O‘quv fanning maqsadi va vazifalari
Bugungi kunda optika fani qonuniyatlarini amalyotdagi o‘rni alohida bo‘lib, elektromagnit to‘lqinlarni muhit atom va molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonidagi fizik hodisalar yordamida muhit strukturasini o‘rganish, meditsina, geologiya, ekologiya, optik aloqa va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishning maqsadi - “Optika”, fan va texnikaning keng yo’nalishlarini ifodalovchi fan bo‘lib, chiziqli va nochiziqli optika soxalaridagi zamonaviy fan yutuqlariga tayangan holda elektromagnit to‘lqinlarning muhitlarda tarqalish, hamda muhit molekulasi va atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi bilan bog‘liq qonuniyatlarini o‘rganish bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmani shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |