Iqtisodiy samaradorlikni hisobga olish uchun zarur bo’lgan
boshlang`ich ma`lumotlar quyidagilardan ko’rsatkichlardan iborat:
1.Xisob yilida qayta tiklanadigan yoki puxtalanadigan detallar soni,
dona.
2. YAngi qurilmaning narxi, so’m.
3. Qurilmaning balansdagi narxi, so’m.
4. YAngi detalning o’rtacha bahosi, so’m.
5.Qo’shimcha ish xaqqini xisobga oluvchi koeffitsient.
6. Ishlab chiqarish maydoni, m2
7. 1m2 ishlab chiqarish maydonining narxi, so’m.
8. Jixozlarning amortizatsiya chegirmalari, %.
9. Binoning amortizatsiya chegirmalari, %.
10. Jixozlarning joriy remonti uchun ajratmalar, %.
11. Detalni qayta tiklash uchun material sarfi, kg.
12. Ishchilarning soatlik ish xaqi, so’m.
13. Detalni qayta tiklash yoki puxtalash donalik vaqti, soat.
14. Payvandlash materialining narxi, so’m/kg.
15. Ish joyiga xizmat ko’rsatish koeffitsienti.
16. Detalning qoldiq bahosi, so’m.
17. Qo’shimcha material va energiya resurslari sarfi so’m.
18. Ustama harajatlar so’m.
Ushbu ko’rsatkichlar barchasi mavjud xamda yangi usullar uchun aloxida aniqlanadi. Turli qoplash usullarining texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari solishtirish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.
V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI
5.1.Umumiy ma`lumotlar
Hayot faoliyati deganda bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
Mehnat muxofazasi - mehnat protsessida insonning xavfsizligi, sog`lig`i va ish qobilyatini saqlab qolishni ta`minlaydigan qonunlar akti va ularga tegishli sotsial- iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy tadbirlar sistemasidir.
Xavfsizlik texnikasi - xavfli ishlab chiqarish faktorlarining, ya`ni xavfsizlik qoidalari buzilganda baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar keltirib chiqaradigan faktorlarning insonga ta`sir etishining oldini oladigan tashkiliy va texnikaviy tadbirlar sistemasidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - xavfli ishlab chiqarish faktorlarining. YA`ni kasalliklar keltirib chiqaradigan faktorlarning ishlovchilarga ta`sirining oldini oladigan tashkiliy, gigenik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
Mehnat muhofazasi bilan yong`in xavfsizligi va yashindan ximoya qilish chambarchas bog`liqdir, chunki ishlab chiqarish va turmushda yuz beradigan yong`inlar va momaqaldiroq razryadlari faqat moddiy boyliklarga emas, balki kishilarxayotiga ham xavf tug`diradi.
Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo’ladi va shu bilan birga har doim uni o’rab turgan muhitga bog`liq bo’lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o’zini o’rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq- ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |