Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet137/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

To‘liq induksiya
To‘liq induksiya tur elementlarining soni aniq va ularning har birini tajriba yo’li bilan o‘rganib chiqish imkoniyati bo‘lgan sinflarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Shuning uchun bunda chiqarilgan xulosaning chin, xatoligi aniq bo‘ladi. Masalan:
Olmosh kelishikda turlanadi.
Son kelishikda turlanadi.
Sifat kelishikda turlanadi.
Ot kelishikda turlanadi.
Fe’l kelishikda turlanadi.
Olmosh, son, sifat, ot, fe’l mustakil so‘z turkumlaridir.
Demak, hamma mustaqil so‘z turkumlari kelishikda turlanadi.
Bunda xulosaning chinligiga hech qanday shak-shubha yo’q, chunki u muayyan jinsning (mustaqil so‘z turkumlarining) birorta turi qoldirilmasdan o‘rganilib chiqish asosida chiqarilgandir. To‘liq induksiya sxemasi:
Asoslar:
S1 – R belgiga ega.
S2 – R belgiga ega.
S3 – R belgiga ega.
S1, S2, S3 turlari K sinfni tashkil etadi.
Demak, K sinfi R belgiga ega.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, to‘liq induksiya ayrim buyum, hodisalarning belgilarini umumiy sinfga yoyish-bu shunchalik yakkaliklarning belgi, xususiyatini umumiylikka mexanik tarzda ko‘chirish emas. Induksiya bo‘yicha chiqarilgan xulosalar yakka, juz’iylikka xos bo‘lmagan umumiy bilimlarni ham ifodalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, to‘liq induksiya bo‘yicha chiqarilgan umumiy xulosalarda tekshirilayetgan narsa, hodisalarning mohiyatli, qonuniyatli jihatlari ochib beriladi. Masalan, faylasuflar konkret individlarning ongi, uning amal qilishining xususiyatlarini o‘rganish va ularni umumlashtirish asosida ijtimoiy ong fenomeni haqida fikr yuritadilar.
Lekin ijtimoiy ong jamiyat ma’naviy hayotining ifodalanish shakli bo‘lib, uning mohiyatini konkret individlar ongining shunchalik mexanik yig‘indisining hususiyati tarda izohlab bo‘lmaydi.
Buni inobatga olmaslik oqibatida to‘liq induksiyada ba’zan xatolikka yo’l qo‘yiladi. Ushbu xatolikning mohiyati shundan iboratki, yakka asoslarda turlar (elementlar)ning xususiy belgilari umumlashtirilgani holda, juz’iy xulosalar chiqariladi va bunda tadqiq etilayotgan sinfning mohiyatli jihati nazardan chetda qoldiriladi.
Shuning uchun to‘liq induksiyaning fan, ilmiy bilish sohasida qo‘llanilishini kundalik, oddiy muhokama yuritish jarayonida yakkalikdan umumiylikka o‘tishdan farqlay bilmoq kerak. Keyingisida to‘liq induksiyaga ko‘pincha u yoki bu muhokamalarning chin yoki xatoligini alohida qayd etish, ta’kidlash, shuningdek, ularni tekshirib ko‘rish maqsadini ko‘zlab murojaat qilinadi. Masalan, «Guruhimizning hamma talabalari reyting nazoratlarini muvaffaqiyatli topshirdilar», degan muhokamaning haqiqatga qay darajada mosligini ko‘rsatish va uni alohida ta’kidlab o‘tish uchun o‘quv predmetlari qaydnomalarini ko‘rib chiqish yetarli.
Ijtimoiy fikrni o‘rganish, referendum, saylovlar to‘liq induksiya tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish