, xatiblik, muzakkirlik. Dabirlik davlat maqomidati yozishmalarni yozma bayon etish va qiroat bilan o‘qib berish bilan bog‘liq bo‘lsa, juma kunlari peshin namozi oldidan xutba o‘qish xatiblik deb yuritilgan, muzakkirlik esa juma kunlari, hayit va boshqa tantanali kunlardagi anjumanlarda xatibdan keyin diniy, axloqiy, huquqiy masalalarni sharhlab berishdan iborat bo‘lgan.
Voiz murojaat etgan tinglovchilarning tabaqasi, ijtimoiy-siyosiy mavqei, lavozim:lari hamda boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, va’z mazmunm, shakli, qo‘llanilgan vosita va usullari bo‘icha ham farqlangan. Shunga muvofiq va’zlarning uch turi ajratilgan va uch xil nomlangan: yuqori tabaqa ayonlar va zodagonlar uchun mo‘ljallangan va’zi sultoniyot deb atalgan. Sultoniyotda hukmdorlar sha’niga hamdu sanolar aytilgan, ular ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan, madh etilgan.
Urush, jangdan oldin xalq yoki lashkarlarning jangovor ruhini ko‘tarish, ularda fidoyilik, vatanparvarlik, qahramonlik, botirlik tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida so‘zlangan nutk, jihodiya deb nomlangan. Tabiiyki, bundan nutqlarga da’vatkorlikb ko‘tarinkilik xos bo‘lgan. Oddiy fuqarolarga mo‘ljallangan va’zlar g‘aribona deb yuritilgan va ularda hukmdorlarga itoat etish, ularni hurmat qilish kabilarga da’vat etilgan.
O‘rta asrlarda madrasalarda boshqa ilmlar qatori har bir so‘z, tushuncha, ohangning ta’sirchanligiga erishish, muayyan bir fikr, mulohaza, hukm, g‘oya, mafkura va xulosani o‘z tinglovchilariga yetkazish san’ati suxandonlikdan saboq berilgan. Hozir ham madrasalarda bu fan o‘qitilmoqda. Bu davr voizlik san’atida jangovorlik, farmonbardorlik ohangi yetakchi bo‘lgan. Shu tufayli va’zlar ijtimoiy salmoq, siyosiy mazmun kasb etgan, ta’sirchan mafkuraviy qurolga aylangan. XX asr boshlarida yurt ozodligi orzusida harakat qilgan taraqqiyparvar ziyolilarimiz millatni isloh qilish yo‘lida yomon illatlarga barham berish, xalqni ezgulik sari otlantirishda va’zning ahamiyatini yaxshi xis etganlar. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy shunday deydi: "Biz Turkiston musulmonlari orasinda xilofi shariat odatlarni ko‘pligi har kimg‘a ma’lumdir. Muning daf’i va islohini kim etar? Bizni fikrimizcha, muning dafu islohig‘a ulamo hazroti kamari himmat bog‘lab, muqadvas mehrobu minbardan va’z so‘ylab, aholig‘a ahkomi shariatni bildurib, baytulloh hukmindaki masjid va jome’larda ertavu kech amri ba ma’ruf va nahi az munkir etib, xaloyiq anglayturgon bir til ilan pandu nasihat etsalar ham muning hech qo‘ymasdan har kun ba’d az namozi fajr va ba’d az huftan doim muxtalif mavzulardan bahs etsalar, albatta, ta’sirsiz qolmas. Xususan, muqaddas masjidg‘a so‘ylagan va’z har bir mo‘min qalbina du bolo ta’sir etar".




Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish