Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


-Mavzu: Olam ichra olam. (4 soat)



Download 3,24 Mb.
bet90/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

9-Mavzu: Olam ichra olam. (4 soat)
Reja:
1.Inson tabiatning bir bo’lagi. Ma’naviyatli inson tushunchasi. Ziyolilik. Inson tabiatidagi hilqatlar. Inson tafakkuri cheksizligi.
2.Hayolot olami. Ong osti sezgilari. Insonning ma’naviy olami. Insonning ijtimoiy-siyosiy tuyg’usi. Estetik tuyg’u.
3.“Odam ikki dunyoning eng aziz va sharif mahluqidir” (A.Navoiy). Insondagi ijodkorlik tuyg’usi.
4. Jaholat insonni mohiyatidan uzoqlashtiradi. Obodlik qalbdan boshlanadi. Kasbni sevish.
5. Vatan va ota-ona tanlamaydi. Dahldorlik tuyg’usi. SHukronalik. Murosazozlik. 6. Konfliktologiya. Sog’lom tanda sog’ aql. Ruhiy tarbiya.


1.Tabiat - keng ma'noda - butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma'noda - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo`lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko`rib chiqayotganda ikkinchi tor ma'nodagi tushuncha qo`llaniladi. Chunki inson o`zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balkim uni o`rab turuvchi va uning ta'siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin.
Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o`rtasida to`xtovsiz va xilma-xil o`zaro ta'sirlar ro`y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo`lagi bo`lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi. Insonlar o`z hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, o’chish uchun suv, dam olish uchun go`zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir.
Inson - tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi individ. Inson tarixiy - jamoat jarayoni subyekti bo`lib, u Yer kurrasidagi moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik bog`langan holatda, lekin ulardan ongining yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi, hamda ahloqiy, ma'naviy va ruhiy o`z o`zini anglay olishi bilan ajralib turadi.
Jamiyat - keng ma'noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma'noda - ijtimoiy munosabatlarning konkret tipi. Shunday qilib, aqliy mehnat faoliyatiga ega bo`lgan insonlar yig`indisi bo`lgan jamiyat atrof tabiiy muhit bilan passiv (sust) emas, balkim aktiv (faol) ta'sir doirasida bo`lishi mukarrardir.
Agarda jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga inson hayotining tarixi nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, ularni quyidagi munosabat shakllariga ajratsak bo`ladi: oddiy, oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik, ekologik.
Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy munosabat shakli - kishilarni ekologik tizimni buzmaydigan soddalashtirilgan hayot tarzi. Ekologik tizim (ekotizim) - tirik organizmlar majmui va ularning yashash muhiti yig`indisi bo`lib, tirik organizmlar o`zaro va atrof tabiiy muhit bilan uzviy aloqadorlik qonuniyati asosida bo`lgan holati. Bu shakl kishilarning ibtidoiy jamoa tuzumidagi hayot tarziga, ya'ni insoniyat tarixining ilk ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi davriga xosdir. Bu davr o`z ichiga odamlarning Yer kurrasida paydo bo`lishi (3-4 mln. yil avval) davridan to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar muddatni o`z ichiga oladi. Ibtidoiy odamlarda ishlab chiqarish kuchlari va qurollari nihoyatda past darajada bo`lganligi tufayli ularning hayot tarzi tabiatning ajralmas bir oddiy bo`lagi sifatida namoyon bo`lgan. Atrof tabiiy muhit holati esa tirik organizmlar uchun nisbatan qulay - ekologik xavfsiz muhit deyish mumkin.
Ko`pgina ekolog olimlar1 jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabat shakllarini uch ko`rinishda ifo etadilar - oddiy, iqtisodiy, ekologik. Lekin, jamiyatda, ayniqsa tabiatdagi qonuniyatlarni vaqt mobaynida o`zgarib borishi revolyutsion holatda emas, balkim evolyutsion holatda kechadi2. Shuning uchun ham tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlar sekin-astalik bilan shakllana borgan va u bir shakl ikkinchi bir shaklga bosqichma-bosqich o`tgandir.
Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy-iqtisodiy munosabat shakli tabiiy muhitning eng asosiy elementlari - yer va suvning ekologik tizimdagi kichik aylanishiga ta'sir etdi. Lekin bunday ijtimoiy muhit holati ekologik tizimlarning buferlik (qarshi turish va tiklanish) xususiyatiga salbiy ta'sir qila olmagan edi.
Kishilar faoliyatining tabiatga oddiy-iqtisodiy ta'siri davrida ma'lum bir hududlarda sezilarli darajada ekologik xavfsiz muhitga ta'sir etgani uchun ham qadimgi yozuv va qonun kuchiga ega bo`lgan kitoblarda tabiatga nisbatan insonlarning ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari ko`rsatilib o`tilgan. Masalan, Zardushtlarning "Avesto" kitobiga binoan bolalar yoshligidanoq daraxt ko`chatini o`tkazishlari shart bo`lgan. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi jazosiga mahkumdir. Lekin bu kitobda ekologik jazo sifatida bir turdagi tabiiy obyektni buzgani uchun ikkinchi bir turdagi tabiiy obyektdan qutilishni ham me'yor qilib qo`yganlar. Suvni iflos qilgan yoki ov itini o`ldirgan kishi 10 ming ruhiatni tetiklashtiradigan o`simlik bargi terishi, 1000 echkiemar, 1000 ta suv qo`ng`izi va kasallik tarqatuvchi pashshani o`ldirib, gunohini yuvishi lozim bo`lgan.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida esa, bolalar bog’chasi, maktab va oliy ta’lim muassasasining o’rni juda katta. Insonning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi bu jarayonni tezlashtiradi. Demak, shu o’rinda ta’limni tarbiyadan ajratib bo’lmasligini, ular ikkisi birgalikda odamni shaxs darajasiga ko’tarishini e’tirof etish lozim. Aqlli inson - bu doimo yaxshi inson degani emasligini hayotda ko’p bora uchratganmiz. Shu bois, professor – o’qituvchilar talabalarga qaysi millatdan ekanimizni, o’z yelkamizda o’z yurtimiz sha’ni va g’ururini ko’tarib yurganimizni, milliy qadriyatlarga sodiq bo’lib, dunyoning eng ilg’or tajribalaridan foydalanish lozimligini, lekin o’zligini yo’qotmaslikni muntazam ta’kidlab keladilar. Bu – oliy ta’lim shunchaki, o’z yo’nalishida mutaxassis kadrlar tayyorlab bermaydi, shuningdek, u o’z vatanini sevuvchi sodiq fuqarolarni ham tayyorlashi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi masalalarida aniq tavsiya va ko’rsatmalar berilgan. O’quv rejasi va dasturlariga ma’naviyat soatlarining kiritilishi, har bir oliy ta’lim muassasasida maxsus jihozlangan maxsus “Ma’naviyat va ma’rifat” maskanlarining tashkil etilishi talaba yoshlarimizni vatanparvar shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o’ynashi mumkin. 2021 yil 19 yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida ham prezidentimiz tomonidan “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, degan fikrni ilgari surgandi. Jamiyatimizda ma’naviyatning roli va ahamiyatini hyech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi.
Misol uchun, Yevropa mamlakatlarida ota - ona o’z bolasiga kredit berishi tabiiy, normal holat hisoblanadi.. Farzand ulg’ayib, voyaga ntgach, albatta, o’sha kreditni qaytarmasa, javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Sud bu holatda ota onaga o’sha summani farzanddan olib beradi va bu ularda oddiy hol. Biz esa bu qarashlarni albatta, ongimizga singdira olmaymiz. Bu holat bizning mentalitetimizga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Demak, shundan xulosa qilish mumkinki, har bir millatning tarbiya borasida o’z qarashlari bor, unga turlicha ta’rif beradi.Hamma insonlarning tug’ilishi, yashashi va boshqa tabiiy xususiyatlari tabiatan bir xil – 9 oy ona qornida yotamiz, och qolsak ovqatlanamiz, charchasak dam olamiz va hokazo. Ammo yashash tarzimiz har hil, qarashlarimiz turlicha va odatlarimiz ham shunday. Va hududlarga hos bo’lgan mana shu jihatlar - odatlar, qarashlar, madaniyat bizni shaxs sifatida, millat sifatida shakllantiradi.Ma’naviyatli insonni mag’zi to’q mevaga qiyoslash mumkin. Bunday odamlarni yo’ldan ozdirish, maqsaddan qaytarish qiyin. Ular har qanday holatda ham o’zligini unutmaydi, qaysi millatdan ekani yodida turadi.Yaqinda talabalarimiz bir necha oy davomida Yevropada, Germaniyada malaka amaliyotini o’tab qaytishdi. Dunyoning eng rivojlangan malakatlaridan biri. Qishloq xo’jaligi, veterinariya sohasi butunlay avtomatlashtirilgan. Inson omili bu yerda faqat boshqarish uchun kerak, ya’ni asosiy ishlarni mashinalar amalga oshiradi. Lekin talabalarimizning bir holati bizni ta’sirlantirdi. Ular tarixiy joylarga sayohat davomida boshlarida o’zbekona do’ppi bilan suratga tushishgandi. Bu ko’p narsani anglatishi mumkin. O’zbekiston - ulug’lar makoni, bu yerdan buyuk insonlar yetishib chiqqan. Xalqimiz azaldan oilaparvarligi, vatanparvarligi, go’zal e’tiqodi bilan yuksak ma’naviyatli millat sifatida dunyoda tan olib kelingan. Yangi O’zbekiston fuqarolari, ayniqsa yoshlari ana shu jihatni hamisha yodda tutishlari lozim. Ma’naviyatsiz jamiyat esa baribir tanazzulga yuz tutadi. Biz yoshlarimiz ongiga ana shu haqiqatlarni singdira olsak, Renessans shu degani. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish