Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 12,7 Mb.
bet44/254
Sana31.05.2022
Hajmi12,7 Mb.
#622905
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   254
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА 1-курс 2021 (1)

Liberal sivilizatsiya yoki G‘arb sivilizatsiyasi madaniy va siyosiy plyuralizm hamda jamiyatning asosiy qadriyati – huquq tizimining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Uning ildizlari xususiy mulk va erkin bozor hukm surgan davrda vujudga kelgan antik sivilizatsiyaga borib taqaladi. O‘z navbatida, bozor va xususiy mulk individ uchun kafolatlarni, mulkdor imtiyozlarini, mulkdorlar guruhining ma'muriyatdan ustunligini, shaxs erkinligi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish tamoyillarini o‘z ichiga olgan huquqiy tamoyillar va institutlar tizimi vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
An'anaviy sivilizatsiyalarijtimoiy hayotning varvarlikka chek qo‘yish bilan bog‘liq dastlabki shaklidan iborat. Bular barcha a'zolari bevosita emotsional muloqot jarayonida bo‘lgan nisbatan kichkina lokal hamjamiyatlardir. Ular jamoa qadriyatlarining ustunligi, qabila oqsoqollariga nisbatan hurmat, o‘tmishga qarab mo‘ljal olishga asoslangan. An'anaviy sivilizatsiyaning o‘ziga xos jihatlari – past malakali, lekin ancha keng byurokratiyaga tayanuvchi jabr-zulmga asoslangan hokimiyat, tabaqalarning huquqsizligi, jamoaviy tuzilma, huquqning norasoligi, individning kamsitilishi kabilardir.
Oraliq sivilizatsiya yoki o‘tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshootlar (to‘g‘onlar, kanallar va sh.k.) barpo etish, yangi hududlarni bosib olish yoki o‘z hududini tashqi dushmandan himoya qilish (masalan, Buyuk Xitoy devori) zaruriyati tufayli vujudga keladi. Natijada an'analari va qadriyatlariga ko‘ra har xil lokal hamjamiyatlarning mexanik birlashuvi yuz beradi. Mazkur birlashuv rasmiy xususiyat kasb etadi va idrok etish ancha qiyin bo‘lgan normativ-huquqiy qoidalarga muvofiq va jamiyatni tashkil etishning lokal hamjamiyatlar ko‘nikkan hayot tarziga zid bo‘lgan shakllarida amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda jamiyatni birlashtirish vazifasi davlat tomonidan va asosan kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilinadi. Ayni shu sababli normalar tizimi asosan birlashtiruvchi mexanizm sifatidagi davlat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bundan o‘tish davri sivilizatsiyalariga xos bo‘lgan huquqiy nigilizm kelib chiqadi. Davlat qadriyatlari va lokal hamjamiyatlarning qadriyatlari asosan bir-biriga zid bo‘lgani bois ularning o‘rtasida to‘qnashuv yuz berishi mumkin. Qattiq davlat intizomi, ko‘p sonli soliqlar to‘lash, amaldorlarning o‘zboshimchaligi, rekrut majburiyati, urushlarda ishtirok etish zaruriyati kabi davlatning bu talablari aholining aksariyat qismida norozilik uyg‘otadi.
Shunday qilib, jamiyatning muhim xususiyatlari ijtimoiy hayotni tashkil etishning keng ko‘lamli shakli sanalgan sivilizatsiyaga asoslanadi. Sivilizatsiyalar vaqtda va makonda o‘ta barqaror bo‘ladi, individlar va ijtimoiy guruhlarning aloqalarini tartibga soladigan va jamiyatning moddiy asoslarini ham, ma'naviy asoslarini ham belgilaydigan umumiy normalarga asoslanadi. Ular madaniyat va ijtimoiy munosabatlarning umumiy shakllarini yaratib, jamiyat hayotining tizim tashkil etadigan muhim asosi sifatida amal qiladi. Sivilizatsiya – avlodlar vorisiyligini ta'minlovchi tarixiy tajriba manbaidir.
Sivilizatsiya ijtimoiy hayotning barcha omillarini: madaniyat va madaniyatsizlikni, yutuqlar va kamchiliklarni o‘zida birlashtiradi. Ma'lumki, jamiyat rivojlanishiga qarab uning normalari eskirib boradi. Ular mazkur sotsiumning o‘zgargan yashash sharoitlari bilan to‘qnashib, uning mavjudligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi. Ammo muhimi shundaki, normalar o‘z holicha jamiyatning saqlanishini kafolatlamaydi, ular mazkur normalarga amal qilishga, ulardan o‘z faoliyatida foydalanishga, ularni o‘ziga xos tarzda talqin qilishga qodir bo‘lgan odamlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu sababli madaniyat sivilizatsiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 12,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish