28
Ma’lumki, tasvir ruhiyati ijodkor fitratida badiiy konsepsiya sifatida
namoyon bo’lishining aniq-hissiy yaxlitlikda uyushadigan ifoda xususiyatlarini
dalolatidir. Adabiy talqin hamda hayot haqiqati muvozanatini ta’minlaydigan
estetik markazda tagma’noga daxldor omillar matnning ichki va tashqi
mundarijasini belgilab beradi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel ”Har bir jismning
hajmi uning mohiyati bilan bilan belgilanadi”, -deya e’tirof etgan edi. Muallif
shakl hamda mazmun vobastaligini tizimi kompozitsiya xalqasi asosan ma’no
maydoni va formal darajaning o’zaro muvofiqlashuvi estetik markazda mantiqiy
joylashuvi tartibini to’g’ri baholaydi. Adabiyothsunos Izzat Sulton ”Adabiyot
nazariyasi” darsligida ”asarning turli qismlari orasidagi mutanosiblik,
komponentlararo nisbat” mavjud bo’lishi kompozitsiya shakllanishining muhim
omili ekanligiga e’tibor qaratadi. Binobarin, yozuvchi nuqtai nazari, hayotiy
materialga ijodiy munosabati, bayon usuli o’ziga xosligi, bo’laklarni estetik
markazga yig’ish va o’rniga qo’yish mazkur atamaning murakkab va keng
qamrovli mantiqini dalillaydi.
O’.Hoshimov asarlarining ijtimoiy-ma’naviy mohiyati ham ijodiy-estetik
tamoyillarga asoslanadi. Agar A. Qahhor qahramonlari kurashchan sifatlar, keskin
tabiati bilan ajralib tursa, O’.Hoshimov asarlarida xarakter tadriji tipik
manzaralarga bog’liq holda yoritiladi. Ma’lumki, yozuvchi muvaffaqiyati uning
adabiyotga olib kirgan qahramonlari bilan o’lchanadi. Shu jihatdan olib qaraganda
Gavhar (”Shamollar esaveradi”), Muqaddam (”Bahor qaytmaydi”) obrazlari
O’.Hoshimovning o’ziga xos muvaffaqiyatlaridir. Albatta, obraz biron bir muhim
hayotiy ma’noga ega bo’lsa va uslubiy badiiy qimmatni tashisagina adabiyotimizni
boyita oladi. Darhaqiqat, adib ijodi ma’naviy-psixologik talqin teranligi, xarakter
yaratishning tipik va aniqligi bilan ajralib turadi. O’z-o’zidan ayonki, ijodkorning
o’ziga xos uslubi voqelikni badiiy idrok etish, badiiy tafsilotlar va tasvir
vositalaridan foydalanish darajasi orqali namoyon bo’ladi. Zero, adabiy
dunyoqarashning shakklanihsini, bir tomondan, falsafiy idrokning badiiyatida
namoyon bo’lishi belgilaydi. Shu ma’noda, har bir asar muallif nuqtai nazaridaning
umumlashgan, aniqlashgan hamda muayyan tizimga solingan shamoyili
29
hisoblanadi. O’.Hoshimov badiiy olami bir qarashda rang-barang va murakkabdek
taassurot uyg’otadi. Biroq, adib qahramonlari tadrijiga nazar solinsa, ular orasida
mantiqiy bog’liklik mavjud ekanligi kuzatiladi. Obraz tabiyatini ochib berishga
yo’naltirilgan badiiy chizgilar asardan-asarga teranlashib, mukammalllashib
borishi seziladi. Tasvir va ifodadagi sinchkovlik, xarakter takomilidagi tabiiylik
nozik iqtidor egasinng adabiy mahoratidan darak beradi. Yuqorida Ona timsoli
adibning ”Urushning so’nggi qurboni” hikoyasida ilk bor tajribadan o’tganini
aytdik. O’.Hoshimov ”Dunyoning ishlari” qissasida Ona qiyofasining jozibali,
hayotiy va mukammallashtirilgan shaklini yaratdi. Adibning avvalgi hikoya va
qissalaridan farqli o’laroq mazkur asarda Ona timsoli mustaqil qahramon markaziy
chiziqni tashkil etadi. Muallif ”Dunyoning ishlari”da ham o’z an’anasiga sodiq
qoladi; obraz tabiatini yoritishda ta’rif-tavsiflardan o’zini tiyadi, voqealar tadrijini
izchil davom ettirmaydi. Milliy xarakter o’z mohiyatini ba’zan nutqi, ba’zan xatti-
harakatlari bilan mantiqan dalillay boradi. Bu holat tafsillar, lirik bo’yoqdorlik
hamda falsafiy mushohadakorlik, publisistik jo’shqinlikning qorishiq tabiati orqali
namoyon bo’ladi. Ayni asarda badiiy mantiq uyg’unligining ko’zga tashlanmasligi
xotiralar asosiga qurilganligi bilan izohlanadi.
Yozuvchi ma’naviy-axloqiy qiyofa qirralarini umumlashtirishni ”Ikki eshik
orasi” hamda ”Tushda kechgan umrlar” romanlarida ham davom ettiradi. Bu ikki
yirik polotno bir-biridan badiiy shakl va uslub nuqtai nazaridan tafovutlansa-da,
g’oyaviy munosabat mushtarakligiga asoslanadi. ”Ikki eshik orasi” asari uslubiy
jihatdan o’zbek adabiyotida o’ziga xos kompozitsion yaxlitlikka ega. Qahramonlar
tabiati ijtimoiy tabaqa, fe’l-atvor, qiziqish va manfaat nuqtai nazaridan bir-biridan
farq qilsa ham, qo’yilgan muammo-muddao-maqsadga bo’ysunishi jihatdan bir-
biriga o’xshaydi.
Yozuvchi ijodida shunday asarlar bo’ladiki, uni yozish jarayoni boshqalarga
qaraganda juda og’ir kechadi. Buning sabablarini turlicha izohlash mumkin.
Masalan, yozilajak asar uchun material to’plash, asarni boshlab olish, qahramon
tanlash, muammo qo’ya bilish, zarur yechimni topishning qiyinligi va hokazo.
Tajribali, malakali ijodkorlar ham biron-bir asarini yaratishda ana shunday
30
qiyinchilikka uchrashi mumkin. Masalan, O’.Hoshimov shoir T.Ubaydullo bilan
birga bo’lgan suhbatda meni eng qiynagan kitob ”Ikki eshik orasi” romani bo’ldi,
deydi. Vaholanki, o’tgan asrning 80-yillari O’.Hoshimov ijodining eng gullagan
davri edi. Bu paytgacha u bitta roman, 7 ta qissa, o’nlab hikoya va dramalar
yaratgan, o’zbek, rus, tojik va boshqa tillarda 30 ga yaqin kitoblari bosilib chiqqan
tajribali va sermahsul ijodkor edi. Adibning bu kitobni yozishda qiynalganligining
sababi esa uning avvalgilariga qaraganda boshqacha ruhda, boshqa sistemadagi
asar bo’lishiga intilishi edi. Asar uchun tanlangan mavzu va muammo g’oyatda
keng hamda zalvorli bo’lib, O’.Hoshimov unda urush nomli kasofat odamlarning
boshiga qancha kulfat solishi mumkinligini yangicha, ayni paytda, qiziqarli badiiy
aks ettirishni niyat qilgan edi.
Ma’lumki, urush mavzusida juda ko’p asarlar yozilgan. Sirtdan qaraganda,
hama gap aytib bo’lingandek tuyuladi. Shuning uchun O’.Hoshimov bu eski
muammoga yangicha yondashish yo’llarini izladi. Buning uchun bu asar loyihasini
butunlay yangicha tayyorlashi kerak edi. Bu jarayon adibni ko’p o’ylantirdi.
Aslida mavzu aniqlangan, muammo qo’yilgan, kerakli qahramonlar ham
tanlangan. Gap faqat o’tirib yozishda qoldi. ”Menda asar yaratish jarayoni juda
samarali bo’ladi, - deydi O’.Hoshimov biz bilan suhbatda. – Bir o’tirganimda juda
tez ishlayman. Asarni yoza boshlagan paytimda birov meni ko’tarma kran bilan
ham surib ololmaydi”. Lekin ushbu romanni yozish oson kechmadi. Sababi unda
qo’yilgan muammo ko’lamining kengligi, murakkabligi, og’irligi, ya’ni ”urush
faqat janggohda yurgan odamlarni o’ldirish bilan cheklanmadi, front chizig’idan
uzoqqa yurib mehnat qilayotgan odamlarni o’ldirish bilan ham cheklanmadi. Urush
o’zi tugaganidan keyin tug’ilgan begunoh odamlarning ham umriga zavol bo’ldi
degan maqsadni ochish uchun katta masshtabli asar kerak ekan”ligida edi.
Bu g’oyaviy niyatni bitta roman hajmiga sig’dirish juda qiyin edi. Shuni
hisobga olib, ”men boshida bu asar trilogiya bo’lishi kerak deb o’ylagan edim.
Birinchi kitob urushgacha bo’lgan, ya’ni kolxozlashtirish davrini o’z ichiga olib,
o’sha Orif oqsoqol, Husan Dumalar faoliyatini qamrab olishi kerak edi. Ikkinchisi
Ikkinchi jahon urushi davrini, 3-jildi Muzaffar bilan Munavvar taqdirlarini
31
tasvirlashga bag’ishlanishi mo’ljallangan edi. Keyin bu niyatimdan qaytdim.
Chunki bunday qilingan asar, birinchidan, ancha cho’zilib ketardi; ikkinchidan,
an’anaviy usulda, zerikarlimi, ya’ni men uchun zerikarli tuyulgandek bo’lgan edi.
Xullas, uchala davrni bitta kitobga sig’dirishga harakat qildim. Buning uchun
yangicha usul, yangicha ifoda shaklini topishga urindim” (o’zimizning suhbatdan).
Ana shu yangicha usul, yangicha ifoda shakli” asarning kompozitsion qurilishida
yaqqol ko’rinadi.
”Ikki eshik orasi” romanining arxitextonikasi nihoyatda original va o’ziga
xos. ”Muqaddima” va ”Xotima”dan tashqari 7qism, 47 bobdan tashkil topgan bu
asar xuddi 49 xonadan (”Muqaddima” bilan ”Xotima”ni qo’shganda) iborat 7
qavatli muhtasham imoratga o’xshaydi. Bu bino loyihasining o’ziga xosligi
shundaki, odatdagi uylardan farqli o’laroq, pastdan yuqoriga qarab kengayib
boradi. Agar 1-qavat, 2, 2-qavat 1 xonadan iborat bo’lsa, 6-qavatga 10, 7-qavatga
16 ta xona joylashtirilgan (qism va boblar nazarda tutilyapti). Yuqori qavatlarda
yukning og’irlashganligi va hajmning kengayganligi bilan quyi qavatlar zarar
ko’rmaydi. Aksincha, yozuvchi-arxitektor loyihani shu qadar sinchkovlik va
mahorat bilan chizganki, fizik atama bilan ifodalaganda, bino (asar)ning
solishtirma og’irligi (g’oyaviy yuki) barcha qavatlarga baravar taqsimlangan.
Natijada, binoning muvozanati birday saqlanadi.
Binodagi mavjud 49 xonaning 9 tasida hikoyachi-qahramonlar yashaydi,
qolgan 40 tasida boshqa personajlar istiqomat qiladilar. Asarda nomi tilga olingan
va voqeada ozgina bo’lsa-da ishtirok etuvchi personajlar soni 55 tadan ortadi.
Ommaviy sahnalar (masalan, to’y, kolxozchilar yig’ilishi, vokzal)da qatnashgalari
bu hisobga kirmaydi. Ularni ham qo’shsak, roman syujetida yuzdan ziyod odam
qatnashadi. Yozuvchining mahorati shundaki, personajlarning birontasi ham
muallif e’tiboridan chetda qolmaydi, xira yoki mavhum chizilmagan, hech biri
o’quvchida chala tasavvur tug’dirmaydi. Aksincha, har bir personaj katta-
kichikligidan qat’i nazar, o’z xarakteri, qiyofasi, ovozi, qilig’iga ega, ya’ni ular
shaxs sifatida shakllangan jonli odamlardir. Asar makrostrukturasida har bir
obrazning aniq o’rni, bajaradigan vazifasi, ko’taradigan yuki bor.
32
Fikrimizni isbotlash uchun birgina betonchi Safar aka obrazini olib
ko’raylik. U butun asar davomida atigi bir marta – ”Muqaddima yoki eng avvalgi
bob”da ko’rinadi, xolos. Qurilish-montaj brigadasining boshlig’i Muzaffar
Shomurodov qo’lida ishlaydigan Safar aka ”ayiqdak lapanglab” yurishi bilangina
emas, balki rostgo’yligi, ochiq ko’ngilligi, odamshavandaligi, beg’ubor qo’rsligi,
ko’nglidagi norozoligini yashirmay ayta olishi bilan roman oxirigacha ham
o’quvchi esidan chiqmaydi. Mabodo, Safar aka obrazi Muzaffar hikoyasidan
chiqarib tashlansa, nafaqat hikoyachi-qahramonning, balki boshqarma boshlig’i
Shavkat Qudratovich, payvandchi Ikrom akaning gap-so’zlari, xatti-harakatlari
o’zaro uyg’unlashib, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilish
jarayonini, bu mehnat jabhasida kimning qanday ishtirok etayotganligi, ijtimoiy
muhitni, odamlarning o’zaro munosabatini ko’rsatishga ham yordam beradi.
Binobarin, Safar aka va u singari kichik obrazlar ham (masalan, Ikrom aka, Ilhom
samovarchi, Kozim soldat, Parcha opa, brigadir Quvish aka, student Gulya, asira
ayol kabilar) ”Ikki eshik orasi” romanining kompozitsiyasi va syujet qurilishida
mustahkam o’rin tutadi. Mabodo ular chiqarib yuborilsa, asarning kompozitsion
yaxlitligiga jiddiy putur yetadi.
Asar kompozitsion qurilishining yana bir o’ziga xosligi shundaki, go’yo bu
binoning o’rtasidan yo’lak ochilib, ikki tomoniga eshik o’rnatilgan: uning bir
tomonidan kirilib, ikkinchi tomonidan chiqiladi. Orqaga qaytish yo’q. Bu
yo’lakdan hamma xonadonlarga bemalol kirib chiqish mumkin. Loyiha shu qadar
qulay tuzilganki, ikki eshik orasidagi xonadonlar bir-biriga mutlaqo xalaqit
bermaydi, aksincha, bir-birining holidan xabar olib, o’zaro muloqot qilib turish
uchun imkoniyat yaratilgan. Xonadon sohiblarining har biri o’ziga xos xarakterga,
mavqega, o’z hayot yo’li va taqdiriga ega. Birining taqdiri ikkinchisinikiga
mutlaqo o’xshamaydi. Shunisi muhimki, bino (asar)da yashovchi barcha aholi bir-
birini juda yaxshi biladi, qismatidan, yashash tarzidan, turmush darajasidan ogoh;
iloji boricha, qo’shnisining yaxshi tomonlarini oshirib, yomonini yashirib, ertangi
kunidan umid qilib yashaydi. Xuddi mana shu fazilatlarini hisobga olgan taniqli
adabiyotshunos U.Normatov boshqa asarlardan farqli o’laroq, uni ”taqdirlar
33
romani” deb ataydi. Chunki ”Ikki eshik orasi” da odamlar taqdiri bilan qiziqish
ustun. Romandagi taqdirlar, o’z navbatida, konseptual xarakterga ega. Yozuvchi
qahramonlar taqdiri talqinida hamisha romandagi bosh kontsepsiyadan, ya’ni
odamlar qismatidagi urush bilan aloqador jihatlardan kelib chiqib ish ko’radi” –
deb yozadi olim. Binobarin O’.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi” romani
kompozitsion qurilishi jihatdan o’ziga xos kashfiyotdir. Kashfiyotning siri esa
asardagi kompozitsion butunlikni asar qahramonlari – onalar qiyofasi birlashtirib
turadi.
Rustam urush odami, urush qurboni. Yozuvchi Rustam sarguzashtlari orqali
afg’on urushi lavhalarini butun dahshati bilan bor holicha ko’rsatadi. Afg’on urushi
qatnashchilarning guvohlik berishlaricha, jang lavhalari bamisoli jangchi ko’zi
bilan ko’rib, qalbdan qog’ozga tushirilganday chiqqan. Ayni paytda roman inson
shaxsi, qalbi, ruhiyatining davlat, tuzum, ijtimoiy afkura, hatto din, siyosatga
bo’ysunmaydigan g’aroyib jihatlarini talqin etish bobida ham jiddiy yangilik
bo’ldi. Asardagi urush ifodasi, talqini bu jihatdan xarakterli. Urush talqini romanda
tamomila o’zgacha. Avvalgi urush haqidagi asarlardan farqli o’laroq, bu yerda
qaraam-qarshi kuchlarni do’stu dushmanga, oqu qoraga, ”biznikilar” va
”raqiblar”ga ajratish yo’q; bu yerda g’olibu mag’lublar, qahramonlaru
noqahramonlar yo’q. Faqat urush qurbonlari, tuzum, mafkuraviy ayirma, raqobat
jabrdiydalari bo’lmish begunoh insonlar bor, xolos. Urush har ikki tomon uchun
ham o’lim, halokat, vayronagarchilik, judolik, musibat, tandagi, qalblardagi
jarohat, dahshat – fojia! Yozuvchi faqat afg’on urushi emas, Ikkinchi jahon urushi
hodisalariga ham shu xilda yangicha yondoshadi. Romanda shunday epizod bor:
oldingi marraga bir haftacha ovqat kelmagan. Oldinda kartoshka dalasi bor. Ukrain
yigit Bondarenko bilan soddadil qozoq jangchi kartoshka kavlab kelishga
boradilar. Quyuq tuman ichida ular dushmanga – nemis jangchisiga duch keladilar.
U ham ochlikdan kartoshka kavlagani kelgan. Nemis ruschani bilarkan. Ular
gurunglashib qoladilar. Gapdan gap chiqib nemis jangchisi urush joniga tekkanini,
uyini, uchta bolasini sog’inganini aytadi, qozoq esa sakkizta bolasi borligini,
kolxozda ”molshi” bo’lib ishlashini aytadi. Bondarenko onasini sog’inib ketganini
34
gapiradi. Bodarenko onasini sog’inib ketganini gapiradi. Qisqasi, ashaddiy
”dushmanlar” raqiblikni unutib, bir-birlari ilan hasratlashib, so’ng nemis u yoqqa,
qozoq bilan ukrain bu yoqqa – o’z yo’liga ketaveradi.
Sho’ro hokimiyati yillarida adabiyotda masalani bu tarzda qo’yish aslo
mumkin emas edi. Bunday talqin burjua patsifizmi deb qoralangan bo’lardi.
Romandagi yana bir holatni, aniqrog’i Komissarning umr yo’ldoshi Nazira
talqini ham eslaylik. Komissar bilan Nazira ikkisi ikki olam. Komissar mustabid
tuzumning, hukmron mafkuraning chin odami, tuzum yetishtirgan ”siyosiy
hushyorlik”, ”yovuzlik”, shafqatsizlik timsoli. Nazira esa nafaqat, poklik,
beozorlik ramzi. U – oilada yaxshi beka, erining vafodor umr yo’ldoshi,
bolalarining mehribon onasi. Bu mushtipar ayol erining ishlariga aslo
aralashmaydi. Yovuz, shafqatsiz odam bilan shunday beozor, munis ayolning bir
yostiqqa bosh qo’yib hech kim bilan olishishni istamagani kabi o’limi payti ham
osoyishta – beozorgina jon taslim etadi... Inson tabiati va ruhiyatining hech qanaqa
qoliplarga sig’maydigan bu xildagi shevalari ifodasi o’zbek milliy adabiyotida XX
asrning oxirlariga kelib urf bo’la boshladi. Holbuki, hayotning o’zida bunaqa
g’aroyib insoniy munosabatlar hamma davrlarda bo’lgan. Shoir aytmoqchi,
azaldan ko’p hollarda poklik, nafosat bilan dag’allik – xunuklik yonma-yon
yashashga majbur!
Ma’lumki, har qanday salmoqdor, ezgu g’oya san’atkorona ifodasini topgan
taqdirdagina qudratli kuch kasb etadi, asar g’oyasi esa o’quvchi qalbini asir
etadigan yaxlit sirli-sehrli tasvir ohangi pafosga aylanadi. ”Tushda kechgan
umrlar” romani ”Koz o’lim to’shagida yotgan” bemorga o’xshaydi” so’zlari bilan
boshlanadi. Ilk jumladagi mana shu ma’yus, mungli ohang asar davomida tovlanib,
goh sokin, goh shiddatli tus olib o’quvchining vujud-vujudini qamrab oladi. Asar
qahramoni qismati boshdagi o’sha mungli so’zlar bilan intihosiga yetadi. ”Kuz
o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi” jumlasi faqat qahramon qismatiga
boshdagi o’sha mungli so’zlar bilan intihosiga yetadi. ”Kuz o’lim to’shagida
yotgan bemorga o’xshaydi” jumlasi faqat qahramon qismatigagina emas, asarda
aks etgan davr, muhit, jamiyatga ham dahldor – darhaqiqat o’sha yillari jamiyat
35
bamisoli o’lim to’shagida yotgan bemor kabi talvasada. O’zbek adabiyotida bu
qadar hazrat Navoiyning eng hazin, mungli dostoni ”Layli va Majnun”ni yodga
soladi. Dostonni o’qiyotib kitobxon Layli bilan Majnun bu foniy dunyodan baxtini
topolmasligini, cheksiz g’am-anduhlardan faqat o’lib qutilishlari mumkinligini his
etib turadi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |