Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Iffat deb nafsimizni gunoh va buzuq ishlardan saqlamoqni aytilur



Download 3,24 Mb.
bet65/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

Iffat deb nafsimizni gunoh va buzuq ishlardan saqlamoqni aytilur. Bizlarni gunoh va maʼsiyatdan saqlaguvchi, harom-harishdan nafsimizni asraguvchi faqat iffatimizdur.
Axloq sohibi, iffat egasi qalbini, vijdonini poklab, tilini yolgʻon, gʻiybat, boʻhton, moloyaʼni kabi yomon soʻzlardan saqlar.
Chunki insonga iffatidan koʻproq til iffati lozimdir. Boshimizga keladurgan kulfat va zahmatlarning aksari yomon tilimizdan, andozadan ortuq soʻylaganimizdan kelur.
Oʻylamay soʻylagan ogʻrimay oʻlar,
Fikr ila soylagan yigʻlamay kular.
Iffat erlardan koʻproq xotunlar uchun olmosdan qimmat, injudan qadrli ziynat va fazilatdur. Iffatli kishi har vaqt nazari ibrat ila harakat qilur. Kecha va kunduz fikri, zikri vatandoshlariga, qarindoshlariga yaxshilik, xayrixohlikdan iborat boʻlur.
Soʻzida, feʼlida sodiq boʻlub, vijdonga ters, insoniyatga kelishmagan muomaladan hazar qilur. Hazrati Ali raziallohu anhu: “Iffat xotunlarning eng ziynatli libosi, erlarning sarmoyayi ulviyatidur”, – demishlar.
Hazrati Luqmon: “Iffat nomusning eng mahkam suyanchigʻidur. Nafsning hujumiga shul quvvat ila muqobala qilinur”, – demishlar.
Aflotun hakim: “Iffat xotundan koʻproq erlarga yarashadurgan bir sifatdur. Xotun iffati adab va nomusini saqlovdur. Erlarning iffati butun insoniyat adablariga shomildur. Iffatsiz inson yalangʻoch jasad kabidur”, – demishlar.
Zotingga ziynat oʻlan iffatni dilda saqlagil,
Shahvat nafsing seni bolgʻusidur aqlinggʻa qul.
Har kishining dunyoda yirtilsa iffat pardasi,
Nafsi shaytondek ani bir kun solur boʻyniga gʻul.
Abdulla AVLONIY
Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan
Halimlik – muloyimlik
Azal-azaldan ajdodlarimiz go’zal muomala bilan tanilganlar. Ota-onaga munosabat, do’stlik, aka-ukalik va birodarchilik, qo’ni- qo’shnichilik munosabatlari va shularga o’xshash odatlar xalqimiz orasida juda go’zal tarzda yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu millatimiz yuksak ma’naviyat va madaniyatiga ega ekaniga dalolat qiladi.
Millatimiz tarixida o’tgan yaxshi-yomon kunlar, boshiga tushgan turli mustamlakalar tufayli har xil musibat-u, mashaqqatlar va ularga nisbatan ajdodlarimizning munosabatlari – ularning teran fikrlari, aql zakovatli va muloyim xulq sohibi bo’lganligini ko’rsatadi. Muqaddas dinimizni qabul qilgandan so’ng ajdodlarimiz bu dinning butun mazmun - mohiyatini o’zlariga to’laligicha singdirdilar va shu sababli bizlarga go’zal va nihoyatda jozibador urf-odatlar qoldirdilar. Bu urf-odatlarni chuqurroq o’ylab, bular ustida teranroq fikr yuritgan inson, ota- bobolarimiz naqadar haqsevar va xalqsevar bo’lganliklari, haqni faqatgina nazariy ravishda qabul qilish bilan cheklanmasdan, uni hayotlariga doimo amalda qo’llab, odatga aylantirganliklari va bu bilan kelasi avlodlarga ham yetib borishini ta’minlaganliklarini guvohi bo’ladi. Millatimiz urf - odatiga aylangan ota-onaga har qanday holda ham yaxshilik qilish, qo’ni-qo’shni va birodarlar bilan ularning injiqliklariga qaramasdan ularga yaxshi muomalada bo’lish va shularga o’xshash xislatlar asosan xalqimiz qon qoniga singib ketgan halimlik- muloyimlik sifati bilan chambarchas bog’liqdir. Ha, ular aynan halimliklari tufayli kuchli edilar, muloyimliklari sababli adolatli, hamda ahil-inoq edilar. Zero ajdodlarimiz shu halimliklari tufayli dunyoga rahbar bo’ldilar, ilmu fanda yetakchi va sarbonga aylandilar.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish