6. KIBR, kibr-havo, manmanlik, dimogʻdorlik — oʻz shaxsiyatiga, qobiliyatiga ortiqcha baho berish, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyish, kalondimogʻlik oqibatida namoyon boʻladigan salbiy axloqiy sifat. Bu sifat kishilarni mensimaslik, ularga past nazar bilan qarash, oʻrinsiz gʻururga berilish, oʻzining arzimas yutuqlarini boʻrttirib koʻrsatish va b. da koʻrinadi. Kibr li kishi oʻz aybi, nuqsonlaridan koʻz yumadi, manmansiraydi. Manman kishi oʻzgalarning nasihatini yoqtirmaydi, zalolat botqogʻiga botadi. Kibr — kishilarning kamchiligi, nuqsonidir. Kibr odamlar oʻrtasida birdamlik, ahillik va muhabbatni yoʻq qiladi, adovat uygʻotadi. Kibr odobsizlik belgisi boʻlib, u doimo qoralangan. Qurʼonda kibru havoli kishilarning joyi jahannam ekanligi (Zumar surasi, 60-oyat) taʼkidlangan. Hadisda ay-tilishicha, dimogʻdor odam axli doʻzaxdir.
Yetishish, erishishga boʻlgan kuchli intilish, istak, mayl. Mol-dunyo toʻplashga boʻlgan hirs. yash Meros olish hirsi bilan ota-onangning oʻlimini aslo istamagin. "Qobusnoma" .
Hirs qoʻymoq Biror narsaga oʻta beril-moq, ruju qilmoq, ketidan quvmoq. Pulga hirs qoʻymoq.
MULK, M i l k (koʻpligi - amlok) - ma’nodosh boʻlgan va koʻpincha aralash holda qoʻllaniladigan istiloxdar (MLK oʻzagidan -"ega boʻlmoq"). Mulk ham cheklanmagan hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi. Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni oʻzlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy oʻlja sifatida bosib olish yoʻli bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas,shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum boʻlsa, topgan kishining xususiy mulki boʻla olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim boʻladi (bundan qad. xazinalar mustasno).
Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |