Sillogizmning birinchi figurasida o‘rta atama (M) katta asosning subyekti, kichik asosning predikati o‘rnida keladi. Bu quyidagi sxemada ifodalaniladi:
M-------R
S-------M
S---P
O‘rta atamaning asoslarda bunday o‘rin olishi ularning o‘zaro . moduslarda bog‘lanishini belgilaydi: AAA; YEAYE; AJJ; YEJ0.
Bundan mazkur figuraning quyidagi maxsus qoidasi kelib chiqadi:
Katta asos umumiy (A, YE), kichik asos tasdiq (J, A) hukmlar bo‘lishi zarur. Masalan: «Hamma sut emizuvchi hayvonlar (M) umurtqalidir (R).
Kit (R) sut emizuvchidir (M)
Kit (S) umurtqalidir (R)».Mazkur qoidaning buzilishi noto‘g‘ri xulosa chiqarishga olib keladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun ushbu qoida talabiga xilof fikr yuritib ko‘raylik. Masalan: «Ba’zi sut emizuvchi hayvonlar suvda yashaydi.
Baliq sut emizuvchi emas.
Demak, baliq suvda yashamaydi».
YEAYE- Se1agent modusi.
YE – Hech bir yordamchi so‘zlar (M) kelishikda turlanmaydi (R).
A – Ko‘makchilar (S) yordamchi so‘zlardir (M).
YE Demak, ko‘makchilar (S) kelishikda turlanmaydi (R).
AJJ –Dari modusi.
A – Barcha axloqiy tamoyillar (M) umuminsoniy ahamiyatga ega (R).
J – Ba’zi estetik kategoriyalar mazmuni (S) axloqiy tamoyillar orqali anglashiladi (M).__________________________
Demak, ba’zi estetik kategoriyalar mazmuni umuminsoniy ahamiyatga ega .
YEJO – G‘yerio modusi.
E «Hozirgi davrning hech bir global muammolari (M) jahon hamjamiyati hamkorligisiz hal bo‘lmaydi (R).
J Ba’zi mintaqaviy muammolar (S) hozirgi davrning global muammosi hisoblanadi (R)._________________________________________
O Demak, ba’zi mintaqaviy muammolar (S) jaxrn hamjamiyatining. hamkorligisiz hal bo‘lmaydi (R).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan birinchi figura moduslarining sxemasi:
MAR MAR MER MER
SAM SJM SAM SJM
SAR SJR SER SOR
Sillogizmning ikkinchi figurasida o‘rta atama katta va kichik asoslarning predikati o‘rnida keladi. YA’ni:
R------ M
S------ M
S - R emas.
Mazkur figuraning quyidagi ikkita qoidasi mavjud: 1) katta asos umumiy hukmlar (A, YE); 2) asoslarning biri inkor (YE, O) hukm bo‘lishi kerak. Masalan:
«A- Hamma tabiat qonunlari (R) stixiyali amal qiladi (M).
O – Qiymat qonuni (S) stixiyali amal qilmaydi (M).
O – Qiymat qonuni (S) tabiat qonuni emas» (R).
Mazkur qonunning biri buzilsa, xulosa xato yoki noaniq bo‘ladi. Masalan:
A – «Metallar elektr toki o‘tkazadi.
J - Suv metalldir
J- Suv elektr toki o‘tkazadi.
Ko‘rinib turibdiki, bunda asoslarning biri inkor hukm bo‘lishi kerak, degan qoida buzilib, katta va kichik asoslar tasdiqlovchi hukmlar sifatida olinmoqdaki, ulardan chiqarilayotgan xulosa ham xatodir.
Ikkinchi figuraning quyidagi to‘rtta modusi bor:ЕАЕ АЕЕ ЕЖО АОО
РЕМ РАМ РЕМ РАМ
САМСЕМСЖМСОМ
СЕР СЕР СОР СОР
Endi ushbu moduslarga misollar keltiramiz.
AOO – Varokko modusi.
A – «Umuminsoniy oliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalargina(R) kishilarning e’tiqodiga aylanadi (M).
O – Kommunistik mafkura (S) yetmish yil davomida kishilarning
e’tiqodiga aylanmadi (M)___________
O --- Demak, kommunistik mafkura (S) umuminsoniy oliy va qadriyatlarni mujassamlashtirmagan g‘oyadir (R).
YEAYE – Sesare modusi.
YE – Hech bir totalitar davlat (R) fuqarolik jamiyatiga ko‘tarila olmaydi (M). A – Fuharolarni ijtimoiy himoyalash tamoyiliga amal qiladigan davlatlar (S) fukarolik jamiyatiga ko‘tarila oladilar (M).
YE – Demak, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tamoyiliga amal qiladigan davlatlar totalitar davlat emas.
AYEYE – Samestres modusi.
A- Hamma tovarlar (R) o‘z qiymati va bahosiga ega (M).
YE – Mehnat sarflanmagan hech bir narsalar(S ) o‘z qiymati va bahosiga ega emas (M).
A – Demak, mehnat sarflanmagan hech bir narsa (S) tovar hisoblanmaydi (M).
Do'stlaringiz bilan baham: |