Mayitning maoliyaviy vasiyatlariga sarf qilinadi. Agar vasiyat qilingan mablag‘ miqdori merosga qolgan molning uchdan biriga yoki undan oz miqdoriga teng bo‘lsa, vasiyatga amal qilinadi. Agar uchdan biridan ko‘pini vasiyat qilgan bo‘lsa, vasiyat o‘tmaydi. Mana shu uchdan biridan ortig‘i merosxo‘rlarning haqi bo‘ladi. Vasiyat shar’iy bo‘lishi kerak.
Agar merosxo‘rlar rozi bo‘lsa vasiyat qilinganidan ziyodasini ham o‘z ixtiyorlari bilan, savob umidida, hayrli ishlariga sarflashlari mumkin. Bunga dalil Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Sa’ad ibn Abu Vaqqos kelib o‘z mollarini hammasini sadaqa qilish haqida vasiyat qilmoqchi ekanlarini aytganlarida payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ruxsat bermaganlar. “Yarminichi?” deb so‘raganlarida ham izn bermadilar. “Uchdan birinichi?” deganlarida u zot “uchdan biriga mayli, aslida uchdan biri ham ko‘p” dedilar. “Sendan keyin merosxo‘rlaringni boy, behojat hollarida qoldirib ketmog‘ing, ularni odamlardan tilanib boradigan hollarida qoldirib ketmog‘ingdan yaxshidir”, deganlar. O‘layotgan odam o‘lim oldidan ko‘ziga hech narsa ko‘rinmay, oxiratni o‘ylab bor budini sadaqa qilib yuborishga tayyor bo‘lib turadi. Hammasini berib yuborishi merosxo‘rlariga zulm qilgan bo‘ladi. Endi vasiyatlar o‘limdan keyin amalga oshirilar ekanmi, shunday bo‘lganidan keyin, kishi agar o‘z farzandidan biriga biror uyni vasiyat qilmoqchi bo‘lsa nima qilishi kerak. “Bolam mana shu uy mendan senga tirikligimda xadya senga shuni berdim” desa, u bola: “xo‘p qabul qildim” desa, bu mulk o‘sha bolasini shaxsiy mulkiga aylanadi. Lekin zinxor ota: “Mana shu uy o‘lganimdan keyin senga” deb aytishga haqqi yo‘q, nega? Chunki u o‘lganda qolgan molining uchdan birinigina vasiyatga bajara oladi xolos, qolgan qismida boshqa qolgan yaqinlarining ham haqi bo‘ladi. Aslida uylarini otamiz tirikligida biz qurgan bo‘lishimiz mumkin. Lekin u uyni otamizni yeriga qurganmiz, qurayotib otamga deb qurganmiz. Shuning uchun ota o‘zidan keyin muammo tug‘ilishiga ko‘zi yetsa uni tirikligida molu davlatini xohlagan farzandiga hadya qildim deb bera olishi mumkin, “o‘lganimdan keyin” degan so‘zni aytmasligi kerak. Endi uy bolaning mulkiga aylanadi, otaning gardanidan soqit bo‘ladi, bolasiga aytadi: “o‘g‘lim endi sizning uyingizda o‘lgunumga qadar yashab turaman” desa bola u otasini o‘sha uyda qaromog‘iga olib birga turadi va otasi o‘lgandan keyin ham o‘sha uyda boshqalarning haqi qolmaydi va taqsimlanmaydi. Agar mana shu uy senga o‘lganimdan keyin deb aytgan bo‘lsa, o‘sha o‘g‘lidan tashqari boshqa farzandlarini uyli joyli qilib bo‘lgan, qizlarini uzatgan bo‘lsa ham hammasining u uyda haqqi bo‘ladi. Kishini tirikligida bergani hadya bo‘ladi, o‘lganidan keyin senga yoki falonchiga deyishi vasiyat bo‘ladi. Lekin vasiyatga atalgan mol mulk o‘zinikilarga ya’ni merosxo‘rlarga o‘tmaydi. Begonalarga berish uchun aytgan vasiyati o‘tadi. Islomning avvalida ota, ona va qarindoshlar foydasiga vasiyat qilish vojib edi. Musulmon kishi o‘limidan oldin “molining bunchasi otamga, bunchasi onamga yana bunchasi o‘g‘limga yoki qizimga beringlar” deb vasiyat qilar edi. Meros oyatlari nozil bo‘lib bu narsa (amaldan qolib, qolgan molni oyat asosida merosxo‘rlar) orasida taqsim qilish joriy qilindi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiiy sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, bir erkak yoki ayol 60 yil Allohning toatida amal qiladi, so‘ngra ikkoviga o‘lim hozir bo‘lur ana shunda zararli vasiyat qilib qo‘yib, ikkisiga do‘zax vojib bo‘lur” dedilar va “Qilingan zarar yetkazmaydigan vasiyat yoki qarzdan” so‘ng oyatini qiroat qiladilar”. Zararli vasiyatga misol: falonchi yaqinimga merosimdan berilmasin deb o‘z merosxo‘rlariga zarar yetkazadigan vasiyat qilish musulmon kishi uchun harom. YUqoridagilardan qolgani vorislarga shar’iy meros qilib taqsimlanadi.
Jannat — koʻpchilik diniy taʼlimotlarga koʻra, taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farogʻatda yashaydigan joy. Yahudiylik, Xristianlik, Islom dinlaridagi asosiy tushunchalardan biri. Barcha dinlarda Jannat doʻzaxga qarama-qarshi qoʻyiladi. Bibliya (Qadimgi ahd)da Jannat goʻzal bogʻ sifatida tasvirlanadi, unda Odam Ato bilan Momo Havo yashagani, ular gunoh ish qilib qoʻyganlaridan keyin Jannatdan quvilgani haqida yozilgan. Qurʼonda Jannat haqida bir necha yerda bayon qilingan. Diniy aqida boʻyicha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shugʻullangan kishilarga Alloh tomonidan Jannatdan joy beriladi. Jannatdagi hayot abadiy, bezavoldir. Jannatdagilarni Alloh turli neʼmatlar bilan taʼminlaydi. U yerda gʻam-gʻussa va tashvish yoʻq. Odamlarning yaxshi koʻrgan barcha narsasi muhayyo etiladi. Qurʼonda Jannat daraxtzor, ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, deb taʼriflanadi. U yerda insonlar qarimaydi va kasal ham boʻlmaydi. Diniy taʼlimotda taʼkidlanishicha, Jannatda havzi Kavsar mavjud boʻlib, uning suvi oq va muzdayligi hamda hislatlari taʼriflanadi. Havzi Kavsardan Jannat ahli suv ichadi.
Islom diniga koʻra, Jannatning 8 ta darvozasi bor. Bular:
Paygʻambarlar, shahidlar, siddiq bandalar va sahiylar;
namozxonlar;
zakot beruvchilar;
amri maʼruf, nahiy munkar qilgan moʻminlar;
nafsu shahvatini jilovlab yurganlar;
haj va umra qilganlar;
Alloh yoʻlida jiddu jahd qilganlar;
taqvodorlar va ota-onasini rozi qilganlar kiradigan darvozalardir.
Jannatni qoʻriqlovchi farishta "Rizvoni jannat" deb ataladi. Jannatda eng oliy neʼmat Allohning diydorini koʻrishlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |