Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Yetarli asos qonuni va uning bilishdagi roli



Download 0,67 Mb.
bet127/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Yetarli asos qonuni va uning bilishdagi roli
Bizning qandaydir fakt, hodisa, voqea haqidagi fikrlarimiz chin ѐki xato bo‘lishi mumkin. Biz chin fikrni bildirishda uning chinligini asoslab berishimiz, ya’ni uning voqelikka mosligini isbotlashimiz kerak. Masalan, iqtisodiy yakunlar haqida hisob beraѐtgan xodim dalillarni keltirishi, o‘z tasdig‘ining chinligini asoslashi lozim. Aks holda hisobot asossiz bo‘ladi.
Yetarli asos qonuni fikrning isbotlangani, asoslanganligiga doir talabni ifodalaydi: har qanday fikr agar yetarli asosga ega bo‘lsa, unda u chin deb e’tirof etiladi. Agar b mavjud bo‘lsa, unda uning asosi a ham mavjuddir.
Insonning shaxsiy tajribasi fikrlarning yetarli asosi bo‘lishi mumkin. Ayrim hukmlarning chinligi ularni voqelikdagi faktlar bilan bevosita taqqoslash yo‘li bilan tasdiqlanadi. Masalan, jinoyatning guvohi bo‘lgan kishi uchun u o‘zi guvoh bo‘lgan jinoyat faktining o‘zi “N. jinoyat sodir etdi”, degan hukmning chinligini asoslash bo‘ladi. Lekin shaxsiy tajriba cheklangandir. Shuning uchun inson o‘z faoliyatida boshqa kishilarning tajribasiga, masalan, u ѐki boshqa hodisa guvohlarining ko‘rsatmalariga tayanishiga ham to‘g‘ri keladi.
Ilmiy bilimlarning rivojlanishi tufayli inson butun insoniyatning qonunlar va fan aksiomalarida, kishilik faoliyatining har qanday sohasida amal qiladigan tamoyillar va qoidalarda mustahkamlab qo‘yilgan tajribasidan o‘z fikrlarini asoslash sifatida tobora kengroq foydalanmoqda.
Qonunlar, aksiomalarning chinligi insoniyat amaliѐti tomonidan tasdiqlangan va shuning uchun ular yana yangidan isbot qilinishga muhtoj emas. Qandaydir xususiy holatni tasdiqlash uchun uni shaxsiy tajriba ѐrdamida asoslab o‘tirishga zarurat bo‘lmaydi. Agar, masalan, bizga Arximed qonuni (suyuqlikka botirilgan har bir jism o‘z vaznida o‘zi siqib chiqargan suyuqlik vazniga teng bo‘lgan vaznini yo‘qotadi) ma’lum bo‘lsa, unda qandaydir buyumning qancha vazn yo‘qotishini aniqlash uchun uni suyuqlikka solib o‘tirishga hech qanday hojat qolmaydi. Arximed qonuni har qanday xususiy holatni isbotlash uchun yetarli asosdir.
Biz o‘z qonunlari va tamoyillarida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy amaliѐtini mustahkamlab qo‘yadigan fan tufayli o‘z fikrlarimizni asoslash uchun har safar ham ularni tekshirishga majbur bo‘lmaymiz, balki ularni belgilab qo‘yilgan qoidalarga tayanish yo‘li bilan mantiqiy jihatdan asoslaymiz.
Shunday qilib, har qanday boshqa, ilgari tekshirilgan va belgilab qo‘yilgan hamda ushbu fikrning haqiqiyligini asoslaydigan fikr qandaydir fikr uchun yetarli asos bo‘ladi.
Agar a hukmning haqiqatligi b hukmning haqiqiyligi uchun asos bo‘ladigan bo‘lsa, unda a b uchun asos bo‘ladi, b esa – ushbu asosning oqibati bo‘ladi.
Asoslanganlik – mantiqiy tafakkurning g‘oyat muhim xususiyatidir. Biz nimanidir tasdiqlaydigan, boshqalarni nimagadir ishontiradigan barcha hollarda o‘z hukmlarimizni isbotlashimiz, o‘z fikrlarimizning haqiqatligini tasdiqlaydigan yetarli asoslarni keltirishimiz kerak. Ilmiy tafakkurning noilmiy, isbotlanmasligi, har xil qoidalar va aqidalarni ishonarli deb qabul qilaverishi bilan tavsiflanadigan tafakkurdan tub farqi ana shundan iboratdir. Bu e’tiqodga tayanadigan diniy tafakkurga ayniqsa xosdir.
Yetarli asoslilik qonuni turli xil xurofot va bid’atlarga aslo mos kelmaydi. Mazkur qonun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U diqqat-e’tiborni ilgari surilgan qoidalarning haqiqatligini asoslaydigan hukmlarga qaratish bilan chinni xatodan ajratib olish va to‘g‘ri xulosa chiqarishga ѐrdam beradi.
Yetarli asos qonunining amaliѐtdagi ahamiyati, jumladan, quyidagilardan iborat. Sud ѐki tergovning har qanday xulosasi asoslangan bo‘lishi kerak. Masalan, ayblanuvchining aybi haqidagi tasdiqni o‘z ichiga oladigan har qanday ishga doir materiallarda ayblov uchun yetarli asos bo‘ladigan ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Aks holda ayblov to‘g‘ri deb e’tirof etilishi mumkin emas. Hech istisnosiz barcha hollarda sudning dalillangan hukmi ѐki qarorining chiqarilishi protsessual huquqning g‘oyat muhim tamoyili bo‘lib hisoblanadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish