1.2 Fitogarmonlar klassifikatsiyasi strukturasi va funksiyasi
Yerda haroratning ko‘tarilishi qurg'oqchilikning ortishiga sabab bo‘ladi va natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishning kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘simliklaming suv tanqisligiga chidamli navlari seleksiyasi olib borilmoqda. Yuqori haroratning noqulay ta’sirlarini yengishga yo‘naltirilgan choralar ishlab chiqilmoqda. Bunda antistress ta’sirga ega fitoregulatorlar yaratishga katta e’tibor qaratiimoqda.Ma’lumki, sitokinin, abssiz kislotasi va brassinosteriod5 fitogormonlar o‘simliklami stress ta’sirlarga chidamliligini oshiradi.
Fitogormonlarning bu xususiyati, ulaming o‘simlik hujayralarida stress oqsillar sintezini stimullashi bilan bog‘liq.Stress oqsillar - tirik organizmning stress ta’sirlardan o‘z-o‘zini himoya qilishining maxsus mexanizmidir. Bu moddalar organizm tomonidan tashqi muhit sharoitining keskin o‘zgarishiga javoban ishlab chiqariladi, shu bilan birga stressning tabiatiga qarab, maxsus, ya’ni aynan shu ta’sir turiga xarakterli stress oqsillami paydo qilishi mumkin. Stress oqsillar orasida issiqlik shoki oqsillari (IShO) guruhi ko‘proq o‘rganilgan. IShO 1974-yilda hayvonlarda, biroz keyinroq o‘simliklarda aniqlangan. IShOning mikroorganizmlar, o‘simliklar, hasharotlar, parrandalar va sutemizuvchilarda ham bir xil ekanligi e’tibo’li tortadi. Bu oqsilning kelib chiqishi barcha organizmlar konservativligidan va qadimiyligidan dalolat beradi. IShO organizmda stress harorat yuzaga kelganda, ya’ni harorat normadan 8-10 С yuqori bo’lganda sintezlana boshlaydi. Uning sintezlanish harorati turli o‘simliklarda turlicha bo‘lib, masalan, arabidopsisda - 37°C, bug'doyda - 40°C, sholida - 45°C ni tashkil etadi. IShO ning sintezi juda tez amalga oshadi. IShO ning axborot RNKsi stress boshlangandan 5 daqiqa o‘tganidan so‘ng paydo bo’ladi, yana 10 diqiqadan so'ng esa IShOning o‘zini aniqlash mumkin. Stress boshlangandan 1,5-2 soat o‘tganidan so‘ng, hujayrada IShO ning maksimal konsentratsiyasi yuzaga keladi va bu miqdor 2-4 soat davomida ushlab turiladi. Stress ta’sir davom ettirilganda organizm nobud bo’ladi. Stress ta’sir to‘xtatilganidan ikki soat o'tgandan so‘ng esa IShO biosintezi to‘xtaydi, IShOni o‘simliklarda taxminan ikki kungacha aniqlash mumkin.IShOning biosintezini boshqarilishi gen darajasida IShO genlarining promotori hududida maxsus regulator elementlar (RE) yordamida, shuningdek, trans-omil (tO) regulator oqsillar yordamida amalga oshiriladi. Stress yuzaga kelganda trans omil regulator elementlar bilan qaytar hamkorlikka kirishadi va bu bilan IShO sintezini amalga oshiradi.6
IShO kelib chiqishining umumiyligi va qadimiyligining isboti oddiy organizmlar, o‘simlik, hayvonlar regulator elementlari va trans omillarning tuzilishidagi o‘xshashlikdir.Hujayrada IShO sintezi boshlanishi bilan boshqa oqsillaming sintezi sekinlashadi yoki umuman to'xtaydi. Bu uning quyidagi xususiyatlari bilan bog'liq: qoida bo‘yicha IShO genlarida intronlar mavjud emasligi, prosessingga ketadigan vaqt va energiya sarflarini keskin qisqartiradi, polisomalar hosil bo’lishida IShO matritsasi boshqa oqsillaming axborot RNKsiga nisbatan ustunlik qiladi. Bu ularning З'-uchidagi lider izchilliklaming tuzilishi bilan bog‘liqdir.IShO va boshqa stress oqsillaming absolyut miqdori hatto ulaming eng yuqori konsentratsiyasida ham juda kam bo‘lib, faqat. radioaktiv nishon yordamidagina aniqlanishi mumkin. Hozirgi kunga qadar hammasi bo‘lib 100 ga yaqin individual IShOlar o‘rganilgan.
O’simlik hujayralarida sitokininlar va brassinosteriodlar tomonidan sintezi stimullanadigan oqsillarga, IShOdan tashqari, stress oqsillaming yana qator guruhlarini kiritish mumkin, ular orasida sintezi abssiz kislotasi tomonidan faollashtiriladigan sinikatsiya oqsillari (SO) ham olimlaming e’tiborini tortmoqda. Bu oqsillar o‘simlik urug‘larining namligini saqlashi, osmotik va tuz stresslariga chidamliligi, kuchli suv bug‘lanishida suvni keskin yo‘qotilishi kabi jarayonlarda suvning saqlanishini ta’minlaydi. SO IShO oqsillariga nisbatan kam o‘rganilgan. Ular haqida faqat yuqori darajadagi gidrofd oqsillami namoyon qilishigina ma’lum. Bu ularning kolloid eritmalar hosil qilish orqali hujayrada gubka kabi suv zaxirasini yaratish xususiyati bilan bog‘liq. Osmotik yoki sho‘rlanish stresslariga javob tariqasida hosil bo’ladigan SOning darajasidan ko‘pincha o‘simliklarning qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamlilik ko'rsatkichi sifatida foydalaniladi. O‘simlikshunoslik amaliyotida o‘simlikga tashqi omillami astasekin ta’sir ettirish orqali ulami noqulay sharoitida o‘sishga chiniqtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Chiniqtirishning fiziologik mohiyati stressoqsillar7 miqdorini sekinlik bilan oshirish orqali organizmning o‘zgargan tashqi muhitida yashashini ta’minlashdan iboratdir.
Fitogormonlaming bu xususiyati aniqlanishi bilan o‘simliklaming abiotik stresslarga chidamliligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyati paydo bo'ldi. O’simlikshunoslik va biotexnologiyada fitoregulatsiyanio‘rganish va qo’llashning rivoshlanish istiqbollariSo‘nggi yillarda jamoatchilikning qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishga qarshi e’tirozi fitoregulatorlami qo‘llashga qaratilgan bo‘lsa ham, bu preparatlaming tavsiya etilayotgan me’yori zaharlilik ta’siri juda kam va o‘simliklarda to‘planmaydi, shubhasiz, kelgusida istiqbolga ega boiadi.
Mazkur moddalar o‘simliklaming hosildorligini, chidamliligini oshiradi, o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Yaqin kelajakda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi regulyatorlami o‘rganishning rivojlanishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi.ko‘zda tutilmoqda (bashorat):- o‘simliklaming o‘sishini boshqarishda tabiiy regulatorlarni qo‘llash, ularning gormon balansi va ta’sir mexanizmini o‘rganish;- zaharlilik ta’siri kam, samarali, tor doiradagi ta’sirga ega preparatlarni sintez - o‘simliklaming o‘sis boshqamvchi regulatorlarni hujayralar seleksiyasida va o‘simliklami klonli mikroko‘paytirishda qoilash; - o‘simliklaming o‘sishini boshqaruvchi regulatorlarni o‘g‘itIar, pestitsidlar va mikrob preparatlar bilan birgalikda qo‘llash texnologiyasini yaratish; - o‘simlik o‘sishini boshqaruvchi fitoregulatorlami o‘simliklar himoyasida qo‘llash; - ekinlaming holatini baholash usullari va kriteriylarini ishlab chiqish; - fitoregulatorlar qo‘llanilishining ekologik va genetik nazorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |