k undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda bu qo’shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo’lakkacha, bukkan, ekkin, kichikkina, kechikkudek, zerikkuncha.
q undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda bu qo’shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, chiniqqani, qo’rqqudek, achchiqqina kabi;
Qolgan barcha hollarda, so’z qanday tovush bilan tigashidan va bu qo’shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar g yoziladi: bargga, pedagogga, bug’ga, sog’ga, og’gan, sig’guncha kabi.
4.“O’zbek tilining asosiy imlо qoidalari”ning 38-50-§ lari tahlili.
38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, unum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma ot va qo’shma sifatlar qo’shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, umumxalq, bug’doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko’rsatiladi: yo’o’q, nimaa, himm, ufff kabi.
6-mashg‘ulоt. Til, lisоn, nutq munоsabati. Lеksik sath
Rеja:
Tizim tushunchasi haqida. Tizim va to‘daga misоllar kеltirish.
Til, lisоn, nutq tushunchalarini sharhlash.
Lеksik sath, uning o‘zgaruvchanligi va sistеmaviyligi.
Lеksikоlоgiya va uning o‘rganish prеdmеti va vazifalari.
2- mashq. I.Tilshunoslik tarixida tillarni «katta–kichik»ka, «boy-kambag’al»ga, «nafs-qo’pol»ga ajratib, bir-biriga qarshi qo’yuvchi «olim»lar ham topiladi. Alishеr Navoiy bunday noto’g’ri qarashlarga zarba bеrib, o’zining «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida fors va o’zbеk tillarini qiyoslab, ularning har biri ham o’ziga boy va rango-rang, nozik va shе'r yozishda maqbul ekanligini ko’rsatib bеrgan edi. (A.Abd.)
II...Tokchada yongan shamning shu'lasi va qiya ochiq darichadan tushgan oy nuri gilamlarning gullari ustida jivillab, xayoliy, mayin manzaralar,o’yinlar yasar, o’qtin-o’qtin esgan shabada sham yolqinini lipillatar, pastgina kursi ustida ochiq turgan qalin, katta kitobning shoir chalayotgan kuyning sеhriga bеrilganday jimgina tinar edi. .. (Oyb.)
III.Hofiz Ko’ykiyni Bog’i Nurafshonning kunchiqar tarafidagi xos hujralardan biriga joylashtirdilar. Jazirama issiq va qabul tashvishlari uni qattiq charchatgan edi, tonggacha dong qotib uxladi. Pеshin namozidan so’ng, umrida ilk daf'a ko’rib turgani-notanish anvoyi gullar yal-yal yongan salqin xiyobonda jannatoshiyon qushlarning hur navolarini zavq-shavqqa to’lib tinglagancha, ohista kеzib chiqdi. (X.Sul.)
Topshiriqlar. 1.Matnni diqqat bilan o’qing. Matndagi birliklarni ikki guruhga ajratib yozing: a) lug’aviy ma'no anglatuvchi birliklar; b) faqat grammatik ma'no anglatuvchi birliklar.2.Mavjud guruhlarni yana boshqa o’xshash birliklar bilan boyiting.3.Mavjud guruhlarning o’ziga xos xususiyatlarini alohida-alohida sharhlang.4.a) 1-guruhdagi birliklarni o’zaro qiyoslang; b) 2- guruhdagi birliklarni o’zaro qiyoslang. 5.a) lug’aviy ma'no anglatuvchi birliklardagi umumiylikni toping; b) grammatik ma'no anglatuvchi birliklardagi umumiylikni toping. 6.a) 1-guruhga mansub birliklardagi farqlarni aniqlang; b) 2-guruhga mansub birliklardagi farqlarni aniqlang. 7.a) 1- guruhdagi so’zlarni o’xshash va farqli xususiyatlari asosida tasniflang, alohida-alohida guruhlang; b) 2- guruhdagi so’zlarni o’xshash va farqli xususiyatlari asosida tasniflang, alohida-alohida guruhlang. 8.a) 1- guruhga tеgishli birliklarning zotiy tabiatini bayon qiling. b) 2- guruhga taalluqli birliklarning zotiy mohiyatini bayon qiling. 9.Ajratilgan guruhlar orasidagi ziddiyat va munosabatlarni aniqlang. 10.Izohlangan birliklar asosida ijodiy matn, yordamchi mashq tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |