Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Download 0,67 Mb.
bet172/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto “tabiatni qutqarish” degan so’zlarni tez-tez eshitamiz. Xo’sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo’ysundirganidek bo’ysundirishi, “olamni o’zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha stivilizastiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o’zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko’raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o’simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg`unligidir. Biz esa tabiatga bo’lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to’ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg`unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda “Ona-tabiat” deb ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo’ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo’ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig` yashashni tavsiya etadilar. Shahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda tabiat qo’yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim “onamiz” qo’yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go’zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so’ng yana hammasini unutamiz, tag`in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? Chunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. Shu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun “falonchining tabiati o’zi shunaqa”, yoki muayyan hayvon yoxud o’simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni “tabiatan o’zi shunday” deyish bilan muammoga nuqta qo’yamiz. Zero tabiat olamiy kubromi (katta olammi), olami sug`romi (kichik olammi), ya’ni odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo’r berib o’qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ`ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go’zalligiga beg`araz munosabatda bo’lishni o’rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go’zallik va ulug`vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong`u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o’tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog`larni faqat “biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim.
Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog`liqligi. Dizayn estetikasi. Ko’rib o’tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda olisdan o’rab turgan biologik muhitning hayotimizni go’zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo’lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam “insoniylashtirib” borish muammolarini o’rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko’tarilgan, jismonan esa – go’zallashgan. Texnikani ana shu go’zallashgan inson yaratgan. Shu o’rinda imom G`azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “Yaratilgan yaratganiga o’xshaydi”, degan so’zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o’ziga o’xshashini istasa, inson ham o’z ijodi mahsulining o’ziga o’xshash bo’lishini xohlaydi. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go’zal bo’lsa, shunga qarab o’zgarib boradi.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish