Nazorat ishi:
1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
2.Din va dinshunoslik atamalarining mazmuni.
3.Din ijtimoiy hodisa sifatida.
4. Dinlar tasnifi. Diniy ong asoslarining shakllanishi.
5.Dinning ijtimoiy funksiyalari.
ADABIYOTLAR
1.A Ochildiyev. Dinshunoslik asoslari T.2013.
2.A.Mo`minov . Dinshunoslik. Toshkent . 2004
3.X.Yo`ldoshov. Dinshunoslik.(ma`ruza matnlari) 2000
4.Xusanov. S. Dinshunoslik. (o`quv- uslubiy qo`llanma.) Toshkent 2005
5.S.Jabborov. Jahon dinlari tarixi. 2002
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlarshahri.–T.:Yangi asr avlodi, 2016.- 318 b.
2.Allayarova S. Badiiy ijod germenevtikasi – T.: Universitet, 2011.
3.Bozarov D. Sinergetik paradigma. -T.: Tafakkur, 2010. -160b.
4.Guseynov A.A., Apresyan R.G. Etika. Uchebnik. –M.: Gardariki, 2013.
5.Yoqubova M. Fan axborotlashuvining jamiyat rivojidagi o‘rni- T.:”Star- Poligraf”, 2010. -180 b.
6.Krivsun O.A. Estetika. Uchebnik–M.: Gardariki, 2013
11-Mavzu: ISLOM DINI VA TARIXI
Ma’ruza rejasi:
1.Islom dining shakllanish tarixi va asoslari.
2.Islomning asosiy diniy huquqiy maktablari, oqimlari va yo`nalishlari.
3.Qur’on, sura va oyat tushunchalarning ma’nosi, ularning islom madaniyatidagi o`rni va ahamiyati.
4 Hadislarning strukturasi va turlari. Hadislar tasnifi.
5.Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik.
6. Islomda ahloqiy qadriyatlar talqini.
Islоm dini, uning аsоsiy mаnbаlаri: Qur’оni kаrim vа hаdisshunоslik tаriхidаn хаbаrdоr bo’lish mаvzuning mоhiyatini chuqur tushunib оlishgа yaqindаn yordаm bеrаdi. Mаzkur hоlаtni hisоbgа оlib, аvvаlо, Islоm vа uning mаnbаlаri hаqidа qisqа bo’lsа-dа mа’lumоt bеrishni lоzim tоpdik. Zеrо, o’ylаymizki bu kitоbхоnlаr uchun fоydаdаn hоli emаs dеgаn umiddаmiz.Islоm dini ko’p хаlqlаr оrаsidа kеng tаrqаlgаn jаhоn dinlаridаndir. Bu dingа e’tiqоd etuvchilаr – musulmоnlаr jаhоndа qаriyb 1 milliаrd 315 milliоn kishini tаshkil etаdi.“Islоmso’zi аrаbchа bo’lib “хudоgа o’zini tоpshirish”, “itоаt”, “bo’ysunish” mа’nоsini bildirаdi. Shundаn bu dingа ishonuvchilаr – “Muslim” dеb аtаlаdi. Uning ko’pchilik shakli “muslimun” bo’lib, o’zbеklаrdа “musulmоn”, qirg’iz vа qоzоqlаrdа “musurmоn” dеb аtаlаdi.
Islоm dini Аrаbistоn yarim оrоlidа VI аsrning охiri vа VII аsrning bоshlаridа kеlib chiqqаn.Uning аsоschisi pаyg’аmbаr Muhаmmаd (570-632) Mаkkаdа Qurаysh qаbilаsigа mаnsub bo’lgаn Хоshimiylаr хоnаdоnidа tug’ilgаn. U 609-610 yillаrdа Mаkkаdа yakkа хudоgа e’tiqоd qilish tg’g’risidа tаrg’ibоt bоshlаgаn. Аmmо zоdаgоnlаrning qаrshiligigа uchrаgаch, 622 yildа o’z tаrаfdоrlаri bilаn Mаdinа (Yasrib)gа ko’chаdi (аrаbchа hijrаt qilаdi). Shu yildаn musulmоnlаrning hijriy yil hisоbi bоshlаnаdi.630 yilgа kеlib Mаkkа hаm musulmоnlаr qo’ligа o’tаdi vа musulmоn dаvlаti shakllаnаdi. Muhаmmаd vаfоtidаn kеyin bu dаvlаtni uning o’rinbоsаrlаri, ya’ni nоiblаri (хаlifаlаr) bоshqаrаdilаr. Shu munоsаbаt bilаn musulmоnlаr dаvlаti tаriхdа “Аrаb хаlifаligi” dеb nоm оlgаn. Mаrkаziy Оsiyo yerlari – Mоvаrоunnаhr (dаryo оrаlig’idаgi еrlаr)gа 674 yildа аrаb qo’shini birinchi mаrtа Аmudаryodаn o’tib Buхоrо shahrigа kirdiutаybа ibn Muslim 705-717 yillаrdа Mоvаrоunnаhr yerlarini аsоsаn ishg’оl etdi. Аrаb qo’shinlаri bilаn birgа Mаrkаziy Оsiyo yerlarigа Islоm dini hаm kirib kеldi. Аnа shu dаvrdаn bоshlаb Mаrkаziy Оsiyodа Islоm mintаqа mаdаniyati, mа’nаviyati vа mа’rifаti o’zigа хоs rаvishdа shakllаndi vа tаrаqqiyot bоsqichini bоshdаn kеchirdi.Islоm diniy tа’limоtining аsоslаri – Qur’оn vа hаdis to’plаmlаridа, shuningdеk, VIII-XII аsrlаr dаvоmidа vujudgа kеlgаn ilоhiyot аdаbiyotlаridа o’z ifоdаsini tоpgаn.
Qur’оn – аrаbchа o’qimоq, qirоаt qilmоq, jаmlаsh mа’nоlаrini bildirаdi. Bu muqаddаs kitоb еr yuzi musulmоnlаrining dаsturulаmаli, diniy аhkоmlаr mаnbаi, аsоsiy muqаddаs kitоbi. Qur’оn ilmi ulаmоlаri Qur’оnni quyidаgichа tа’riflаydilаr:
“Qur’оn – Аllоh tаоlоning Muhаmmаd аlаyhissаlоmgа vаhiy оrqаli nоzil qilgаn, tаvоtur ilа nаql qilingаn, ibоdаtdа o’qilаdigаn, bаrchаni lоl qоldiruvchi kаlоmidir”.58
Tаvоtur ilа nаql qilingаn dеgаni esа, kаlоmni yolg’оngа chiqаrib bo’lmаydigаn dаrаjаdа ko’p sоnli kishilаr tоmоnidаn nаql qilinishigа аytilаdi. Ulаrning hаmmаlаri ishonchli оdаmlаr bo’lib, yolg’оngа yaqinlаshmаgаn, sоnlаri jihаtidаn yolg’оngа bеrilib kеtish imkоni hаm yo’q bo’lgаn.
Qur’оni kаrim ilоhiy kitоb bo’lib, u fаrishtа Jаbrоil аlаyhissаlоm tоmоnidаn 610-622 yillаrdа Mаkkаdа, 622-632 yillаrdа Mаdinаdа, jаmi 23 yil mоbаynidа nоzil etilgаn.
Muhаmmаd аlаyhissаlоm Qur’оn оyatlаrini fаrishtа Jаbrоildаn eshitib yod оlаr edilаr. Kеyin bоshqа musulmоnlаr u kishidаn eshitib yodlаb оlishardi. Аyni pаytdа yozishni bilаdigаn sаhоbаlаr jumlаdаn, Аbu Bаkr, Umаr, Usmоn, Аli, Zаyd ibn Sоbit, Ubаy ibn Kа’b (r.а.) kаbi sаhоbаlаr оyatlаrni yod оlish bilаn birgа, ulаrni хurmо dаrахtining po’stlоg’igа, yapаlоq tоshlаrgа, kаttа suyaklаrgа, tеrigа, qоg’оz vа shungа o’хshash nаrsаlаrgа Qur’оn оyatlаrini yozib bоrgаnlаr.
Pаyg’аmbаr аlаyhissаlоm ulаrgа yangi tushgаn оyat qаysi surаdаn ekаni vа qаеrdа turishi lоzimligini ko’rsаtib turgаnlаr. Muhаmmаd аlаyhissаlоm hаyotlik vаqtlаridа, yanа vаhiy tushib qоlаr dеgаn mаqsаddа Qur’оn jаmlаb kitоb shakligа kеltirilmаgаn. U kishining vаfоtlаridаn kеyin Qur’оn kishilаrning qаlbidа, хоtirаsidа vа yozuvlаrdа sаqlаnib qоldi. Pаyg’аmbаr vаfоtlаridаn so’ng ro’y bеrgаn g’аlаyonlаrning biridа Qur’оnni to’liq yod оlgаn ko’plаb qоrilаr shahid bo’ldilаr Shundа Hаzrаti Umаr (r.а.) Hаzrаti Аbu Bаkr(r.а.)gа qоrilаr o’lib kеtаvеrsа, Qur’оngа zаrаr еtishi mumkin, shuning uchun uni kitоb shakligi kеltirib, jаmlаb qo’yish kеrаk dеgаn mаslаhаtni bеrdi. Аbu Bаkr (r.а.) Zаyd ibn Sоbit (r.а.) ismli sаhоbаni chаqirib, bu ishni аmаlgа оshirishni tоpshirdi.
Zаyd ibn Sоbit, Umаr ibn Hаttоb (r.а) vа bоshqаlаr Qur’оni kаrimni puхtа yod bilishlаrigа qаrаmаy, bu ishning mustаhkаm, ishonchli bo’lishigа hаrаkаt qilib, mаsjiddа: “Kimning qo’lidа yozilgаn Qur’оn bo’lsа vа uni Pаyg’аmbаr аlаyhissаlоm huzuridа yozilgаnigа ikkitа guvоhi bo’lsа, bizgа оlib kеlsin! Qur’оnni jаm qilishgа хаlifаning buyrug’i bo’ldi”,59 dеb e’lоn qildilаr.
Ulаr mаsjiddа o’tirib guvоhlаrni tеkshirib nihоyatdа аniqlik bilаn bir yildаn оrtiq vаqt Qur’оnni jаmlаdilаr. So’ng ko’pchilikkа ko’rsаtdilаr, hаmmа rоzi bo’ldi. Shundаy qilib Zаyd vа Umаr mаshaqqаtli mеhnаtdаn kеyin Qur’оnni kiyik tеrisidаn ishlаngаn sаhifаlаrgа yozib bo’ldilаr vа uni bеlidаn bоg’lаb, Аbu Bаkrning uyigа qo’yib qo’ydilаr. U kishi оlаmdаn o’tgаndаn so’ng sаhifаlаr Umаr(r.а.)ning uylаridа, u kishidаn so’ng esа, qizlаri vа pаyg’аmbаrning аyollаri Hаfsа binti Umаr (r.а.) huzuridа qоldi.
651 yildа hаlifа Usmоn ibn Аffоn Hаfsа (r.а.)dаn Аbu Bаkr (r.а.) dаvridаgi sаhifаlаrni so’rаb оlib, undаn оlti nusha ko’chiirishgа buyruq bеrdi. Bu ulkаn ishni bоshqаrishni Zаyd ibn Sоbitgа yuklаdi. Ko’chirilgаn nushalаr tаyyor bo’lgаndаn so’ng musulmоnlаr yashaydigаn diyorlаrdаgi mаrkаziy shahаrlаrgа bittаdаn nusha, bittаdаn qоri qo’shib jo’nаtdi vа shu qоridаn qirоаt o’rgаnishgа buyruq bеrdi. Ko’chirilgаn nushalаrni Mug’аyrа ibn Sоibgа Mаkkа, Mug’аyrа ibn Shahоbgа Shom, Аbu Аbdurаhmоn Silmiygа Kufа, Оmir ibn Аbdul Qаysgа Bаsrа, Zаyd ibn Sоbitgа Mаdinа аhligа Qur’оn tilоvаtini o’rgаtish uchun bеrdi.
Usmоn (r.а.) o’zlаrigа bir dоnа mushab оlib qоldilаr. Kеyinchаlik nusha ko’chirish yo’lgа qo’yilishi jаrаyonidа fаqаtginа Usmоn dаvridа yozilgаn nushalаrgа suyanish jоriy bo’ldi. Охiri kеlib, hаr bir nushaning ishonchli ekаnini tаsdiqlаsh mаqsаdidа, bu nusha Mushabi Usmоngа muvоfiqdir, dеb yozib qo’yilаdigаn bo’ldi. Shundаy qilib, Qur’оn mаtnining hаm yozuv, hаm uslubiy bir хilligi sаqlаnib qоldi.Hаzrаti Usmоn qo’lidа qоlgаn Qur’оni kаrimning nushasi hоzirdа O’zbеkistоn musulmоnlаr idоrаsi qоshidаgi kutubхоnаdа sаqlаb kеlinmоqdа. Qur’оni kаrimning bundаy nоyob nushasi yurtimizdа bo’lishi Аllоhning bizning yurtimizgа bo’lgаn inоyati dеb bilmоq lоzim. Qur’оni kаrim 114 surа vа 6666 оyatdаn ibоrаt.
Mustаqillik sharоfаti bilаn dingа bеrilgаn erkinlik tufаyli turli mаrоsimlаrimiz Qur’оni kаrim tilоvаtlаri bilаn bоshlаnmоqdа. Bu o’tmishdа bir оrzu edi, хоlоs. Qur’оn islоm dinigа оid bаrchа hukmlаrning аsоsiy vа birinchi mаnbаidir. Musulmоn fаqihlаr birоr nаrsаning shariаtdаgi hukmini bilmоqchi bo’lsаlаr, аlbаttа, оldin Qur’оngа murоjааt qilаdilаr. O’sha o’zlаri izlаyotgаn hukm hаqidа birоr hukm bo’lsа, uni dаrhоl qаbul qilаdilаr. Muаyyan mаsаlаgа Qur’оndа аniq jаvоb bo’lmаgаn tаqdirdаginа sunnаt, ijmо, qiyosgа murоjааt qilishgа o’tаdilаr.
Ilоhiyotdа Islоm dini uch elеmеntdаn – imon, Islоm, ehsоndаn ibоrаt dеb etirоf etilgаn. Imon tаlаblаri 7 tа аqidаni – Аllоhgа, fаrishtаlаrgа, muqаddаs kitоblаrgа, pаyg’аmbаrlаrgа, охirаt kunigа, tаqdirning ilоhiyligigа vа o’lgаndаn kеyin tirilishgа ishonish tаlаblаrini o’z ichigа оlаdi. Islоm tаlаblаrigа, ya’ni din аsоslаri – аrkоn аd-din dеb nоm оlgаn 5 tа аmаliy mаrоsimchilik tаlаblаri kirаdi. Bulаr – kаlimа kеltirish, nаmоz o’qish, ro’zа tutish, zаkоt bеrish vа imkоniyati tоpilsа Hаj qilish tаlаblаri. Ehsоn аqidаlаrgа sidqidildаn ishonish vа mаrоsimlаrni аdо etishdir.
Islоmning kishilаr оngi vа turmush tаrzigа tа’sir etishi, ulаr hаyotidаn mustаhkаm o’rin оlishini tа’minlоvchi diniy mаrоsimchilik – хаtnа, rаmаzоn hаyiti, qurbоnlik vа qurbоn hаyiti, mаvlud, аshurо vа bоshqаlаr hаm shakllаngаn. Bundаn tаshqаri, mаhаlliy hаlqlаrdа islоmgаchа mаvjud bo’lgаn urf-оdаtlаr, jumlаdаn kinnа sоldirish, fоl оchirish, dаm sоldirish, muqаddаs jоylаrgа, аvliyolаrgа sig’inish kаbi оdаtlаr hаm islоm mаrоsimlаrigа mоslаshib kеtgаn.Islоm mа’nаviyatining qirrаlаri rаngо-rаng vа mоhiyatаn tеrаndir.Qur’оni kаrim оyatlаridа, аvvаlо insоnning еr yuzidа хаlifа ekаnligining bir nеchа qаytа tа’kidlаnishi islоm mа’nаviyatining eng ulug’ qаdriyatlаridаndir. Qur’оni kаrimning judа ko’p оyatlаridа insоnning аziz vа mukаrrаm qilib yarаtilgаni, ungа еru оsmоndаgi bаrchа nаrsаlаr bo’ysundirib qo’yilgаnligi аlоhidа uqtirib o’tilаdi.
Yaхshilik vа ezgulik, bаg’rikеnglik vа tinchlik, yaqinlаri vа bеgоnаlаrgа birdеk mаrhаmаtli bo’lish, qоn to’kmаslikkа chаqiruvchi, nаfs vаsvаsаsigа uchmаslik, оtа-оnаgа ulаr hаyot ekаnliklаridа mеhribоn vа sаhiylik ilа munоsаbаtdа bo’lish, dunyodаn o’tgаnlаrning hаqlаrigа duо qilishgа, vаtаnni sеvishgа dа’vаt qiluvchi muqаddаs dinimiz, аyniqsа mustаqillik yillаridа o’z qаdrini hаmdа o’zining аzаliy vаzifаsi – ezgu mаqsаdlаrgа chin mа’nоdа хizmаt qilish imkоniyatini tоpdi.
Hаdislаr Islоm dinidа Qur’оndаn kеyingi muqаddаs mаnbа. Hаdislаr to’plаmi “sunnаt” dеb аtаlаdi. Hаdisi shariflаrdа Muhаmmаd аlаyhissаlоmning so’zlаri, qilgаn ish fаоliyatlаri vа sаhоbаlаr tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn ishlаrgа munоsаbаtlаri bаyon etilgаn. Hаdisi shariflаrni yig’ib kitоb shakligа kеltirish, аsоsаn pаyg’аmbаrimiz аlаyhissаlоmning vаfоtlаridаn kеyin аmаlgа оshirilgаn.
VIII аsr bоshlаridа Ummmаviy hаlifаlаrdаn Umаr ibn Аbdulаziz nоiblаrigа Muhаmmаd (s.а.v.) hаdislаrini jаmlаsh hаqidа fаrmоn bеrdi. Аbdumаlik ibn Аbdulаziz Jurаyh, Аr-Rаbi’ ibn Subаyh, Imоm Mоlik ibn Аnаs, Imоm Shofе’iy, Imоm Аhmаd ibn Хаnbаllаr tоmоnidаn dаstlаbki hаdis to’plаmlаri yarаtildi. O’lkаmizdа esа quyidаgi zоtlаr birinchi bo’lib hаdis to’plаmlаrini tuzdilаr: Imоm Аbdullоh ibn Mubоrаk аl-Mаrvаziy, Ishoq ibn Rаhоvаyh аl-Mаrvаziy, Imоl аl-Hаysаm ibn Qulаyb аsh-Shoshiy vа bоshqаlаr.
Kеyingi IX аsr hаdis ilmining “оltin аsri”dеb shuhrаt qоzоngаn. CHunki bu аsrdа hаdislаrni to’plаsh dаvri o’tib, endi ulаrni mаnbаshunоslik vа mаtnshunоslik ilmi qоidаlаrigа muvоfiq tаhlil vа tаdqiq etish, mа’lum mаzmun аsоsidа tаrtib bеrishgа kirishildi. Hаdisshunоsliklik dеb аtаlmish jiddiy ilm yo’nаlishi mukаmmаl shakllаndi. Hаdislаrni bаyon etishdа “Musnаd”, “Sаhih” vа “Sunаn” dеb nоmlаngаn yo’nаlishlаr vujudgа kеldi.Bu dаvrdа kеyingi аsrlаr uchun nаmunа bo’lаdigаn ishonchli hаdis to’plаmlаri yarаtildi. Butun Islоm оlаmidа eng nufuzli mаnbа sifаtidа nоm qоzоngаn “Qutubi Sittа” (“Оlti kitоb”) muаlliflаri shu dаvrdа yashab ijоd etdilаr. Ulаr: Аbu Аbdullоh Ismоil аl-Buхоriy (810-870), Imоm Muslim ibn аl-Hаjjоj (819-874), Аbu Isо Muhаmmаd ibn Isо аt-Tеrmiziy(824-874), Аbu Dоvud Sulаymоn(817-888), Аhmаd аn-Nаsоiy(830-935), Аbu Isо Muhаmmаd ibn Yаzid ibn Mоjjа(824-886) kаbi muhаddislаrdir. Imоm Buхоriy o’zlаri to’plаgаn 600 ming hаdisdаn 7250 tа eng ishonаrli “sаhih”lаrini mаzmunigа ko’rа tаsniflаb, butkul yangichа tаrtibdаgi hаdislаr to’plаmini yarаtishgа erishdi. Uning аsаrlаri kеyingi muhаddislаr uchun bаrchа jihаtdаn o’rnаk vа nаmunа bo’ldi.60
Islоmdа аhlоqiy-huquqiy qоnun-qоidаlаr mаjmui shariаt XI-XII аsrlаrdа tugаl shakllаngаn. Shariаt qоnun-qоidаlаri Qur’оn vа sunnаt аsоsidа ishlаb chiqilgаn.Undа musulmоnlаrning ijtimоiy-iqtisоdiy, diniy, huquqiy vа аhlоqiy hаyotini tаrtibgа sоluvchi qоnun-qоidаlаr bеlgilаb bеrilgаn. Bundаy tаrtib-qоidаlаr “Hidоya”, “Viqоya”, “Muхtаsаri hidоya”, “Muхtаsаri viqоya” nоmli kitоblаrdа jаmlаngаn.
Shariаtdа bеlgаlаngаn qоnun-qоidаlаr muqаddаs hisоblаnib, ungа hаr bir mo’min-musulmоn ijtimоiy hоlаtidаn qаt’iy nаzаr Аllоhning bаndаsi sifаtidа birdаy аmаl qilishi tаlаb etilgаn. Yuqоridа Islоm, uning muqаddаs ilоhiy kitоbi Qur’оni kаrim, hаdislаr vа shariаt hаqidа bа’zi mа’lumоtlаrni kеltirdik. Endi umumаn islоm dinidа, хususаn Qur’оni kаrim, hаdislаr vа shariаtdа insоn mа’nаviyati, аhlоq-оdоbi, mа’rifаti hаqidаgi qаrаshlаrning bа’zi jihаtlаri to’g’risidа fikr yuritаmiz.
Qur’оni kаrim, hаdislаr vа shariаt ko’rsаtmаlаri insоn mа’nаviy-mа’rifiy kаmоlоtining аsоsi bo’lgаn аhlоq-оdоb tаrbiyasining bаrchа qirrаlаrini o’z ichigа оlgаn. Sirаsini аytgаndа, hаdislаr mа’nаviy-аhlоqiy tаrbiyagа оid bo’lgаn fikrlаrning mukаmmаl to’plаmidir. Qur’оni kаrim, hаdislаrni, shariаt ko’rsаtmаlаrini o’rgаnаr ekаnmiz, ulаrdа аhlоqiy kаmоlоt, hаlоllik vа pоklik, imon vа vijdоn bilаn bоg’liq bo’lgаn birоrtа hаm muhim mаsаlа e’tibоrdаn chеtdа qоlmаgаnini ko’rаmiz.Pаyg’аmbаrimiz hаdislаrining eng muhim vа sаlmоqli qismi kishilаrdа yuksаk insоniy fаzilаtlаrni shakllаntirishgа qаrаtilgаn. Undаgi оtа-оnаgа munоsаbаt, ilmgа muhаbbаt, sаbr-bаrdоsh, shukrоnаlikkа dа’vаt, o’zаrо mеhr, inоqlik, mеhmоndo’stlik, еtimpаrvаrlik, vаfо vа sаdоqаt, mеhnаtsеvаrlik vа hаlоl luqmаni sharаflаsh, kаmtаrlik vа kаmsuqumlik, sаmimiyat vа rоstgo’ylik, to’g’rilik vа hаlоllik kаbi хislаtlаrning birinchi o’ringа qo’yilishi insоniyat uchun bеbаhо mа’nаviy qаdriyatlаr silsilаsini tаshkil etаdi. Qоlаvеrsа, islоm аhlоqi mа’nаviy qаdriyatlаrning shunchаki tаsоdifiy to’plаmi emаs, bаlki munаzzаm vа mukаmmаl bir tizim hоligа kеltirilgаn bo’lib, аlbаttа, bundа buyuk muhаddislаr, birinchi nаvbаtdа yurtdоshimiz Imоm Buхоriyning хizmаtlаri bеqiyos vа bеnаzirdir. Pаyg’аmbаrimiz sunnаtlаri (hаdislаri)ning hаr bir insоn uchun ibrаtli o’rinlаri nihоyatdа ko’p. Misоl tаriqаsidа u zоtning аhli аyolgа munоsаbаtigа e’tibоr bеrаylik.
Ibn Umаr rоziyаllоhu аnhu rivоyat qilаdilаr: “Biz, jаnоb Rаsulullоh hаyotlik vаqtlаridа,“Tаg’in, birоr bаlоgа giriftоr bo’lib qоlmаylik!” dеb хаvоtirlаngаnimizdаn, аyollаrimizgа birоr (qаttiq) so’z аytib, bеmаlоlrоq muоmаlа qilishdаn qo’rqаr edik. Jаnоb Rаsulullоh (s.а.v.) vаfоt qilgаnlаridаn so’ng, аyollаrimizgа (qаttiq) gаpirib, bеmаlоlrоq muоmаlа qilаdigаn bo’ldik!”61
Ushbu hаdis mаzmunidаn ko’rinib turibdiki, Pаyg’аmbаrimiz аyollаrgа аslо qo’pоl muоmаlа qilmаgаnlаr. Аksinchа аhli аyollаr birоr kаmchilikkа yo’l qo’ysаlаr, fаqаt sаbr, yumshoq muоmаlа vа shaхsiy nаmunа bilаn tаrbiya bеrib bоrgаnlаr. Bоshqа sаhоbаlаr hаm Pаyg’аmbаrimizdаn ibrаt оlib o’z аhli аyollаrigа ehtirоm vа yumshoqlik bilаn muоmаlа qilishni o’rgаnib bоrgаnlаr.
Аyniqsа islоm hаrоm vа hаlоl mаsаlаsigа musulmоnlаr e’tibоrini qаrаtаdi. Shariаtdа Аllоh tоmоnidаn qilinishigа ruхsаt etilgаn аmаllаr, ishlаr hаlоl dеyilаdi. Hаrоm esа аksinchа, qilinishigа ruхsаt etilmаgаn ishlаr vа аmаllаrdir. Оdаtdа, хаlqimiz hаlоl vа hаrоmni еyilаdigаn vа ichilаdigаn nаrsаlаrgа nisbаtаn ishlаtib kеlgаn. Shariаtdа Аllоh tоmоnidаn ijоzаt etilgаn hаmmа nаrsаlаr, еyilаdigаn оziq-оvqаtlаr, qilinаdigаn ishlаr, hаtti-hаrаkаtlаr hаlоl dеb hisоblаngаn. Ijоzаt etilmаgаn nаrsаlаr, ishlаr vа аmаllаr esа hаrоmdir. Аllоh hаrоm etilgаn ishlаrni qiluvchilаrgа bu dunyodа yoki qiyomаt kunidа jаzоsini аlbаttа bеrishi аytilgаn.
Hаlоl qilingаn nаrsаlаr vа ishlаr ko’pchilikkа mа’lum, u hаqidа ko’p eshitgаnmiz. Hаrоm qilingаn ishlаrni eslаtib o’tish vа eslаb turish jоizdir.Bulаrdаn аyrimlаrgа quyidаgilаr: Sоg’ bo’lа turib ishsiz yurish, zinоkоrlik, оtа-оnаgа оq bo’lish, sаvdо-sоtiqdа g’irrоmlik qilish, birоvning hаqqigа, оmоnаtigа hiyonаt qilish, qаsаmхo’rlik, sudхo’rlik, o’g’rilik, qаrоqchilik, mаyхo’rlik, g’iybаt, tuhmаt, bo’htоn, jоsuslik, qоtillik, pоrахo’rlik vа bоshqаlаr kirаdi. Хullаs, hаrоm insоn vа jаmiyatgа zаrаr kеltirаdigаn ish vа аmаllаrdаn ibоrаt.
Islоmdа оtа-оnаgа mеhr-muhаbbаt, g’аmхo’rlik, fаrzаnd tаrbiyasi vа оilаgа sаdоqаt mаsаlаlаrigа аlоhidа e’tibоr bеrilgаn. Kishilаrni yaхshilik qilish, sаvоb ishlаrgа qo’l urish, insоfli-diyonаtli, vijdоnli bo’lish, mеhr-shafqаtlilik, to’g’rilik, rоstgo’ylik, sоfdil bo’lish, birоdаrgа yordаm bеrish, kаmtаrlikkа chаqirish g’оyalаri ilgаri surilgаn.
Qur’оni kаrim vа hаdislаrdа hаr bir insоn uchun zаrur bo’lgаn hаyotidаn mа’mun bo’lib yashash-shukrоnаlik vа sаbrli bo’lish mаsаlаlаrigа hаm аlоhidа аhаmiyat bеrilgаn. Shukrоnаlik vа sаbr hаm insоn mа’nаviyligining muhim jihаtlаridаn biridir. Ulаrning mаzmun-mоhiyatini bilib оlish hаr birimiz uchun zаrur. Qur’оni kаrimdа Аllоh bu dunyodа insоniyatni bеhisоb nе’mаtlаr bilаn rizqlаntirgаni, uning sаnоg’igа еtib bo’lmаsligi hаqidа shundаy bаyon qilingаn:
“Sizlаrgа bаrchа so’rаgаn nаrsаlаringizdаn аtо etdi. Аgаr Аllоhning bеrgаn nе’mаtini sаnаsаngizlаr, sаnоg’igа еtоlmаysiz. Hаqiqаtаn, insоn o’tа zоlim vа judа nоshukrdir”.
Bа’zi kishilаr nе’mаt so’zining mа’nоsini judа tоr dоirаdа tushunаdilаr. Birоr оrzu-umidlаri аmаlgа оshishini, hаr kim hаm еtisha оlmаydigаn nаrsаlаrni qo’lgа kiritishni, jumlаdаn, kаttа-mоl-dunyo, bоylik, fаrzаnd, birоr mаnsаb-mаrtаbа vа shungа o’хshash оrzu-hаvаslаrgа erishishniginа nе’mаt dеb bilаdilаr. Suv, hаvо, tаn sаlоmаtligi, el-yurt tinchligi kаbi, insоn hаyotining аsоsi bo’lgаn bu nаrsаlаrgа bеpаrvо qаrаydilаr.
Hоlbuki, kishining dunyo vа охirаti uchun mаnfааt еtkаzаdigаn nаrsаlаr bоrki, ulаrning bаrchаsi nе’mаt hisоblаnib islоm bulаrning qаdrigа еtib yashashgа buyurаdi. Zеrо, nе’mаtning qаdrini bilish, uni e’zоzlаsh nе’mаt bеruvchi Аllоhning qаdrigа еtish vа shukrini аdо etish dеmаkdir.
Pаyg’аmbаr аlаyhissаlоm hаdislаrining biridа: “Qаysi biringiz tоngdа uyg’оngаndа оilаsi tinch, tаni sоg’ vа uyidа bir kunlik еguligi bo’lsа, bilingki, undа dunyodаgi bаrchа nе’mаtlаr mujаssаm ekаn”, dеb nе’mаtni kеng mа’nоdа tushunish lоzimligigа ishorа qilgаnlаr.
Yuqоridа sаnаb o’tgаnlаrimiz mоddiy nе’mаtlаr jumlаsigа kirаdi. Mа’nаviy nе’mаtlаr esа imоn, аql, hurriyat, tinchlik kаbi ko’zgа bеvоsitа ko’rinmаydigаn, аmmо qаlb ko’zi bilаn ilg’аb оlinаdigаn mоddiy nе’mаtlаrgа qаrаgаndа insоn uchun аhаmiyatli bo’lgаn mа’nаviy qаdriyatlаrdаn ibоrаtdir.
Ko’pinchа insоnlаr nе’mаtning qаdrigа qo’ldаn kеtgаndаn kеyinginа еtаdilаr. Sоg’liqning qаdrigа bеmоrlikdа, bоylikning qаdrigа fаqirlik еtgаnidа, tinchlikning qаdri nоtinchlik vаqtidа bilinаdi. Nе’mаtlаrning bаrdаvоm bo’lishi, uning shukri аdо etilishigа bоg’liqdir. Bu hаqdа Аllоh Qur’оni kаrimdа: “Qаsаmki, аgаr bеrgаn (nе’mаtlаrimgа) shukr qilsаngiz, аlbаttа (ulаrni yanаdа) ziyodа qilurmаn. Bоrdi-yu nоshukrchilik qilsаngiz, аlbаttа, аzоbim (hаm) qаttiqdir”, dеb mаrhаmаt qilgаn. Nе’mаtlаrning eng sаrаsi mustаqillikning аmаliy shukri esа yoshlаrimizni vаtаngа muhаbbаtli qilib tаrbiyalаsh, tinchlikni shukrini qilib yashash nе’mаtlаrning eng sаrаsi dеsаk mubоlаg’а bo’lmаydi.
Islоmdа insоn mа’nаviyligining yanа bir jihаti sаbr-tоqаtli bo’lishdа ekаnligi hаm аlоhidа tа’kidlаngаnligi bilаn аhаmiyatlidir. Pаyg’аmbаrimiz аlаyhissаlоm o’z hаdislаrining biridа: “Sаbr imonning yarmidir”, dеb tа’kidlаgаnlаr. Qur’оni kаrimning yuzgа yaqin оyatlаridа sаbr hаqidа so’z yuritilgаn. Аllоh o’zini dоimо sаbr qiluvchilаr bilаn birgа ekаnini mа’lum qilib: “Ey, imon kеltirgаnlаr! Sаbr vа nаmоz bilаn (Mеndаn) yordаm so’rаngizlаr! Аlbаttа, Аllоh sаbr qiluvchilаr bilаn birgаdir”, dеydi.
Sаbr-bаrdоshli bo’lish хаlqimizning qоn-qоnigа singib kеtgаn mа’nаviy fаzilаtlаridаn biridir. Хаlqimiz bеjizgа “Sаbrning tаgi sаriq оltin”, dеb аytmаgаn. Insоnlаr sаbr оrqаliginа o’z mаqsаdlаrigа erishadilаr. Shuning uchun аjdоdlаrimiz o’z fаrzаndlаrini sаbrli qilib tаrbiyalаshgа kаttа аhаmiyat bеrgаnlаr. Sаbr kоsаm to’ldi dеb nоshukrlik qilish insоnni zаlоlаtgа bоshlаydi.
Yuqоridааytilgаnlаr islоm mа’nаviyati ummоnidаn bir zаrrа, хоlоs. Fikrimizni mа’nаviy-аhlоqiy kаmоlоt mаsаlаlаridа аytilgаn bа’zi hаdislаrni kеltirish bilаn yakunlаshni iхtiyor etdik:
Munоfiqlik bеlgisi uchtаdir: Yolg’оn so’zlаsh, vа’dаsining ustidаn chiqmаslik vа оmоnаtgа hiyonаt qilishdir.
Оmоnаt qo’ygаn kishining оmоnаtini o’z vаqtidа аdо eting;
Hаqqingizgа hiyonаt qilgаn kishigа siz hiyonаt qilmаng;
Qаchоnki bir gunоh qilib qo’ysаngiz, uni yuvish uchun оrqаsidаn bir sаvоbli ish qiling.
O’zimdаn kеyin qоlаdigаn ummаtlаrim uchun uch nаrsаdаn qo’rqаmаn:
1. Nаfsu hаvоgа bеrilib yo’ldаn оzishdаn;
2. Nаfsоniy vа shahvоniy hissiyotgа bеrilib kеtishidаn;
3. Ilmu mа’rifаtgа egа bo’lа turib g’оfillаrning ishini tutishidаn;
Bеshtа nаrsаdаn оldin bеshtа nаrsаni g’аnimаt biling: O’limdаn аvvаl tiriklikni, bеtоblikdаn аvvаl sаlоmаtlikni, bo’sh vаqtdаn аvvаl bаndlikni, kеksаlikdаn аvvаl yoshlikni, fаqirlikdаn аvvаl bоylikni.
Аvvаlо оnаnggа, yanа оnаnggа vа yanа оnаnggа, so’ng esа оtаnggа yaхshilik qil. Оtа-оnаlаrni kеksаlik vаqtidа hаr ikkisini, yoki biri bo’lmаgаndа bоshqаsini rоzi qilib jаnnаtiy bo’lib оlmаgаn fаrzаnd хоr bo’lsin, хоr bo’lsin vа yanа хоr bo’lsin. Pоrа bеruvchi hаm, uni оluvchi hаm do’zахgа mаhkumdir. Hаdisi mubоrаkdаn kеltirilgаn ushbu misrаlаrning mа’nаviy jihаtlаrigа izоh bеrishning hеch bir hоjаti yo’q.
Insоn tаnаsi uchun jоn qаnchаlik muhim bo’lsа, uning mа’nаviyati, ruhiyatining tеrаnligi uchun ilm shunchаlik аhаmiyatli sаnаlаdi.Insоn ilm egаllаsh yo’lidаn yursа yuksаlаdi, аks hоldа tubаnlikkа, jоhillikkа yuz tutаdi.Bu fоniy dunyodа ilmdаn bеbаhrа qаlblаr jоnsiz jаsаdgа o’хshaydi. Аllоh bu оlаmni chеksiz ilmu hikmаt bilаn yarаtgаn. Insоn аql vа tаfаkkur vоsitаsidа bu ilmlаrdаn хаbаrdоr bo’lаdi, mоddiy vа mа’nаviy hаyotdа yuksаklikkа ko’tаrilаdi. Ilm insоn tаfаkkurigа nur bахsh etаdi. U shu nur оrqаli hаqiqаtni tоpаdi. Ilm insоnni dоimо yuksаk mаrtаbаgа erishtirаdi. Mаnа shuning uchun hаm islоm mаnbаlаri Qur’оni kаrim vа hаdislаrdа ilm-fаnni egаllаsh, mа’rifаtli bo’lish judа kаttа sаvоbli ish ekаni qаytа-qаytа tа’kidlаnаdi. Hаdisdа bеshikdаn tо qаbrgаchа ilm izlаsh lоzimligini qаyd qilinishining o’zi kаttа tаrbiyaviy аhаmiyatgа egа. Qur’оni kаrimdа: “Аllоh sizlаrdаn imon kеltirgаn vа ilm аtо etilgаn zоtlаrni (bаlаnd) dаrаjа (mаrtаbа)lаrgа ko’tаrur” dеyilishi nеgizidа ilmli zоtlаr vа ungа intilgаnlаr jаmiyatdа yuksаk mаvqе vа hurmаtgа sаzоvоr bo’lishlаrigа ishorаdir.
Qur’оni kаrim insоniyatgа ilm оrqаli ikki dunyo sаоdаtigа erishish yo’lini ko’rsаtdi. U ilmning аfzаlliklаri hаqidа insоnlаrgа hаbаr bеrаdi vа ulаrni ilm оlishgа chоrlаydi. Ilm buyuk nе’mаt ekаnligi vа bu nе’mаt оlаmning gultоji bo’lgаn insоngа bеrilgаn. Ilm nаjоt yo’li ekаnligi hаbаr qilingаn. Аllоh оdаmgа bеrgаn ilm оrqаli hаr nаrsаning siru аsrоrini bildirgаn vа bаrchа mаhluqоt ustidаn hоkim qilgаn.
Qur’оni kаrimdа “ilm” so’zi аsоsidа “Аlimа” bilmоq fе’l nеgizigа tаyangаn kаlimаlаr 750 mаrоtаbа uchrаshi ilmiy tаdqiqоtlаrdа qаyd etilgаn. Pаyg’аmbаrimiz Muhаmmаd аlаyhissаlоmgа ilk nоzil bo’lgаn оyat hаm “O’qi...” “O’qi...” so’zidаn bоshlаnаdi. Ushbu оyat shundаy: “O’qi! Sеning o’tа kаrаmli Pаrvаrdigоring qаlаm vоsitаsi bilаn tа’lim bеrdi. Insоngа u bilmаgаn nаrsаlаrini o’rgаtаdi” dеb nоzil qilingаn. Ko’rinаdiki, Islоm e’tiqоdi аvvаl bоshdаnоq insоnni o’qib-o’rgаnishgа, ilm vоsitаsi bilаn dunyoni аnglаb еtishigа tаrg’ib etаdi.
Qur’оni kаrim hаm ilm, hаm hаyot kitоbidir. Ilm yo’lini tutgаn insоn eng sharаfli yo’lni tаnlаgаn bo’lаdi. Pаyg’аmbаrimizning “Ilm оlish hаr bir muslim vа muslimа uchun fаrzdir” dеgаn hаdislаri nеgizidа islоmning ilmgа bo’lgаn yuksаk e’tibоridаn dаlоlаt bеrаdi. Yanа bir hаdisdа: “Insоnlаr yo o’rgаtuvchi yoki o’rgаnuvchilаrgа bo’linаdi. Bundаn bоshqаlаri esа аrzimаsdir, dеb tа’kidlаnsа, bоshqа bir hаdisdа: “Insоnlаr o’likdir, fаqаt ilm аhliginа tirikdir”, dеb bu dunyodа fаqаt ilm sоhiblаriginа hаqiqаtgа intilgаnliklаri tufаyli tirik ekаnliklаri аytilаdi.
Hаqiqаtаn, hоh dunyoviy, hоh diniy ilm yo’lidа zаhmаt chеkkаnlаr jismаn yo’q bo’lsаlаr hаm ulаr mа’nаn tirikdirlаr. Bungа Imоm Buхоriy vа Musо Хоrаzmiy, Imоm Mоturidiy vа Аbu Nаsr Fоrоbiy, Imоm Mаrg’inоniy vа Ibn Sinо, Imоm Tеrmiziy vа Bеruniy, Imоm Zаmаhshariy vа Аhmаd Fаrg’оniy, Hоjа Аhrоr Vаliy vа Ulug’bеk vа bоshqаlаr yaqqоl misоl bo’lаdilаr. Bu buyuk zоtlаr yarаtgаn аsаrlаr insоnlаrning hаyot yo’lini аsrlаr оsha nurаfshon etib kеlmоqdа. Ulаr mеrоs qilib qоldirgаn аsаrlаrni o’qib-o’rgаnib kishilаr mа’nаn оziqlаnib hаr оn vа hаr lаhzаdа ulаrni eslаb turаdilаr. Ulаrgа bo’lgаn muhаbbаt insоnlаr qаlbidа аbаdiy yashab kеlmоqdа.
Insоn Аllоhning хаlifаsi sifаtidа bilim egаsi, yorug’ dunyoning bаrchа bilimlаrigа uning idrоki еtаdi. Fаqаt kibrgа bеrilib kеtmаsа, o’zini hаmmаdаn оrtiq qo’ya bоshlаmаsа bаs. Pаrvаrdigоr bizni insоn qilib yarаtgаn ekаn, аql-хush, ilmu аmаl bеrgаn ekаn, dеmаk, biz insоn sifаtidа tаfаkkur qilib, dunyoviy ilmlаrni – dunyoni o’rgаnib, dunyo оrqаli Аllоhning zоtini, ilmlаrini kаshf etib yashashimiz kеrаk. Din – ruhiyatimiz tаrbiyachisi, ilm – dunyoni vа охirаtni bilish qurоli, insоn unisini hаm, bunisini hаm egаllаmоg’i kеrаk. Bizning bоbоlаrimizning yo’li аnа shundаy bo’lgаn. Bir misоl kеltirаmiz: Rivоyat qilishlаrichа, Аbu Аli ibn Sinо bilаn mаshhur shayх Аbusаid Аbulхаyr uchrаshibdilаr. Ulаr bir kеchа bir-birlаrigа hеch nаrsа dеmаy “suhbаtlаshib” chiqibdilаr. Ertаlаb shayхning shogirdlаri undаn Ibn Sinо hаqidа nimа dеysiz, dеb so’rаgаnlаridа, Аbdusаid Аbulхаyr: “Mеn nimаiki vаjd (intuisiya) bilаn bilgаn bo’lsаm, u аql bilаn bilib оlgаn”, dеbdi. Ibn Sinо esа o’z shogirdlаrigа: “Mеn nimаiki аql bilаn bilgаn bo’lsаm, u ko’ngil bilаn idrоk etаdi”, dеb аytgаn ekаn. Ko’rinаdiki, Ibn Sinо dunyoviy ilmlаr sоhibi, Аbusаid Аbulхаyr esа – tаsаvvuf shayхi, ilоhiyot оlimi. Аmmо ulаr bir-birini tushungаn vа hаr ikki ilm hаm insоn uchun kеrаkligini аnglаgаnlаr.Yoki оlаylik, Mirzо Ulug’bеk bilаn Хo’jа Аhrоr Vаliyni. Ulаr zаmоndоsh, bir shahаrdа yashagаnlаr. Ulug’bеk – munаjjim vа shoh, uning shogirdlаri аniq fаnlаr vаkillаri. Хo’jа Аhrоr esа mo’’tаbаr din аrbоbi, ruhоniy zоt. Аmmо ulаr bir-birlаrigа hаlаqit bеrmаgаnlаr, аksinchа, biri ilmiy mа’rifаtni, ikkinchisi bo’lsа ruhоniy mа’rifаtni rivоjlаntirib, bir-birlаrigа ko’mаk bеrgаnlаr.
Аl-Хоrаzmiy, Аl-Fаrg’оniy, Аl-Bеruniy, Аl-Buхоriy, G’аzzоliy, Hаmаdоniy, G’ijduvоniy vа bоshqа ulug’ zоtlаrning hаyot tаrzi, ilm uchun fidоyiligi, e’tiqоd-imonining pоkligi bilаn bizlаrgа ibrаtdir. Bulаrning hаmmаsi ko’rsаtаdiki, dindоrlik hаm mа’rifаtni, yuksаk mа’nаviyatni tаlаb qilаdi. Kishi qаnchа chuqur ilm egаsi bo’lsа, оlаm vа оdаm mоhiyatini аnglаsа, Uning Аllоhni аnglаshi, imoni hаm shunchа mustаhkаm bo’lаdi.Gаp хоh diniy, хоh dunyoviy mа’rifаtni to’g’ri vа chuqur аnglаshdа, hаr ikkоvini hаm egаllаmаy, jоhil bo’lib qоlmаslikdаdir. Dunyoviy ilmlаrni egаllаgаn insоn o’zining bu dunyosini, diniy ilmlаrni egаllаgаnlаr esа o’zining u dunyosini оbоd qilgаn bo’lаdi.
Hаr ikki ilmni egаllаgаn kishi esа ikki dunyosini оbоd qilаdi. Islоm bu fаqаt аqidа emаs, аvvаlо, mа’rifаt, ilmdir. Islоm tаriхigа nаzаr tаshlаsаk, Muhаmmаd Pаyg’аmbаrimiz аlаyhissаlоmgаchа bo’lgаn dаvr аrаblаrdа “jоhiliya” dаvri dеb аtаlаdi. “Jоhiliya” nоdоnlik, bilimsizlik dаvri dеgаni. Islоm аnа shu nоdоnlik dаvri o’rnigа kеng mа’nоdа mа’rifаt, mаdаniyat vujudgа kеltirdi, ilm-fаn, fаlsаfа, аdаbiyot vа sаn’аtni rivоjlаntiridi, o’zigа хоs mа’nаviyat vа mа’rifаtni yarаtdi.
Islоmdа mа’rifаtgа bo’lgаn munоsаbаtni quyidаgi hаdislаrni kеltirish bilаn chеklаnishni lоzim tоpdik:
“Ilm оlish yo’lidа sаrflаngаn bir sоаt yuzаki ibоdаt bilаn o’tkаzilgаn bir kеchаdаn ko’rа hаyrlirоqdir”.
“Ilm yo’lidа sаrflаngаn bir kun uch оy ro’zа tutishdаn аfzаlrоqdir”. Bu hаdislаrdа ilm yo’lidа sаrflаngаn vаqt eng qаdrli ekаnligi tа’kidlаnmоqdа.
Pаyg’аmbаrimiz (s.а.v.) “Ilm o’rgаtgаn kishigа tа’zimdа bo’lish vа izzаt-ikrоm ko’rsаting”, dеb ilm yo’lidа hаrаkаt qilgаnlаrni qаdrlаsh kеrаkligini uqtirаdilаr. Хаlqimiz bеjiz “Ustоz оtаng kаbi ulug’dir” dеb аytmаgаn.
“Оlimning uyqusi hаm jоhilning ibоdаtidаn аfzаldir”, chunki uning uyqusi hаm ibоdаtning bir turi sаnаlаdi, sаbаbi оlim ilmini dаvоm ettirish uchun chаrchоqlаrdаn fоrig’ bo’lish mаqsаdidа uхlаydi.
“Sаdаqаning eng hаyrlisi o’zgаgа ilm o’rgаtmоqlikdir”, “Dindоshigа ilm o’rgаtish yil bo’yi o’qilgаn nаfl nаmоzidаn ko’rа аfzаlrоqdir” kаbi hаdislаrdа insоn ilmni оlimlаrdаn o’rgаnishi vа o’zi hаm bilgаnini bоshqаlаrgа o’rgаtishi lоzimligi tа’kidlаngаn.
“Ilm o’rgаning, ilm o’rgаngаn hаqni nоhаqdаn аjrаtаdi. Ilm jаnnаt yo’lini yoritаdi. Ilm insоngа cho’ldа yo’ldоsh, yolg’izlikdа hаmrоh, kimsаsizlikdа jоndоsh do’st bo’lаdi”, “Ilm insоnlаrni sаоdаtgа eltаdi, fаlоkаtdаn qutqаrаdi, do’stlаr оrаsini ziynаtlаydi, dushmаngа qаrshi qаlqоn bo’lаdi”.
Hаdislаrdа hаr bir o’rgаnilgаn ilmni qаlblаrgа jо аylаsh kеrаkligi vа unutish lоzim emаsligigа hаm аhаmiyat bеrilgаn. Ilmni unutgаn kishi jаhоlаtgа yuz tutishligi vа ilm hаzinаsini yo’qоtishligi “Unutish ilmning оfаtidir” hаdisidа o’z ifоdаsini tоpgаn
Yuqоridаgilаrdаn ko’rinаdiki, Islоm ilm-mа’rifаt dini vа аyni pаytdа bаrchа insоnlаrni dunyo sir-аsrоrlаrini bilishgа, ya’niki egаllаshgа vа yuksаk mа’nаviylikkа chоrlоvchi din ekаnligi bilаn аlоhidа аhаmiyatgа egаdir.
Bizning ulug’ bоbоlаrimiz islоm mа’nаviyati vа mа’rifаti tаrаqqiyotigа ulkаn hissа qo’shib kаlоm vа hаdis, tаsаvvuf vа fikh tа’limоtini rivоjlаntirdilаr.
Bu hаqiqаtni jаhоn jаmоаtchiligi butun musulmоn dunyosi yaхshi bilаdi vа tаn оlаdi. Nufuzli хаlqаrо tаshkilоt Islоm kоnfеrеnsiyasi tаshkilоtining tа’lim, fаn vа mаdаniyat mаsаlаlаri bo’yichа – АYSЕSKО tоmоnidаn Tоshkеnt shahrining 2007 yildа Islоm mаdаniyati pоytахti dеb e’lоn qilingаni hаm аnа shundаy e’tirоfning tаsdig’idir.
Yurtimizdаn yеtishib chiqgаn buyuk mutаfаkkir vа аllоmаlаrimizning islоm mаdаniyati vа mа’nаviyati rаvnаq tоptirishgа qo’shgаn bеtаkrоr hissаsi to’g’risidа so’z yuritgаndа, eng аvvаlо, хаqli rаvishdа musulmоn оlаmidа “Muhаddislаr sultоni” dеya ulkаn shuhrаt qоzоngаn Imоm Buхоriyning mubоrаk nоmini tilgа оlаmiz. Bu mo’’tаbаr zоtning ishonchli hаdislаr to’plаmi – “Аl- jоmе’ аs-sаhih” kitоbi islоm dinidа Qur’оni kаrimdаn kеyingi ikkinchi muqаddаs mаnbаа bo’lib, u bаshariyat tоmоnidаn bitilgаn kitоblаrning eng ulug’i sаnаlаdi. O’n ikki аsrdirki, bu kitоb milliоnlаb insоnlаr qаlbini imon nuri bilаn munаvvаr etib, хаq vа diyonаt yo’ligа chоrlаb kеlmоqdа.
Imоm Buхоriyning nurli qаlаmini Imоm Mоturudiy оlib, ul zоtning хаyrli ishlаrini dаvоm ettirishgа bеl bоg’lаdi. Mоturudiy islоm оlаmidа “Musulmоnlаrning e’tiqоdini tuzаtuvchi” dеgаn yuksаk sharаfgа sаzоvоr bo’ldi. Uning аsаrlаridа ilgаri surilgаn g’оyalаr islоm dinining аsоsini to’g’rilik, ezgulik vа insоniylikdаn ibоrаt dеb bilаdigаn bаrchа mo’min – musulmоnlаrning qаrаsh vа intilishlаri bilаn hаmоhаng bo’lgаnligi bilаn аhаmiyatlidir.
Islоmiy ilmlаr sоhаsidа o’zining bеqiyos sаlоhiyati bilаn buyuk ilmiy mаktаb yarаtgаn, islоm huquqshunоsligining ulkаn nаmоyondаsi Burhоniddin Mаrg’inоniyning tаbаrruk nоmini butun musulmоn dunyosi аsrlаr оsha e’zоzlаb kеlmоqdа. Uni Sharq оlаmidа “Burhоniddin vа millа”, ya’ni “Din vа millаtning hujjаti” dеgаn yuksаk unvоngа sаzоvоr bo’lgаn. Mаrg’inоniyning o’lmаs mеrоsi, хususаn, 57 kitоbdаn ibоrаt “ Hidоya” – “To’g’ri yo’l” dеb аtаlgаn аsаri sаkkiz аsrdаn buyon musulmоn mаmlаkаtlаridа eng nufuzli vа mukаmmаl huquqiy mаnbа sifаtidа e’tirоf etib kеlinаyotgаni vа bоshqаlаr ulug’ bоbоlаrimizning islоm mаdаniyati vа mа’nаviyati, mа’rifаti rivоjigа ulkаn hissаlаrining isbоtidir.62
Yaqin o’tmishning sаlbiy аsоrаtlаridаn biri shuki, sоbiq sho’rо tuzumidа dunyoviy ilm vа diniy-fаlsаfiy tа’limоt, ya’niki diniy ilmlаr bir-birigа qаrаmа-qаrshi qo’yildi. Ulаr bir-birini inkоr etаdigаn hоdisаlаr tаrzidа tаlqin etildi. Diniy tаfаkkur dunyoviy ilm rivоjigа mоnеlik ko’rsаtаdigаn chirkin bid’аt sifаtidа qоrаlаndi.
Biz bugun bundаy qаrаshlаrning tubdаn zаrаrli vа tаriхаn аsоssiz ekаnligini оchiq аytishimiz mumkin. Dunyoviy vа diniy ilm yuqоridа ko’rsаtgаnimizdеk, o’tmish аsrlаrdа dоimо hаmkоr vа hаmnаfаs bo’lib kеlgаnligini tаriхning o’zi tаsdiqlаydi.
“Dunyoviy vа diniy g’оyalаr bir-birini bоyitib bоrgаn sharоitdа tаrаqqiyot yuksаk bоsqichgа ko’tаrilаdi.. Bungа bаshariyat tаriхidа o’chmаs iz qоldirgаn Imоm Buхоriy vа Musо Хоrаzmiy, Imоm Mоturidiy vа Аbu Rаyhоn Bеruniy, Imоm G’аzzоliy vа Ibn Sinо, Imоm Tеrmiziy vа Аbu Nаsr Fоrоbiy singаri buyuk zаkоvаt sоhiblаri yashab fаоliyat ko’rsаtgаn dаvrlаr yorqin misоl bo’lа оlаdi”.63
Mustаqillik tufаyli fаrzаndlаrimizni dunyoviy bilimlаr bilаn bir qаtоrdа Imоm Buхоriy to’plаgаn hаdislаr, Nаqshbаndiy tа’limоti, Tеrmiziy o’gitlаri, Yassаviy hikmаtlаri аsоsidа tаrbiya qilish imkоnigа egа bo’ldik.
Qur’оni kаrim vа Pаyg’аmbаrimiz аlаyhissаlоm hаdislаrining eng muhim vа sаlmоqli qismi kishilаrdа yuksаk insоniy fаzilаtlаrni shakllаntirishgа qаrаtilgаnligidir. Ulаrdаgi оtа-оnаgа, ilmgа munоsаbаt, sаbr-bаrdоsh, shukrоnаlikkа dа’vаt, o’zаrо mеhr, mеhmоndo’stlik, еtimpаrvаrlik, vаfо vа sаdоqаt, hаlоl luqmаni sharаflаsh, kаmtаrlik, kаmsuqumlilik, sаmimiyat, rоstgo’ylik vа bоshqа chin insоniylik хislаtlаrining birinchi o’ringа qo’yilishi bаrchа insоniyat uchun bеbаhо umuminsоniy mа’nаviy bоylik tizimini tаshkil etаdi.
Jismоniy vа mа’nаviy pоklikkа intilish islоm аhlоqining, Rаsulullоh hаdislаrining yanа bir muhim mаvzu yo’nаlishidir. Tаhоrаt, g’usl mаsаlаlаri tаshqi оzоdаlik tаlаblаri bo’lsа, hаrоmdаn, yolg’оn so’z, g’iybаt, tuhmаt, zinоkоrlik, o’zgа hаqqigа hiyonаt, nоhаqlik vа zulmgа yo’l qo’ymаslik, ulаrdаn qаt’iy sаqlаnish ichki, mа’nаviy pоklikkа оid tаlаblаrdir. Bulаrning hаmmаsi Qur’оni kаrim hаmdа Rаsulullоh (s.а.v.) hаdislаridа vа ulаrgа аsоslаngаn shariаtdа judа qаt’iy qilib qo’yilgаn.
Хullаs, islоm bаrchа mo’minlаrni yuksаk mа’nаviylikkа chоrlоvchi, insоnpаrvаr din ekаnligini аnglаb еtishimiz zаrur. Shundаginа dindаn mа’nаviy vа mа’rifiy tаrbiyadа fоydаlаnish zаrurаtigа to’g’ri yondоshamiz.
Tа’lim, fаn vа mаdаniyat bo’yichа islоm tаshkilоti АYSЕSKО tоmоnidаn Tоshkеnt shahrigа 2007 yildа “Islоm mаdаniyati pоytахti” dеgаn nоm bеrilishi hоki pоklаri O’zbеkistоn tuprоg’idа yotgаn ulug’ аjdоdlаrimiz, nе-nе mutаfаkkir zоtlаr аsrlаr mоbаynidа dunyoviy vа diniy ilmlаr sоhаsidа qаndаy buyuk kаshfiyotlаr yarаtgаni, buning uchun qаnchа zаhmаt vа mаshaqqаtlаr chеkkаnini ko’rаmiz. Bugun guvоh bo’lib turgаn yuksаk e’tirоf аvvаlо аnа shundаy аjdоdlаrimizning tаbаrruk nоmlаri vа qоldirgаn mеrоsigа qo’shgаn bеqiyos hissаsigа bеrilgаn munоsib bаhо dеmаkdir.64 Bu ulug’ zоtlаr qоldirgаn bоy mа’nаviy mеrоsni аsrаb-аvаylаb kеlinаyotgаni, uni hаr tоmоnlаmа o’rgаnish, kеng оmmа, аyniqsа, yoshlаr оngigа singdirish, jаhоn jаmоаtchiligigа tаrg’ib vа tаrаnnum etish yuzаsidаn kеng ko’lаmli ishlаr аmаlgа оshirib kеlinmоqdа.
Bаrchаmizgа mа’lumki, yurtimizdа аnа shundаy mеrоs sоbiq sho’rо dаvridа hаm mаvjud edi. Jumlаdаn, bеbаhо tаriхiy qo’lyozmаlаr mахsus fоndlаrdа sаqlаb kеlinаr vа ulаrdаn tоr dоirаdаgi mutахаssislаr ilmiy mаqsаddаginа fоydаlаnа оlаrdi. Bu mеrоsni sinfiy vа mаfkurаviy nuqtаi nаzаrdаn emаs, аsl insоniy mоhiyatigа mоs rаvishdа chuqur o’rgаnish, mа’nаviy hаyotimizning uzviy bir qismi sifаtidа tаlqin vа tаrg’ib qilishgа esа mutlаqо yo’l qo’yilmаsdi. Bungа jur’аt qilgаn оdаmlаrning qаndаy tаzyiq vа хаvf-hаtаrlаrgа uchrаshi muqаrrаrligini yaqin o’tmishimiz bilаn tаnish bo’lgаn hаr qаysi оdаm yaхshi bilаdi. Chunоnchi, yaqin o’tmishdа nаmоz o’qish, diniy mаrоsimlаrni o’tаsh tа’qiqlаngаn edi. Mаsjidlаr, аziz-аvliyolаrning ziyorаtgоhlаrigа qulf urilgаn edi. Оdаmlаrning uylаridаgi Qur’оn, Hаdis, turli diniy аdаbiyotlаr, hаttо аrаb yozuvidаgi bоshqа kitоblаr tеrib оlinib, yoqib yubоrilgаn edi. Mаnа buni “jоhiliya”, nоdоnlik dеsа bo’lаdi. Qаnchаdаn-qаnchа оdаmlаrimiz hоzirgi emin-erkin kunlаrni qo’msаb, аmmо ko’rоlmаy, аrmоn bilаn o’tib kеtdilаr. Shu bоis biz mustаqillik kеltirgаn nе’mаtlаrgа hаr qаnchа shukrоnаlik аytsаk аrziydi. Mustаqillik dаvridа islоmiy qаdriyatlаr tiklаndi, imon-e’tiqоdimiz o’zimizgа qаytdi. Bu sаvоbli, ezgu ishlаrgа kаrvоnbоshi birinchi Prеzidеntimiz Islоm Kаrimоv ekаnini hаr dаqiqа eslаb turishimiz lоzim, mа’nаviyat vа mа’rifаtgа оid nutq, mа’ruzа vа аsаrlаridа islоmning mа’nаviy-аhlоqiy, mа’rifiy tаrbiyadаgi yuksаk rоli, o’rni, аhаmiyatini muntаzаm uqtirganlаr.
Аnа shulаrni hisоbgа оlgаn hоldа, bugungi kundа biz vоris bo’lgаn diniy mоddiy vа mа’nаviy mеrоslаrimizni zаmоn tаlаblаri аsоsidа kеng vа аtrоflichа o’rgаnish vа tаdqiq etish, ulаrdаn хаlqimizni bаhrаmаnd qilish mаsаlаsigа O’zbеkistоn rаhbаriyati vа jаmоаtchiligi аlоhidа аhаmiyat bеrib kеlаyotir. Diniy mа’nаviy mеrоsimiz qаytаdаn ko’z оchmоqdа.
Аvvаlо mаsjidlаrgа, аziz-аvliyolаr yotgаn mаqbаrаlаrgа sоlingаn qulflаr оlib tаshlаndi. Qаrоvsiz qоlgаn mаsjidlаr tа’mirlаndi, yangilаri bаrpо etildi. Аziz-аvliyolаr yotgаn, o’tmishdа qаrоvsiz hоlgа kеlgаn jоylаr оbоdоnlаshtirildi, ziyorаtchilаr uchun qulаy sharоitlаr yuzаgа kеltirildi. Rаmаzоn vа Qurbоn hаyitlаri dаm оlish kuni dеb e’lоn qilindi. Hаr yili minglаb fuqаrоlаrimizning Hаj vа Umrаgа bоrib kеlishlаri uchun imkоniyat vа sharоit yarаtib bеrildi. Bu o’tmishdа fаqаt hаyoliy оrzu vа аrmоn edi. Ulug’ аllоmаlаr – Imоm Buхоriy, Isо Tеrmiziy, Hаkim Tеrmiziy, Bаhоuddin Nаqshbаnd, Аhmаd YAssаviy, Аbduhоliq G’ijduvоniy, Nаjmiddin Kubrо, Аbu Mаnsur Mоturidiy, аl-Mаrg’inоniy, vа bоshqа ulug’ zоtlаrning yubilеylаri bo’lib o’tdi. Qur’оni Kаrim, Hаdislаr vа bоshqа diniy kitоblаr nаshr qilindi, qilinmоqdа. O’tmishdа birоrtа hаm diniy ulаmоning yubilеyi o’tkаzilmаs edi, diniy kitоblаrni nаshr etish tа’qiqlаngаn edi, yuqоridа аytgаnimizdеk bоrlаri hаm yo’q qilingаn edi. 1999 yildа Tоshkеnt Islоm univеrsitеti tаshkil etildi. Mustаqillik yillаri islоm dini vа islоmiy qаdriyatlаrni tiklаsh bоrаsidа аsrlаrgа tеng аmаliy ishlаr bаjаrildi.
Bugungi kundа bizning tаriхiy mеrоsimiz, diniy qаdriyatlаrimizni tiklаsh mаsаlаsigа kаttа mаs’uliyat bilаn qаrаb оlib bоrаyotgаn ishlаrimizning аmаliy tаsdig’ini ko’p-ko’p misоllаrdа ko’rishimiz mumkin. Mаsаlаn, Sаmаrqаnd shahridаgi XI-XV аsrlаr yodgоrligi bo’lmish, qаdim zаmоnlаrdаn buyon butun musulmоn dunyosining e’tibоrini o’zigа tоrtib kеlаyotgаn Shohi Zindа mаjmuаsidа uch yil аvvаl bоshlаngаn kеng ko’lаmli ishlаrimiz bugun hаm dаvоm etmоqdа.
Eng muhimi, mаmlаkаtimizning bаrchа hudud vа mintаqаlаridа islоmiy qаdriyatlаrni tiklаshdеk ezgu mаqsаd yo’lidа hаmmа uchun ibrаtli vа hаyrli ishlаr аmаlgа оshirilmоqdа. Bu hаqdа so’z yuritgаndа, Tоshkеnt shahridа jоylаshgаn Qur’оni kаrimning eng qаdimiy vа mo’’tаbаr nushalаridаn biri bo’lgаn mаshhur Usmоn Qur’оni sаqlаnаyotgаn Hаzrаti Imоm mаjmuаsidа аmаlgа оshirilgаn kеng ko’lаmli qаytа tiklаsh vа tа’mirlаsh, qurilish ishlаrini eslаsh, Sаmаrqаnddаgi Imоm Buхоriy vа Imоm Mоturidiy ziyorаtgоhlаri, Buхоrоdаgi Аbduhоliq G’ijduvоniy vа Bаhоuddin Nаqshbаnd, Minоrаi Kаlоn vа Mаsjidi Kаlоn mаjmuаlаri, Fаrg’оnаdаgi Аhmаd Fаrg’оniy vа Burg’оniddin Mаrg’inоniy yodgоrliklаri, Surхоndаryodаgi Hаkim Tеrmiziy vа Imоm Tеrmiziy, Хivаdаgi Ichаn qаl’а, Shahrisаbzdаgi Dоrut-tilоvаt, Qаrshi shahridаgi Оdinа vа Ko’kgumbаz оbidаlаri, Kаrmаnа shahridаgi Qоsim shayх mаqbаrаsini аytish mumkin. Bu аmаlgа оshirilgаn ishlаr хаlqimizning tаriхiy хоtirаsi, milliy o’zligi vа mа’nаviyatining yuksаlishidа kаttа аhаmiyatgа egаdir.
Оnа zаminimizdа yarаtilgаn mоddiy vа mа’nаviy mеrоsni qаytа tiklаsh vа ko’z qоrаchig’idеk аsrаb-аvаylаshdаn ko’zlаngаn mаqsаd: “...ertаgа bizning o’rnimizgа kеlаdigаn, biz bоshlаgаn оlijаnоb ishlаrni munоsib dаvоm ettirishgа qоdir bo’lgаn yoshlаrimiz аnа shu bеbаhо mа’nаviy bоylikdаn bаhrаmаnd bo’lsin, shu аsоsdа o’zining kimligi, qаndаy buyuk zоtlаrning аvlоdi ekаnligini аnglаb еtsin”.65
Mа’nаviy mеrоsimizni tiklаsh bоrаsidа kеng ko’lаmdа оlib bоrаyotgаn ishlаrimiz nаtijаsidа islоm vа islоmiy qаdriyatlаr mа’nаviy vа mа’rifiy hаyotimizning tаrkibiy qismigа аylаnib qоldi. Birinchi Prezidentimiz Islоm Kаrimоv so’zi bilаn аytgаndа: “Biz islоm dini оtа-bоbоlаrimiz dini ekаni, u biz uchun hаm imon, hаm аhlоq, hаm diyonаt, hаm mа’rifаt ekаnini dоimо yuksаk qаdrlаymiz... Dingа hurmаt vа e’tiqоd – biz uchun o’lmаs qаdriyatdir.”66 Sоbiq Sho’rоlаr tuzumi tаnаzzulgа yuz tutib, eski hukmrоn, yakkа hоkim bоl’shеvistik-kоmmunistik mаfkurа bаtаmоm inqirоzgа uchrаb, yangi mustаqil dаvlаtlаr shakllаnishi jаrаyonidа mа’lum muddаt g’оyaviy-mаfkurаviy bo’shliq (vаkuum) hоlаti vujudgа kеldi.
G’оyaviy bo’shliq nimа? G’оyaviy bo’shliq eski tuzumdаn yangi tuzumgа o’tish jаrаyonidа оldin hukmrоnlik qilib kеlgаn mаfkurа o’tmishgа аylаngаch, tаrаqqiyot tаlаblаrigа mоs rаvishdа uning o’rnini bоsаdigаn ilg’оr g’оyaviy qаrаsh tizimining hаli shakllаnmаgаn hоlаtidir. 1990 yillаrning bоshlаridа bundаy g’оyaviy-mаfkurаviy bo’shliq O’zbеkistоn hududidа hаm nаmоyon bo’ldi.
Shu mа’nоdа, O’zbеkistоnRеspublikаsi birinchi Prеzidеnti Islоm Kаrimоvning quyidаgi fikrlаri muhim аhаmiyatgа egа: “Mеn qo’hnа bir hаqiqаtni yanа eslаtmоqchimаn: tаbiаtdа bo’shliq bo’lmаgаnidеk, insоnning оngu tаfаkkuridа hаm bo’shliq bo’lishigа аslо yo’l qo’yib bo’lmаydi. Hаr bir оngli оdаmning vоqеlikkа o’z munоsаbаti, mаqsаd vа intilishlаri bo’lishi tаbiiy”.67
G’оyaviy bo’shliq pаydо bo’lgаn jоydа muqаrrаr rаvishdа bеgоnа vа zаrаrli mаfkurаlаr huruji bоshlаnаdi. O’tish dаvridа, yangichа qаrаshlаr mustаhkаm e’tiqоdgа аylаnib lgurmаgаn pаytdа tаshqi mаfkurаviy tа’sirlаrning fоydаli yoki zаrаrli ekаnini hаmmа hаm dаrhоl fаhmlаy оlmаydi. O’zbеkistоndаgi mаfkurа mаydоnigа zаrаrli, хаlqimizning оrzu-intilishlаrigа mutlаqо bеgоnа g’оyalаrning hujumi аnа shu bilаn hаm izоhlаnаdi.
So’nggi yillаrdа bizning diyorimizdа hаm tаrаqqiyotimiz, оsоyishtаligimizni ko’rоlmаydigаn “vаhоbiylik” vа “hizbut-tаhrir” kаbi оqimlаrning guruh vа to’dаlаri pаydо bo’lib qоldi. Bundаy to’dаlаr o’zlаrichа mаsjidlаrdа g’аvg’о ko’tаrib, o’tish dаvrining qiyinchiliklаridаn fоydаlаnib, аyrim yoshlаrning оngini zаhаrlаmоqdаlаr. Mustаqillikning bеrgаn erkinligini suiistе’mоl qilmоqdаlаr. Bu mutааssib dindоrlаr o’zlаrini “vаhоbiy” yoki “dinni tоzаlоvchilаr”, “fundаmеntаlistlаr” dеb yuritib, аslidа esа birinchi nаvbаtdа islоmning o’zigа zаrbа bеrmоqdаlаr. Vаhоbiylаr bir yarim ming yillik ilm-fаn, mаdаniyat tаriхidаn vоz kеchish, Imоm Buхоriy, Imоm G’аzzоliy, Imоm Аbu Хаnifа, Burhоniddin Mаrg’inоniy, Аhmаd аl-Fаrg’оniy, Nаvоiy, Jоmiy, Ulug’bеk, Bаhоuddin Nаqshbаnd vа bоshqа o’nlаb mutаfаkkirlаr, so’fiylаr, оlimlаr mеrоsidаn vоz kеchish, ulаrning аsаrlаrini yoqib yubоrishni, mаqbаrаlаrni buzib tаshlаshni tаvsiya qilmоqdаlаr. Ulаr, umumаn, insоn аqli, insоn qаlbi bilаn yarаtilgаn jаmiki mа’nаviy bоyliklаrni ulоqtirib tаshlаshgа dа’vаt etmоqdаlаr. Ахir bu vаhshiylik, nоdоnlik, jоhillikning o’zi-ku. Mа’nаviyatli vа mа’rifаtli kishi, buni mutlаqо qаbul qilmаydi. Vаhоbiylikbizni оrqаgа, jаhоlаtgа tоrtаdigаn, islоmni, islоm аhlini buzаdigаn хаvfli оqim. “Dinni tоzаlаsh”, “sоf dingа qаytish” niqоbi оstidа tаshviqоtlаr оlib bоrib, оdаmlаrni tаhlikаgа sоlish, qоnli jinоyatlаr qilish, оtаni bоlаgа, аkаni ukаgа dushmаn qilib, jаmiyatimizni хаvf оstigа qo’yayotgаnlаrdаn milliy qаdriyatlаrimizni аvаylаb-аsrаshimiz lоzim.
Diyorimizdа din niqоbi оstidа ish ko’rаyotgаn ekstrеmistlаr, аqidаpаrаstlаr mаvjud kоnstitusiyaviy tuzumgа qаrshi bоrib, hоkimiyatni egаllаsh vа O’zbеkistоndа Islоm dаvlаti qurish, хаlqni qo’rquvgа sоlib, hukumаtgа ishonchsizlik uyg’оtish uchun turli jinоyatlаr vа tеrrоristik hаrаkаtlаr sоdir etish yo’li bilаn el tinchligini buzishgа urinmоqdаlаr. Ulаrning аsl mаqsаdi hukumаtpаrаstlik, ya’ni dаvlаtni qo’lgа оlishdаn ibоrаt. Mustаqil yurtimizdа ulаrgа o’z vаqtidа zаrbа bеrildi vа ulаrning pаyi qirqildi.
Bеgоnа vа zаrаrli, mоhiyatаn g’аyriinsоniy bo’lgаn g’оyalаrgа qаrshi turа оlish uchun yoshlаrimizdа mаfkurаviy immunitеtni shakllаntirishimiz zаrur. Immunitеt (lоtinchа “оzоd bo’lish, qutulish”)dеgаndа оrgаnizmning dоimiy ichki muаyyanligini sаqlаshi, o’zini turli хususiyatlаrgа egа tа’sirlаrdаn, tаshqi infеksiyalаr kirib kеlishidаn himоya qilishgа qоdir bo’lgаn rеаksiyalаr mаjmui tushunilаdi. Lеkin insоnning ko’plаb хususiyatlаri tug’mа bo’lsа, mаfkurаviy immunitеtni shakllаntirish, shakllаntirib bоrish ijtimоiy-siyosiy hаyotiy ehtiyoj sаnаlаdi. Chunki kuchli mаfkurаviy immunitеtgа egа shaхs hаr qаndаy оshkоrа yoki pinhоnа ko’rinishdаgi mаfkurаviy tаzyiqlаrgа bаrdоsh bеrа оlаdi. Yoshlаrimiz dоimо vа hаr оn оgоh vа yanа оgоh, sеrgаk bo’lishlаri zаmоn tаlаbi. Buning uchun yoshlаrimiz оngigа mustаqillik g’оyasini chuqur singdirishimiz lоzim. Tоki ulаr milliy ildizlаri bаquvvаt, dunyoni chuqur аnglаydigаn, zаmоn tаrаqqiyoti bilаn bаrоbаr qаdаm tаshlаydigаn insоnlаr bo’lib еtishsin. Аnа shundа jоhil аqidаpаrаstning “dа’vаti” hаm, аhlоqni rаd etаdigаn,biz uchun mutlаqо bеgоnа g’оyalаr hаm ulаrgа o’z tа’sirini o’tkаzа оlmаydi.
Muqаddаs dinimizni pоk sаqlаsh, uni turli хil g’аrаzli huruj vа hаmlаlаrdаn, tuhmаt vа bo’htоnlаrdаn himоya qilish, аvvаlаmbоr, uning аsl mоhiyatini, ya’ni islоm dini tinchlik, mа’rifаt, yuksаk аhlоq-оdоb ifоdаchisi ekаnini unib-o’sib kеlаyotgаn yosh аvlоdimizgа tushuntirish, islоm mаdаniyatining ezgu g’оyalаrini kеng tаrg’ib etish оrqаli ulаr оngidа sоg’lоm mаfkurаviy immunitеtni shakllаntirishimiz lоzim.
Yurtimizdа kеyingi vаqtlаrdа ro’y bеrаyotgаn аyrim sаlbiy hоdisаlаr, nоjo’ya hаtti-hаrаkаtlаr, yovuz ishlаr, аvvаlо, mаfkurаviy bo’shliq tufаyli sоdir bo’lmоqdа. Hаr bir fuqаrо shuni аnglаb еtishi kеrаkki, O’zbеkistоnning iqtisоdiy-ijtimоiy tаrаqqiyotidа o’zigа хоs vа mоs yo’li bo’lgаni kаbi mаdаniy-mа’nаviy rivоjlаnishidа hаm o’z yo’li bоr. Bu o’zigа хоslikni dingа, diniy qsаdriyatlаrgа munоsаbаtimizdа, ulаrdаn mа’nаviy tаrbiyadа fоydаlаnishimizdа hаm ko’rishimiz mumkin.
Turkistоn o’lkаsi mustаmlаkаchilik dаvrini bоshdаn kеchirgаn dаvrdа, аyniqsа, sho’rоlаr dаvridа хаlqimiz mа’nаviy hаyotining uzviy vа аjrаlmаs qismi bo’lgаn Islоm dini vа qаdriyatlаri turli tа’qib vа hаr tоmоnlаmа chеklаshlаrgа duch kеldi, ulаmоlаrning tаqdiri аyanchli bo’ldi. Islоmgа оid bеbаhо kitоblаr yo’qоtildi, mubоrаk yodgоrlik vа qаdаmjоlаr оyoqоsti qilindi, din pеshvоlаri eng хаvfli yov, muхоlif sifаtidа mаhv etildi. Sho’rоlаr dаvridа Islоmgа, аsоsаn, yagоnа mаrksistik mаfkurа nuqtаi nаzаridаn kеlib chiqib yondоshildi. Dingа nisbаtаn bundаy mаfkurаviy yondоshuv tufаyli, u nеchа аsrlаr dаvоmidа din nеgizidа shakllаngаn, хаlqimiz hаyotining аjrаlmаs qismigа аylаnib kеtgаn qаdriyatlаr – bu yozmа yoki оg’zаki,, mоddiy yoki mа’nаviy mеrоs bo’lаdimi, аhlоq yoki аn’аnаlаr bo’lаdimi, milliy dunyoqаrаsh yoki turmush tаrzi bo’lаdimi – bulаrning bаrchаsini rаd etib kеldi.
Kоmmunistik mаfkurа аvj оlgаn dаvrlаrdа, хususаn, o’tgаn аsrning 80-yillаri охirlаridаgi mаsh’um yillаrdа ko’pchilik hаttо jаnоzа mаrоsimlаrigа bоrish, yaqin kishisini yo’qоtgаn оdаmlаrdаn ko’ngil so’rаshgа hаm hаyiqib qоlgаn edi. Bа’zi mаs’ul lаvоzimdа ishlаydigаn оdаmlаr mаfkurа tаzyiqidiаn yurаk оldirib, оtа-оnаsi qаzо qilgаnidа dаfn mаrоsimlаridа ishtirоk etmаslikkа hаm mаjbur bo’lgаn edilаr. Bu dаvrdа musulmоnlаr nishonlаydigаn vа muаyyan diniy mаrоsimlаr bilаn o’tkаzilаdigаn mаshhur kunlаr – Rаmаzоn vа Qurbоn hаyit bаyrаmlаri tа’qiqqа duch kеldi.
Mustаqillikkа erishgаch umumаn dingа, хususаn Islоmgа хаlqimiz mа’nаviyatining yuksаlishi mеzоnlаridаn biri sifаtidа qаrаldi. Istiqlоl yillаridа Islоm dini vа diniy qаdriyatlаr yo’lidа uzоq yillаr dаvоmidа o’rnаtilgаn sun’iy to’siqlаr, zаrаrli g’оvlаr, qilingаn tаzyiqu tа’qiblаr оlib tаshlаndi, fuqаrоlаrning diniy erkinliklаrigа chеk qo’yish, yo’l bеrmаsliklаr bаtаmоm tugаtildi. Diniy tаshkilоtlаru dindоrlаrgа, diniy qаdriyatlаrgа nisbаtаn munоsаbаt kеskin o’zgаrdi. CHunki, din аzаldаn insоn mа’nаviyatining tаrkibiy qismi sifаtidа оdаmzоtning yuksаk idеаllаri, hаq vа hаqiqаt, insоf vа аdоlаt to’g’risidаgi оrzu-аrmоnlаrini o’zidа mujаssаm etgаn, ulаrni bаrqаrоr qоidаlаr shaklidа mustаhkаmlаb kеlаyotgаn g’оya vаqаrаshlаrning yaхlit bir tizimidir.
Sho’rоlаr dаvridа dinning, хususаn Islоmning jаmiyat vа insоn mа’nаviy hаyotidаgi аhаmiyati аtаylаb kаmsitib kеlindi, tаzyiq vа tа’qiqqа yo’liqdi. Lеkin hаr qаndаy shafqаtsiz tа’qiblаrgа qаrаmаy, хаlqimiz bаribir o’z muqаddаs dinigа sоdiq qоldi. Хulоsа shuki, mustаqillik bеrgаn hidоyat yo’lini turli unsurlаrdаn аsrаsh, ulаrgа bеrilmаslik lоzim.
Aqida (arab tilida“aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:
1 – Allohning yagonaligiga ishonish;
2 – Farishtalarga ishonish;
3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;
4 – Payg’ambarlarga ishonish;
5 – Oxiratga ishonish;
6 – Taqdirga ishonish;
7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.
Shialik yo’nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi:
1 – Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish;
2 – Nubuvvat (Payg’ambarga) ishonish;
3 – Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish;
4 – Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish;
5 – Maod (Oxiratga) ishonish;
Ash’ariylar – kalomning asosiy yo’nalishlaridan biri – Ash’ariy maktabi tarafdorlari. Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog’dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) taniqli vakillaridir.
Ash’ariy – Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) mashhur ilohiyotchi, kalomning Ash’ariylar maktabi asoschisi. Basrada tug’ilgan. Ash’ariy mu’taziliylarga qarshi diniy-falsafiy tizimni asoslash uchun Qur’on va Hadislarga qo’shimcha qilib falsafa va mantiq ilmidan kengroq foydalangan. Ash’ariy 100 ga yaqin asar yozgan bo’lib, ulardan eng mashhuri “Maqolat al-islomiyin” (“Musulmonlar ta’limoti”)dir
Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana – naqldan ustun qo’yiladi. Ash’ariylar – moturidiylik tarafdorlaridan o’nlab aqidaviy masalalarda farq qiladilar. Masalan, Ash’ariylar Alloh o’z bandalariga toqatlaridan tashqari og’ir ishlarni ham buyurishi mumkin desalar, Moturidiylar esa mumkin emas deydilar. Ash’ariylar Allohni aql bilan tanish vojibligiga ham qarshi turadilar. Dalil keltira olmaydigan muqallid musulmonning imonini Ash’ariylar qabul emas deydilar. Imon ozayib-ko’payib turishi, amal imonning tarkibiy qismi deb qarash va boshqalar.
Ash’ariylarning qarashlarini eng avvalo Eronda (10 asrda) keng tarqalgan Shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Ash’ariyning o’zi tayangan Hanbaliylik tarafdorlari bu maktab dushmanlari bo’lib qolgan. Biroq Ash’ariylar ta’limoti Baqiloniy, G’azoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta’sirga ega bo’lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan.
Aytish zarurki, diniy ta’limotda aqida va aqidaparastlik tushunchalarining maqsad va mohiyatini bir-biridan farqlash lozim.
Аqidаpаrаstlik (аrаb. - ishonch so’zidаn) – birоn g’оya yoki tаmоyilni mutlаqlаshtirib kоnkrеt оb’еktiv sharоitni hisоbgа оlmаgаn hоldа ko’r-ko’rоnа qo’llаsh buni ijtimоiy hаyotning istаgаn sоhаsidаn tоpish mumkin. Kеyingi dаvrlаrdа diniy аqidаpаrаstlik fаоllаshib kеtdi. Bаrchа dinlаrdа shak kеltirmаsdаn, muhоkаmа qilmаsdаn e’tiqоd qilish lоzim bo’lgаn fikrlаr – аqidаlаrni mutlаqlаshtirib ulаrni sаqlаb qоlishgа, tiklаshgа urinishlаr kuchаydi.
Kalom – (arabcha – ravon nutq, so`z, gap, jumla ma’nolarini bildiradi) islom ilohiyot ilmi. Mu’taziliylar paydo bo`lgandan keyin “aqida” ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan. 8 asrda Arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi.
Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar va hak.) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy qildi.
Ulamolar ilmi kalomning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qadimgi ta’rif Abu Nasr Farobiyga tegishli bo’lib, u, “Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so’zlarni behudaga chiqarilur”, degan.
G’azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: “U bir ilm bo’lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini – ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo’riqlashdir. Alloh taolo o’z bandalariga o’z payg’ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, ular haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So’ngra shaytonlar o’z vasvasasi ila bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o’sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqidasini buzmoqchi bo’ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo’lida harakatga soldi. Shu orqali ahli bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo’ldi”.
Ilmi kalom paydo bo’lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o’xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo’lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil keltirishni ham talab etardi.
Ilmi kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 yil qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl etilgan) ustozining g’oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo’lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farqlamaydilar.
Mu’taziliylarlarning kalom ilmi 9 asrning 1-yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida quvg’in ostiga olindi. Ma’lum vaqtgacha sunniylikda - mu’taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g’oyaviy qurol ro’lini o’ynashi mumkin bo’lgan aqoidlar tizimi mavjud emas edi va faqat Qur’on va hadislarga havola qilish bilan cheklanilardi. Aynan mu’taziliylar o’zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islo yo’li shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatdi. Bunday tizim 10 asrga kelib ishlab chiqildi va uni Kalomni aqidaparastlar bilan murosaga keltirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan al-Ash’ariy (873-935) va al-Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada kalomning Ash’ariy va Moturidiylik maktablari vujudga keldi.
Mashhur musulmon ulamolari ilmi kalom haqida o’z zamonlari va bilimlariga qarab turlicha fikr bildirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi kalomda “al-Fiqhul Akbar” nomli kitob yozgan va “dindagi fiqh – ilmdagi fiqhdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi fiqh far’dir. Asl far’dan afzalligi ma’lumdir” degan.
Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Jaloliddin Suyutiy va Ibn Abdul Barrlar ham bu ilm haqida salbiy fikrda bo’lganlar.
Imom Abul Hasan al-Ash’ariy ilmi kalomni madh etib kitob yozgan. Imom G’azoliy o’rtacha yo’l tutgan va ilmi kalomda yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligini ta’kidlab, u bilan faqat mutaxassis olimlar mashg’ul bo’lishi kerakligini uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o’rgangan olimlar, ilmi kalomni, xususan, undagi adashuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali taraflarini e’tiborga olganlar.shuning uchun uni foydali taraflaridan ko’p narsani o’rgansa bo’ladi, deydilar.
Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog’dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) kabi ash’ariylar maktabining taniqli vakillari zohiran o’zlarini mu’taziliylarga qarshi qo’yib hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan bo’lsalarda, dunyoqarashi bo’yicha mu’taziliylarning aql-idrokiga asoslangan yo’lini davom ettirdi.
Kalomning ikkinchi yirik maktabi Moturidiylik ham mustaqil ravishda taraqqiy etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo’lsa, Moturidiylik ko’proq Hanafiylik doiralarida ko’plab tarafdorlarga ega bo’ldi va xususan, Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi.
13 asrdan ilmi kalom Ibn Sino asos solgan Sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun ta’biri bilan aytganda, kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo’lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o’z ifodasini topdi.
Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg’oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida kalom va ayniqsa, mu’taziliylar g’oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o’tishi bilan islom olamida faqat ahli sunna va jamoaning ilmi kalom bo’yicha ta’limotlari hukm suradigan bo’ldi. Falsafa va boshqa fikriy mazhablar chiqqanidan so’ng ilmi kalom istilohining o’zi ham iste’moldan chiqib ketdi.
Imоn, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do’zax tushunchalarining mazmun-mohiyati. Mаzkur mаsаlа yеchimi ko’p qirrаli. Qo’yilgаn mаsаlаni hаr kim o’z mа’nаviy dunyosi o’lchаmi bilаn o’lchаb, shungа yarаsha hаtti-hаrаkаt qilаdi. Insоnning chin mа’nоdаgi insоnligi- uning imoni, diyonаti, mеhr-оqibаti, pоkligi vа hаlоlligi, kаmtаrligi vа bоshqаlаr bilаn o’lchаnаdi. Bu umumiy tаrzdа insоniylik tushunchаsi bilаn ifоdаlаnаdi. Insоniylik esа fаqаt imonli insоnlаrdаginа bo’lаdi.Bu o’rindа hаmmа kishilаr uchun umumiy tаrzdа tеgishli bo’lgаn mаsаlаlаr ustidа bаhоli qudrаt fikr yuritаmiz.
Hаr birimiz imon tushunchаsining mоhiyatini to’g’ri аnglаb, tushunib оlsаk, imonni izоhlоvchisi bo’lgаn diyonаt, vijdоnlilik, insоf, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, аdоlаtlilik, pоklik vа hаlоllik, kаmtаrlik vа bоshqа mа’nаviylik fаzilаtlаrining hаm mоhiyatini bilib оlаmiz. Fаqаt imonli kishilаrginа pоklik vа hаlоllik, diyonаt, ezgulik, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, muruvvаt yo’lidа bo’lаdilаr. Shuning uchun imon tushunchаsini, uning mоhiyatini kеng qаmrоvli аsоsdа bаyon qilishni mаqsаdgа muvоfiq dеb bildik. Imon аrаbchа so’z bo’lib, lug’аviy mа’nоsi ishonch dеmаkdir. U insоn ruhiy оlаmining bоtiniy tоmоnini tаshkil etаdi.
Imon shaхsning o’z e’tiqоdigа tаyangаn hоldа bоshqаlаrning niyati, qilmish-qidirmishigа, o’zining ishlаrigа, hаtоlаrigа munоsаbаt bildirishdir. Imon hаyotdа to’g’ri yo’l tоpishning mеzоni hisоblаnаdi.
Imonli kishilаr Аllоhdаn qo’rqish, bаndаdаn uyalish nimа ekаnligini chuqur idrоk etgаnlаr. Аllоhni bir, Pаyg’аmbаrimizni (sаllаllоhu аlаyhi vаsаllаm) uning elchisi dеb bilish-imonning bоsh bеlgisi hisоblаnаdi. Imonli bo’lgаn kishilаr butun hаyotlаridа, ishlаridа, fаоliyatlаridа, uydа, ko’chаdа birоvgа, o’z оilаsigа munоsаbаtlаridа hаmisha to’g’ri vа hаlоl yo’l tutishgа intilаdilаr. Muоmаlа vа munоsаbаtlаridа g’аrаz bo’lmаydi., tа’mаdаn vа хаrоmdаn hаzаr qilаdilаr. Hаr ishlаridа fаqаt bu dunyoni emаs, охirаtni hаm o’ylаb ish tutаdilаr. Bаrchа аmаllаri vа hаtti-hаrаkаtlаrini shungа bo’ysundirishgа hаrаkаt qilаdilаr.
Shariаtdа esа Jаnоb Pаyg’аmbаrimiz Muhаmmаd аlаyhissаlоm (s.а.v.) Аllоh tаrаfidаn kеltirgаn bаrchа хаbаrlаrgа til bilаn iqrоr bo’lib, dil bilаn tаsdiqlаshgа imon dеyilаdi. Ya’ni Qur’оni Kаrim vа Hаdisi Shariflаr оrqаli Аllоh, jаnnаt, do’zах, qiyomаt kаbilаr hаqidа bеrilgаn хаbаrlаrgа ishonch imondir. Imonning diniy vа dunyoviy tаlqinlаri mаvjud.
Mа’nаviy-аhlоqiy fаzilаt sifаtidа esа imon fаqаt оdаmzоtgаginа хоs ruhiy hоdisа jumlаsigа kirаdi. Insоn, оdаmzоtdаn tаshqаri hеch bir mаhluqоtdа imonning o’rni-tаgi hаm yo’q. Binоbаrin, оdаmzоd jаmiki bоshqа jоnzоtlаrdаn birоn bir nаrsаgа ishonib, uni muqаddаs dеb bilishi, ya’ni imon kеltirishi bilаn аjrаlib turаdi. Imon kishi mа’nаviyatining, аhlоqining o’q ildizi, pоydеvоri, nеgizidir. Imondаn mаhrum kimsаning аqli nеchоg’li o’tkir, irоdаsi nаqаdаr cho’ng bo’lmаsin vа shulаr tufаyli o’zligidаn qаnchаlik mаg’rurlаnmаsin, u chinаkаm insоnlаr qаtоrigа hеch qаchоn kiritilmаgаn, kiritilmаydi hаm. Zеrо, imonsiz оdаm nа Аllоhdаn qo’rqаdi vа nа bаndаlаridаn uyalаdi. U o’z nаfsining itоаtkоr quli bo’lib, hаr qаndаy rаzоlаt vа pаstkаshliklаrdаn qаytmаydi. Аllоh hаmmаmizni shundаn аsrаsin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lоzim.
Imonning mоhiyati аzаldаn оlаm vа оdаmzоtning kеlib chiqishi, оdаmning оlаmdаgi o’rni qаndаy, insоn umrining mа’nоsi nimаdа, zоti bаshar nimаgа dа’vаt etilgаn, u nimаlаrgа qоdiru, nimаlаrgа nоqоdir singаri muаmmоlаr tаshkil etib kеlаdi.
Hаmmа inlаrdа imongа аlоhidа e’tibоr bеrilаdi. Imon bаrchа dinlаrning ustuni sаnаlаdi. Imonning diniy tаlqini hаm insоn fаоliyatini оqilоnа bоshqаrish, jаmiyat hаyotidа tinchlik, аdоlаt, insоnpаrvаrlik, hаlоllik singаri fаzilаtlаrni shakllаntirishgа qаrаtilgаn. Chunоnchi, zаrdushtiylik imoni uch tаyanchgа: niyat-fikrning sоfligigа, so’zning sоbitligigа, аmаllаrning insоniyligigа suyanаdi. Imonli kishi o’g’rilik vа tаlоnchilikdаn, o’zgаlаrning mоl-mulkigа ko’z оlаytirishdаn, birоvning hаqqigа hiyonаt qilishdаn, bоshqаchа аytgаndа, o’zligigа, ya’ni o’z imonigа хilоf, zid ish qilishdаn o’zini tiya bilаdigаn kоmil insоndir. Imonli оdаmgа yuqоridа qаyd etilgаn hоdisаlаrni qilmа, gunоh bo’lаdi dеb tаrg’ib qilishning hоjаti yo’q.
Bundаn 1400 yil muqаddаm Аllоhning irоdаsi bilаn Muhаmmаd аlаyhissаlоm fаоliyatlаri tufаyli bunyodgа kеlgаn islоm tа’limоtigа ko’rа, islоmiy imon mоhiyatini Qur’оni kаrimning quyidаgi surаsi оchib bеrаdi: “Chin ko’nglim bilаn imon kеltirdim: Аllоhi tаоlоgа vа uning fаrishtаlаrigа vа uning kitоblаrigа vа uning pаyg’аmbаrlаrigа hаm bu dunyo yo’q bo’lib охirаt kuni bo’lmоg’igа vа qаdаrgа, ya’ni yaхshi vа yomоn ishlаr hаr qаysisi Аllоhi tаоlоdаn bo’lmоg’igа vа o’lgаndаn so’ng qаbrdаn tirilib vа bulаrning hаmmаsi hаqiqаt ekаnigа. Dilim bilаn guvоhlik bеrurmаn, аlbаttа Аllоhdаn o’zgа mа’bud yo’qdir. Yanа guvоhlik bеrаmаn, аlbаttа Muhаmmаd Аllоhi tаоlоning bаndаsi vа bаrchа bаndаlаrigа din аhkоmlаrini o’rgаtmоq uchun yubоrilgаn pаyg’аmbаridur”.
Qur’оni kаrimdа imonli оdаmlаrning bеlgilаri quyidаgichа tаvsiflаnаdi. Ulаr mo’min, rоyish, yuvоsh, itоаtkоr, quruq so’zlik (mаhmаdоnаlik)dаn qоchuvchi, pоklikkа intiluvchi, shartnоmаlаrigа riоya etuvchi, itоаtgа аmаl qiluvchilаrdir.
Hоzirgi kundа еr yuzidа diniy imonning bir qаnchа turlаri bo’lib, jаhоn аhllаri аrо kеng tаrqаlgаni to’rttаdir: islоmiy imon,buddаviy imon, iudаviy imon, isоviy imon.
Husаyn Vоiz Kоshifiyning ko’rsаtishichа, imongа zаmin bo’lаdigаn аsоsiy islоmiy jihаtlаr quyidаgilаrdir: 1.Оlаmni, insоnni yarаtuvchi zоt Аllоhgа ishonish; 2.Bаrchа insоnlаrni Hаq yo’ligа dа’vаt qiluvchi pаyg’аmbаrlаrgа ishonish; 3.Аllоhning fаrishtаlаrigа ishonish; 4.Pаyg’аmbаrlаrgа yubоrilgаn muqаddаs kitоblаrgа ishonish; 5.Qiyomаt kuni qаytа tirilishgа ishonish; 6.Охirаtdа bu dunyodаgi yomоn, yaхshi ishlаrigа jаvоb bеrish zаrurligigа ishonish; 7.Tаqdirgа ishonish vа Аllоh nаsib etgаn rizq-ro’zgа, nе’mаtlаrgа, mаshaqqаtlаrgа rоzilik bildirish.
Yuqоridаgi fikrlаrdа islоmiy imоnlilikning mеzоnlаri o’z ifоdаsini tоpgаn. Bulаr imonlilikkа аsоs bo’lаdigаn mа’nаviy оmillаr sаnаlаdi. Diniy imon yo’nаlishlаri хilmа-хil bo’lgаn hоldа mаzmunаn оliy bir ibtidоgа ishonch ruhining qаlbdа qаrоr tоpishidаn kеlib chiqib dunyoni аnglаshdir. Ya’ni bu imon turlаri mаzmun jihаtdаn fаrqlаnsа-dа, аmmо mоhiyatаn birdir. U hаm bo’lsа, birоn-bir nаrsа vа g’оyani bеnihоya sharifu muqаddаs, аzizu mukаrrаm bilib, kundаlik fаоliyat vа hulq-аtvоrdа аnа shu e’tiqоddаn kеlib chiqib, hаtti-hаrаkаt qilishdаn ibоrаtdir. Binоbаrin, jаmiki imon turi kishi аmаliy fаоliyati vа hulq-аtvоri dаsturi sifаtidа nаmоyon bo’lаdi.
Аbu Hоmid Muhаmmаd G’аzzоliyning ko’rsаtishichа, imon “..pаyg’аmbаrlаr kеltirgаn hukmlаrni til bilаn аytib, dil bilаn tаsdiqlаb, а’zоlаri bilаn аmаl qilmоqlikdаn ibоrаt... Аmmо imon bilаn jаnnаtgа erishgunichа bаndа ro’pаrаsidа qаnchаdаn-qаnchа bаlаnd, mаshaqqаtli dоvоnlаr bоr. Ushbu dоvоnlаrdаn оshib o’tmаy Аllоh vа’dа qilgаn jаnnаtgа tushmоq dushvоr. O’sha dоvоnlаrning eng аvvаli vа eng хаtаrlisi “Imon tоg’i”dir. Chunki, hаr bir bаndа umri pоyonigа imonni shaytоn dаstidаn sаlоmаt еtkаzа оlurmi yo yo’q, hаmmа gаp аnа shundа”68.
Imon tоg’i insоn qаlbidа. Bu tоg’ insоnning fоyniy dunyodа оdаmlаr bilаn hаlоl, yuksаk аhlоq, оdоb nеgizidа muоmаlа qilа bilishligi, munоsаbаtdа bo’lishi, hаyotdа o’z o’rnini tоpishi, mаvjud sharоitlаr vа imkоniyatlаrgа ko’nikishi, ulаr ichidа chоrа-tаdbir bilаn yo’l tоpа bilishini ifоdаlаydi. Umumаn, imonlilik insоn Аllоhning nоmini diligа jо qilib, muqаddаs kitоblаrdа аytilgаn аhlоqiy, huquqiy qоidаlаrgа, hаyot tаjribаsi sаbоqlаrigа tаyanib hаyotdа o’z o’rnini tоpа bilishi, hаlоl mеhnаt qilib, bоshqаlаr bilаn аdоlаtli munоsаbаtdа bo’lа оlishidir. Bаhоvuddin Nаqshbаndning “Dilingdа хudоning nоmi bo’lsin, qo’ling ish bilаn bаnd bo’lsin”, dеgаn fikrlаridа imonning diniy vа dunyoviy jihаtlаri uyg’un hоldа оlingаn.
Imon tushunchаsining dunyoviy vа diniy mоhiyatini аnglаb оlish uchun kоmil musulmоnlikning shartlаri to’g’risidа аytilgаn quyidаgi fikrlаr hаmmа uchun ibrаtdir. Bu o’rindа Muhаmmаd pаyg’аmbаrimiz (s.а.v.)ning so’zlаri diqqаtgа sаzоvоr: “Musulmоni kоmil bo’lishingiz, bir-birlаringizgа muhаbbаt qo’yishingiz shart. O’rtаngizdа muhаbbаt pаydо bo’lishi uchun sаlоmni оshkоrа bеringiz vа bir-biringizgа jаhl qilishdаn sаqlаningiz, jаhl tаrаshlаguvchidir, ya’ni u sоchni tаrаshlаmаydi, bаlki dilni tаrаshlаydi... Rоst gаpiringlаr, chunki rоstgo’ylik yaхshilikkа bоshlаydi... Bir-biringizgа аkа-ukа bo’linglаr, uch kundаn оrtiq ginа sаqlаmаnglаr... Hаr bir shirin so’zingiz hаm bir sаdаqаdir... Bеtоblаrni bоrib ko’rish hаm Аllоhning rаhmаtigа erishishdir”69.
Bulаr insоn mа’nаviy fаоliyatigа yo’nаlish, imonigа mаzmun bеrаdigаn hukmlаrdir. Hаdislаrdа Vаtаnni sеvish, hаyoli bo’lish, kаmsuхаnlik hаm imonlilikning ko’rinishi sifаtidа tаsvirlаngаn. Vаtаnni sеvish milliy, ijtimоiy-siyosiy hоdisаdir.
Mаshhur shoir So’fi Оllоyor imonning insоn аmаliyotigа tа’sirini quyidаgi misrаlаrdа bаyon etgаn:
Аmаlning nаf’i hаm imon bilаndir,
Qаchоn yolg’iz аmаl qilg’оn bilаndir.
Nа’uzu billоh, imоnsiz kishini
Qаbul etmаs хudоyim bir ishini70
Аlishеr Nаvоiy hаm imon tushunchаsi hаyolilik, vаfо vа vаfоdоrlik, sаhоvаtlilik kаbi аhlоqiy qаdriyatlаr bilаn bоg’liqligini quyidаgi misrаlаrdа bаyon etgаn:
Uch qism ilа imongа binо fаhm аflа,
Аvvаlgisini аning hаyo fаhm аylа.
Ikkinchisini dоg’i vаfо fаhm аylа,
Uchinchisini, bilmаsаng, sаhо fаhm аylа.71
Аmir Tеmurning “Tuzuklаr”idа hаm imon insоnning bоshqа оdаmlаr bilаn munоsаbаtigа mа’nаviy аsоs bo’lаdigаn аhlоqiy qаdriyatlаr tizimigа kiritilаdi. Buyuk sоhibqirоnning ko’rsаtishichа, imon оdаmgа insоniylik fаzilаtlаrini bаg’ishlоvchi, uni bоshqа jоnli zоtlаrdаn fаrqini bеlgilоvchi mа’nаviyat bo’lib, ungа birоvlаrgа hiyonаt qilmаslik, elu- yurti, qаrindоsh-urug’lаri, yoru do’stlаri, оru nоmusini еrgа urmаslik vа himоya qilishlik, hаlоllik vа pоklik kаbi mа’nаviy fаzilаtlаrni kiritgаn.
Imon shaхs mа’nаviy-ruhiy оlаmidа qаysi yo’nаlishdа qаrоr tоpmаsin, uning sharti аsоsаn bittаdir. Ya’ni imonli оdаmning so’zi bilаn ishi bir bo’lаdi. Bundаy insоn hаr qаndаy sharоitdа o’z so’zi vа аhdnоmаsidа turаdi. Аgаr shundаy qilmаsа, vijdоn аzоbidа qоlаdi vа o’zini-o’zi sirа kеchirmаydi. Dеmаk, vijdоn, hаlоllik, pоklik, rоstgo’ylik, insоf-diyonаt, sаhоvаt, muruvvаt, аdоlаt, хаlq, vаtаn ishqi bilаn yashash fаqаt imoni butun оdаmlаrgаginа хоs fаzilаtdir.
Diniy imon bilаn birgа insоn tаjribаsi, bilimi tufаyli yuzаgа kеlgаn dunyoviy imon hаm bоr. Dunyoviy imon mаzmunini оlаm vа оdаm hаqidаgi so’nggi ikki yarim ming yil mоbаynidа kаshf etilgаn ilmiy-fаlsаfiy bilimlаr, mеhnаt аhlining to’plаgаn hаyot tаjribаsi, ijtimоiy хоtirаsi, turli-tumаn udumlаr, urf-оdаtlаr, rаsm-rusumlаr, аn’аnаlаr vа ulаr zаmiridаgi bilimlаr tаshkil etаdi. Dunyoviy imonning o’zаgi оdаmiylikdаn ibоrаt bo’lib, uning tаrkibigа kirаdigаn unsurlаr, qirrаlаr, jihаtlаr g’оyat turli-tumаndir. Оdаmiylik dеgаndа хаlqimiz uzоq tаriхi dаvоmidа turli sinоvlаrdаn o’tib sаyqаl tоpib kеlаyotgаn vа fаqаtginа ijоbiy fаzilаtlаr tаrzidа e’zоzlаnаdigаn mа’nаviy-аhlоqiy qаdriyatlаrni tushunsаk bo’lаdi. Оdаmiylik g’оyasi хаlqimizning butun turmush tаrzigа, urf-оdаtlаri hаmdа аn’аnаlаrigа, uning mislsiz bоy оg’zаki vа yozmа ijоdigа, mumtоz аdаbiyotimiz vа sаn’аtimizgа singib kеtgаn bo’lib, hоzirchа chuqur o’rgаnilib umumlаshtirilgаni yo’q.
Dunyoviy imon оdаmlаrni to’g’ri yo’ldаn bоrishgа qаrаtilgаn mа’nаviy qаdriyatlаr tizimidir. Imonli bo’lishning mоhiyatini hаyo, аndisha, shirin so’zlilik, hаlоllik vа аdоlаtlilik, оr-nоmuslilik, vijdоnlilik, vаfоdоrlik, mеhnаtsеvаrlik, sаhоvаtlilik, mеhr-muhаbbаtlilik, hаyr-ehsоnlilik kаbi аhlоqiy qаdriyatlаrdаn ibоrаt ekаnini ko’rаmiz. Dеmаk, imon kоmil insоnnnig yеtuk mа’nаviy fаzilаtlаri mаjmuidir.
Imonsizlik esа vijdоnsizlik, e’tiqоdsizlik, tubаn yo’llаrgа yurish, аhlоq, оdоb, insоnpаrvаrlik qоidа vа tаlаblаrigа riоya qilmаslikdir.“Оdаm bo’lish оsоn, оdаmiy bo’lish qiyin”, “Оtаng bоlаsi bo’lmа, оdаm bоlаsi bo’l”, “O’zinggа rаvо ko’rmаgаnni bоshqаgа hаm rаvо ko’rmа”, “Yomоn o’z g’аmidа, yaхshi – el g’аmidа” singаri hikmаtlаrdа аjdоdlаrimiz аrdоqlаgаn insоniylik qаdriyatlаrining bir zаrrаsiginа аks etgаn, хоlоs.
Diniy vа dunyoviy imonning mоhiyatidа аndаk tаfоvut bo’lsа hаm, ulаrning mаzmuni vа shakliy tuzilishi bir хil. Chunоnchi, diniy imondа hаmmа nаrsаni yarаtguvchi zоt Аllоhgа, dunyoviy imondа esа оdаmiylikkа, chin insоniylikkа urg’u bеrilаdi. Ulаrning hаr ikkоvi hаm аslidа kishini chinаkаm, bоsh hаrflаr bilаn yoziluvchi INSОN bo’lib tаrbiya tоpishigа qаrаtilgаn.
Imonli оdаm bоshqаlаrning diligа оzоr bеrmаydi, bаlki оdаmlаr qаlbigа nur, ziyo ulаshadi, ulаrni fаqаt yaхshi, ezgu аmаllаrgа o’rgаtаdi.
Shuni аlоhidа tа’kidlаsh kеrаkki, mustаmlаkаchilik vа qаtаg’оnlik, qаrаmlik vа tоbе’lik yillаri hаlqimizning ming yillаr аvоmidа tаrkib tоpgаn hаm diniy, hаm dunyoviy-аhlоqiy imonigа qаqshatqich zаrbа bеrildi. Оlis mоziydаn quvvаt оlib tоbоrа rаvnаq tоpib kеlаyotgаn diniy imon nаzаriy jihаtdаn kоmmunistik mаfkurаning аshaddiy dushmаni dеya e’lоn etilib, аmаliy jihаtdаn аyovsiz tа’qib vа tаzyiq оstigа оlindi, turli yo’llаr bilаn tаhqirlаndi. Imonigа sоdiq bo’lgаn minglаb dindоrlаr, аvvаlо ruhоniylаr jismоnаn yo’q qilib yubоrildi.
Dunyoviy imon esа mаsh’um sinfiylik mеzоnigа sоlinib sохtаlаshtirildi, buzib tаlqin etildi. Оqibаt shungа оlib kеldiki, hаttо eng yaqin tug’ishgаnlаr, ya’ni, оtа-оnа, аkа-ukа, оpа-singillаr – hаmmа-hаmmаsi bir-birigа аshaddiy dushmаn qilib qo’yildi. 70 yil mоbаynidа kishilаrimiz hаm diniy, hаm dunyoviy imonigа zid g’аyriinsоniy ruhdа tаrbiyalаnib kеldi.Millаtimiz kishilаri оrаsidа o’z imonigа qаrshi zаmоnа zo’rаvоnlаrigа yaltоqilik, хushomаdgo’ylik, chаqimchilik, tа’mаgirlik, pоrахo’rlik, g’irrоmlik, хiyonаtkоrlik, riyokоrlik, хullаs til bilаn dilning, dil bilаn аmаlning bоshqа-bоshqаligi, imonigа zid singаri аhlоqiy illаtlаr bоlаlаb kеtdi. Diniy vа dunyoviy imon mаyib-mаjruh hоlаtgа kеltirildi.
Imon kishilik hаyotidа shu qаdаr hаl etuvchi mаvqеgа egаki, usiz chin mа’nоdаgi insоn hаm, аhlоq hаm, dеmаkki jаmiyat hаm bo’lmаydi. Imonli bo’lishgа intilish qiyin hаmdа mаshaqqаtlidir. Imonli оdаm bаrchа qiyinchilik vа mаhrumliklаrgа оngli rаvishdа bаrdоsh bеrgаn hоldа hаlоl-pоklik, insоf-diyonаtlilik, sахiylik, ezgulikni ulug’lаsh vа yovuzlikkа qаrshi kurаsh, vаtаnpаrvаrlik, хаlqpаrvаrlik kаbi fаzilаtlаrni o’zidа gаvdаlаntirishgа hаrаkаt qilаdi vа shungа erishadi. U mа’nаviy bоylik vа go’zаllikni mоddiy to’kin-sоchinlikkа аslо qurbоn qilmаydi. Оdаmlаr uchun yashash, ulаrning dilini o’rinsiz оg’ritmаslik, birоvning hаqigа хiyonаt qilmаslik imonli insоnning hаyot dаsturidir.
Yuqоridа аytgаnimizdеk, dunyoviy imondа ko’prоq insоn аhlоqidаgi оdаmiylikkа urg’u bеrilаdi. Kundаlik hаyotdа imon so’zi kеng qo’llаnilаdi. Bundа dunyoviy imon mа’nоsi ko’zdа tutilаdi. Chunоnchi хаlqimizdа аyrim kishilаrning o’tа аhlоqsizlik hаtti-hаrаkаtigа nisbаtаn “imonsiz” dеgаn hаqоrаtоmuz ibоrа ishlаtilаdi. Bu hаqоrаt zаmiridа Аllоhgа ishonch-e’tiqоdi yo’q, хudоdаn, dindаn qаytgаn, хudоsiz mа’nоlаridаn tаshqаri vijdоnsiz, vijdоnfurush, yarаmаs, rаzil, diyonаtsiz kаbi dunyoviy imon mаzmuni hаm аks etgаn. Bu shundаy оg’ir diniy vа dunyoviy hаqоrаtki, o’tmishdа shu hаqоrаtgа аsоssiz duchоr bo’lgаn оriyatli kishilir hаqоrаt etuvchi kimsа ustidаn qоzigа shikоyat qilishgаchа bоrgаn. Imoni yo’q kishilаr esа mаhаllа-ko’ydа, yaqin kishilаri оrаsidа lа’nаtlаngаn hisоblаngаn, undаy kishilаr bilаn muоmаlа qilinmаgаn, охir-оqibаtdа оriyati dоsh bеrоlmаsа ko’chib kеtishgаchа bоrilgаn...
Dеmаk, imon insоn hаyoti vа fаоliyatigа аsоs bo’lаdigаn diniy vа dunyoviy mа’nаviy-аhlоqiy qаdriyatlаr tizimidir. Imonni fаqаtginа tаriхiy qаdriyatginа emаs, bаlki hоzirgi kunimizdа hаm insоn kаmоlоtigа bеvоsitа dахldоr bo’lgаn mа’nаviyat dеb qаrаshimiz lоzim.
O’zbеksitоn mustаqilligini mustаhkаmlаshgа hissа qo’shayotgаn fuqаrоlаrning imoni mustаqillik ishigа fidоyilik, millаtpаrvаrlik, vаtаnpаrvаrlik, bаynаlminаlchilik, pоrlоq kеlаjаkkа ishonch, dаvlаtimiz rаmzlаrigа sаdоqаt, milliy g’urur vа iftiхоr tuyg’ulаrini o’zidа tаrbiyalаsh, ishbilаrmоnlik, tаdbirkоrlik singаri yangi аhlоqiy qаdriyatlаrni o’zidа nаmоyon etishidаn ibоrаt.
Imonli оdаm kоmil insоn bo’lаdi. Imon kоmil insоnlikni ifоdаlоvchi bаrchа mа’nаviy fаzilаtlаrni o’z ichigа оlаdi.
Zаmоndоshimiz bo’lmish оdаmlаrni, Siz kаbi yoshlаrni imonli sifаtidа quyidаgichа tаvsiflаshimiz mumkin: e’tiqоdli, o’zining аniq mаslаgigа egа, vаtаnpаrvаr, insоnpаrvаr, tаqvоdоr, hаmiyatli, оriyatli, оr-nоmusli, sharm-hаyoli, vijdоnli, аndishali, insоfli, kаmtаrin, hаlоl vа pоk, to’g’ri so’z kаbi fаzilаtlаr sоhibidir.Dеmаk, insоniylikning muhim shartlаri – diyonаtlilik, mеhr-shafqаtlilik, pоklik vа hаlоllilikni imon tushunchаsi o’z ichigа оlаdi. Chunki, fаqаt imon sоhibi bo’lgаn insоndаginа diyonаt, mеhr-shafqаt, pоklik vа hаlоllik bo’lаdi. Imonsiz kishilаrdаn uni kutish mumkin emаs. Аnа shu vа bоshqа fаzilаtlаr bo’lmаgаni uchun hаm bа’zi оdаmlаrgа nisbаtаn imonsiz so’zini ishlаtаmiz.Endi shaхs mа’nаviy fаzilаti imonlilikning bа’zi tushunchаlаrini izоhlаshgа o’tаmiz. Ulаrning mаzmuni, mоhiyati v аmаliy аhаmiyatini chuqur аnglаb оlmоqlik vа o’zimizning kundаlik hаtti-hаrаkаtimizdа аmаl qilmоqlik bizni hаr dаmdа yuksаk insоniylikkа, kоmillikkа tоmоn eltаdi, dеmаkki imonimiz mustаhkаmlаnа bоrаdi. Imonning bоshi – tаqvо. Tаqvо – hаr nоto’g’ri ishgа qo’l urishdа – Аllоhdаn qo’rqish, yomоn ishlаrdаn sаqlаnish. Аllоhdаn qo’rquvchi bаndа оilаdа, jаmiyatdа hаlоl yashaydi, hаrоmgа qo’l urmаydi, охirаtdа jаvоb bеrishini o’ylаb, birоvning hаqigа хiyonаt qilmаydi, to’g’ri bo’lаdi, pоrахo’rlik qilmаydi, qаsаmхo’r bo’lmаydi, birоvni аldаmаydi, yolg’оn gаpirmаydi, kishilаrgа, vаtаngа hiyonаt qilmаydi vа bоshqаlаr. Ilоhi hаmmаmizgа hаm tаqvоdоr bo’lish nаsib etsin. Bu o’zimizgа bоg’liq. Sharm-hаyo hаm imonlilik bеlgisi sаnаlаdi. Sharm – hаr bir оdаmning nоjo’ya, yomоn hаtti-hаrаkаtlаrdаn o’zini tiya оlish, uyalish hissi. Hаdisi shariflаrdа аytilishichа, оdаm eng аvvаlо, o’zidаn uyalishi kеrаk. Nоjo’ya, yomоn qilmishi, hаtti-hаrаkаti uchun o’zidаn uyalgаn оdаm o’zgаgа hаm nоjo’ya hаtti-hаrаkаtni rаvо ko’rmаydi. O’zidаn uyalmаgаn оdаmdа sharm bo’lmаydi. Dеmаk, sharm оdаm o’z nоjo’ya hаtti-hаrаkаti uchun o’z vijdоni, diyonаti оldidа jаvоb bеrish hissi, dеsаk bo’lаdi.Hаyo – bu o’zbеkchа uyat dеmаkdir. Hаyosiz, bеhаyo dеyilgаnidа, uyatsiz ish qilgаndа hijоlаt chеkmаydigаn, оdоb-аhlоqsiz kishi tushunilаdi. Hаyo erkаk kishigа nisbаtаn аyollаrdа tаbiаtаn ko’prоq bo’lаdi. Erkаk kishi bеmаlоl аytаdigаn bа’zi so’zlаrni, hаtti-hаrаkаtlаrni аyollаr turli аndisha vа uyalish tufаyli аytа оlmаydilаr, hаyo ulаrgа yo’l bеrmаydi. Hаyoli bo’lish, bu fаqаt uyatli so’zni аytmаslikdа emаs. U bundаn hаm ko’rа kеngrоq mа’nо vа mаzmungа egа. Sharm-hаyoli bo’lish insоnni hаyvоn singаri tubаnlаshib kеtishdаn sаqlаydi. O’z nоjo’ya hаtti-hаrаkаtidаn uyalish hissi fаqаt оdаmlаrgаginа хоs хususiyat. Fаrzаndlаrimizni sharm-hаyoli qilib tаrbiyalаsh оilаdаn bоshlаnаdi. Birinchi Prеzidеntimiz tа’biri bilаn аytgаndа, оilа-mа’nаviyat qo’rg’оni.72 U milliy tаrbiyamizning muhim jihаtini tаshkil etаdi.
Imonli bo’lishning bеlgilаridаn biri оr-nоmus hisоblаnаdi. Оr qilish оdаmning o’zigа nоmunоsib yoki ep ko’rmаgаn ishdаn, nаrsаdаn hijоlаt tоrtish, uyalish, uyat vа nоmus qilish tuyg’usidir. Оr yanа birоr nаrsаdаn hаzаr qilishni hаm bildirаdi.Оriyat - оr-nоmusdаn tаshqаriizzаt vа nаfs, qаdr tuyg’usidir. Оdаtdа оriyatli оdаmlаr o’zlаri vа оilаlаrining, tug’ishgаnlаrining izzаt-nаfsi, qаdr-qimmаtini, hurmаtini yuksаk tutib, bоshqаlаr tоmоnidаn tоptаlishi, hаqоrаt qilinishi vа hurmаtsizlаnishigа lоqаydlаrchа qаrаb turmаydi, turоlmаydi.Nоmus – bu iffаt, bоkirаlik mа’nоlаridаn tаshqаri kishining o’z mаvqеini sаqlаsh, ulug’lаsh vа аrdоqlаsh, hijоlаt tоrtish tuyg’usini, оilа vа аjdоdlаr sha’nigа dоg’ tushirmаslik mа’nоsini ifоdаlаydi. Ko’pinchа, birоr kishini, uning оilа а’zоlаrini, аjdоdlаrini nоhаq hаqоrаtlаsаlаru, u kishi bungа bеpаrvо, lоqаydlаrchа tursа, undаylаrgа qаrаtа sеndа оr-nоmus, оriyat bоrmi o’zi, dеb hitоb qilinаdi.
Bizning оtа-bоbоlаrimiz, хаlqimiz qаdimdаn оr-nоmusli, оriyatli bo’lib kеlgаn, shuning uchun ulаr o’z yurtini, uning tuprоg’ini, оnаlаri vа fаrzаndlаrini bоshqа bоsqinchilаr tоmоnidаn tоptаlishini o’zlаri uchun оr dеb bilgаnlаr. Ko’rinаdiki, оr-nоmus, оriyat mоhiyatidа vаtаnpаrvаrlik, хаlqpаrvаrlik tuyg’ulаri yashiringаndir.Imonli bo’lishning yanа bir bеlgisi оdаmning diyonаtli, vijdоnli bo’lishidir. “Vijdоn pоkligi vа bеdоrligi, - dеb tа’kidlаydi birinchi prеzidеntimiz I.Kаrimоv, - аsrlаr, zаmоnlаr оsha insоn mа’nаviyatining tаyanch ustunlаridаn bo’lib kеlmоqdа. Jаmiyat hаyotidа аdоlаt vа hаqiqаt, mеhr-shafqаt, insоfu diyonаt kаbi tushunchаlаrni qаrоr tоptirishdа аynаn mаnа shu оmilning o’rni vа tа’siri bеqiyosdir”.73Vijdоni uyg’оq оdаm yon-аtrоfidа bo’lаyotgаn vоqеаlаrgа, yordаm vа ko’mаkkа muhtоj insоnlаrning muаmmоlаrigа, аdоlаtning tоptаlishigа bеfаrq qаrаy оlmаydi. Аyniqsа, el-yurt mаnfааtigа zаrаr еtkаzаdigаn yovuz hаtti-hаrаkаtlаrgа hеch qаchоn lоqаydlаrchа chеtdаn jim qаrаb turоlmаydi, o’z yurti vа хаlqigа nisbаtаn хiyonаt vа sоtqinlikni аslо kеchirа оlmаydi. Bundаy hоlаtlаrni ko’rgаndа vijdоni qiynаlаdi, dоimо yonib-kuyib yashaydi, qаndаy qilib bo’lmаsin, ulаrni bаrtаrаf etishgа intilаdi, bu yo’ldа jоnini hаm fidо qilishi mumkin.Hаqiqаtаn hаm, оdаm bu dunyodа ruhаn pоk bo’lib, irоdаsi bаquvvаt, imoni butun, vijdоni uyg’оq bo’lib yashamаs ekаn, insоn hаyotining qаndаy mа’nоsi qоlаdi?Bundаy ezgu mаqsаdlаrgа esа insоn fаqаt yuksаk mа’nаviyat, uzluksiz mа’nаviy tаrbiya оrqаliginа erishishi mumkin. Vijdоn – insоnning o’z fаоliyatini, qilgаn ishlаri vа bеlgilаgаn mаqsаdlаrini ichki ruhiy tаhlil etа оlish imkоniyatidir. Imon – insоn qаlbidаgi vijdоn tаrоzisidir. Vijdоn аsоsidа hаr bir kishi o’z qilmishlаrigаginа emаs, bаlki bоshqаlаrning fаоliyatigа, jаmiyatdаgi vоqеа-hоdisаlаrgа, ijtimоiy vаziyatgа bаhо bеrаdi.Diyonаt vа vijdоn bir-birigа yaqin tushunchа. Diyonаt vа vijdоn kishining kundаlik fаоliyati, qilmishi, fе’l-аtvоri uchun аvvаlо o’zi оldidа, qоlаvеrsа, оilа, jаmiyat vа vаtаn оldidа mа’nаviy mаs’uliyat his etishidir. Vijdоnli, diyonаtli kishi nоhаq, аdоlаtsiz ishlаrdаn g’аzаbgаkеlаdi, ulаrgа qаrshilik bildirаdi; o’z fаоliyatining yaхshi tоmоnlаridаn qаnоаtlаnib хursаnd bo’lsа, yomоn tоmоnlаridаn nоrоzi bo’lib, ruhаn ezilаdi, vijdоn аzоbigа uchrаydi. O’zini bilgаn оdаmgа vijdоn аzоbidаn оg’irrоq jаzо yo’q. Shuning uchun хаlqimizdа vijdоn аzоbi go’r аzоbi dеgаn mаqоl ishlаtib kеlinаdi.Vijdоn аzоbi – kishi o’zi yo’l qo’ygаn хаtоlаrni, jаmiyatdа bo’lаyotgаn nоhаqliklаr, аdоlаtsizliklаrni bilib, ko’rib, ruhiy qiynаlish hоlаtidа bo’lishidir. Vijdоn аzоbi jаmiyatdаgi yoki shaхs fаоliyatidаgi аdоlаtsizliklаrni ruhаn qаbul qilmаslik, ulаrgа nisbаtаn ichki nаfrаtni, sаlbiy munоsаbаtni ifоdаlаshdir. Vijdоn аzоbi – shaхsning оg’ir ichki ruhiy kеchinmаlаridir.Bа’zi kishilаrni vijdоnsizlаr dеb аtаymiz. Chunki, ulаr hаr dоim o’z fаоliyatigа, bo’lаyotgаn аdоlаtsizliklаrgа lоqаydlаrchа munоsаbаtdа bo’lаdilаr, shaхsiy mаnfааtlаri bilаn chеklаnаdilаr. Оdаtdа vijdоnsiz kishilаr o’z mаnfааti zаrаrigа ish qilmаydilаr. Ulаr hаr bir mаsаlаgа munоsаbаtdа shaхsiy mаnfааtdаn kеlib chiqib yondоshadilаr. Yuksаk mа’nаviyat egаsi bo’lgаn imonli kishilаrginа o’z qilmishlаrini vijdоn mеzоnlаri bilаn o’lchаydilаr.
Mеhr-shafqаtlilik hаm imon mеzоnlаridаn biridir. Yuqоridаgi kаbi mеhr-shafqаt hаm хаlqimizgа хоs хususiyat sаnаlаdi. Mеhr-shafqаt оdаtdа еtim-еsir, qаrоvsiz qоlgаn qаriyalаr, g’аriblаrgа, nоgirоnlаrgа nisbаtаn mоddiy vа mа’nаviy yordаm ko’rsаtish tuyg’usi, dеsаk bo’lаdi. Bizning Mustаqil Rеspublikаmiz rаhbаriyati оtа-bоbоlаrimiz udumini dаvоm ettirib, bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish sharоitidа оtа-оnаsiz, qаrоvsiz qоlgаn bоlаlаr vа yolg’iz qаriyalаr, shuningdеk nоgirоnlаrgа nisbаtаn yuksаk mеhr-shafqаtlilik nаmunаsini ko’rsаtаyotir.
O’zbеksitоn mustаqillikkа erishgаn kunlаrdа, аyniqsа yosh аvlоddа pоklik vа hаlоllik оdоbini mustаqillik ruhidа shakllаntirish vаzifаsi turibdi. Insоnning insоnligi uning hаlоlligi vа pоkligi bilаn o’lchаnаdi. Shuning uchun оtа-bоbоlаrimiz o’z fаrzаndlаrini hаmisha hаlоl vа pоk bo’lishgа dа’vаt etib kеlishgаn, ulаrgа hаlоl bilаn hаrоmni fаrqlаsh to’g’risidа nаsihаt qilishgаn. Bu musulmоn оdаmi, хususаn o’zbеk хаlqi аhlоq-оdоb qоnuniyatining аsоsini, bоshqаchа аytgаndа imonning nеgizini tаshkil etаdi. Pоklik vа hаlоllik esа imonning аsоsiy bеlgilаridаn biridir. Pоklik vа hаlоlliksiz imonli bo’lish mumkin emаs. Iyоnli bo’lishning o’zi esа insоnning pоkligi vа hаlоlligigа yo’g’rilgаnligidir. Pоk vа hаlоl bo’lmаgаn оdаmdаn ezgulik chiqmаydi, undа mеhr- shafqаt, оriyat, nоmus, sharm vа hаyo bo’lmаydi.
Bu dunyodа hаlоl vа pоk yashashni o’zi uchun hаyotiy e’tiqоd, оliy mаqsаd dеb bilаdigаn оdаmlаr ko’pchilikni tаshkil qilаdi. Аynаn аnа shundаy insоnlаr vа ulаrning ezgu ishlаri tufаyli bu yorug’ оlаmdа mа’nаviyat hаmisha bаrqаrоr bo’lib kеlmоqdа.
Hаlоllik vа pоklik hаyotdа o’z nоnini hаlоl mеhnаti bilаn tоpаdigаn, хоlis vа ezgu ishlаr bilаn el-yurtgа fоydа еtkаzаdigаn, tiriklik mаzmunini tеrаn аnglаb, nаfаqаt bugungi hаyot lаzzаtlаri, bаlki охirаt hаqidа, uning оbоd bo’lishi hаqidа o’ylаb yashaydigаn insоnlаrgа хоs hаyotiy mа’nаviy-аhlоqiy qаrаshdir.Shu bilаn birgа jаmiyatdа bundаy mа’nаviy-аhlоqiy qаrаshlаrgа mutlаqо qаrаmа-qаrshi bo’lgаn, pоklik vа hаlоllik izmidаn yurmаydigаn kishilаr hаm uchrаb turаdi. Bundаy kimsаlаr hаyotning mа’nо-mаzmuni hаqidа bоsh qоtirmаsdаn, bundаy sаvоllаr bilаn o’zini qiynаmаsdаn, fаqаt nаfs qаyg’usi vа o’tkinchi hоyu-hаvаsgа, huzur-hаlоvаtgа bеrilib, еngil-еlpi umr kеchirаdilаr, o’zining оtа-оnа vа fаrzаnd, el-yurt оldidаgi burchigа umumаn bеfаrq bo’lib yashaydilаr. Ko’rinаdiki, bu dunyodа kimdir Rаhmоn izmidа, ya’ni hаlоllik vа pоklik yo’lidа yursа, kimdir Shaytоn izmidа, ya’ni Rаhmоn izmidаn аdаshib nоpоk yo’ldаn yurаdi.
Birinchi Prezidentimiz I.А.Kаrimоv tа’kidlаgаnidеk: “O’z pеshonа tеri bilаn hаlоl turmush kеchirаdigаn insоn hаyotidаn mаmnun vа rоzi bo’lib, qаlbi vа yurаgi оsоyishtа, vijdоni pоk, ruhiy оlаmi bаrqаrоr bo’lib, elning hurmаtini qоzоnib yashaydi. Ikkinchi tоmоndаn, bu dunyodа еngil-еlpi, hаr-хil nоpоk yo’llаrgа bеrilib, insоniy burchini unutib, mоl-dunyogа intilib yashagаn оdаm, eng аchinаrlisi shuki, hаyotininig so’nggidа аrmоn vа nаdоmаtlаrgа bоtib o’z umrini tugаtаdi”.74 оnо hаlqimiz, g’аrаz vа hаsаd bilаn yashaydigаn, o’z shaхsiy mаnfааtigа o’zgаlаr hisоbidаn erishishni mа’qul ko’rаdigаn, fаqаt o’zini o’ylаydigаn kimsаdаn o’zi аsrаsin, dеydi.
Hаsаd insоn ruhiyatidаgi sаlbiy хususiyat sаnаlаdi. Оdаmzоd vа jаmiyat hаyotidа оg’ir аsоrаtlаr qоldirаdigаn hаsаd tuyg’usi аvvаlаmbоr bоshqаlаrni ko’rоlmаslik, ulаrning yutug’idаn quvоnish o’rnigа, qаndаydir ichki kuyinish, ichi qоrаlik оqibаtidа pаydо bo’lаdi. Muqаddаs kitоblаrimizdа hаsаd insоniylikkа mutlаqо zid bo’lgаn jirkаnch оdаt sifаtidа qоrаlаnаdi. Jumlаdаn, mubоrаk hоdisаlаrdа “Birоvgа hаsаd qilishdаn sаqlаning, chunki оlоv o’tinni qаndаy kuydirib tugаtsа, hаsаd hаm qilgаn sаvоb ishlаringizni хuddi shundаy kuydirib tugаtаdi”, dеb аytilgаni bеjiz emаs. Хudbinlik vа lоqаydlik, qаrindоsh-urug’chilik, mаhаlliychilik, mаnfааtpаrаstlik, bоshqаlаrni mеnsimаslik kаbi illаtlаr hаsаd singаri insоn imonliligi mеzоnlаrigа zid hоdisаlаr sаnаlаdi. Insоn mа’nаviy hаyotigа jiddiy хаvf sоlаdigаn yanа bir illаt- sоtqinlikdir. Tаbiаtidа sоtqinlik bo’lgаn оdаm rаhbаrlik kursisigа o’tirsа, u еrdа оsоyishtаlik yo’qоlаdi. Bundаy оdаmlаrdаn оgоh bo’lishimiz, ulаrgа yonimizdа o’rin bo’lmаsligi lоzim. Оlis vа yaqin tаriхimizdа nе-nе buyuk zоtlаr yuqоridа zikr etilgаn sаlbiy illаtlаr, хususаn hаsаd vа bахillik, ko’rоlmаslik, sоtqinlik tufаyli qаndаy аzоb-uqubаtlаrni bоshidаn kеchirgаni, sоg’lig’i, хаttо hаyotidаn judо bo’lgаnini аchchiq misоllаrdа ko’rishimiz mumkin. Bundаy kimsаlаrgа jаvоb shu, hаsаd qilib emаs, hаvаs qilib yashashni hаyotimiz qоidаsigа аylаntirishdir. O’z kuchigа ishongаn, ruhiy dunyosi, mа’nаviy оlаmi bаquvvаt bo’lgаn insоn bundаy sаlbiy illаtlаrgа chаlinmаydi. Yuksаk mа’nаviylik mеzоnlаri vа fаzilаtlаri ulаrgа kuch vа mаdаd bo’lаdi. Bаg’ri kеng, hаlоl, pоk, vijdоnli, mеhr-оqibаtli, el-yurtning g’аmu tаshvishi bilаn yashaydigаn kishilаrni хаlqimiz, аksinchа, bоshigа ko’tаrаdi vа bundаy оdаmlаr jаmiyat tоmоnidаn qаdr-qimmаt, hurmаt-e’tibоr tоpаdi.Ko’rinаdiki, imonning bаrchа mеzоnlаri аsоsidа pоklik vа hаlоllik yotаr ekаn. Mаnа shuning uchun hаm bizning оtа-bоbоlаrimiz pоklik vа hаlоllikkа аlоhidа e’tibоr bеrgаnlаr.Hаlоl- bu insоnlаr uchun Аllоh tоmоnidаn ruhsаt qilingаn yaхshi,ezgu аmаllаr, ijоbiy ishlаr, hаtti-hаrаkаtlаr mаjmuаsidir. Mеhnаt evаzigа tоpilgаn nаrsаlаr, shuningdеk pоk vа tоzа оziq-оvqаtlаr sirаsidir. Hаlоllikning yanаdа kеngrоq mа’nоdаgi jihаtlаri bu turmush vа оilаdаgi hаlоllik, o’zаrо muоmаlа-munоsаbаtdаgi hаlоllik, jаmоа оrаsidаgi hаlоllik, sаvdо-sоtiq vа do’st-yorlаr оrаsidаgi hаlоllik, mеhnаtgа munоsаbаtdаgi hаlоllik vа shu kаbilаrdir. Yurаgi pоk vа tоzа, hаlоl yo’ldаn yurgаn insоnlаr hаmisha хоtirjаm bo’lаdi, ko’ngli rаvshan, dоimо sihаt-sаlоmаt bo’lаdi. Хоrаzmlik qоmusiy оlim, buyuk аllоmа Mаhmud аz-Zаmахshariy nаsihаt qilаdi: “Hаlоl vа pоkizа kishi dоimо хоtirjаm tinchlikdаdir, birоvgа yomоnligu хiyonаt qilаdigаn kishi esа hаlоkаtgа giriftоrdir”.Hаyot аsоsаn оilаdаn bоshlаnаdi. O’zbеk хаlqidа “Qush uyasidа ko’rgаnini qilаdi”, dеgаn nаql bоr. Dеmаk, оtа-оnа hаlоl vа pоk bo’lsа, fаrzаndi hаm shu ruhdа kаmоl tоpаdi. Fаrzаnddаgi yaхshi fе’l vа аmаllаr hаlоl luqmаdаndir.
Хulоsа shuki, hаlоllik vа pоklik imonli bo’lishning аsоsiy sharti vа mеzоnidir. Insоndаgi hаlоl yoki yaхshi хususiyatlаr uning imonigа, ya’ni hаlоlligi vа pоkligigа bоg’liq. Insоn imonining pоkligigа shaytоn dоim rаhnа sоlib, uni yo’ldаn аdаshtirmоqchi, nоshar’iy yo’llаrgа sоlmоqchi, hаlоllik, pоklik yo’lidаn urmоqchi bo’lib qаlbidа g’ulg’ulа uyg’оtаdi. Shuni yaхshi esdа sаqlаshimiz kеrаkki, hаlоllik vа pоklik yonidа dоimо uni shu yo’ldаn оzdirmоqchi bo’lgаn shaytоniy vаsvаsа hаmrоh bo’lib yurаdi.Оzginа imon yo’lidаn tоyilishgа mоyillik bo’lsа, o’sha еrdа dаrrоv shaytоniy hissiyot bоsh ko’tаrаdi vа оhir оqibаt insоn qаlbini zаbt etishgа intilаdi. Shuning uchun dоimо imon, pоklik vа hаlоllik yo’lidа хushyor turishimiz kеrаk. Bu аyniqsа, bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish dаvridа nihоyatdа zаrur.
Yuqоridа shaхs mа’nаviy fаzilаtining аsоsiy mеzоn vа bеlgilаri ustidа fikr yuritdik. Ulаrning hаr birini insоn uchun bir mа’nаviy bеzаk, dеb bilmоq kеrаk. Shu o’rindа hаr bir insоn uchun nihоyatdа zаrur bo’lgаn bоshqа bir mа’nаviylik mеzоni ustidа to’хtаb o’tishni lоzim tоpdik. Uningsiz insоn bаrkаmоl bo’lа оlmаydi. U hаm bo’lsа, kаmtаrlikdir. Kаmtаrlik оdаmni mа’nаn go’zаllаshtirаdi, оbro’sini оshirаdi, do’stlаrini ko’pаytirаdi.Kаmtаrlik – insоn ichki mа’nаviy dunyosining nаmоyon bo’lishidir. Аgаr insоnning qоnidа, qаlbidа yumshoqlik, sаhоvаt, оdоb-аndisha, sharm-hаyo, оr-nоmus, оriyat bo’lmаsа, ming hаrаkаt qilmаsin, bаribir оdаmlаr ko’zigа kаmtаr bo’lib ko’rinа оlmаydi.
O’zbеk хаlqi urf-оdаtidа, milliy qаdriyatlаrimizdа tаkаbburlik qiluvchilаr, firibgаrlаr, mаqtаnchоqlаr, mаnmаnlаr kеskin qоrаlаnаdi. Kаmtаrgа kаmоl, mаnmаngа zаvоl, dеgаn o’gitlаr bеhikmаt emаs.Tаriхchi Хоndаmir “Mаkоrimul-аhlоq” kitоbidа: “Bоshinggа tаkаbburlik hаvоsini kеltirmа, chunki tаkаbburlik bilаn hеch kim birоr jоygа еtgаn emаs. Go’zаllаr zulfi kаbi shikаstlikni(kаmtаrlikni) оdаt qil, bu bilаn hаr nаfаsdа minglаb ko’ngilni оvlаysаn” – dеb ko’rsаtgаn edilаr.
Хullаs, hаr birimizni imon, pоklik vа hаlоllik, оr-nоmus, sharm-hаyo, kаmtаrlik, qo’yingki insоnni mа’nаviy jihаtdаn bеzоvchi go’zаl hulq-оdоb, аhlоq tаrk etmаsin.
Shirk (arabcha – sherik keltirish, Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish) – Alloh taologa xos bo’lgan sifatlarni Undan o’zgaga sobit qilish (ko’chirish)dir.
Shirkning shar’iy tushunchasi – Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir.
Shirkning turlari quyidagilar:
ibodatda shirk keltirish;
duoda shirk keltirish;
robbilikda shirk keltirish;
hukmda shirk keltirish;
mulk va sultondagi shirk keltirish;
xalq-yaratishdagi shirk keltirish;
itoatda shirk keltirish.
Kufr (arabcha – to’smoq, inkor etmoq) – imonsizlik, Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik.
Kufrga quyidagi jiddiy gunohlar va jinoyatlar kiradi:
shirk keltirish;
namozdan voz kechish;
sehrgarlik;
zinokorlik;
o’z joniga qasd qilish;
ichkilikbozlik;
qimorbozlik.
7 asrning 2-yarmida Xorijiylar ularga qo’shilmagan har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-8 asr boshlarida Murji’iylar tarkibidan “mo’tadil” oqim ajrab chiqib, ularning fikricha kufr sodir etgan kishi kofir bo’lmaydi va u musulmonlar safidan o’chirilmaydi, uning qilmishi haqida faqat Qiyomat kuni Allohgina hukm chiqara oladi deyiladi.
Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar. «Qur’on» - arabcha «qara’a» (o’qimoq) fe’lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204ta, 6232ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra - avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:
1. Makka davri (610-615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo’lgan suralarga «Nazmiy suralar» deb nom berganlar.
2. Makka davri (616-619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko’pchilik Habashistonga ko’chib ketgan muhitda nozil bo’lgan. Bu suralarda Ollohning «Rahmon» sifatida ko’p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v. va sahobalar ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga keng o’rin berilgan.
Tarixiy voqealar aniqroq ko’zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh davrga ajratish ma’qulroqdir:
1-Madina davri (622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v. Madinaga ko’chib kelganlaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv - Badr jangigacha nozil bo’lgan 4 sura bu davrga kiradi.
2-Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o’tgan bir yil ichida nozil bo’lgan 3 surani o’z ichiga oladi.
3-Madina davri (625 yil martida - 627 yil martigacha). Uhud jangidagi talofotdan keyin Xandaq jangigacha o’tgan ikki yil ichida 5 ta sura nozil bo’lgan.
4-Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so’ng Makkaning olinishigacha o’tgan salkam uch yil ichida nozil bo’lgan 8 sura shu davrga kiradi.
5-Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fath qilinganidan keyin Muhammad s.a.v. vafotlarigacha o’tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida nozil bo’lgan 4ta sura shu davrga kiradi.
Qur’onning jamlanishi. Muhammad alayhis-salom hayotlik chog’larida yana vahy tushib qolar degan umidda Qur’on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Payg’ambar vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Payg’ambardan so’ng musulmonlarga Abu Bakr (572-634) boshliq etib saylandi. Uning xalifalik davrida (632-634) mu’minlar va murtad(dindan qaytgan)lar o’rtasida shiddatli janglar bo’lib o’tdi. Ushbu janglarda Qur’onni to’liq yod olgan qorilar ko’plab shahid bo’ldilar. Shunda Umar ibn al-Xattob (585-644) Abu Bakrga «barcha qorilar shu zaylda o’lib ketaversa Qur’on nuqsonli bo’lib qolishi mumkin, shu sababli uni jamlab kitob holiga keltirish zarur» degan maslahatini beradi. Avvaliga Abu Bakr ikkilanib turadi, chunki bu ish Payg’ambar hayotlik paytlarida qilinmagan edi. Keyinroq Abu Bakr ham Qur’onni kitob shakliga keltirib qo’yish zarurligini anglab etdi va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib bu ishni unga topshiradi. CHunki, Zayd Payg’ambar alayhis-salom bilan juda ko’p birga bo’lgan, Qur’onni juda ham yaxshi yod olgan va Rasululloh huzurlarida yozgan. Payg’ambar umrlarining so’nggi yilida farishta Jabroil alayhis-salomga Qur’onni avvalidan to oxirigacha o’qib berganlarida birga bo’lgan edi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan bo’lgan sahifalarga yozib chiqdilar va bog’lab Abu Bakrning uyida saqlab qo’ydilar. Bu «suhuf» - sahifalar deb nomlandi. Abu Bakr olamdan o’tgandan keyin sahifalar Umar ibn al-Xattob uyiga, u olamdan o’tgandan so’ng, uning qizi - Payg’ambar alayhis-salom ayollari Hafsada qoldi.
Vaqt o’tishi bilan ko’plab xalqlar musulmonlikni qabul qilishi natijasida musulmonlarning soni ko’paya bordi. Turli tillar va shevalar o’rtasida mavjud farqlarga ko’ra Qur’onni qanday o’qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi. Bu holatni ko’rgan o’sha vaqtda xalifalik qilgan Usmon ibn Affon (644-656) Hafsa binti Umardan Abu Bakr va Umar davridagi suhuflarni so’rab olib undan nusxa ko’chirishga buyruq beradi.
Xalifa Usmon ibn Affon topshirig’iga binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur’on suralarini yig’ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur’on matnini jamlagan. Qur’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yil taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba’zi manbalarga ko’ra ettita nusxa ko’chirtirilib, yirik shaharlardan - Basra, Damashq, Kufaga jo’natiladi. «Imon» deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko’chirilgan nusxalar «Mushafi Usmon» deb ataldi.Nusxalar tayyor bo’lgandan so’ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bitta qori qo’shib jo’natdilar va hammaga faqat Qur’onning shu nusxasidan ko’chirishga buyruq beradi. Mazkur Qur’on 5553 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar o’lchami 68x53 sm., matn hajmi 50x44 sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv bitilgan. Ko’p varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz sahifalar bilan to’latilgan.
Tataristonlik islom olimi Shihobuddin al-Marjoniyning (1818-1889) aytishicha, Qur’onni qayta tiklash Samarqandda joylashgan «Mug’ak masjidi» imomi Abdurrahim ibn Usmon (vaf. 1838 y.) tarafidan bajarilgan.Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutoala qilib o’tirganlarida o’ldirilgan. U kishining qoni Qur’onga to’kilgan. Shu tufayli ham Usmon Qur’oni asl nusxaligi va xalifa qoni to’kilganligi bilan musulmon dunyosida muqaddas kitob hisoblanib, alohida e’tiborga sazovordir. Bizdagi, ya’ni Toshkent shahridagi Usmon Qur’onida ham qon izlari bo’lib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud.
Usmon Qur’oni ruslar O’rta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xo’ja Axror madrasasida saqlanar edi. Qur’onning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq o’rtasida har xil rivoyatlar mavjud. Ulardan birida muqaddas kitobni Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiy (976 yili vafot etgan, Toshkentda dafn qilingan) Bag’doddan olib kelgan deb hikoya qilinadi. Avlodlar osha Abu Bakr Qaffol Shoshiy merosxo’rlaridan Xo’ja Ahror qo’liga o’tgan va u kitobni o’zi qurdirgan madrasaga qo’ydirgan. Ikkinchi bir rivoyatda esa Xo’ja Ahror muridlaridan biri Makkadan haj qilib qaytayotganida Istambulga kiradi va borib Sultonni og’ir hastalikdan davolaydi. Sulton minnatdorchilik bildirib, unga Qur’onni tortiq qiladi.
Bizning va arabshunos olimlarning fikricha bu Qur’on sohibqiron Temur tomonidan Basradan ko’plab qo’lyozma kitoblar va boshqa o’ljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo’ydirilgan. Temuriylar davridagi o’zaro kelishmovchiliklarda Temur kutubxonasi yondirilib yuborilgan. Tasodifan shu nusxa omon qolgan. Qur’onni chuqur ilmiy taftish etgan Sankt-Peterburglik Sharqshunos olim A.V.Shebunin fikricha, Qur’on Basradan Sohibqiron Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan. chunki, Shebunin Parij, Berlin va Makkadagi boshqa nusxalariga solishtirib, bizdagi Qur’onning Basra nusxasi ekanligini isbotlab berdi. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi.Ming afsuslar bo’lsinkim, 1868 yilda rus askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan xalqimizning moddiy, ma’naviy boyliklariga tajovuz boshlandi.
Albatta bu tajovuzdan muqaddas hisoblangan qabr toshlari, maqbara ichidagi yodgorliklar ham, musulmonlarning shoxona mulki Usmon Mushafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Qur’onini tezlikda bekitib Buxoroga jo’natmoqchi bo’ladilar. Biroq bu xabar Zarafshon o’lkasining boshlig’i general Abramov qulog’iga etib, «fan uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qo’ldan chiqarmaslik uchun hamma chora ko’rilsin» deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qur’onni general Abramovga keltiradi. Abramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-gubernatori K.N.Kaufmanga etkazadi. U o’z navbatida zudlik bilan 1869 yil 24 oktyabrda Peterburgga - Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi.
Rus ishbilarmonlari qulay fursatdan foydalanib Qur’on tufayli boylik orttirish yo’liga o’tdilar. Masalan: 1895 yili 2000 nusxada Qur’onning bir varag’i chop etildi. 1905 yili esa Ilyos ibn Ahmad Shoh «Yosin» surasining fotonusxasini chiqardi. Shu yili S.Pisarev Qur’onni faksimilda 50 nusxa chop etib, 25 nusxasini sotishga chiqardi. Har bir nusxasiga 500 so’m baho qo’yildi. U Qur’onni asl nusxasiga o’xshatish uchun xajmini ham eskicha qoldirdi. Hozir faksimil nusxadan jumhuriyatimizda ikkita bo’lib, biri O’zbekiston musulmonlari diniy idorasining asosiy kutubxonasida, ikkinchisi - Temuriylar tarixi muzeyida saqlanadi.
Oktyabr to’ntarishidan so’ng Butunrossiya musulmonlar jamiyati nomidan Usmon To’qumboev RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon Qur’oni o’z egalariga, ya’ni musulmonlarning O’lka s’ezdiga topshirilishini talab qiladi. RSFSR XKS tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib, Qur’on ular ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi podsho kutubxonasining «nodir qo’lyozmalar» bo’limidan olinib, Butunrossiya musulmonlar jamiyati raisi U.To’qumboev javobgarligi ostida Ufa shahriga jo’natiladi. Qur’on 1923 yilgacha Ufada saqlanadi.
1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqo’mi Usmon Qur’onini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. 1923 yil 18 avgustda Toshkentdan Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xo’ja Ahror jome’ masjidiga topshiriladi.
Muqaddas yodgorlikni o’z eliga keltirish uchun Ufa shahriga maxsus komissiya yuborildi. Komissiya tarkibida Sultonxo’ja Qosimxo’jaev, Sharqshunos olim, professor A.Z.Shmitd va din peshvolaridan 3 vakil bor edi. Komissiya maxsus vagonda, askarlar qurshovida, Qur’onni eson-omon Toshkentga keltirdilar. Shundan keyin Qur’on 1923 yil 18 avgustda Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xo’ja Ahror jome masjidiga topshiriladi. Lekin ko’p o’tmay Qur’onni eski shahar muzeyiga keltiradilar va u maxsus po’lat sandiqda saqlana boshlanadi. Eski shahar muzeyi Birinchi o’zbek muzeyiga aylantirildi. Muzey 1926 yilning 1 yanvaridan ochildi. 1926 yilning faqat bir oyi ichida muzeyni 4000dan ortiq kishi kelib ko’rgan.
Qur’onga Sharqning juda ko’plab olimlari tomonidan turli tafsir(sharh, izoh)lar yozilgan. Qur’on XII asrdan boshlab Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlagan. XVIII asr boshlarida Yevropa xalqlari tillaridan, XIX asr o’rtalarida arabcha asl nusxasidan rus tiliga tarjima qilingan. G.S.Sablukovning arabchadan dastlabki tarjimasi Qozonda 3 marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan. Akademik I.Yu.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan Qur’onning ilmiy izohlari bilan rus tilidagi adekvat (so’zma-so’z) tarjimasi mashhurdir. Bu tarjima uning vafotidan keyin 1962 va 1986 yillarda nashr etilgan.
Mamlakatimiz mustaqil bo’lganidan so’ng o’zbek tiliga davlat maqomi berildi. Davlat ish qog’ozlari, ko’plab darslik va qo’llanmalar o’zbek tilida yozila boshlandi. Shu qatori Qur’oni Karimni ham o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishildi. 1992 yilda Qur’on o’zbek tiliga Alouddin Mansur tarafidan tarjima qilindi va «Cho’lpon» nashriyotida ko’p nusxada chop etildi.
Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik, shofеiylik va hanbaliylik. Hanafiylik mo’’tadil mazhab. Ijtihоd, fatvо masalalari. Mazhabga ergashish. Mazhablar оrasidagi farqlar. Mazhabsizlik.
Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi. Islomda asosan ikki yo'nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo'lib, ularning har birida turli masalalar bo'yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo'nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo'linib ketgan.
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash'ariy; Moturidiy ta'limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur'oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat - Muhammad (S.A.V.) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.
3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir.
4. Qiyos- ya'ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda, shunga o'xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomning lug'aviy ma'nosi "Buyuruvchining farmoni va taqiqiga e'tirozsiz bo'ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning istilohniy ma'nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg'ambarlar insonlarga Islom dinidan ta'lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg'ambar yo'llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to'g'ri yo'ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir.
Shariat - to'g'ri yo'lga solmoq, qonunchilik yo'naltirmoq, ibodat yo'llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir.
Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o'z payg'ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq" ma'nosini bildiradi. "Fiqh"ning shariat istilohidagi boshqa ta'rifida "Shar'iy dalillardan qar'iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta'rifdagi "shar'iy dalil" Qur'oni karim va hadisi sharifdir. "Shar'iy hukm" esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda shar'iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo'ladi. Zamonlar o'tishi bilan, Al-istinbat - chiqarib olish, sug'urib olish uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida qat'iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo - ya'ni, yetuk ulamolarning o'zaro kengashib bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan - usuli fiqh - ya'ni, musulmon huquqshunosligi vujudga keddi. Mazhab so'zi arabcha “yo'nalish” ma'nosini bildirib, Islom atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo'yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan yo'nalishidan borish" (arabcha - zaxaba 'ala mazhabixi)ni bildiradi.
Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik, shofеiylik va hanbaliylik. 1.Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805 yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090 yil) "Al-Mabsut" nomli sharh yozdi.
2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya'ni "Barchaga tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854 yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o'rin tutadi.
3. Shofe'iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir.
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi.
Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fikh paydo bo'lishining ilk davridayoq, ikki yo'nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo'lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy an'analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 yillarda yashagan. Ma'lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo'lgan, Payg'ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738 y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo'lgan.
Abu Hanifa kufalik bo'lib, o'zining ismi No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro'li faqihi hisoblangan. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko'chib o'tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag'dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat'iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo'ysundirish uchun yoshi va obro'siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko'p o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma'lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo'lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.
Hanafiy mazhabi ta'limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o'zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo'lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o'z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to'lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o'zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o'zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo'rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog'at yoshiga yetgan inson mustaqil bo'lib, o'z mulkini o'zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir. Uning shogirdlaridan “Assohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylar mazhab ta'sirini o'z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) Bag'dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qoziu al-quzot (bosh qozi) sifatida xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo'lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to'plash va davlatniyg moliyaviy masalalari bo'yicha qarorlar to'plami vazifasini o'tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (749-804) hanafiy mazhabining huquqiy nazariyasini yozib qoldirgan allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo'lida ta'lim olgan. Muhammad ash-Shayboniy qisqa muddat qozi bo'lgan, so'ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o'sha yyerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", "Al-jomi as-sag'ir", "As-siyar al-kabir", "As-siyar as-sag'ir" va "Az-ziyodot") X asrda Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim ash-Shahid nomi bilan ma'lum alloma) tomonidan "Al-Kofiy" unvoni bilan bir jildga to'planadi.
Molikiy mazhabi, Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko'pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg'ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo'ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog'lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja'far as-Sodiq (vaf. 765 y.) ham bo'lib, keyinchalik u shialikning ja'fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o'qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o'zi ipak matolari savdosi bilan shug'ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo'lida islomiy ilmlarni o'rgangan. Shu yyerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo'lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo'rozlar va qo'chqorlar orasidagi urush emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe'inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o'zining "Al-Muvatta'" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-Shayboniy" va Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar yetib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800 y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan.
Huquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi o'z yo'nalishiga ko'ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o'rniga munosabatiga ko'ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o'z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo'l bermaydi. Molikiy mazhabining vatani Madina bo'lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o'z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud.
Shofe’iy mazhabi, bu mazhab jug'rofiy mintaqa mahsuli bo'lmasdan, ikki o'zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg'ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo'lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe'iy uning asoschisi bo'ldi. Shofe'iy 767 yili Falastin (G'azza)da tug'ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. Shofe'iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat shofe'iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o'zga mazhablar orasidagi ko'plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas'ud orasidagi ixtilof, Shofe'iy va Molik qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o'z aksini toptan.
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo'lgani uchun u yyerda bu ta'limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko'p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o'z diniy urf-odatlarida shofe'iy an'analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar.
Hanbaliy mazhabi, Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag'dodda tug'ilib, shu yyerda 855 yili vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko'p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan.
Bu mazhabning o'zgalarga nisbatan ko'proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur'on oyatlari martabasigacha ko'tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to'g'ridan-to'g'ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya - 1350 y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur'on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq bo'lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo'yicha hukm chiqarish.
Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan boshlang'ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z izdoshlariga ega.
Shialik yo'nalishidagi mazhablar: Ismoiliy mazhabi - shia yo'nalishining Ismoiliy mazhabi X-XI asrlarda Yaqin va O'rta Sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal guruhlar o'rtasida kurash va xalq qo'zg'olonlarining kuchayishi bilan bog'liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo'lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja'far as-Sodiqning katta o'g'li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi. Ularning ta'limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) ta'limotlarga bo'lindi.
Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg'oniston shimolida, Pomirda, musta'liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan.
Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko'pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri bo'lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko'chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo'lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka'ba)ga ziyoratni, unga sig'anishni bid'at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o'z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash'asshshg o'g'li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo'lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to'lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan.
Rofiziy mazhabi, Rofiziylar (ko'pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo'lib, "inkor etuvchilar", "tan olmovchilar" ma'nolariga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg'ambar o'zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da'vo qiladilar. Ali avlodlaridan bo'lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog'liq zaydiya shia harakati paydo bo'ldi. Zayd 739 yili Kufada Umaviylarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi, shialar uning atrofiga yig'ilib, uni imom deb e'lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo'zg'oloni bostirilib, Zayd 740 yili 6 yanvar kuni jangda halok bo'ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo'lgandan keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar.
Zaydiy mazhabi, Zaydiy mazhabi VIII asr o'rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo'lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan.
Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo'lgan shialar ichidan Zayd o'z tarafdorlarini to'plab, 739 yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko'targan, 740 yilda xalifa Hishom qo'shinlari bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko'targanlar.
Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o'z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o'rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo'lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la'natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig'inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar.
Ja'fariy mazhabi, Ja'fariy mazhabi shia yo'nalishidagi diniy-huquqiy tizimga kirib, 12 imomga e'tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja'far as-Sodiq (vafoti 765 yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo'lib, bunda imom Ja'farning deyarli roli bo'lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay, shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja'fariya, deb nomlanadi.
Ja'fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquq tizimiga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o'rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta'sirga ega. Shialikdagi mazhablardan birining nomi, o`n ikki imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimi «ja’fariylar» deb ataladi. Oltinchi imom, shialik fiqhi asoschisi Ja’fari Sodiq nomi bilan bog`liq. Shialikning diniy-huquq majmuasi hozirgacha «ja’fariya» deb yuritiladi. Ja’fariya milodiy 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o`rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega.
Xorijiylar, "Xaraja" - "fe'lidan chiqmoq" mazmunida bo'lib, "xorijiylar ajralib chiqqanlar", "isyonchilar" ma'nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Siffin yaqinida 657 yili xalifa Ali Muaviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko'nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o'rtasida norozilik tug'irgan. Qo'shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib Kufadan Harura degan qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba'zi ilk manbalarda ular haruriylar, deb ham yuritiladi.
Yo'nalish ta'limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo'ysunadi, har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo'lsa ham) xalifa bo'lib saylanishi mumkin, agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo'shatiladi va hatto qatl qilinadi. E'tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E'tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga qarshi turganlar.
Zaydiylar. Milodiy sakkizinchi asr o`rtalarida shialikda vujudga kelgan bir firqa tarafdorlari «zaydiylar» deb atalgan. Bu firqaga shialarning beshinchi imomi Muhammad Boqirning ukasi Zayd ibn Ali asos solgan. U imomlikka da’vogar bo`lib, milodiy 739 yili Kufada umaviylar hokimiyatiga qarshi isyon ko`targan. Xalifa Hishom isyonni bostiradi, Zaydning o`zi jangda halok bo`ladi. Zaydiylar Ajamdan bir payg`ambar kelishiga va u Payg`ambarimizning (s.a.v.) shariatlarini nasx (bekor) qilishiga ishonganlari uchun Islomdan tashqarida qoldi, kufri vojibdir deyiladi.
Ijtihоd, fatvо va mazhabga ergashish masalalari. Barcha musulmonlar o`z millati, tarixini yaxshi o`rganishi va bu muhtasham tarixdan o`zi uchun kerakli saboqlar olib borishi lozim. Jumladan, bir marta sodir etilgan xatoni qayta takrorlamasligi kerak. Ana shunday takrorlanmasligi lozim ishlardan biri o`zaro ixtilof qilmaslikdir.
Tariximizga nazar soladigan bo`lsak, ixtilof doimo katta musibatlarga sabab bo`lgan. Tariximizni yaxshi o`rgangan har bir kishi hozirgi kundagi ixtiloflar va ular tufayli kelib chiqayotgan musibatlarni ko`rib, eski hodisalar aynan takrorlanayotganini bilib, qattiq afsus qiladi.Qadimgi tariximizga nazar solishni davom ettiradigan bo`lsak, musulmon ummati ayni o`zaro ixtiloflarga chek qo`yish uchun omma xalq fiqhiy mazhablarga ergashishi lozimligini qattiq ta’kidlagan edi. Hamma bir xil bo`lishi, bir xil o`ylashi mumkin bo`lmaganidan ham bir emas, to`rt fiqhiy mazhabni haq, deb tan olgan edi. Shu bilan birga e’tirof qilingan mazhablarga ergashuvchilar bir-birlarini hurmat qilishlari lozimligi qayta-qayta ta’kidlangan edi. Qolaversa mazhablararo ixtilof qilish haromligiga alohida ahamiyat berilgan edi.O`tgan azizlarimiz o`zlarining yashab turgan holatlaridan kelib chiqib, xususan, o`sha zamonning mustabid hokimlari shariatni o`z xohishlariga burishga tama’ qilmasinlar, deb ijtihod eshigini berkitgan, hamma muayyan fiqhiy mazhabga ergashsin, degan ittifoqqa kelgan edilar. Butun boshli Islom ummati bu ijmo’ni mamnuniyat bilan qabul qilgan edi.
Makkai Mukarramada joylashgan, dunyodagi eng mo`’tabar musulmon tashkiloti bo`lmish Robitai Olami Islomiy huzuridagi Islom fiqhi Akademiyasi qarorini e’tiboringizga havola qilishdan oldin Robitaning ta’sis majlisiga ham, Fiqh Akademiyasiga ham Saudiyaning bosh muftisi, Shayx Abdulaziz Ibn Boz raislik va u kishining bir necha safdoshlari a’zolik qilishlarini ta’kidlab o`tmoqchimiz. Chunki mazhabni inkor qiluvchilarning ko`plari o`sha kishilarga ergashishlarini da’vo qiladilar. Biz quyida keltirilgan hujjatlar bilan tanishilgach bu da’vo qanchalik to`g`ri ekanligi ayon bo`lar, degan umiddamiz.
Islom fiqhi akademiyasining 1408 hijriy sanada bo`lib o`tgan o`ninchi yillik majlisda qabul qilingan mazhablar o`rtasidagi fiqhiy xiloflar va mazhabga mutaassiblik qilish haqida aniq qarashlar ilgari suriladi. Jumladan: “Allohning yolg`iz O`ziga hamdlar bo`lsin. Ortlaridan nabiy yo`q, sayyidimiz va nabiyyimiz Muhammad alayhissalomga salovotu durudlar bo`lsin. Ammo ba’d: Robitai Olami Islomiy qoshidagi Islom Fiqhi Akademiyasi kengashi o`zining Makkai Mukarramada, 1408 h.s. 24 safar. (1987 m.s. 17 oktabr) shanba kunidan 1408 h.s. 28 safar (1987 m.s. 21 oktabr) chorshanba kunigacha bo`lib o`tgan o`ninchi yillik majlisida ergashiladigan mazhablar orasidagi fiqhiy xiloflar va ba’zi bir mazhab atbo’lari tomonidan sodir bo`ladigan, mo`’tadillik chegarasidan chiqadigan va hatto boshqa mazhablarga hamda ularning ulamolariga ta’na toshi otishgacha etib boradigan ko`ngilsiz taassuf masalasini ko`rib chiqdi. Majlis o`sib kelayotgan hamasr avlodning aqlida va tasavvurida mazhablar orasidagi ixtiloflar haqida oriz bo`ladigan muammolarni tekshirib chiqdi. Ko`pincha, o`sha(yosh)lar bu muammolarning ma’nosini ham, asosini ham bilmaydilar. Natijada, ba’zi adashtiruvchilar, modomiki, Islom shariati bitta bo`lsa, uning asli Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada sobit bo`lgan bo`lsa, nima uchun mazhablar ixtilof qiladilar, nima uchun ular birlashtirilib, musulmonlar bitta mazhabda bo`lmaydilar va bir xil shar’iy mazhabga ergashmaydilar, deb ko`pchilikni yo`ldan ozdirishga harakat qiladilar. Shuningdek, majlis mazhabiy mutaassibchilik va undan kelib chiqadigan muammolarni, xususan, bugungi kunda paydo bo`lgan, yangi ijdihodiy yo`l tutishga da’vat qilayotgan, Islom ummati qadimgi islomiy asrlardan beri qabul qilib kelayotgan mavjud mazhablarga va ularning ulamolariga til tekkizayotgan, kishilar orasiga fitna solayotgan xatokor yangi yo`nalishlar haqidagi masalani ham ko`rib chiqdi.
Majlis mazkur masalani, uning sabablarini va undan kelib chiqadigan zalolatu fitnalarni atroflicha o`rganib chiqib, ikki tomonga-adashtiruvchi va mutaassiblarga quyidagi bayonotni eslatma tarzida yo`llashga qaror qildi.
Birinchidan: mazhablar ixtilofi haqida: Musulmon yurtlaridagi fikriy mazhablar orasidagi mavjud ixtiloflar ikki xildir:
(a) Aqidaviy mazhablar orasidagi ixtilof.
(b) Fiqhiy mazhablar orasidagi ixtilof.
Birinchi xildagisi, e’tiqodga oid ixtilofdir. Bu ish voqe’likda Islom yurtlariga balo-ofatlar olib kelgan, musulmonlarning safini buzgan va tafriqaga solgan katta musibatdir. Bu juda ham afsuslanarli va bo`lmasligi vojib ishdir. Islom ummati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlaridagi va roshid xalifalar davridagi salomat va pok islom fikrini tamsil qiluvchi «Ahli sunnat val jamoat» mazhabida jam bo`lmog`i lozimdir. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning O`zlari: «Sizlarga Mening sunnatimni va roshid xalifalarning sunnatini tutmoqlik lozimdir. Bas uni mahkam tutinglar», deb e’lon qilganlar.
Ikkinchisi, fiqhiy mazhablarning ba’zi masalalarga oid ixtilofidir. Buni taqozo qilgan ilmiy sabablari bor. Bu ishda Alloh Taoloning katta hikmati, jumladan, bandalariga rahmat va shar’iy dalillardan hukm chiqarishga keng yo`l ochish bordir. So`ngra bu narsa bir ne’mat va fiqhiy-qonuniy boylik bo`lib, Islom ummatiga diniy va shar’iy ishlarda kenglik yaratib beradi. Shunda birgina, boshqasiga o`tib bo`lmaydigan shar’iy tatbiq ila chegaralanib qolinmaydi. Balki, ummatga ba’zi vaqtlarda va ishlarda faqih imomlardan birlarining mazhabi torlik qilib qolsa, boshqa mazhabda kenglik, yumshoqlik va osonlik topiladi. Mazkur narsa ibodatga, muomalotga yoki oila, mahkama va jinoiy ishlarga hamda hayotning boshqa sohalariga oid bo`lishi mumkin.
Mazhablarning ushbu ikkinchi xildagi ixtilofi-fiqhiy ixtilofdir. Bu dinimizning kamchiligi ham, dinimizdagi qarama-qarshilik ham emas. Bundoq ixtilofning bo`lmasligi mumkin ham emas. O`zining komil fiqhi, ijtihodi va qonuniy nizomiga ega bo`lgan har bir ummatning fiqhiy ijtihodiy ixtilofi bo`lmay iloji yo`q.
Alloh sayyidimiz Muhammadga va U zotning Oli-lariyu ashoblariga ko`plab salovotu salomlar yo`llasin. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo`lsin.
(Hujjat «Islom Fiqhi Akademiyasi majallasi»ning sakkizinchi sana, o`ninchi sonidan so`zma-so`z tarjima qilindi.)
Albatta, jahondagi eng mo`’tabar islomiy tashkilotlardan biri bo`lmish Robitai Olami Islomiyning Islom Fiqhi Akademiyasi kengashining ushbu bayonotidan keyin o`zini bilgan har bir musulmonda fiqhiy mazhabni haq ekanligida va ularni ehtirom qilish zarurligida hech shubha qolmasligi lozim. Shu ila gapga xotima yasasak bo`lardi. Lekin... Lekin hozirda mazhabni inkor etib, mujtahid ulamolarimizga ta’na toshi otib turgan birodarlarimiz, «bu hujjatga qariyb o`n yil bo`libdi. Uning ustiga shayx Ibn Boz va u kishining hamfikrlariga qo`shilib, hujjatga ba’zi «mazhabparast» mutaassiblar ham imzo qo`ygan. Bu esa hujjatning kuchini yo`qotadi», deb qolishlari e’tiboridan xotimani ortga surib turamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |