Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 12,7 Mb.
bet31/254
Sana31.05.2022
Hajmi12,7 Mb.
#622905
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   254
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА 1-курс 2021 (1)

Plyuralizm ( lot. ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonli) dunyoning negizida ikkita ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta'limotdir. Atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu ayni shu ta'limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari borligi haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan.
Leybnitsning monadalar haqidagi ta'limoti (monadologiya) plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta'limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta'limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba'zan plyuralizmga mustaqil ta'limot sifatida emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o‘z nazariyasining asosiy vazifasini dualistic munozaralarda yechimini topmagan ruh va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
I.Kant Substansiyani barcha o‘zgarishlar va o‘z-o‘zining sababchisi –kausasui sifatida tushunish g‘oyasini, yuksak baholangan. U substansiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam beruvchi o‘zgarmas asos», deb ta'riflagan. Uningcha, substansiya har qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo‘ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o‘zgarish uning modusi, ya'ni o‘zgarmas narsaning mavjudlik usuli.
Hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik mazmuni o‘zaro ta'sir sifatida tushuniladi. Chunki aynan o‘zaro ta'sir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning o‘z-o‘zini yakuni (kausafinalis) hisoblanadi. Narsalarni substansiyalilik nuqtai-nazaridan o‘rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va o‘zaro ta'sirlar nuqtai-nazaridan yoritish, demakdir. Shu ma'noda, substansiyani ichki birlik, uning cheksiz va rang – barang o‘zgarishlaridan qat'iy nazar, ob'ektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo‘q bo‘luvchi tafovut va qarama – qarshiliklar nuqtai-nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta'riflash mumkin.
Shunday qilib, substansiyaning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi);
- universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi);
- yagonalik (birinchinegizningyagonaligininazardatutadi);
- yaxlitlik (mohiyatvamavjudlikningbirliginiko‘rsatadi).
Xo‘sh, ana shu xususiyatlar nuqtai nazaridan hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasi o‘z o‘rniga egami?
Avvalo, ta'kidlash lozimki, substansiya kategoriyasi hozir ham ko‘p jihatdan diqqatga sazovor.
Birinchidan, bu barcha hodisa va jarayonlarning sababiy belgilanganligi g‘oyasini namoyon qiladi. Substansiya bunda barcha mavjud narsalarning birinchi sababi sifatida amal qiladi.
Ikkinchidan, u uni versiumningontologikmazmuninimuayyanlashtirishtalabidir. U barcha o‘zgarishlarni belgilovchi o‘zaro ta'sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik nazariyasini tuzishga yo‘naltiradi.
Uchinchidan,substansiya o‘zining rang-barang ko‘rinishlari darajasida uning rivojlanishi nuqtai nazaridan olingan hamda o‘ziga xos bo‘lgan butun evolyusion imkoniyatlarni ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi lozim.
To‘rtinchidan,substansiya kategoriyasiga murojaat etish materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi masalani kun tartibidan chiqarish imkonini beradi. Substansiya masalasi biron-bir faylasuf e'tiboridan chetda qolishi mumkin emas, chunki uning har qanday mulohazalari, ular qaysi mavzuga tegishli bo‘lmasin, go‘yoki «havoda muallaq osilib qoladi», zero har doim mulohaza qilinayotgan narsaning eng katta asoslari haqidagi masala yuzaga keladi. Masalan, bir qarashda dunyoning zamirida nima yotishini aniqlashdan uzoq bo‘lib tuyuladigan axloq mavzusini olaylik.

Download 12,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish